Telegram Web Link
YULDUZIM

Eslashar shunday deb bolalik chogʻim:
“Yulduzim” deb meni erkalab doim.
Bir ajib allalar aytar ekanlar
Beshigim tebratib oʻltirib oyim.

Oʻylamang, bir murgʻak chaqaloq uchun
“Yulduz” deb hech bino qoʻymagan ekan.
Saida opaning allasin kuchin –
Anglagach, hech aytib toʻymagan ekan.

Yil oʻtib, ilk qadam qoʻygan onimda
Tilimda uygʻongach qaldirgoch soʻzim.
Bir rohat hissini qoʻmsab jismimda
Onamni chorlarkan umidvor koʻzim....

Yiqilsam yoʻllarda qaddim tutolmay,
Chaqirar ekanman:
– Onajon, keling!
Yo oʻzim borgach goh tizzalariga
Bosh qoʻyib derkanman:
– “Yulduzim” qiling!

Koʻzimga kelmaskan allasiz uyqu...
Bir kun oʻt ichida qoldi yurak, tan.
Onamdan ayrildim, u tun koʻz yummay,
Tilimga shu alla keldi dafʼatan.

Men asta xirgoyi qildim, toʻymadim,
Dil toʻla nolayu, dil toʻla kadar.
Endi men ne qilay osmon axtarib,
Qaylarga borayin, mayus darbadar?

Goh hayot koʻzimga koʻrinsa yomon,
Goh doʻstlar “marhamat” qilsa beshafqat.
“Yulduzim qiling”, deb soʻrayman omon,
Onajon, oʻzingiz aylangiz shafqat!

Senga ham, diyorim, bitta arzim bor,
Onamsan, koʻrsatay senga sadoqat.
Onamdek osmonim –eldan qarzim bor,
Yulduzim yorugʻ qil, yulduzim, har vaqt!

Ustozlar mehriga toʻymayin kezdim,
Eng buyuk ustozim oʻzingsan, bilgil.
Osmon boʻl sen har vaqt, osmon boʻl kabir,
Tizzangga bosh qoʻysam, “Yulduzim” qilgil!



KIBER OSHIQLAR

Yarmi xazil, yarmi chin

Bir zamonlar oshiq yigitlar
Sevgilisin chaqirmoq uchun.
Derazaga toshlar otardi,
Koʻtarolmay hijronning yukin.

Xat tutqazib yo yosh boladan
Suyganiga yoʻllashar edi.
Kunlar, oylar bir oyga boqib
Foyibona soʻzlashar edi.

Zamon zayli ajab, xoʻb qiziq,
Eskiribdi oshiqlar ishi:
Endi sevgan yigit-qizning ham
“Iphone” boʻpti, qarang, tashvishi!

Tosh otmoq ham oʻtmishda qolmish,
Xat yoʻllashga hojat yoʻq emish.
“Fecobook”da sirlashsa tunlar,
Kunduzlari SMS kelmish.

“Instagram”ning mujdasin, ajab,
Qancha oshiq-maʼshuq poylaydi.
Tuxumidan chiqqan joʻja ham
Suratini unga joylaydi.

“Telegram” ham deydimi yana,
Qancha Majnun unda boʻzlaydi.
Bogʻ koʻchadan, xiyobondanmas,
“Online”da tengin izlaydi.

“Smartphone”in tugmasin bosib,
Qizning “devori”ga “boʻylaydi”.
“WhatsApp” degan chopar dastyordan,
“Men keldim!” deb xabar yoʻllaydi.

Inglizmi, farangmi xitoy,
Hind, xabashmi, arab yo yapon,
Yigit-qizning qalbin ulaydi,
Gʻalati bu quticha – “Iphone”!

Oʻrgimchakning toʻriday nozik,
Dunyo boʻylab taralgan bu “set”
Nimalarni oʻylab topding-a?
Nima qilib qoʻyding, Internet?!

Oshiqlarning uchrashuv joyin,
Oʻqib, boshdan esing ketadi.
Osiyolik yigit izhori,
Zumda Amriqoga yetadi.

Biri Magʻrib, Mashriqda turib
Koʻrishsak, der erta saharda.
Men Londondan yetib boraman,
Uchrashamiz “Toj Mahal”da!

Biri deydi: - Meksikadan men,
Boʻying tuydim gul nafasida.
Sen Dehlidan kel, koʻrishamiz,
Erta Eyfel minorasida.

Manzillarning aslo cheki yoʻq,
Biri deydi:- Xitoy devori.
Boshqasiga Everest yoqar,
Kumushdanmish u yerning qori!

“Big-Ben” deydi va yo “Kolizey”,
“Burj Dubay”dan yoʻllashar salom.
Dunyo oshiqlarin jam qilar,
Internetda yozilgan kalom!

Koʻpayibdi shundanmi ajab,
Elektron dilli “ovchi”lar.
Bu ketishda ishdan ayrilib,
Qolmasaydi yana sovchilar.

Mayli, zamon tahririn qilsin,
Quloq osing lekin maʼniga.
Elektron muhabbatingiz,
Gard solmasin qizlar shaʼniga.

Sal-pal biz ham bilamiz buni,
Dilingizga tushsa “virus”lar.
Madad uchun doim shay turar,
Axlok degan “antiviruslar”!

Unutmang hech ajdodlaringiz
“Aljabr”ning egasi asli.
“Korzinka”ga tashlab yubormang
Bu Soʻzim, ey Navoiy nasli!

Bir oz hazil qildim men goʻyo,
Hazilimni chin soʻzga yoʻying.
Yurakdagi gapimni aytdim,
Yoqqan boʻlsa, “Like” qoʻyib qoʻying!

Minhojiddin MIRZO.

Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇

@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanalimiz,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz.
https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
ЖИЛВА

Кун-кунида синди кўза,
Ёр кетдилар кўнгил уза,
Мендан салом бўлсин сиза,
Эй ишқ дея  шармандалар.

Англармисиз изоҳ, шарҳсиз,
Нечун нурлар ичра ғарқсиз,
Севган кўнгил учун фарқсиз,
У ҳашамлар, бу жандалар.

Руҳимда ишқ қилибдир жанг,
Рангим синиқ, аҳволим танг,
Бўлманг, ҳайрону ҳангу манг,
Чалиб борсам чирмандалар.

Дунё ёлғончи жилвадир,
Шу жилва деб руҳ телвадир*,
Жон рақс этар тушиб садир,
Сиз ҳам келинг, зормандалар.

Мен таслимман, кулаверинг,
Тадориклар қилаверинг,
Тўйми, аза-келаверинг,
Гўяндалар, созандалар.

Ҳажр дилни совутолмас,
Кетганлар энди қайтолмас,
Қолганларни овутолмас,
На кўз ёшлар, на хандалар.

Агарки, жонлар озорда,
Бизга не бор бу бозорда,
Ҳақ деганлар азал дорда,
Ёр деганлар гулхандалар.

Ишқсизликдан чўчиб кетдик,
Биз қуш эдик, учиб кетдик,
Кенг самога кўчиб кетдик,
Ер сизники, эй бандалар.

Эй севгисиз арзандалар...


*телба баъзан телва деб ҳам қўлланади.

. Гулжамол АСҚАРОВА

@Muhammadyusufizdoshlari👈 каналимиз,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳимиз




JILVA

Kun-kunida sindi koʻza,
Yor ketdilar koʻngil uza,
Mendan salom boʻlsin siza,
Ey ishq deya  sharmandalar.

Anglarmisiz izoh, sharhsiz,
Nechun nurlar ichra gʻarqsiz,
Sevgan koʻngil uchun farqsiz,
U hashamlar, bu jandalar.

Ruhimda ishq qilibdir jang,
Rangim siniq, ahvolim tang,
Boʻlmang, hayronu hangu mang,
Chalib borsam chirmandalar.

Dunyo yolgʻonchi jilvadir,
Shu jilva deb ruh telvadir*,
Jon raqs etar tushib sadir,
Siz ham keling, zormandalar.

Men taslimman, kulavering,
Tadoriklar qilavering,
Toʻymi, aza-kelavering,
Goʻyandalar, sozandalar.

Hajr dilni sovutolmas,
Ketganlar endi qaytolmas,
Qolganlarni ovutolmas,
Na koʻz yoshlar, na xandalar.

Agarki, jonlar ozorda,
Bizga ne bor bu bozorda,
Haq deganlar azal dorda,
Yor deganlar gulxandalar.

Ishqsizlikdan choʻchib ketdik,
Biz qush edik, uchib ketdik,
Keng samoga koʻchib ketdik,
Yer sizniki, ey bandalar.

Ey sevgisiz arzandalar...


*telba baʼzan telva deb ham qoʻllanadi.

. Guljamol ASQAROVA

Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇

@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanalimiz,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz.
https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
5👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
БИЗ БАХТЛИ БЎЛАМИЗ

Муҳаммад Юсуф
🎤 Холида Исмоил

Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг👇

@Muhammadyusufizdoshlari👈 каналимиз,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳимиз
https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
1👍1🔥1
ТИЛАК

Ҳар кимнинг ҳам сочларига оқ тушсин,
Ажин тушсин юзларига, доғ тушсин.
Ҳар кимнинг ҳам қувват кетиб белидан,
Қўлларига асо — бир таёқ тушсин.

Имони соф, юзга кириб ёруғ юз,
Тўйлар кўриб елкасидан тоғ тушсин.
Жисмига сўнгги сафар олдидан
Ўз боласин қўлидан тупроқ тушсин...

Муҳаммад ЮСУФ

Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг👇

@Muhammadyusufizdoshlari👈 каналимиз,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳимиз



TILAK

Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dogʻ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qoʻllariga aso — bir tayoq tushsin.

Imoni sof, yuzga kirib yorugʻ yuz,
Toʻylar koʻrib yelkasidan togʻ tushsin.
Jismiga soʻnggi safar oldidan
Oʻz bolasin qoʻlidan tuproq tushsin...

Muhammad YUSUF


Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇

@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanalimiz,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz.
https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
👍63
Forwarded from Muhammad Yusuf izdoshlari (Муқимжон НУРБОЕВ Muqimjon NURBOYEV)
УСТОЗ

Инсонлар бахтини қидирса ойдан,
Умидвор бўлсалар ночорлар бойдан,
Ҳеч ким кутмаганда сирли бир жойдан,
Биз шунда ёрдамга шошамиз, устоз,
Биз ҳали ҳаммадан ўтамиз, устоз.

Муҳаббат қолади, меҳринг қолар деб,
Халқинг тинч бўлса гар, кўнглинг тўлар деб,
Юртим деб, халқим деб, эрта ғамин еб,
Ҳаттоки осмондан тушамиз, устоз,
Биз ҳали ҳаммадан ўтамиз, устоз.

Римга алишмасдан бедапоямиз,
Кўҳна Андижонга улкан қоямиз,
Жаҳонга номини бир кун ёямиз,
Минг синов, довондан ошамиз, устоз,
Биз ҳали ҳаммадан ўтамиз, устоз.

Бизни паст билганга қасд қилмайин жим,
Сирли хилқатларга топамиз ечим,
Қани, йўлимизни тўсар энди ким?
Илм-фан дарёсида тошамиз, устоз,
Биз ҳали ҳаммадан ўтамиз, устоз!

Райёна АРЖУМАНД,
Андижон вилояти, Асака тумани.


Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг 👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи.


USTOZ

Insonlar baxtini qidirsa oydan,
Umidvor boʻlsalar nochorlar boydan,
Hech kim kutmaganda sirli bir joydan,
Biz shunda yordamga shoshamiz, ustoz,
Biz hali hammadan oʻtamiz, ustoz.

Muhabbat qoladi, mehring qolar deb,
Xalqing tinch boʻlsa gar, koʻngling toʻlar deb,
Yurtim deb, xalqim deb, erta gʻamin yeb,
Hattoki osmondan tushamiz, ustoz,
Biz hali hammadan oʻtamiz, ustoz.

Rimga alishmasdan bedapoyamiz,
Koʻhna Andijonga ulkan qoyamiz,
Jahonga nomini bir kun yoyamiz,
Ming sinov, dovondan oshamiz, ustoz,
Biz hali hammadan oʻtamiz, ustoz.

Bizni past bilganga qasd qilmayin jim,
Sirli xilqatlarga topamiz yechim,
Qani, yoʻlimizni toʻsar endi kim?
Ilm-fan daryosida toshamiz, ustoz,
Biz hali hammadan oʻtamiz, ustoz!

Rayyona ARJUMAND,
Andijon viloyati, Asaka tumani.

Muhammad Yusuf izdoshlariga qoʻshiling 👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈guruhi.

https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
🔥1
Forwarded from Muhammad Yusuf izdoshlari (Муқимжон НУРБОЕВ Muqimjon NURBOYEV)
УСТОЗЛАРГА МУҲАББАТ ИЛА

Кимни бургутдек баланд парвози бор,
Отасидан ҳам улуғ устози бор!

Барча парвози баланд шогирдларин
Қалбни титратган навою сози бор.

Ким, униб-ўсмоқда устоз меҳри-ла,
Пири комилга улуғ эъзози бор.

Унга бегона адашмоқ ва хато,
Тўғри йўл кўрсатгучи ҳамрози бор.

Ким, улуғ зот қалбида доим ғурур,
Жон фидо этгучи минг сарбози бор!

Изтироб чекмайди шогирд тунлари
Айтади устозига дилрози бор!

Англадим: шогирд ила устознинг
Бахтга элтгучи ниятдан сози бор!

Боқий МИРЗО,
Наманган вилояти.


Муҳаммад Юсуф издошлари:
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈гуруҳи.


USTOZLARGA MUHABBAT ILA

Kimni burgutdek baland parvozi bor,
Otasidan ham ulugʻ ustozi bor!

Barcha parvozi baland shogirdlarin
Qalbni titratgan navoyu sozi bor.

Kim, unib-oʻsmoqda ustoz mehri-la,
Piri komilga ulugʻ eʼzozi bor.

Unga begona adashmoq va xato,
Toʻgʻri yoʻl koʻrsatguchi hamrozi bor.

Kim, ulugʻ zot qalbida doim gʻurur,
Jon fido etguchi ming sarbozi bor!

Iztirob chekmaydi shogird tunlari
Aytadi ustoziga dilrozi bor!

Angladim: shogird ila ustozning
Baxtga eltguchi niyatdan sozi bor!

Boqiy MIRZO,
Namangan viloyati.

Muhammad Yusuf izdoshlari:
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈guruhi.

https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
Forwarded from Muhammad Yusuf izdoshlari (Муқимжон НУРБОЕВ)
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, AZIZ USTOZ-MURABBIYLAR!

УЛУҒ ЗОТ
Меҳр излар инсон мудом даҳр ичра,
Сеҳр излар саховатли самоватдан.
Гар маърифат ёрдир нурли эрур чеҳра,
Юракда жо бўлса агар илму урфон.

Кимни қандай ташвиш ўртар,
Кўнгилни дард,
Бир илиқ сўз айтмоқ жоиз, келмай малол,
Ғанимат бу умр уммонидан абад
Ишқ булоғин излаб ўтгаймиз эҳтимол?

Аммо бир зот борки, унга қодир Аллоҳ
Туҳфа этмиш бор меҳр ва саховатни,
Ҳар дам сенинг дардинг ила бедор, огоҳ,
Миннат билмас,
Ўйламас ҳеч ҳаловатни.

Сенинг юксак камолингни ўйлаб яшар,
Бору йўғи, инояти – илму зиё,
Минг эҳтиром, таъзим бажо айлар башар,
Унинг минг бир хислатидан пойдор дунё.

Устоздир ул самолардан юксак бағир,
Устоздир ул замин ичра улуғ калом.
Ул зот сабаб даҳоларни кўрмиш даҳр,
Ул зот сабаб камолотга ёр бу олам.

Ватан янглиғ азиз, юртдек муқаддас, деб,
Дил тўрида асрагаймиз устоз, номинг,
Ҳар он сенинг бир корингга ярар дастдек,
Кўз нурида асрагаймиз устоз, номинг!

Қутламоқда бу кун Ватан шараф-шонинг.

XURSHIDA

@xurshidabonuvahobjonqizi
Forwarded from Muhammad Yusuf izdoshlari (Муқимжон НУРБОЕВ)
УСТОЗ

Мундоқ ўйлаб қарасам,
Сизга битмабман ҳеч шеър.
Қалам ҳаққига қасам,
Сизсиз забун эди Ер.

Не бўлғай ҳоли, маълум,
Хатсиз йўли хатодир.
Дунёда илк муаллим,
Шаксиз, Одам Атодир.

Кўкдан имон гавҳари
Заминга тушмиш бот-бот.
Пайғамбарларнинг бари
Эди ҳазрати Устод.

“Ўқи!” дея авомга
Улашмиш инжу сирлар.
Йўллаб буюк довонга,
Шамчироғ тутмиш пирлар.

Борлиқ - зулмат, қоронғу,
Чимматга чўмган чоғда.
Ёниб юлдуз қароғи –
Гўё чўғдай ўчоғда...

Оламга маёқ бўлиб,
Ловуллаб порлагансиз.
Кўз, қўлу оёқ бўлиб,
Нур сари чорлагансиз.

Сиз – Беруний,
Сиз – Сино,
Сиз – Фаробий, Улуғбек.
Оқ қоғоздек пок сиймо,
Сеҳрингизга йўқдир чек.

Янчиб Ҳаққа ёт ишни,
Оламга солмиш сурон –
Пойингизда ётишни
Бахт билмиш Соҳибқирон!

Ҳали-ҳануз бу – ибрат,
Абадий тузук каби.
Бахш этар ғурур, ҳикмат –
Темурбеклар мактаби.

Мен ҳам – бир илми толиб,
Ҳали чала дарсим кўп.
Қандай кетайин тониб,
Олдингизда қарзим кўп.

Гарчи “Қўйгил, бу не гап,
Эгма бошинг ҳеч...” дейсиз.
Хом, ғўр шеърларим тинглаб,
Балли, баҳонг “беш”, дейсиз.

Машқим ўзимга маълум,
Тансиқдир тоза ташбеҳ.
Меҳри дарё муаллим,
Чалғисам, беринг танбеҳ.

Енгингизга юққан оқ –
Бўрмас, кўнглингиз юқи.
Зиммангизда улкан тоғ –
Ёруғ келажак юки.

Мен ҳам сиз-ла ёнма-ён
Шу юкни кўтарсайдим.
Олдда – буюк имтиҳон,
О, ундан ўтолсайдим!

Балки шунда салгина
Бўлгайми юзим ёруғ.
Ўзимдан қилмай гина,
Олсам мақтовли ёрлиғ...

Сиз-чи, кутмайсиз олқиш,
Сизга илинж, тамаъ ёт.
Ўқиб-ёзиб толиқиш –
Сизга кундалик ҳаёт.

Даста-даста дафтарга
Сочасиз кўз нурини,
Синф-синф сафларга
Сарф этиб бор умрни...

Шогирдлар қалбига, оҳ,
Секин сингиб боряпсиз.
Иқболидан шодон, гоҳ
Жим хўрсиниб боряпсиз.

Толманг!
Фидойи Устоз,
Сизга тиргак шу Ватан.
Қанча таъзим қилсак – оз,
Қанча алқасак-да кам.

Гарчи кўнглимда сўз мўл,
Гарчи битмас ҳеч таъриф.
Лекин бошқалар ҳам қўл
Силкияпти кўтариб...

Дунё – кенг сабоқхона,
Дунё – ранг-баранг мактаб.
Қутларкан, шу баҳона
Юртимни қўяй мақтаб.

Тасдиқлайди тўрт томон,
Дарси оламга ёддир:
Донишманд Ўзбекистон –
Маърифатда Устоддир!

Нодир ЖОНУЗОҚ.
Самарқанд.

Muhammad Yusuf izdoshlariga qoʻshiling👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 kanali,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈guruhi.

https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
🔥1
Forwarded from Muhammad Yusuf izdoshlari (Муқимжон НУРБОЕВ Muqimjon NURBOYEV)
Forwarded from Muhammad Yusuf izdoshlari (Муқимжон НУРБОЕВ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Оддий муаллим"
Муҳаммад Юсуф шеъри
💐🌷

Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling 👇
@Muhammadyusufizdoshlari 👈 kanalimiz,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi 👈 guruhimiz.
👍2
Forwarded from Muhammad Yusuf izdoshlari (Муқимжон НУРБОЕВ)
БОЛАСИСАН ЎЗБЕКИСТОННИ

Қошинг қора, кўзларинг қора,
Юлдузисан қайси осмоннинг?
Эслолмасанг, ўзим эслатай -
Боласисан Ўзбекистоннинг.

Қачон келдинг бу ерга ўзи,
Не мақсадда дайдиб юрибсан?
Анчагина улғайибсан-ку,
Қорайибсан, озиб-тўзибсан.

Жилғаларсиз дарё қурийди,
Сен дарёни қўйма унутиб.
Юр барини эслаймиз бирга
Айлантирай қўлингдан тутиб.

Ёдингдами бешигинг, ўғлим?
Ундан ҳали ҳидинг кетмаган.
Маҳаллангнинг йўлига қара,
Босиб ўтган изинг кетмаган.

Ана, онанг тандир ёнида,
Ёпаяпти сен учун кулча.
Этагидан ажрамасдинг-ку,
Соғинтирдинг сен уни бунча...

Аканг билан учирган варрак
Боқ! Осмондан тушолмаяпти.
Опанг сени соғиниб, йиғлаб,
Тишлаганин ютолмаяпти.

Охирги бор қачон эшитдинг
Тўйлардаги "ёр-ёр"ни, ўйла?
Бор хаёлан дўстларинг билан
Ўртага туш, қўл ёзиб ўйна!

Ҳайит байрамини соғиниб,
Оқиздинг кўп кўзинг ёшини.
Сенга асраб чарчади Ватан
Арафани ширин ошини.

Қара.... Ўша таниш чойхона,
Чойлашиб гашт қилар, кексалар.
Кўрдинг, отанг кулолмаяпти,
Йўлга қараб сени ахтарар.

Амманг, холанг, амакинг, тоғанг
Тарқатяпти сумалакларни.
Наҳот, соғинмадинг, бағритош,
Наврўздаги камалакларни.

Қара, бувинг қандай букилиб,
Ушоқдайин бўлиб қарибди.
Бир кўришга улгирмикансан,
Ҳасталаниб ётиб қолибди.

Болам дейсан тилингда минг бор,
Қўлингда даст кўтаролмайсан.
Кечирса ҳам бир кун аёлинг,
Сен ўзингни кечиролмайсан.

Мусофирни қабри бўлмайди,
Мусофирни қадри бўлмайди,
Мусофирни мусофирликдан
Ўтадиган дарди бўлмайди.

Тиш қайрама, ёмон дема ҳеч,
Сени катта қилган Ватанни.
Ким, дейдилар эшигин бузиб,
Бешигини тепган одамни.

Яшнамайди новда илдизсиз,
Томиринг сув ичган ерга бор.
Отанг қурган йўлларни яшнат,
Уй ёнига яна бир уй сол.

Яхшилик қил, яхши гап гапир,
Қўлдан берма шундай имконни.
Сен ҳеч кимдан кам эмассан, бил,
Боласисан Ўзбекистоннинг!

Рислиғой ҲОТАМОВА

Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳи.



BOLASISAN OʻZBEKISTONNI

Qoshing qora, koʻzlaring qora,
Yulduzisan qaysi osmonning?
Eslolmasang, oʻzim eslatay -
Bolasisan Oʻzbekistonning.

Qachon kelding bu yerga oʻzi,
Ne maqsadda daydib yuribsan?
Anchagina ulgʻayibsan-ku,
Qorayibsan, ozib-toʻzibsan.

Jilgʻalarsiz daryo quriydi,
Sen daryoni qoʻyma unutib.
Yur barini eslaymiz birga
Aylantiray qoʻlingdan tutib.

Yodingdami beshiging, oʻgʻlim?
Undan hali hiding ketmagan.
Mahallangning yoʻliga qara,
Bosib oʻtgan izing ketmagan.

Ana, onang tandir yonida,
Yopayapti sen uchun kulcha.
Etagidan ajramasding-ku,
Sogʻintirding sen uni buncha...

Akang bilan uchirgan varrak
Boq! Osmondan tusholmayapti.
Opang seni sogʻinib, yigʻlab,
Tishlaganin yutolmayapti.

Oxirgi bor qachon eshitding
Toʻylardagi “yor-yor”ni, oʻyla?
Bor xayolan doʻstlaring bilan
Oʻrtaga tush, qoʻl yozib oʻyna!

Hayit bayramini sogʻinib,
Oqizding koʻp koʻzing yoshini.
Senga asrab charchadi Vatan
Arafani shirin oshini.

Qara.... Oʻsha tanish choyxona,
Choylashib gasht qilar, keksalar.
Koʻrding, otang kulolmayapti,
Yoʻlga qarab seni axtarar.

Ammang, xolang, amaking, togʻang
Tarqatyapti sumalaklarni.
Nahot, sogʻinmading, bagʻritosh,
Navroʻzdagi kamalaklarni.

Qara, buving qanday bukilib,
Ushoqdayin boʻlib qaribdi.
Bir koʻrishga ulgirmikansan,
Hastalanib yotib qolibdi.

Bolam deysan tilingda ming bor,
Qoʻlingda dast koʻtarolmaysan.
Kechirsa ham bir kun ayoling,
Sen oʻzingni kechirolmaysan.

Musofirni qabri boʻlmaydi,
Musofirni qadri boʻlmaydi,
Musofirni musofirlikdan
Oʻtadigan dardi boʻlmaydi.

Tish qayrama, yomon dema hech,
Seni katta qilgan Vatanni.
Kim, deydilar eshigin buzib,
Beshigini tepgan odamni.

Yashnamaydi novda ildizsiz,
Tomiring suv ichgan yerga bor.
Otang qurgan yoʻllarni yashnat,
Uy yoniga yana bir uy sol.

Yaxshilik qil, yaxshi gap gapir,
Qoʻldan berma shunday imkonni.
Sen hech kimdan kam emassan, bil,
Bolasisan Oʻzbekistonning!

Risligʻoy HOTAMOVA

Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanalimiz.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz

https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
4👍4👏3
ҚАРИ ТОЛНИНГ ҚАРОРИ

Кексалик-- ҳаётнинг дамлари сўнгги,
Дарахтлар ҳам бир кун қаришга маҳкум.
Азалий қонунга индамай кўнди,
Қари тол йиқилмай туриб олди тин.

Қарорини тузиб сўнгра қулади,
Ёлғизгина шохи сақлаганди жон.
Кўприк каби ариқ устин улади--
Бекор ётгунича савобга имкон.

Чор-атроф қўллади унинг бу ишин,
Нари-бери ўтар доим йўловчи.
Йўғон танасининг солдек ётишин,
Кўп эди дуолар қилиб қўлловчи.

Ҳеч кимга ҳожатинг солмасин Худо,
Ўлмай тирикларга юкингни солма.
Яхшилик устида бўлсин жон адо,
Ўляпсанми, дўстим, беҳуда ўлма.

✍️ Барно ИСАҚОВА,
Қозоғистон. Туркистон вилояти
.

Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳи.



QARI TOLNING QARORI

Keksalik-- hayotning damlari soʻnggi,
Daraxtlar ham bir kun qarishga mahkum.
Azaliy qonunga indamay koʻndi,
Qari tol yiqilmay turib oldi tin.

Qarorini tuzib soʻngra quladi,
Yolgʻizgina shoxi saqlagandi jon.
Koʻprik kabi ariq ustin uladi--
Bekor yotgunicha savobga imkon.

Chor-atrof qoʻlladi uning bu ishin,
Nari-beri oʻtar doim yoʻlovchi.
Yoʻgʻon tanasining soldek yotishin,
Koʻp edi duolar qilib qoʻllovchi.

Hech kimga hojating solmasin Xudo,
Oʻlmay tiriklarga yukingni solma.
Yaxshilik ustida boʻlsin jon ado,
Oʻlyapsanmi, doʻstim, behuda oʻlma.

✍️ Barno ISAQOVA,
Qozogʻiston. Turkiston viloyati.


Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanalimiz.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz

https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
👍21👏1👌1
КУРАШ

Изма-из пойлайди ўлим шарпаси,
Ҳайратдан ушлайман баъзан ёқани:
Кимлар ҳадикдану кимлар қўрқувдан
Макон этяптилар дорил бақони!

Фитнаю фасодлар зуғмида қолиб,
Таҳлика ичида умрим ўтса-да —
Тун нурдан қочгандай қочяпти ўлим,
Боисин сўрсалар янграр бир садо:

Курашганинг сари яшагинг келар,
Муҳаббат йўлида ташланар қадам.
Бекор келиб, бекор кетмоқ фожеа,
Икки марта келмас дунёга одам!


ТАБАССУМИНГ

Ҳуснингга ҳусн қўшар ,
Очилган гулга ўхшар ,
Узукка кўздай тушар ,
Чиройлик табассуминг,
Бир бойлик табассуминг !

Шаббода каби шўхдир ,
Ҳамиша ўчмас чўғдир ,
Нигоҳга ишқий ўқдир –
Ёйилган табассуминг ,
Тўкилган табассуминг !

Тунимни ёритади ,
Ғамимни аритади ,
Бир хуш бўй таратади ,
Ғунча лаб табассуминг ,
Нозик таъб табассуминг!

Шу маъюс юзларимга ,
Армонли кўзларимга ,
Дилдаги сўзларимга –
Нур тарар табассуминг,
Мен тараф табассуминг !

Йўлдош СУЛАЙМОН,
Фарғона вилояти.


Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳи.



KURASH


Izma-iz poylaydi oʻlim sharpasi,
Hayratdan ushlayman baʼzan yoqani:
Kimlar hadikdanu kimlar qoʻrquvdan
Makon etyaptilar doril baqoni!

Fitnayu fasodlar zugʻmida qolib,
Tahlika ichida umrim oʻtsa-da —
Tun nurdan qochganday qochyapti oʻlim,
Boisin soʻrsalar yangrar bir sado:

Kurashganing sari yashaging kelar,
Muhabbat yoʻlida tashlanar qadam.
Bekor kelib, bekor ketmoq fojea,
Ikki marta kelmas dunyoga odam!



TABASSUMING

Husningga husn qoʻshar ,
Ochilgan gulga oʻxshar ,
Uzukka koʻzday tushar ,
Chiroylik tabassuming,
Bir boylik tabassuming !

Shabboda kabi shoʻxdir ,
Hamisha oʻchmas choʻgʻdir ,
Nigohga ishqiy oʻqdir –
Yoyilgan tabassuming ,
Toʻkilgan tabassuming !

Tunimni yoritadi ,
Gʻamimni aritadi ,
Bir xush boʻy taratadi ,
Gʻuncha lab tabassuming ,
Nozik taʼb tabassuming!

Shu mayus yuzlarimga ,
Armonli koʻzlarimga ,
Dildagi soʻzlarimga –
Nur tarar tabassuming,
Men taraf tabassuming !

Yoʻldosh SULAYMON,
Fargʻona viloyati.


Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanalimiz.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz

https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
👏2💯1
Forwarded from Muhammad Yusuf izdoshlari (Муқимжон НУРБОЕВ)
Масжид миноридан таралса азон.
Ғафлатдан инсонни этсалар бедор,
То саҳар машриқдан қизарса осмон,
Тамом дейишликка демак ҳали бор.

Хаста деб ён қўшни узатса таом,
Ёлғиз жон бермаса тўшакда бемор.
Эзгулик хонасин парчалаб тамом,
Тамом дейишликка демак анча бор.

То мискин-бечора айланаркан ёд,
Етимлар кўчада бўлмас экан хор.
Демак-ки ҳаммаси бўлмаган барбод,
Тамом дейишликка демак анча бор.

Бахтни садоқатдан изласа қизлар,
Йигит ваъдасида турса барқарор.
Тўқнашса ҳаёдан юмилса кўзлар,
Тамом дейишликка демак анча бор.

Кексайгач фарзандга суянса падар,
Оналар келиндан топмаса озор.
Ишлар хароб эмас, демак у қадар,
Тамом дейишликка демак анча бор.

Ёлғон кунларига мотам тутса халқ,
Қувонса адолат топганда қарор.
Умидлар эшигин ёпиб тақа-тақ,
Тамом дейишликка демак анча бор.

Қалам синганча йўқ, битмаган сиёҳ,
Шоир маддоҳларча ёзмаса ашъор.
Демак бизга имкон берибди Аллоҳ,
Тамом дейишликка демак анча бор.

Илҳом ИБРОҲИМОВ
Тожикистон. Хўжанд.

@Muhammadyusufizdoshlari
👆Муҳаммад Юсуф издошлари телеграм канали.



Masjid minoridan taralsa azon.
Gʻaflatdan insonni etsalar bedor,
To sahar mashriqdan qizarsa osmon,
Tamom deyishlikka demak hali bor.

Xasta deb yon qoʻshni uzatsa taom,
Yolgʻiz jon bermasa toʻshakda bemor.
Ezgulik xonasin parchalab tamom,
Tamom deyishlikka demak ancha bor.

To miskin-bechora aylanarkan yod,
Yetimlar koʻchada boʻlmas ekan xor.
Demak-ki hammasi boʻlmagan barbod,
Tamom deyishlikka demak ancha bor.

Baxtni sadoqatdan izlasa qizlar,
Yigit vaʼdasida tursa barqaror.
Toʻqnashsa hayodan yumilsa koʻzlar,
Tamom deyishlikka demak ancha bor.

Keksaygach farzandga suyansa padar,
Onalar kelindan topmasa ozor.
Ishlar xarob emas, demak u qadar,
Tamom deyishlikka demak ancha bor.

Yolgʻon kunlariga motam tutsa xalq,
Quvonsa adolat topganda qaror.
Umidlar eshigin yopib taqa-taq,
Tamom deyishlikka demak ancha bor.

Qalam singancha yoʻq, bitmagan siyoh,
Shoir maddohlarcha yozmasa ashʼor.
Demak bizga imkon beribdi Alloh,
Tamom deyishlikka demak ancha bor.

Ilhom IBROHIMOV
Tojikiston. Xoʻjand.

@Muhammadyusufizdoshlari
👆Muhammad Yusuf izdoshlari telegram kanali.


https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
👍31👏1
БУ ЙЎЛЛАР

Осонгина ўтди дема бу йўллардан,
Оёғимда занжирларнинг тишлари бор,
Кўкрагимда номардларнинг муштлари бор,
Осонгина ўтди дема бу йўллардан.

Ҳар қадамда таъқиқ турар, таъқиб турар,
Кипригимнинг устида ҳам рақиб турар,
Юрагимни чегаралар сиқиб турар,
Осонгина ўтди дема бу йўллардан.

Она бўлгач, онам кўнглин асраб қолдим,
Отам ўтди... тупроқдан ҳам пастлаб қолдим,
Ўзим қуёш бўла туриб музлаб қолдим,
Осонгина ўтди дема бу йўллардан.

Метин деган бардошимнинг сими чиққан,
Кўзларимни қоқсам, дарднинг қуми чиққан,
Тулкиларнинг ўздан аввал думи чиққан,
Осонгина ўтди дема бу йўллардан.

Елкамдаги қамчиларнинг дарсларини,
Қалбимдаги фаришталар арзларини,
Энди гапир тирикликнинг фарзларини,
Осонгина ўтди дема бу йўллардан.

Тушларимни ростлаб туриб ўнгим билан,
Кўз ёшимни сидирганча енгим билан,
Худо раво кўрган жуфту тенгим билан,
Рўзғоримни асраб қолдим довуллардан,
Осонгина ўтган дема бу йўллардан.

Дилшода ЭРГАШЕВА,
Фарғона вилояти.


Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳи.



BU YOʻLLAR

Osongina oʻtdi dema bu yoʻllardan,
Oyogʻimda zanjirlarning tishlari bor,
Koʻkragimda nomardlarning mushtlari bor,
Osongina oʻtdi dema bu yoʻllardan.

Har qadamda taʼqiq turar, taʼqib turar,
Kiprigimning ustida ham raqib turar,
Yuragimni chegaralar siqib turar,
Osongina oʻtdi dema bu yoʻllardan.

Ona boʻlgach, onam koʻnglin asrab qoldim,
Otam oʻtdi... tuproqdan ham pastlab qoldim,
Oʻzim quyosh boʻla turib muzlab qoldim,
Osongina oʻtdi dema bu yoʻllardan.

Metin degan bardoshimning simi chiqqan,
Koʻzlarimni qoqsam, dardning qumi chiqqan,
Tulkilarning oʻzdan avval dumi chiqqan,
Osongina oʻtdi dema bu yoʻllardan.

Yelkamdagi qamchilarning darslarini,
Qalbimdagi farishtalar arzlarini,
Endi gapir tiriklikning farzlarini,
Osongina oʻtdi dema bu yoʻllardan.

Tushlarimni rostlab turib oʻngim bilan,
Koʻz yoshimni sidirgancha yengim bilan,
Xudo ravo koʻrgan juftu tengim bilan,
Roʻzgʻorimni asrab qoldim dovullardan,
Osongina oʻtgan dema bu yoʻllardan.

Dilshoda ERGASHEVA,
Fargʻona viloyati.


Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanalimiz.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz

https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
👍1👏1👌1
ТИРНОҒИ УЗУН ҚИЗЛАРГА

Тўйиб-тўйиб ҳасрат қилай,
Ўз ҳолимга қўйиб беринг.
Эй тирноғи узун гўзал,
Тарвузимни сўйиб беринг.

Сизни кўриб хушим учди,
Танқид қилиб тишим тушди.
Кесатиқли ишим тушди,
Тарвузимни сўйиб беринг.

Юришингиз майин-майин.
Бармоғингиз ипакдайин.
Тирноқлардан ўргулайин.
Тарвузимни сўйиб беринг.

Гапларимга чидолмайсиз.
Аммо мени тутолмайсиз.
Бу пошнада етолмайсиз,
Тарвузимни сўйиб беринг.

Тирноғингиз кўрса бургут.
Ҳижолатдан   ўлади.
Бу тирноқда тарвузмас.
Сигир сўйса бўлади.

Тарвузимни сўйиб беринг.
Тарвузимни сўйиб беринг

✍️ Абдураҳим АБДИЕВ,
Андижон вилояти.


Муҳаммад Юсуф издошларига қўшилинг👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈 канали,
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 гуруҳи.



TIRNOG‘I UZUN QIZLARGA

To'yib-to'yib hasrat qilay,
O'z holimga qo'yib bering.
Ey tirnog'i uzun go'zal,
Tarvuzimni so'yib bering.

Sizni ko'rib xushim uchdi,
Tanqid qilib tishim tushdi.
Kesatiqli ishim tushdi,
Tarvuzimni so'yib bering.

Yurishingiz mayin-mayin.
Barmog'ingiz ipakdayin.
Tirnoqlardan o'rgulayin.
Tarvuzimni so'yib bering.

Gaplarimga chidolmaysiz.
Ammo meni tutolmaysiz.
Bu poshnada yetolmaysiz,
Tarvuzimni so'yib bering.

Tirnog'ingiz ko'rsa burgut.
Hijolatdan   o'ladi.
Bu tirnoqda tarvuzmas.
Sigir so'ysa bo'ladi.

Tarvuzimni so'yib bering.
Tarvuzimni so'yib bering

✍️  Abdurahim ABDIYEV,
Andijon viloyati.


Muhammad Yusuf izdoshlariga qo‘shiling👇
@Muhammadyusufizdoshlari👈kanalimiz.
@Muhammadyusufizdoshlariguruhi👈 guruhimiz

https://www.tg-me.com/Muhammadyusufizdoshlari
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Ўзбек тилим жону дилим" тадбири бўлиб ўтмоқда.
2025/10/20 15:57:15
Back to Top
HTML Embed Code: