Telegram Web Link
"Nasaf" birinchi marta O'zbekiston chempionati g'olibiga aylandi!

Barcha futbol muxlislarini bu bilan tabriklayman! Uzoq kutilgan chempionlik mana shunday APL atmosferasini berishi ko'zni quvnatadi! O'zbek futboli uchun bugun katta bayram!
Mavsum avvaldagi g'alabalardan so'ng, "Liverpul"da taqvim osonroq deya ta'rifladik. Lekin ""Chelsi" bilan bahsdan boshlab ketma-ket qiyin raqiblar va og'ir taqvim start oldi, mana endi Slot jamoasi oʻzini qanday koʻrsatadi?" deb kutdik.

Hozircha mersisaydliklar ajoyib natija qayd etishmoqda. Ayniqsa "Arsenal"ga qarshi bahsda va bir necha daqiqa avval yakuniga yetgan "Brayton"ga qarshi ikkinchi boʻlimda jamoa o'yini o'zgarayotgani va ustunlikni o'z tomoniga og'dira olishi, shu orqali natija ham qayd etilayotganini alohida maqtash lozim.

Misol uchun, bugun Slot 0:1 hisobida mag'lub bo'layotganida hujumni kuchaytirish uchun Soboslai o'rniga Diasni maydonga tushirdi va bir vaqtning oʻzida maydonda Nunyes, Gakpo, Salah va Dias harakat qildi. 3 daqiqada 2 ta gol urib, hisobda oldinga chiqib olgach, sxemani ham toʻgʻrilab qoʻydi: Nunyes o'rniga Endo. Qolgan daqiqalar esa toʻliq o'yin nazorati va xotirjam gʻalaba. Vaholanki, birinchi bo'limdagi "Brayton"ning o'yini butkul boshqa natija qayd etilishi mumkinligiga ishora qilayotgandi.

Muhammadali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha "Barselona" - "Espanyol" bahsini sharhladim. Yamalning trivela uzatmasidan so'ng Olmo gol urdi. Uzatmani (menimcha) yetarlicha maqtadim, hatto "gol chiroyliroq chiqdimi yoki pas?" deb muxlislarga savolcha ham tashlab qo'ydim:)

Lekin o'yindan keyin mening eng birinchi tanqidchim (😀) - dodam bilan bahs muhokamasiga kirishdik. Ular Yamalning harakatini "zargarona pas berdi", deya ta'riflashing kerak edi dedilar:-) (nima ham derdim, o'zi shunaqa, bir klub muxlisiga o'yinchisini qancha maqtasang ham kam😁) "Kelasi safar aytganingizni qilaman" dedim. Aslida bu tandiq ham emasdi, qo'shimcha ta'riflardan birini aytdilar.

Hozir X'da o'sha uzatmaning videosini ko'rib qoldim va dodam aytgan ta'rif vaziyatga juda mos kelishini yana bir bor tushundim. Doda, buning uchun sizga rahmat!)

Muhammadali
Futbol o'ynaganimizda fint qilishga urinsak, dribling orqali aldab o'tmoqchi bo'lsak, jamoamizdagi kattalar "avval hisobni xohlagan ko'rishinimizga olib kelaylik, keyin istaganingcha o'ynarsan" deyishardi. Menga bu so'zlar yoqmasdi, lekin haq gap.

Hozir esa bu so'zlarni Vinisiusga aytish kerak, menimcha. Lekin shunday dakki beradigan Benzema endi yo'q.

Muhammadali
Leau yuqori klassdagi o'yinchi, bir o'zi hal qilgan o'yinlarni ham ko'rganmiz, ammo negadir menga ansambldan uzilib qolgandek tuyulaveradi.
Mbappe "Real"ga kelganidan eng katta jabr ko'rayotgan futbolchi men uchun shubhasiz - Bellingem! U o'tgan mavsum singari hujumga qo'shilmayapti, ko'proq ortda harakat qilyapti, himoyaga yordam beryapti. Ayniqsa, Karvahal jarohat olgach, Vaskesning qanotiga o'tib, unga ko'maklashmoqda. Muxlislar esa o'tgan mavsumdagi qo'rqinchli Juddan mahrum bo'lishyapti.
Ko'p aytilyapti, lekin yana joyi kelganda aytish kerak - "Real"ga Kroos yetishmayapti. Uning super uzatmalaridan ham ko'ra, markazda o'yinni xotirjam boshqarishi, tempni nazorat qilishi bugun va so'nggi o'yinlarda "qirollik klubi"ga yetishmayapti. Ayniqsa, Modrichning o'yini chiqmagan pallada Toni juda zarur edi.
O'yini va natijalari tobora yomonlashib ketayotgani uchun Fonsekani hatto iste'foga chiqarmoqchi bo'lgan "Milan" "Real"ni bugun ajoyib o'yini orqali mag'lub etayotgani juda gʻalati.

Bunda "Milan"ning yorqin o'yinidan koʻra, "Real"ning rasvo o'yini koʻproq gapirilishi kerak, menimcha. Chunki bu "Milan"ni A Seriyada ham, Chempionlar Ligasining dastlabki turlarida ham ko'rgandik. Ayniqsa, "Liverpul "ga qarshi bahsda dastlabki 10 daqiqani aytmasa, hech narsa qilolmagandi.

Aytgancha, oʻsha "Liverpul" hozir "Bayer"ni 3:0 hisobida mag'lub etmoqda va keyingi turda aynan "qirollik klubi"ga qarshi o'ynaydi.
Ryudigerning goli o'yinga boʻlgan qiziqishni yana uyg'otadi. Bitta gol farqini "Real" albatta yo'qqa chiqarishga qodir. Lekin jamoaning ketma-ket ko'rsatayotgan sust o'yinini bu gollar yopishi qiyin.
Chempionlar Ligasi yangi formati haqida ko'p gaplashyapmiz. Formatning ijobiy va salbiy tomonlari haqida ham fikrlar bisyor.

Men uchun yana bir minusi - bir nechta markaziy va qiziqarli bahslarning parallel ekanligi. Misol uchun 22:45 da tur doirasida ikkita oʻyin boʻlib oʻtadi. "Sporting" - "Manchester Siti" yoki "Liverpul " - "Bayer" bahslaridan birini o'sha vaqtga qo'ysa bo'lardi-ku!

Endi ertaga ushbu uchrashuvlarni qaytadan tomosha qilishga to'g'ri keladi🤦‍♂
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Anrining fikrlariga qo'shilmay iloj yo'q, u faktlar bilan isbotlab beryapti. Bellingem bu mavsum qayerda yetishmovchilik, muammo bo'lsa, o'sha yerni yamab yuribdi. Ya'ni, o'zining asl vazifalaridan ham ko'prog'ini qilyapti. O'tgan mavsum yodingizda bo'lsa, shu paytda u tengsiz futbolchi deya maqtalayotgandi. Uning har bir goli jamoaga 3 ochko keltirayotgan vaqtlar. Bu mavsum esa hali gol urmadi. Lekin o'tgan mavsum bilan solishtirganda, joriy mavsum karrasiga ko'proq mehnat qilyapti. U ham jamoaning asosiy yulduzi, ammo anavi ikkisidan farqli o'laroq, borini maydonga tashlab ketyapti. O'z fikrimda qolaman, Mbappening kelishidan eng katta jabr chekayotgan futbolchi Bellingem.

Ha, ertaga hujumda Vini va Mbappe ketma-ket gollar urishni yo'lga qo'yib olsa, biz yana ularni maqtaymiz, bu kunlarni biroz esdan chiqaramiz hatto. Ammo hozir ularning bu harakatlaridan himoya vakillari, Chuameni, Valverde, Bellingem, Modrichlar qiynalyapti.

Lekin baribir butun jamoaning ham o'yini sustlashgani fakt. Bir-ikki futbolchi emas, umumiy jamoada pasayish. Bu esa Anchelotti tomon savollarni ko'paytiradi.
Raul Asensioning super uzatmasini Bellingem go'zal gol bilan yakunladi!
Bellingem baribir o'zini yaxshi his etadigan pozitsiyada oʻynasa, jamoaga koʻproq foyda keltirishini isbotlab qoʻymoqda

Anchelotti Anrining tahlilini koʻrgan shekilli)
Gap yoʻq, Edegorsiz jamoa juda qiynaldi, u qaytishi bilan "Chelsi"ga qarshi derbida asosiyda tushirildi, uning assisti sabab londonliklar hozircha gʻalaba qozonmoqda. Lekin bu vaziyatda himoyachilar "Arsenal"ning naqd ikki futbolchisini qanday qilib yolg'iz qoldirishdi, hayronman🤷‍♂
Raqiblar oldida o'yinni tomosha qilib, jamoasidan kambek kutadigan, oxirgacha umid qiladigan va mag'lubiyatda sharhlovchini ayblamaydigan muxlislar bor bo'lsin.
2025/07/07 15:50:11
Back to Top
HTML Embed Code: