Forwarded from Асланов билан футбол
Бугун Бундеслигада асосий савол - ЕЧЛ йўлланмасини ким қўлга киритади?
«Боруссия» 5-ўринда кетаётган бўлса-да, имконияти яхшироқ, чунки 3-4 ўринлардаги икки жамоа ўзаро баҳс олиб боради.
Демак «Боруссия» аутсайдер билан ўйинда масалан 2 тўп фарқи билан ғалаба қозонса, камида 4-ўринни олиши аниқ. «Фрайбург» ютган тақдирда, дортмундликлар «Айнтрахт»ни тўплар нисбатига кўра қувиб ўтиши учун +2 тўплар нисбати керак.
Агар «Фрайбург» дуранг ўйнаса, «Боруссия»ни ҳар қанақа ҳисобдаги ғалаба, агар «Фрайбург» ютқазса, «Боруссия»ни дуранг қониқтиради.
@aslanov_futbol

Muhammadali
Бугун Бундеслигада асосий савол - ЕЧЛ йўлланмасини ким қўлга киритади? «Боруссия» 5-ўринда кетаётган бўлса-да, имконияти яхшироқ, чунки 3-4 ўринлардаги икки жамоа ўзаро баҳс олиб боради. Демак «Боруссия» аутсайдер билан ўйинда масалан 2 тўп фарқи билан ғалаба…
Aynan mana shu uchrashuvni sharhlayman✅
"Frayburg" - "Ayntraxt"
18:30
Havola: youtube.com/live/xo_Y0yf6cYg
"Frayburg" - "Ayntraxt"
18:30
Havola: youtube.com/live/xo_Y0yf6cYg
YouTube
Фрайбург Vs Айнтрахт Ф - Прямая трансляция
Для просмотра 5000+ трансляций крупнейших спортивных соревнований мира подписывайся на нашу платформу https://setantasports.com
Наши другие каналы на Youtube:
► Setanta Sports - https://bit.ly/3rasVFP
► Setanta Sports Premier League - https://bit.ly/3sd2pMd…

Pepe Reyna 42 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlamoqda. Reynaning faoliyati 25 yil davom etdi va hozirda ko'pchilik uning faoliyati qanchalik ajoyib bo'lganini tushunib yetmayapti:
🏆Birinchidan, u ikki karra Yevropa chempioni va jahon chempioni – ikkinchi darvozabon bo'lgan bo'lsa ham.
💪Faoliyati davomida beshta golli uzatma muallifi. Reyna o'z davridan oldinda edi – u bu urf bo'lmagan paytlarda ham istalgan masofaga va bosim ostida ham ajoyib paslar berardi.
⏰Futbol tarixida atigi uchta darvozabon Reynadan ko'proq daqiqa o'ynagan (88 ming daqiqa).
✅Hech bir darvozabon yevrokuboklarda Reynadan ko'proq o'yin o'tkazmagan (191 ta). Maydondagi o'yinchilar orasida esa faqat Krishtianu Ronaldu undan ustun.
🧤Reyna yevroturnirlarida "quruq o'yinlar" bo'yicha eng yaxshi natijaga ega (77 ta). Futbol tarixida esa atigi o'nta darvozabon undan ko'proq "quruq o'yin" o'tkazgan.
👨🏿🦲Balotelli ketma-ket o'n to'qqizta penaltini golga aylantirib, ajoyib seriya qayd etayotgandi – yigirmanchisini Reyna qaytardi.
👣Maydon o'yinchisi sifatida bahs o'tkazgan kam sonli darvozabonlardan biri. Bu "Liverpul" uchun o'rtoqlik o'yini edi, Rafa Benites Reynani yarim himoyaga tushirgan.
🎈 Plyaj to'pidan gol o'tkazib yuborgan tarixdagi yagona darvozabon.
Крутой, весёлый, свой
@deginc17 dan tarjima post

"Barselona"ning 2015-yilgi trebl yutgan tarkibi dahoyona edi. Uning tarkibi jiddiy tajribaga ega futbolchilardan iborat bo'lib, ular imkoniyatlarining cho'qqisida edi, superyulduzlar hisoblanardi. Ammo ular hali veteranlar emasdi. Shu bilan birga, ular klubning o'yin uslubiga ideal darajada mos kelardi.
Gap birinchi navbatda Dani Alves, Jerar Pike, Jordi Alba, Serxio Buskets, Andres Iniesta, Lionel Messi va Luis Suares haqida bormoqda. Bu jamoa Chempionlar Ligasidagi g'alabasi yo'lida Yevropa top-5 ligasining amaldagi to'rtta chempionini mag'lub etgandi.
Xansi Flikning "Barsa"si juda yorqin va allaqachon ulkan salohiyatga ega nihoyatda kuchli jamoa. Tarkibda veteranlar bor, ajoyib iqtidorlar mavjud.
Ammo bu tarkibdan kim yuqorida keltirilgan barcha sifatlarga javob beradi? Tajriba, ammo shu bilan birga yetarlicha yosh. O'yin uslubini tushunish va eng yuqori mahorat.
Bu Pedri. Ha, 2014/15-yilgi mavsum yulduzlariga yigitcha erishgan yutuqlari va tajribasi bo'yicha baribir orqada qoladi, ammo hozirgi formasida u o'sha afsonalar orasida, albatta, yo'qolib qolmasdi.
Umumiy e'tirof va jahon futboli afsonasi maqomi uchun Pedriga barqarorlik va sovrinlar kerak. Birinchisini u yaxshiladi, bu darajada ushlab turish kerak. Ikkinchisiga esa, Pedri kabi, mavsumdan mavsumga rivojlanib borayotgan jamoa yordam beradi.
Tarjima post: www.tg-me.com/SeparatistaCatalan/3165

"Shporlar" bu bilan yana bir kubok yutish imkonini qoʻlga kiritishdi - UEFA Superkubogi!
Superkubok uchun ob-havo ham APL darajasida! Yomg'ir ham Angliyani eslatadi va albatta, sifatli maydonda ikki jamoa ham zo'r futbol namoyish etib berishadi degan ishonch bor!
Aytgancha, o'yinni YouTube orqali tomosha qilsa ham boʻlarkan, ajoyib!
https://www.youtube.com/live/AjcBywWxulk?si=HZFbu8PJ0A2wFfDK
https://www.youtube.com/live/AjcBywWxulk?si=HZFbu8PJ0A2wFfDK
YouTube
Nasaf - Andijon. O'zbekiston Superkubogi 2025
Forwarded from Orif Tolipov
Eldor Shomurodov bilan Rimdagi intervyu. Men Eldorda haqiqiy oʻzbekcha fe’lni koʻraman - samimiy, kamtar, mehnatkash va kurashuvchan. 👇
https://youtu.be/luBur7D5sNs?si=z_61-28D9TooNNaE

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
ELDOR SHOMURODOV BILAN RIMDAN MAXSUS INTERVYU
Ijodimizni qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagi usullarda donat qilishingiz mumkin:)
TIRIKCHILIK.UZ: https://tirikchilik.uz/@markaziysektor
VISA: 4998 9300 0146 8168 Farrukh Khudoyorov
HUMO: 9860 0101 0238 8674 Khudoyorov Farrukh
"Markaziy Sektor" loyihasi…

"PSJ" har tomonlama butun mavsum davomida balanslashdi: tarkib, oʻyin va toʻp nazorati, rang-barang hujumkor oʻyin, hisobni saqlash uchun himoyaviy oʻyin va albatta, tezkor futbolchilari bilan qarshi hujum ham qoyilmaqom.
Bu mavsumda "PSJ" deganda hayolingizga bir deganda alohida uslub kelmaydi. Yaxlit, kompaktlashgan ajoyib jamoa.
Ha, bu tizim ishdan chiqsa, qayta tiklanishi, kambek qilishi qiyindir, lekin, hali joriy mavsum bu sodir boʻlmadi.

"Inter"ni 0:2 da kuzatish qiziq. Jamoa mavsumdagi eng kuchli klublardan biri "Barsa"ga qarshi ikki oʻyinda ham 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. Yaʼni, ikkita toʻp farqini yoʻqqa chiqarish missiyasi yoʻq edi. Finalda esa shunday holatga endi oʻzi tushib qoldi.
BAA arab dunyosida jahonga birinchilardan bo'lib ochilgan davlat deb hisoblardim. So'nggi bir necha yilda Saudiya va Qatar bu borada aktivlashgan bo'lsa-da, amirliklar anchadan beri shunday edi. Lekin mazkur haftada o'zbekistonliklarning amirlikka kirishdagi muammolarni ko'rib, bu borada fikrim mutlaq o'zgardi.
O'zbekistonlik muxlisdan tortib, rasmiy, akkreditatsiyasi bor odamgacha aniq bir sababsiz ularni aeroportda ushlab turish va ortga qaytarishi juda tushunarsiz, absurd holat.
Shunday mamlakatlar ochiqdan-ochiq bunday ko'rinishdagi mayda ishlar qilishini tasavvur etish qiyin edi. Lekin reallik bizga boshqacha so'zlayapti.
Aynan shu uchun ham biz BAAga qarshi o'yinda g'alaba qozonishimiz shart! Ha, aslida durang kifoyadir, ammo ishonamanki, futbolchilarimiz ham yurtdoshlarimizga bo'lgan munosabatdan xabardor va ertaga g'alaba bilan bunga javob qaytariladi!

BAA arab dunyosida jahonga birinchilardan bo'lib ochilgan davlat deb hisoblardim. So'nggi bir necha yilda Saudiya va Qatar bu borada aktivlashgan bo'lsa-da, amirliklar anchadan beri shunday edi. Lekin mazkur haftada o'zbekistonliklarning amirlikka kirishdagi…
O'zbekistonlik muxlislar kamroq bo'lsin deb, kichik hajmdagi stadion tanlanishi, Abu Dabi va Sharja aeroportidagi muammolar, mish-mishlarga ko'ra, faqat o'zbeklar uchun cholg'u asboblari, bayroqlar olib kirishga ta'qiqlar - hammasi bir yon. Ha, bu juda yomon holat. Lekin eng yomoni maydon ichida ham shunday "o'yinlar" bo'lishi ehtimoli. Amirliklar nima qilsa qilsin, maydon tashqarisida qo'lidan kelganini qilsin mayli, lekin bizda hakamlar bilan muammolar bo'lmasa bas. Menimcha, eng muhimi shu!
Muhammadali
Muhammadali
Muhammadali
O'zbekistonlik muxlislar kamroq bo'lsin deb, kichik hajmdagi stadion tanlanishi, Abu Dabi va Sharja aeroportidagi muammolar, mish-mishlarga ko'ra, faqat o'zbeklar uchun cholg'u asboblari, bayroqlar olib kirishga ta'qiqlar - hammasi bir yon. Ha, bu juda yomon…
Bu o'yin qaysidir ma'noda, biz uchun final desak ham bo'ladi. Joriy yil esa shunday final ko'rdik-ki, hakamiga qo'shib yutib tashlashdi! Albatta, ertaga men terma jamoamizdan U-17 jamoamizdagi yigitlarning ko'zidagi olovi, shiddati, jasoratini kutaman. Shunday o'ynaylik-ki, hakamlar ham bizga to'sqinlik qila olmasin!
Muhammadali
Muhammadali
«Sensiz men bo‘lmasdim...» – futbolimizdagi eng muhim kun
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi 5 iyun oqshomida o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqishi mumkin. Buning uchun BAAga qarshi safar o‘yinida mag‘lubiyatga uchramaslik yetarli.
Shoshma... men seni tanidim. Qayerdadir ko‘rganman, balki yomg‘ir yoqqanda bir soyabon ostida futbol tomosha qilgandirmiz? Balki chipta olayotib ro‘baru kelganmiz yo mendan stadion qayerdaligini so‘ragansan-u, yo‘lning qolganini birga bosib o‘tganmiz. Balkim qo‘shnimsan, hamshahar, qarindosh, vatandosh...
...balki sen mening o‘zimdirsan. Mening yoshligim...
Qayerga ketayotganingni ham bilaman. Qo‘lingda bayroq, yangicha hayajon. Axir mustaqil bo‘lding, endi sening ham o‘z jamoang bor, endi dunyoga hayqirishing, bir jamoaga, bir yurtga mansub ekaning haqida jar solishing mumkin.
Ishonch ham katta. Axir yaqinda mana shu yigitlar Xirosimada Osiyoning zo‘rlarini yer tishlatmadimi? Demak, biz kuchlimiz, Osiyo cho‘t emas, hali dunyoga chiqamiz, mundialda o‘ynaymiz. O‘zbekning kimligini hamma ko‘radi, tan oladi, ehhe...
Qayoqda... Senga qattiq ta’sir qilmasligi uchun oldindan aytib qo‘yay – unday bo‘lmaydi. Ilk urinish katta dars bo‘ladi. Koreyslar Toshkentga kelib ketma-ket gol urayotganda hammasini tushunasan – uzoq bir yo‘lning boshidamiz. Yo‘q, kibr bilan emas, katta mehnat bilan sodir bo‘lar ekan hammasi. Kelasi safar boshqacha bo‘ladi.
Kelasi safarlar yana necha marta takrorlanishini bilsang, balki futboldan ko‘ngling sovib ketarmidi? So‘nggi daqiqalarda Xitoy darvozasiga Shirshov gol urib, muxlislar tomon talpinganida, panjara tomon yugurgan ham o‘zingsan. Xursandchiliging hatto o‘rninga qaytguncha ham cho‘zilmagani, boshqa o‘yin natijasi bizni mana shu stadionda qoldirib ketganini bilganingdagi holat... na hammaga qo‘shilib sevinishni, na bu gol juda kech urilgani uchun achinishni bilasan. Yana bitta dars bo‘ldi – chetdan har qancha yordam chaqirishing mumkin, foydasi yo‘q. Mag‘lubiyatlar faqat bizniki ekan, demak g‘alabaga ham faqat o‘zimiz erishishimiz shart. Boshqa yo‘l bo‘lmaydi.
Keyingi dars hammasi maydonda hal bo‘lishi kerakligini anglaganingda ro‘y berdi. Biz Bahrayndan kuchli edik axir. Biz doim Bahrayndan kuchli bo‘lganmiz, shunday emasmi? Avvaliga yaponiyalik hakam Yoshida xato qiladi, keyin buni tuzatish uchun yozgan xatimiz o‘zimizga choh qaziydi...
Muxlis zoti qiziq ekan. Barchasidan ko‘ngli sovib, boshqa qaytib kelmaslikni qasam ichgan stadioniga qaytaveradi. Bu safar boshqacha bo‘lar?
Keyingi safarlar yanada alamli bo‘lsa bo‘ldiki, ko‘ngildagi yara bitmadi. Qatarga beshinchi golni yig‘lab nishonladik, qaniydi yana ikki daqiqa bo‘lsa-yu, yana ikki gol urib mundialga chiqsak. Eronni safarda yutdik, Koreya bilan o‘yinda bir gol yetmadi, axir bunchalik yaqin masofadan qaytish naqadar og‘ir.
Ana, ko‘rinib turibdi, bir gol urish kifoya... nahotki shu qadar omadsizmiz? Avstraliyaning bo‘yi balandroq, koreyslar tezroq yuguradi, yaponlarda yulduzlar ko‘p, arablar har safar oxirida urib ketadi. Nahotki, biz hech qachon eng kuchlilar safida bo‘la olmaymiz? Nahotki birgina gollik masofa shu qadar uzoq?
Hammasini tashlab, haqiqiy futbolni Yevropadan izlagan davrlaring bo‘ldi. Kimdir «Real», kimdir «Barselona»... Messi, Ronaldu... Hammasi zo‘r, mana haqiqiy futbol, biznikilar esa, to‘p tepishni bilmaydi. O‘zbek futbolining o‘zi to‘p kabi tepkilangan, barcha sahnalarda kulgi ostida qolgan paytlarda qarsak chalib kularding-u, g‘ashing kelardi.
Haliyam futbolga qiziqib yuribsanmi? Ehe, biznikilar odam bo‘lmaydi. Senga tentakka qaragandek boqishardi, esingdami?
Axir nimadir kam... nimadir yetishmaydi. Ular bilmaydiki, o‘z jamoang bo‘lmasa, futboling kemtik bo‘lishini... Axir ular bilmaydiki, sen yutganingda ko‘chaga chiqib, jilmaygan yuzlarni ko‘rishni istashing, mag‘lubiyatlarda hamdard kerakligini... Muxlislik bahslashish, kimdir bilan dushman bo‘lish, kimnidir mazax qilish emas, birga quvonish, birga yig‘lash, birga yurish ham ekanini. Yo‘q, bu futbol emas, undan kattaroq.