Telegram Web Link
Xulian Alvares "River Pleyt"da to'p surgan vaqti Libertadores kubogida "Alyansa Lima" klubi darvozasiga 6 ta gol urgan. Uchrashuv 8:1 hisobida yakunlangan.

Mana shunday ajoyib natija qayd etishiga qaramay, u 9,8 ballga loyiq ko'rilgan va bundan muxlislar juda norozi bo'lishgan.

Savol: 10 ball olish uchun Alvaresning ismi nima bo'lishi kerak edi?)

Muhammadali
😁36👍4👎2
Forwarded from Orif Tolipov
Подкаст, интервью ва ҳужжатли фильмларни профессионал даражада тавсирга оладиган ва креатив монтаж қиладиган мутахассис керак. Футболга қизиқиши янада муҳим.

Ойлик маош асосида доимий ишга олинади. Иш графиги ва маош ўзаро келишилади. Ўзингиз ҳақингидаги маълумот ва бажарган ишларингизни @markaziysektor_admin профилига юборинг.
👍10
Odamlar hozirgi zamonda qing'ir ishlarim oshkor bo'lmasin deb kameralardan uzoqroq yurishibdi-yu, ba'zilar bo'lsa atayin videoga olib, "hujjatlashtirib qo'yishyapti". Ajib zamonga keldik
😁414👍4👏2💯2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥12💯3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍20
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍28🔥1
Kecha Stounsning golidan keyin Holandning qilgan ishi va o'yin yakunlangach, Arteta va Gabi Jezusga aytgan so'zlari, munosabatidan so'ng, unga nisbatan meni, nafaqat meni, balki ba'zi futbol muxlislarining fikri o'zgardi. Ha, u top darajadagi futbolchi, lekin u buyuk futbolchilar qatoriga qo'shilishni istasa, yerga tushgani va xarakteri ustida ishlagani yaxshi.

Muhammadali
1🔥74👍34👎17😐5💯2👏1
📺"Manchester Yunayted"ning APLda ishlari yaxshi emas. Balki Yevropa Ligasida muvaffaqiyat qozonib, biroz bo'lsa-da, o'z muxlislarini xursand qilib turar?

🔥Bugundan YLga ham start berildi. Angliyaning eng nomdor klublaridan biri esa Ten Hag tarbiya topgan "Tvente"ga qarshi o'ynaydi.

Erik o'yindan oldin matbuot anjumanida "Men boshqa jamoaga qarshi o'ynashni afzal ko'rardim. Yaxshi ko'rganingizga ozor berish yoqimsiz holat" - deya o'zi uzoq yillar to'p surgan jamoasiga hurmat ko'rsatdi. Lekin bugungi bahsda u boshqarayotgan jamoa g'alaba uchun o'ynaydi. Tag'inam uchrashuv "Old Trafford"da ekan, "qizil iblislar" uchun boshqa istalgan natija salbiy deya baholanadi!

Ushbu uchrashuvni 02:00 dan boshlab ZO'R TV telekanalida tomosha qilishingiz mumkin. Men esa bu vaqt ushbu o'yin sharhidan chiqib, uyga qaytayotgan bo'laman)

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁26👍153👏1
La Ligada hozircha ochko yo'qotmagan "Barselona" 8-turda "Osasuna" mehmoni bo'ladi. Bu turda Madrid derbisi bor. Kataloniyaliklarning asosiy raqiblaridan biri ochko yo'qotishi mumkin. Bundan unumli foydalanish uchun esa Flik jamoasi chempionatdagi g'alabali seriyasini davom ettirishi kerak.

"Barselona" ketma-ket 9 o'yindan beri "Osasuna"ga mag'lub bo'lmayapti, bulardan 8 tasida g'alaba qozongan.

Kataloniyaliklar o'zining eng yaxshi startini takrorlashi mumkin. Ya'ni, agar bugun yutsa, Primeroda dastlabki 8 turning hammasida g'alaba qozongan bo'ladi va Xerardo Martinoning "Barselona"si qayd etgan natijani takrorlaydi.

Qolgan ma'lumotlar va fikrlar haqida siz bilan birga sharhda suhbatlashamiz.

ZO'R TV 23:50

Muhammadali
👍27🔥3😴1
"Barselona" joriy mavsumdagi eng yomon taymini o'tkazdi. Himoyadan tortib, hujum chizig'igacha barcha futbolchilar o'ziga o'xshamayapti. Oddiy vaziyatlarda, uzatmalarda koʻp xatoga yoʻl qo'yishmoqda. Asosiy o'yin boshqaruvchi Pedrini esa mezbonlar yaxshi qo'riqlashyapti. Rosti bu bo'limda "Barsa" uchun pozitiv jihat topish juda qiyin.
👍70😁193🔥2
Forwarded from UzPFL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔴 Oltin vodiyning oltin o‘yini! #KubokFinali'ga 4 kun qoldi!

Farg‘onada bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogining final uchrashuvi uchun chiptalar sotuvda! Siz ularni hoziroq Farg‘onadagi Istiqlol, Namangandagi Markaziy hamda Andijondagi Bobur arena kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.

♻️ Artel | 💳 Uzcard | 🔴 Coca-Cola | 🔵 BMB | ⚫️ Apex
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥21
"Barselona"ning "Yang Boyz"ga qarshi asosiy tarkibi. Kutilgan tarkib. Kataloniyaliklarni faqat g'alaba qoniqtiradi. Ayniqsa, birinchi turda "Monako"dan uchragan mag'lubiyatdan so'ng, bugun o'z uyida g'alaba qozonishi shart. Uning ustiga keyingi tur ularni "Bavariya" kutib turibdi.

"Barselona" - "Yang Boyz" bahsini sharhlab boraman. Soat 02:00 da ZO'RTV orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Muhammadali
👍16🔥21
Forwarded from STOCK FOOTBALL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birodar yashayber, yigʻlab va kulib,
Chayir bilagingda oqar quvvating.
Qayta turolmasang bir kun yiqilib,
Achinma, boshqaga qolar niyating.

Boraver gʻovlarga achchiqma-achchiq,
Tilka-pora boʻlsin, oʻrtansin yurak.
Birodar, dunyoda, gapirsam ochiq —
Faqat yaxshi niyat yashashi kerak.

Chidamak mumkinmas, mumkinmas sira,
Hamoqat hayqirsa, boqilsa oʻgʻri,
Fahsh yursa, menman, deb toza, bokira,
Toʻgʻriligi uchun qiynalsa toʻgʻri.

Hali juda koʻpdir kalamushniyat —
Dunyoni kemirib, sotib yurganlar.
Umrida oʻtqazmay birorta daraxt,
Zanchalish koʻksiga mushtin urganlar.

Kurashsang arziydi haqiqat uchun,
Kurashib yurganlar haqdir, odildir.
Qotillik qilganlar qotil-ku, lekin
Kuzatib turganlar asl qotildir.

Yashayber, qalbingga ishonib, magʻrur,
Yashayber, boʻlsang ham oromdan yiroq.
Gʻolib chiqmogʻliging juda ham zarur,
Boshqacha boʻlishi mumkinmas biroq.

Shavkat Rahmon

Muhammadali
🔥17👍6
"Aston Villa" - "Bavariya" oʻyini haqida qisqacha🔥

Muhammadali
👍16
Yana "Aston Villa" - "Bavariya" oʻyini haqida.

Xayrulla aka albatta bugungi oʻyinlar haqida ham Youtube'ga video tayyorlaydilar. Bu bahs haqida to'xtalish lozim, balki ushbu audiolar as qotar)
😁9👍4🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yamalning "Yang Boys"ga qarshi o'yindagi harakatlaridan parcha. Bu bolakay zaxiraga olingunicha shunday o'ynadi, ya'ni raqib himoyachilarini holi-joniga qo'ymadi. Sharhda ham maydonni tark etgunicha maqtadim. Ronaldinyoning eng zo'r fintlarini amalga oshirdi. Zaxiraga olinayotganida ham norozi bo'lganini ko'rdik. To'ymayapti, ichida olov yonyapti, lekin yosh iqtidor sinib qolmasligi uchun Flik uni almashtirdi va to'g'ri qildi. Har holda Pedrining taqdiri takrorlanmasligini oldini olish lozim.

Muhammadali
👍351
2025/07/08 22:30:30
Back to Top
HTML Embed Code: