Telegram Web Link
Live stream started
Live stream finished (22 minutes)
"Real" qanday reja bilan chiqqanini bilmadim-u, lekin rejasi aniq buzildi. "Atletiko" esa o'zi o'ylagandan ko'ra ancha erta hisobni tenglashtirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir yarim oy oldin "Mashnaqa sport"da yengil suhbat qilgandik. Vaqtingiz bo'lganda ko'rib qo'ysangiz bo'ladi🔺

Havola: youtu.be/Xp-v0z4cC5k

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'yinlar bo'ladi g'alabadan boshqa natija har qanaqasiga mag'lubiyat deya qabul qilinadi. Terma jamoamiz uchun bugungi bahs aynan shunday.

Hali biror marta ham qirg'izlar bilan hatto durang o'ynamaganmiz, yutgan o'yinlarimizda kamida 3 tadan gol urganmiz. Bugun esa balki shu vaqtgacha bo'lgan eng muhim derbini o'tkazarmiz. Bu ajoyib seriya nima bo'lsa ham, bu safar buzilmasligi shart!

Ha, tarkibda ba'zi yo'qotishlar, sariq olsa Eronga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi mumkin bo'lgan futbolchilar bor, xavotirli. Lekin ochko yo'qotsak, bu ham hech qanaqasiga oqlov bo'la olmaydi.

Ba'zilar bu tariximizdagi eng kuchli terma jamoa deya e'tirof etishyapti, bilmadim, Mirjalol Qosimov davrini ko'rmaganman, xohlasam ham solishtira olmayman. Lekin aytish mumkin, hozirgi tarkibda ayni dam O'zbekistondagi eng kuchli futbolchilar yig'ilgan. Tarixdagi eng kuchli terma jamoa ekanligini isbotlashning yagona yo'li esa - JCh yo'llanmasini qo'lga kiritish.

Bugungi bahsni dodam va kichik ukam bilan birga stadiondan tomosha qilamiz. Birinchi marta 8 yoshli ukamni stadionga olib tushaman. Debyutdayoq terma jamoa o'yini, bo'lib ham tarixiy uchrashuv, liq to'la o'yingoh atmosferasini his etadi.

Umid emas ishonamanki, bugungi bahsda jamoamiz g'alaba qozonadi!

Muhammadali
O'yindan keyin efir bor edi, shu sabab fikrlarni yozib o'tirmadim. Deyarli hammasini YouTube'da gapirdim

https://youtube.com/live/Ikaqa2BcLsw?feature=share
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qardoshlar o'yindan keyin o'zlari o'tirgan joylarini tozalab ketishibdi. Respect!

Muhammadali
Твиттердан мана бу жадвални олдим - фақат ЖЧ учун курашаётган жамоаларнинг ўзаро ўйинлари инобатга олинган.

Албатта, терма жамоамиз иштироки атрофидаги ижобий фон яхши, футболчиларнинг ўзига бўлган ишончи учун ҳам керак бўлади. Аммо ҳаддан ошмаслик, кучимизга тўғри баҳо бериш ҳам жуда муҳим. Айниқса ҳал қилувчи палла олдидан.

Айтмоқчиманки, агар формат илгаригидек бўлганида, сўнгги босқич уч эмас, икки гуруҳдан иборат бўлганида, ҳолатимиз мана шу жадвалдагидек бўларди. Ҳа, Қирғизистон ўрнига Корея ёки Япония ҳам бўлиши мумкин эди. Яъни биз аслида аввалги доимий даражамиздан ортиқ ўйин кўрсатганимиз йўқ. Ҳа, таркибимиз кучли, аммо ҳали бу исботланмади.

Асосий устунлигимиз гуруҳ аутсайдерларига қарши юз фоизлик натижа кўрсатдик, Қатар ва БАА эса очко йўқотишди. Энди шу устунликни натижага айлантириш учун кейинги уч ўйинда яхши ўйнашимиз лозим бўлади.

@aslanov_futbol
Ramazon hayiti muborak boʻlsin, azizlar!
HAYIT

Hayit kunlarida janglar ham to‘xtab,
Qilichlar qiniga qaytib kirguvsi.
Mo‘minlar egizak jonlarga o‘xshab,
O‘zgaga boqqan choq o‘zni ko‘rguvsi.

Umidvor har kimsa topib kushoyish,
Qorong‘i dillarga yog‘ib turgay nur.
Uyquda farog‘at, yurtda osoyish,
Duolar ijobat, niyatlar manzur.

Adovat, hasadni kasb etgan inson,
Mayli yo shoh yo gado, yo sayid bo‘lsin.
Iloyo bariga baxsh etsin iymon,
O‘tar har lahzasi bir hayit bo‘lsin...

Abdulla Oripov
Juda kamdan-kam uchraydigan holat - "Real" ChLda yomon o'ynagan oʻyinida yutqazyapti!
Gollarni bir chetga surib qoʻysak ham, "Arsenal" bu oʻyinga har tomonlama tayyor ekanligi ko'rsatdi. Ayniqsa ikkinchi boʻlimda. Aynan "Real" oʻz kuchini ko'rsatadigan boʻlimda.

Himoyada ham londonliklarga ish yoʻq.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sharhlagan o'yinlarim orasida eng zoʻri boʻldi! Garnacho senga rahmat!
Mana nega sharhlovchilikni sevaman!
Forwarded from OBZOR TV (Bakht1y0r)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OLOVLI YAKUN!
2025/07/01 11:38:21
Back to Top
HTML Embed Code: