Telegram Web Link
Yamal Ronaldinyoga oʻxshab zavqlanib oʻynayapti, Messiga oʻxshab maydonda istaganini qilyapti, shuningdek, u Leodan farqli oʻyinni shouga aylantirishniyam qoyillatyapti.

Shu yoshida futbol tarixidagi eng zoʻr futbolchilar uchligida menimcha, lekin keyingi 5-10 yillikni ham koʻrish kerak. Messilar darajasiga chiqa olarmikin?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бу кадр кеча интернетни портлатди.

Мухлисларимиз томонидан тайёрланган бу видеода эса озар шоири Ровшан Рамиз шеърини Роналдуга бағишлагандек бўпти, тавба…

@xayrulla_hamidov
Sports.ru da "Real"ning yo'qotishlari haqida maqola o'qidim va tarjima qildim.

«Real»da jarohatlar bilan bog‘liq dahshat. Bir kunda uchta himoyachidan ayrildi.

Kim o‘ynaydi?

Kubok finalida «Barselona»dan uchralgan mag‘lubiyat «Real» uchun yomon xabarlarning boshlanishi bo‘ldi. O‘yindan so‘ng jamoa darhol uchta himoyachisini jarohatlar tufayli yo‘qotdi – va endi himoya chizig‘idagi kadrlar muammosi kritik darajaga yaqinlashdi.

Axir oldinda yana beshta tur La Liga o‘yinlari va may oyidagi klasiko bor.

Ryudiger, Alaba, Mendi – barchasi bir kunda safdan chiqdi

29-aprel «Real» uchun tibbiy xabarlar belgisi ostida o‘tdi – klub birin-ketin uchta himoyachining jarohatlarini tasdiqladi:

Birinchi bo‘lib Ryudiger safdan chiqdi – unga tashqi meniskning qisman yirtilishi sababli allaqachon operatsiya qilindi. Shundan so‘ng Madrid klubi Ferlan Mendida son to‘g‘ri mushagi payining yirtilishi haqida e’lon qildi, kun oxirida esa David Alabaning jarohati haqida xabar paydo bo‘ldi – chap tizza ichki meniskining yirtilishi.

Mendi va Alaba ham operatsiya qilinadi. Taxminiy tiklanish muddatlari:

● Ryudiger – 6 dan 8 haftagacha. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati boshlanishiga qadar qaytishi mumkin.

● Mendi – 2,5 dan 4 oygacha. Yangi mavsumgacha qaytmaydi.

● Alaba – 7 dan 8 haftagacha. Ryudiger kabi, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga borish imkoniyatiga ega.

Uchalasi ham La Ligadagi qolgan beshta turni o‘tkazib yuboradi, unda «Real» hali «Selta», «Barselona», «Malyorka», «Sevilya» va «Sosyedad»ga qarshi o‘ynashi kerak.

Ryudiger 7 oy davomida noqulaylik bilan o‘ynadi. Hattoki mashg‘ulotlar uchun ham og‘riq qoldiruvchi vositalar qabul qildi.

Kubok finalida Ryudiger bor kuchi bilan o‘ynadi: u 77-daqiqada «Real»ning ikkinchi golidan so‘ng darhol tizzasida qattiq og‘riq his qildi, ammo 111-daqiqagacha maydonda qoldi, chunki uning o‘rniga hech kim yo‘q edi. Alaba qaydnomada bor edi, ammo o‘ynay olmasdi. Antonio o‘yinning so‘nggi yarim soatini sezilarli darajada oqsab o‘tkazdi, qo‘shimcha vaqt tanaffusida esa og‘riqdan baqirdi.

Ryudigerning tizzasidagi muammolar mavsum boshida boshlangan – u noqulaylik tufayli dam olish va tiklanish uchun sentabr oyida terma jamoaga bormagan edi. Ammo og‘riqlar butun mavsum davomida o‘tib ketmadi.

The Athletic nashrida Mario Kortegane yozishicha, nemis hatto mashg‘ulotlar uchun ham og‘riq qoldiruvchi vositalar qabul qilishga majbur bo‘lgan – Dani Karvaxal va Eder Militao allaqachon jarohatlar tufayli safdan chiqqan paytda jamoani tushkunlikka tushirishni istamagan.

Antonio Ispaniya Kubogi finalidan so‘ng operatsiya qilishga qaror qildi. As nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Ryudiger uchrashuv oxiridagi epizod uchun uzoq muddatli diskvalifikatsiya olishini tushungan, shuning uchun qaror qabul qilishni kechiktirmagan. O‘yinchi 6 ta o‘yinga chetlashtirildi – u La Ligadagi qolgan beshta uchrashuvni va 2025/26-yilgi mavsumning birinchi turini o‘tkazib yuboradi.

Operatsiyadan so‘ng Ryudiger anchadan beri muammolari borligini tan oldi: «Yetti oydan ko‘proq vaqt davomida kuchli og‘riq bilan o‘ynaganimdan so‘ng, afsuski, meniskdan operatsiya qilishimga to‘g‘ri keldi. Endi men nihoyat og‘riqdan xalos bo‘ldim, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Shifokorlar jamoasiga rahmat».

Doimiy noqulaylikka qaramay, bu mavsumda Ryudiger «Real» uchun 49 ta o‘yin o‘tkazdi va maydonda 4101 daqiqa harakat qildi – bu jamoaning barcha o‘yinchilari orasida ikkinchi natija.

Muhammadali
«Real»ning himoyasida kim qoldi?

La Ligani yakuniga kelib «Real» himoyada juda cheklangan variantlarga ega.

Markaziy himoyachilar orasida faqat ikkitasi – Raul Asensio va Xesus Valyexo bor. Valyexoga hech kim ishonmaydi – ispaniyalik so‘nggi o‘yinini sentabr oyida «Alaves»ga qarshi o‘tkazgan va mavsumning eng kritik davrlarida ham maydonga tushmagan.

Klubga yaqin jurnalist Xose Luis Sanches ma'lumotlariga ko‘ra, Ryudiger jarohatidan so‘ng murabbiylar shtabi «Kastilya» himoyachisi Xakobo Ramonni asosiy jamoaga chaqiradi – u allaqachon Kubokda «Real» safida «Leganes»ga qarshi o‘yinda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan.

Anchelotti shuningdek, Orelyen Tchuamenini markaziy himoyaga qaytarishi mumkin – katta ehtimol bilan, ular Asensio bilan birga La Liga yakunigacha jamoaning asosiy himoya juftligini tashkil etishadi.

Himoya qanotlarida ham muammolar bor – safda faqat Lukas Vaskes va Fran Garsiya qoldi. Agar Vaskesni Fede Valverde almashtirishi mumkin bo‘lsa, chap qanotda vaziyat juda achinarli – Mendidan tashqari, mavsum oxirigacha Eduardo Kamavinga ham safdan chiqdi, shuning uchun Fran yagona variant bo‘lib qoldi.

Chempionat tugashiga beshta tur qolganida «Real» «Barsa»dan 4 ochkoga ortda qolmoqda, ammo bunday kadrlar muammosi bilan muvaffaqiyatga umid qilish juda qiyin. 11-may kuni jamoalar klasiko o‘ynaydi, bu chempionlik poygasida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Muhammadali
Forwarded from Sabitov ©️
Shomurodov “Roma”da aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo’lish uchun nomzod ekan. Ushbu oyda “2+1” natija qayd etgan hamyurtimiz hozircha 19% ovoz bilan 3-o’rinda.

Ovoz beramiz!

@sabitov_co
"Barselona" haqida yuritiladigan bitta blogni kuzataman, u kechagi o'yin haqida yaxshi fikrlar yozibdi. Siz ham o'qib ko'ring:

Yana «Barsa» «Inter» bilan 3:3 hisobida asabiy durang o‘ynab, neytral tomoshabinni xursand qildi. Oh, bu «Barselona»ning o'yinlari, hakamning final hushtagidan keyin hamma hayajondan qichqiradi, sen esa ikki soat ichida birinchi marta normal nafas olishni boshlaysan.

🔹 «Inter» juda oson gol urdi va «Barsa» darvozasi oldida xavf yaratdi. Italyanlar Shesni jarima maydonchasiga har kirganida yurak tez-tez urardi, chunki deyarli har bir vaziyat xavfli edi.

Tyuramning birinchi daqiqada tovon bilan urgan goli – mazax qilish – fransuzni hech kim ushlamadi, u xotirjamlik bilan o'z ishini uddaladi. Burchakdan ikkita gol – xuddi shunday. Kubarsi havoda yutqazdi va to‘pni o'tkazib yubordi, keyin uch kishi Dyumfrisga zarba berishga imkon berdi.

Dyumfrisning uchinchi golida esa uni Olmo umuman qo'riqlamadi, Arauxo esa yolg‘iz turardi.. Shesni ham qutqara olmadi – o‘tkazib yuborilgan uchta golning barchasida u tomoshabin edi.

🔹 «Barsa» 0:2 dan keyin ajoyib daqiqalar o‘tkazdi. Umumiy bosqichdagi «Benfika»ni, kubokdagi «Atletiko»ni, Primeradagi «Selta»ni eslaylik... Turtkidan so‘ng jamoa jonlanadi. Bu yerda ham jonlandi: 21-daqiqadan taym oxirigacha to‘liq ustunlik.

🇪🇸vs🇮🇹

• To‘pga egalik: 75%:25%
• Uzatmalar soni: 210:68
• Uzatmalar aniqligi: 94%:71%
• Zarbalar: 7:0
• xG: 0.80:0
• Hisob: 2:0

Bu daqiqalar ichida «Barsa» butun qarama-qarshilik natijasini hal qilishi mumkin edi, ammo himoyadagi muammolar tufayli u faqat hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

🔹 Ikkinchi bo'limda xuddi shu tempda o'ynash «Barsa»ga endi yetmadi – og‘ir grafik o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. Mart oyidagi xalqaro tanaffusdan so‘ng kataloniyaliklar uchrashuvlar orasida umuman bir hafta dam olmadi. 34 kunda 11 ta o‘yin.

🔹 Lamin fantastik o‘yin o‘tkazdi: avvaliga ikki nafar himoyachini, keyin uch nafarini dahshatga soldi. To'singa ikki marta zarba berdi, golni yolg‘iz o‘zi yaratdi, uchinchi goldagi vaziyatda to‘pni Rafinyaga chiroyli o‘tkazib yubordi. Shuningdek, uning hisobida ikkita zarba uchun tashlab berilgan pas va oltita dribling bor. Top-o'yinda navbatdagi ajoyib performans.

Pedri, Frenki, Rafinya, Ferran ajoyib o‘yin o‘tkazishdi. Rafa avvaliga biroz yo‘qolib qolgandek edi – birinchi taymda ko‘proq e'tibor o‘ng qanotga qaratildi. Ammo yakunda assist qayd etdi, gol yaratdi – klassika.

🔹 Ammo chap qanotni jonlantirish kerak – Jerar Martin uddalay olmayapti. U umuman oldinga bormaydi, barcha uzatmalari yaqinroqqa yoki orqaga. Birorta ham to‘pni qaytarib olmagan, bitta yakkama-yakka kurashda g‘alaba qozongan, nol muvaffaqiyatli hujum harakati, o‘nta to‘p yo‘qotish. Bir taymda.

Men Baldeni sog‘inaman deb hech o'ylamagandim, lekin agar Flik Fortdan foydalanishni rejalashtirmasa, u holda Alexandro bu pozitsiyada shubhasiz eng yaxshi variant. Balde «Inter» bilan javob o‘yiniga qaytishi kerak.

«Barsa» g‘alaba qozonishi mumkin edi va ba'zi daqiqalarda juda yaxshi o‘ynadi. Lekin raqib ham yaxshi holatda – jismoniy ustunlikdan foydalanyapti, sabr-toqat ko‘nikmasini ishga soldi. Agar Barella epizodlarni oxirigacha o‘ynaganida, biz hozir durang natija yaxshi yoki yomon ekanligini muhokama qilib o'tirmasdik.

Normal ish natijasi. «Valyadolid» bilan maksimal rotatsiya bo‘ladi, asosiy tarkib dam oladi. Safarda «Barsa» kamida yomon o‘ynamaydi, Balde qaytadi, shunday ekan davomini kutamiz. Va birinchi daqiqalardanoq konsentratsiya kerak – neytral muxlislarga syurpriz ulashish yetar endi.

Muhammadali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Футбол қоидаларини сал кўриб чиқиш керак. Агар яққол гол уриш имкониятидан маҳрум қилса-ю, жарима майдони ичида бўлса, яъни пеналти белгилаганда, қизил карточка шарт эмас, менимча. Агар жароҳат етказиш даражасида қўполлик бўлмаса. Бир қоида бузилиши учун икки марта (дисквалификация билан уч) жазолаш - оғир.

«Атлетик» аммо негадир ўта қўпол ўйнаётганди. Ўша қўполлик жамоанинг 35 дақиқадаги 11-қоида бузиши эди. Жуда кўп.

@aslanov_futbol
Қоидаларга кўра, агар жарима майдони ичида ҳимоячи яққол голли вазиятдан маҳрум қилувчи қоида бузишни амалга оширса, қаралади - а) агар тўпга ўйналган бўлса, сариқ карточка б) тўпга эмас, футболчини тўхтатишга қаратилган бўлса, қизил.

Вазиятда Вивиан тўпга анча узоқ эди, фақат Хойлундга ўйнади, демак, қизил. Ҳакам хато қилмаган.

Шунинг учун ҳам, юқоридаги постда ҳакам хато қилди, демадим, қоидаларни кўриб чиқиш керак, деб ёздим.

@aslanov_futbol
Katta oʻyinlarni sharhlash baribir zo'r-da! Ha, katta bosim va mas'uliyat ham, lekin mazasi boshqacha. Temp, yuqori klassdagi futbolchilar va shunga monand oʻyin. Mingta maʼlumot toʻplab, sharhga kirasan, lekin deyarli hech birini ishlatmay oʻyinni yakunlaysan, nega? Chunki oʻyin seni boshqa narsaga chalg'ishingga yoʻl qoʻymaydi! Bunday oʻyinlarga tushib qolish (sharhni oʻzingiz tanlamaysiz axir) ham baxt.

Xullas, sharhning lazzatini his qilish har oʻyinda ham nasib etavermaydi, men sizga aytsam!

Nursiz, temp oʻlik bahslarni ham sharhlashga toʻgʻri keladi, ayniqsa menda. Toʻgʻri qabul qilaman, eng kichigi va tarjibasi kami men. Ish nuqtai nazaridan professional yondashishga harakat qilasiz, lekin zavq olmaysiz. Bunaqa boʻlishi ham normal holat. Lekin oʻyiningiz yonib ketsa, bundan-da zoʻri yoʻq!

Hay mayli, kech boʻlganda oʻzi shunaqa fikrlar quyilib keladi, 99 foizini o'chirib tashlayman. Shunisi qola qolsin. Salomat boʻlinglar!
Shomurodov aprelda ham "Roma"ning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Bundan avval fevral oyining eng zo'ri deb topilgandi!
2007-yilda Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida «Barselona»ga qarshi o‘yinga tayyorlanar ekan, Rafa Benites ajoyib o'yin ko'rsatayotgan Leo Messini to‘xtatish uchun qiziqarli usulga qo‘l urdi – u Alvaro Arbeloani himoyaning chap qanotiga o‘tkazdi, o‘ng oyoqli Alvaro u yerda turnir tarixidagi eng yaxshi himoyaviy performanslaridan birini namoyish etdi.

Butun o‘yin davomida Leo o‘zining ishchi chap oyog‘i yo'nalishi bo'yicha o'ynashga harakat qildi va Arbeloa o‘yinni ajoyib o‘qiy bilishi hamda ishchi o‘ng oyog‘i bilan o'ynash qulayligi tufayli Messini to'xtata oldi.

Yaqinda bo‘lib o‘tgan «Barsa» va «Inter» o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilar ekanman, Benitesning bu usuli esimga tushdi – birga-birda himoyachilarni yanchib tashlaydigan vingerlarni yopish uchun aynan shunday manyovr eng yaxshisi emasmi?

Bunday misollardan yana biri 2021-yilda Junior Firponing Mbappega qarshi o‘yinidir – Firpo chapaqay edi va unga Kilianning markazga yo'nalish olishiga reaksiya ko'rsatish osonroq bo‘lgan.

Qiziq, javob o‘yinida Inzagi Yamal qanotiga Darmianni o'tkazib tavakkal qiladimi va agar shunday bo‘lsa, bu qanday ishlaydi?

Tarjima: La Saeta Rubia

Muhammadali
🇩🇪"Bavariya" agar bugun g'alaba qozonsa, chempionlikni rasmiylashtiradi⚡️

🧐Lekin, "Leypsig" bunga yo'l qo'yadimi? Bu uchrashuvni albatta tomosha qilish kerak🔥

Soat 18:30 da 📺Setanta Sports 2 telekanali yoki 📺 setantasports.com platformasi orqali tomosha qiling❗️

📱Shuningdek 📺 Setanta Sports Football YouTube kanalida 🇺🇿o'zbekcha sharhda tomosha qilishingiz mumkin✔️

18:30 | "Leypsig" ⚡️ "Bavariya"
Havola
: youtu.be/fRUD3VR9Dlk
🎧Sharhda: Muhammadali Muhammadkarimov

📺 @setanta_uzb

#Football #BL #Matchday
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 21:18:22
Back to Top
HTML Embed Code: