Telegram Web Link
Chempionlar Ligasi turnir jadvaliga nazar tashlasak "Barselona"da ham, "Borussiya"da ham 12 ochko. Jamoalar 6 va 7-o'rindan joy olishgan. Ular pley-off yo'llanmasini deyarli qo'lga kiritgan deyish mumkin. Lekin ikkisi ham sakkiztalikda qolish uchun qolgan o'yinlarda maksimal ochko to'plashga harakat qilishadi.

Qahramon aka guruh bosqichi yakunlangach, jamoalarning turnir jadvalidagi o'rni qay darajada muhimligi haqida to'liq tushuntirib o'tdilar. Shuning uchun ham jamoalar imkon qadar yuqoriroq o'ringa harakat qilishadi.

Bu uchrashuvni esa soat 01:00 da Zo'rTv orqali birgalikda tomosha qilamiz.

Muhammadali
Йилнинг энг фаол спорт журналистлари:

Мадина Аметова (Спорт ТВ), Нарзулла Сайдуллаев, Ориф Толипов, Яҳёхўжа Улуғхўжаев ва Жалолиддин Қобилжонов.

Собиқ ҳамкасбларимнинг барчасини табриклайман. Қаламингиз қайрилмасин:)
"Yevrotaym"ning bu safargi soni o'zimga ham yoqdi. Shuning uchun sizga ham tomosha qilishni tavsiya qilaman:

📱 youtu.be/R6qEZQPwJFY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kecha "Yevrotaym"ning yangi sonini suratga oldik. Tabiiyki "al mumtoz" asosiy mavzu bo'ldi. Shu bilan birga Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o'tishi, unga qancha o'yin amaliyoti berilishi mumkinligi haqida ham atroflicha gaplashdik. Videoni tomosha qilib, siz ham fikrlaringizni yozib qoldiring, izohlarda suhbatlashamiz)

https://youtu.be/ui_oNjL6azk
So'nggi yillarda jahonning eng kuchli 3 ta klubidan biri "Manchester Siti" va bu klubda o'zbekistonlik futbolchining harakat qilishi shunchaki aql bovar qilmasdek ko'rinyapti. Aslida erishib bo'lmas natija emasdir, lekin birinchisi shunaqa his beryapti. Top klublarda o'zbeklar ko'payishni boshlasa, hali o'rganib ham ketarmiz, lekin birinchi bo'lganlar boshqacha tuyg'u bilan yodimizda qoladi.

Eldor Shomurodovning Italiya o'tishi, saldan keyin esa "Roma"ga transferini yaxshi eslaymiz. Butkul boshqa darajadek taassurot qoldirgan. Abduqodirning transferi esa buni ikki, yo'q, uch karra kattalashtirib tashladi. Grand klubga, bo'lib ham "Manchester Siti" safida o'ynash katta voqealik bo'lgani bilan bir qatorda katta mas'uliyat ham yuklaydi. Abduqodir endi o'zbekistonlik futbolchilar haqida tasavvur shakllantiradigan o'yinchi ham hisoblanadi. Umid qilamizki, barcha ajoyib kechadi va qolganlar uchun ham top 5 ga yo'l olish osonlashadi.

Bu shunchaki Abduqodir uchun zo'r transfer emas, balki butun O'zbekiston uchun tarixiy natija!

Muhammadali
Forwarded from STOCK FOOTBALL
🇪🇺⚽️ "Yevro Time"ning bu safargi sonida bir qator qiziq mavzular muhokamasi bo'ldi.

• Italiya A Seriyasida chempionlik uchun kurash: "Napoli" yana 1-o'rinda, "Inter" oxirigacha intrigani saqlaydi, "Atalanta"ning eski kasali qo'zidi.
• Flik "avtobus" jamoalarga boshqa reja ishlab chiqishi kerak.
• Anchelotti "Real"dan ketishi ma'lum bo'ldi. O'rniga Xabi Alonso.
• Slotdan chempionga xos o'yin, Arteta esa iste'fo berishi kerakmi?
• "Manchester Siti" yirik hisobda g'alaba qozondi, lekin oldinda juda qiyin o'yinlar kutmoqda.

📱 Video youtube sahifamizda:
👉 https://youtu.be/tQ1IzM1B9VM
https://youtu.be/tQ1IzM1B9VM

🔔 Kanalga ulanish:
STOCK FOOTBALL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Aston Villa" Chempionlar Ligasini ajoyib o'tkazmoqda. Emeri jamoasi 6 o'yinda 13 ochko to'plab, 5-o'rinni egallab turibdi. "Yuve" bilan durang o'ynadi, "Bavariya" va "Leypsig"ni mag'lub etdi. Bugun esa "Monako"ga qarshi maydonga chiqadi.

Fransuzlar esa joriy mavsum "Barselona"ni taslim etgani bilan yodda qolmoqda xolos. Uning ustiga barcha turnirlar doirasida so'nggi 5 o'yinda bitta g'alaba bilan cheklanib turibdi. U ham bo'lsa Fransiya Kubogi 1/32 finalida pastki divizion klubi ustidan erishilgan yutuq.

Fransiya klubida forma yomon bo'lsa ham, bugun jang taklif etishi kerak. Hutter shogirdlari 10 ochko bilan 16-o'rinni egallab turibdi. 25-o'rindagi "PSJ" bilan 3 ochkolik farq. Pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun "Monako" qolgan ikki o'yinda borini maydonga tashlaydi.

"Monako" - "Aston Villa" to'qnashuvini esa 22:35 dan boshlab Zo'r Tv da birgalikda tomosha qilamiz.

Muhammadali
Forwarded from Orif Tolipov
Бир неча дақиқалардан кейин 📺Setanta Sports телеграм каналида Чемпионлар Лигаси мавзусида аудио-чат амалга оширилади. Муҳаммадали билан бирга суҳбатлашамиз. Ҳавола орқали каналга ўтиб, тинглашингиз мумкин:

https://www.tg-me.com/setanta_uzb/5661
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kunning asosiy o'yini Parijda bo'lib o'tadi. Lekin ungacha sizlarni "Leypsig" - "Sporting" bahsiga taklif etaman.
Akademik futbol deyapmiz-u, lekin jamoalar biroz zeriktirib qo'ygani ham rost. Xavfli vaziyatlari kutilganidan kam. Gol balki o'zgartirib yuborar. Lekin shu golni kiritish uchun ham ko'proq vaziyat yaratish kerak.

Personal to'xtalsak, menga Vitinyaning o'yini yoqyapti. Jamoaning motori. Butun maydon bo'ylab harakatlanyapti, boshqaryapti. Shuningdek, jamoasi himoyalanayotganida De Bryunega o'yin bermayapti, ya'ni personal himoya. Enrikening vazifasini bajaryapti. Shuning uchun ham bo'limda Kevindan sehrli uzatmalar ko'rmadik.
Bechora Nunyesh. Kelganidan beri o'zining pozitsiyasidan ko'ra, biroz begona bo'lgan nuqtalarga o'ynashga majbur. Chap qanot hujumda odam qolmaganida, o'sha yerni "yamadi". Yaxshi o'ynadi. Endi esa o'ng tomon fulbeki. Qachon o'z pozitsiyasida o'ynarkin?)
Yaqin-yaqingacha aql bovar qilmas holatdek ko'ringandi. Ajoyib a?
Haa...
Emas oson bu maydon ichra turmoq...
Hammasi oldinda hali
Oson boshlansa ham to'g'ri bo'lmasdi, biz APLni mensimay qo'yardik)
Endi asosiysi ruhiy tushkunlikka tushmaslik!
2025/07/05 06:38:36
Back to Top
HTML Embed Code: