Telegram Web Link
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📆 2025-yil 13-sentabrdan 30-sentabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻 Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 8-10-oktabr kunlari my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🐳3🤩1
🟡 Oilaviy poliklinikaga masofaviy ro‘yxatdan o‘tsa bo‘ladi

📱 Jismoniy shaxslar my.gov.uz portali orqali yashash joylaridagi oilaviy poliklinikalarga hisobga turishlari mumkin.

❗️Ushbu xizmat fuqarolarimizga poliklinikaga shaxsan tashrif buyurmasdan, ortiqcha qog‘ozbozliklarsiz va vaqtni tejagan holda ro‘yxatdan o‘tish imkonini beradi.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun havolaga o’ting: my.gov.uz/uz/service/1205

🚀 Ushbu foydali ma’lumotni do’stlaringizga ham ulashib qo’ying!

▶️ https://youtube.com/shorts/-OEbzf3F8zg?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥6🤩4🎉1
❗️Fuqarolik holati dalolatnomalari arxiv ma’lumotnomalarini my.gov.uz orqali tezlashtirilgan tartibda oling!

💻 Siz fuqarolik holati dalolatnomalari arxiv ma’lumotnomalarini (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, otalikni belgilash, familiya, ism va otasining ismi o‘zgartirilganligi, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida) tezlashtirilgan tartibda my.gov.uz orqali olishingiz mumkin.

👨‍💻Buning uchun o'zingizga kerakli ma'lumotnomani olishni tanlasangiz kifoya:
💬 Nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to'g'risidagi ma'lumotnomani olish
💬 Familiya, ism, ota ismini o'zgartirganlik haqida ma’lumotnomani olish
💬 Otalik belgilanganligi haqidagi ma’lumotnomani olish
💬 Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnoma olish
💬 O'lim ro'yxatga olinganligi haqida ma'lumotnomani olish

🟡 Arizani ko‘rib chiqish muddati: Tezlashtirilgan tartibda — 1 ish kuni

🗣 Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
🔵FHDY organlari tomonidan arxiv hujjatlarini berish uchun - 16 875 so‘m.
🔵Tezlashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilganligi uchun qo'shimcha yig‘im – 187 500 so‘m.

📱 my.gov.uz – har qachongidan ham oson, tez va qulay!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍24👏3💯3👌2🤩1
#mobililova

📱Raqamli hujjatlardan foydalanishni o'rganib oling!

▶️Raqamli hujjatlardan to'g'ri foydalanish, ularni tekshirish va xavfsizligini ta'minlashni bilmoqchimisiz? Batafsil videoqo'llanmamizda tanishing!

❗️Eslatma! Hujjatni taqdim etish va tekshirishda faqat rasmiy MyGov ilovasi (android / iOS)dan foydalanish talab etiladi.

🎬https://www.youtube.com/watch?v=QRxjdNafdjs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥5👏1👌1
❗️Получайте архивные справки актов гражданского состояния через my.gov.uz в ускоренном порядке!

💻 Теперь вы можете получить архивные справки актов гражданского состояния (о рождении, браке, расторжении брака, смерти, установлении отцовства, изменении фамилии, имени и отчества, а также о наличии или отсутствии записей) в ускоренном порядке через портал my.gov.uz.

👨‍💻 Для этого достаточно выбрать нужную вам услугу:
💬 Получение справки о регистрации брака, отсутствии брака или о расторжении брака
💬 Получение справки об изменении фамилии, имени или отчества
💬 Получение справки об установлении отцовства
💬 Получение справки о рождении
💬 Получение справки о регистрации смерти

🟡 Срок рассмотрения заявления: в ускоренном порядке — 1 рабочий день

🗣 Размер сборов за рассмотрение заявления:
🔵 За предоставление архивных документов органами ЗАГС — 16 875 сумов
🔵 Дополнительный сбор за ускоренное рассмотрение — 187 500 сумов

📱 my.gov.uz — ещё проще, быстрее и удобнее, чем когда-либо!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥10🎉1🐳1
#transport

❗️Imtiyozli transport kartalariga onlayn ariza bering!

🔝 Buning uchun:

🗄my.gov.uz dagi “Shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini rasmiylashtirishga ariza berish” xizmatini tanlaysiz;
🗄oferta shartlari bilan tanishgach, tanlash koʻrsatilgan maydonlarni toʻldirasiz, yuborish tugmasini bosasiz.

📆 Ariza 3 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Xizmat mutlaqo bepul koʻrsatiladi.

🪪 Bunday karta egalari respublikamizning barcha hududlaridagi shahar yoʻlovchilar transportida (trolleybus, avtobus, tramvay, metro) bepul yurish huquqiga ega.

Imtiyozli transport kartasi cheklanmagan muddatga beriladi.

Undan boshqa shaxslarning foydalanishi taqiqlanadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🐳4💯4🔥2👌2
#oneid

📱One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tish tartibi bilan tanishing!

🧑‍💻 So‘nggi yillarda davlat xizmatlaridan foydalanish ancha qulaylashdi. Ayniqsa, my.gov.uz xalqimiz mushkulini osonlashtirmoqda.

🔐Bir necha oddiy qadam va siz raqamli hukumat tizimlariga xavfsiz kirishingiz, davlat xizmatlaridan oson, tez va qulay foydalanishingiz mumkin.

👇 Quyidagi videorolikda barcha bosqichlar birma-bir va tushunarli tarzda ko‘rsatilgan.

🎬https://youtu.be/iJ488a0WFME

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥9👏1🤩1💯1
⚡️ Ishga joylashish uchun kerakli hujjatlar to'plamini onlayn oling!

my.gov.uz dagi "Ma'lumotnomalar" bo'limi orqali ishga joylashish uchun kerakli hujjatlar to'plami, xususan:

🔸 Foydalanuvchi fotosurati(3x4);
🔸 JSHSHIR berilganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma;
🔸 Yashash joyi bo‘yicha maʼlumotnoma;
🔸 Ish tajribasi haqida maʼlumotnoma;
🔸 O‘zini o‘zi band qilganlik haqida maʼlumotnoma;
🔸 Taʼlim muassasasini tugatganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma;
🔸 Jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag'i haqida maʼlumotnoma;
🔸 Imkoniyati cheklangan shaxs haqida maʼlumotnomalarni bepul va tezda yuklab olishingiz mumkin.

Shuningdek,
🔸 Narkologiya bo‘yicha dispanserdan maʼlumotnoma;
🔸 Ruhiy kasalliklar dispanseridan maʼlumotnoma;
🔸 Sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida maʼlumotnomalarni belgilangan to'lovni amalga oshirgan holda yuklab olishingiz mumkin.

📱Yangiliklar va foydali maslahatlardan doimiy xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍45🔥12👌6🤩3🐳1
#mobililova

📱MyGov ilovasida “Avtoxabar” xizmatidan foydalaning!

🚗 Ushbu xizmatdan foydalanishda transport vositasining davlat raqamini yozish orqali mashina egasiga uning avtoulovi haqidagi holat bo’yicha tezkor xabar yetkazish mumkin.

👉 Masalan:
Mashina qulflanmay qolsa;
Yo‘lni boshqa avtomobil to‘sib qo‘ysa;
Yoki boshqa zarur holatlarda xabar tezda egasiga yetkaziladi.

🗣Avtoxabar xizmati — vaqtni tejaydi, muammoni oson hal qiladi va yo‘llarda qulaylik yaratadi.

▶️https://youtu.be/n9Dp23noeCo

🔔MyGov ilovasini (android / iOS) yuklab olishni unutmang!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26👏4🔥2💯2
⚡️ Получите онлайн комплект необходимых документов для трудоустройства!

Через раздел «Справки» на портале my.gov.uz вы можете быстро получить комплект документов, необходимых для трудоустройства, в том числе:

🔸 Фотография пользователя (3x4);
🔸 Справка о присвоении ПИНФЛ;
🔸 Справка о месте жительства;
🔸 Справка о трудовом стаже;
🔸 Справка о самозанятости;
🔸 Справка об окончании учебного заведения;
🔸 Справка о накопительном пенсионном счёте;
🔸 Справка об инвалидности — все эти документы можно скачать бесплатно и быстро.

Кроме того, вы можете получить следующие справки после внесения установленной платы:
🔸 Справка из наркологического диспансера;
🔸 Справка из психоневрологического диспансера;
🔸 Справка о несудимости (или судимости).

📱 Подписывайтесь на нас, чтобы всегда быть в курсе новостей и получать полезные советы!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🔥5
⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🗣Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

imtihonning yozma qismi — 18-19-oktabr kunlari;
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-24-, 27-31-oktyabr va 3-6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

📱Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🔔 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-10-14-21

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22👌7🔥4🎉2
#fuqarolik

☄️ Pasportni ID kartaga 10% chegirma bilan almashtiring!

🧑‍💻 my.gov.uz orqali «Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish»da 10% chegirmadan foydalanish mumkin!

👉 Fuqaro arizani to‘ldirishda ID kartani qayerdan olishni belgilashi lozim:
Davlat xizmatlari markazi
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi

📍Shu bilan birga, o‘ziga qulay sana va manzilni tanlaydi.

📱To‘lovni amalga oshirib, arizani yuborgach, belgilangan sanada ko‘rsatilgan manzilga tashrif buyuriladi. Suratga tushiladi hamda biometrik ma’lumotlar taqdim etiladi.

🪪 Shu kunning o‘zida yangi ID karta tayyorlanadi va taqdim etiladi!

📱 my.gov.uz bilan vaqtingiz va mablag‘ingizni tejang!

▶️ https://youtube.com/shorts/MsBZFw7m_t8?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥10👌5🤩4💯3
⚡️Ajoyib natija!
❗️61.5% ruxsatnoma my.gov.uz orqali onlayn taqdim etildi!

🗣Qurilish sohasining 2025-yil (I-III choragi)dagi bu yutuqlar — my.gov.uz orqali koʻrsatilayotgan qulaylik va shaffoflik natijasi!

👉 ASOSIY NATIJALAR:
🏗 60 000 dan ortiq yangi uy-joylar, maktablar, shifoxonalar va boshqa muhim obʼyektlar foydalanishga topshirildi.

Bu nimadan dalolat?

🗄 Qurilishi tugallangan 60 000 dan ortiq obʼyektning 61.5 foiziga foydalanish uchun ruxsatnomalar aynan my.gov.uz orqali elektron tarzda berildi. Bu xizmat koʻrsatish samaradorligi oshgani va shaffoflik taʼminlanganining isboti!

📈 Respublika boʻyicha 100 000 ga yaqin loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlandi. Bu koʻrsatkichlar kelgusida qurilish loyihalari koʻlami yanada kengayishini anglatadi!

📍 Hududiy yetakchilar: Qoraqalpogʻiston Respublikasi uy-joy qurishda loyiha-smeta hujjatlarini kelishishda yetakchilik qildi. Toshkent viloyati esa foydalanishga qabul qilingan obʼyektlar boʻyicha yuqori koʻrsatkichga chiqdi.

👍Bu yogʻiga barcha jismoniy va yuridik shaxslar qurilish sohasidagi jarayonlarni shaffof va tezkor hal qilishi mumkin:
Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish:
https://my.gov.uz/uz/service/349
Obʼyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish:
https://my.gov.uz/uz/service/480

Qurilish sohasi faol rivojlanmoqda, my.gov.uz esa bu jarayonni yanada tez, qulay va shaffof qilmoqda!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33🎉4🔥3
🟡 Kommunal xizmatlarda yangilangan qulaylik!

🔵 Endi kommunal ma'lumotlardagi xatoliklarni to'g'rilash yanada osonlashdi!

🗣 My.gov.uz dagi "Kommunal ma'lumotlarni tahrirlash" xizmati tubdan yangilandi va bu vaqtingizni sezilarli darajada tejaydi.

Nima o‘zgardi?

💬 Har bir kommunal xizmat uchun (gaz, svet, suv, chiqindi va boshqalar) alohida ariza yuborishingiz mumkin.

👉 Bu degani:
Muammo "svet"da boʻlsa, faqat elektr taʼminoti boʻyicha ariza berasiz.
Har bir ariza bevosita tegishli tashkilotga yuboriladi va bu jarayonni tezlashtiradi.
Ariza holati haqidagi barcha bildirishnomalar shaxsiy kabinetingizda aks etadi.

💻Agar hisoblagich ko‘rsatkichlarida, egasi nomida yoki boshqa kommunal ma'lumotlarda xatolikni ko‘rsangiz — my.gov.uz ga kiring, kerakli xizmat turini tanlang va bir necha tugmani bosish orqali ariza yuboring!

📱Xizmat my.gov.uz portali va MyGov mobil ilovasida (Google Play | AppStore) mavjud.

❗️Kommunal toʻlovlardagi tartibsizliklardan xalos boʻlish vaqti keldi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏33👌8🎉4🐳2💯2
🗣E'lon!

⚙️ Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlari server qurilmalarini koʻchirib oʻtkazish boʻyicha rejali ishlar olib borilishi munosabati bilan 2025-yilning 18-19-20-oktyabr kunlari my.gov.uz portali orqali ushbu Vazirlik tomonidan koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33👌14💯3🐳2
🟡 O‘zbekiston xalqini O‘zbek tili bayrami bilan tabriklaymiz!

Hurmatli yurtdoshlar! Sizlarni 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimizdan muborakbot etamiz!

Bugungi kunda davlat boshqaruvidan tortib ilm-fan, ta’lim, texnologiya va madaniyatgacha bo‘lgan barcha jabhalarda o‘zbek tilining o‘rni mustahkamlab bormoqda.

Tilimizni rivojlantirish, uning nufuzini oshirish, yosh avlodga ona tilimizga muhabbat va hurmat ruhini singdirish barchamizning muqaddas burchimizdir.

Shu muborak kunda barchangizga sog‘lik-salomatlik, baxtu saodat, ishlaringizda muvaffaqiyat, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka tilaymiz.

Ona tilimiz doimo e’zozda, uning maqomi esa yuksakda bo‘lsin!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍77🎉33👏15🐳5💯3
⚡️To‘siqlarni yenga olgan zamondoshim!

Bugun biz koʻrish qobiliyati cheklangan boʻlishiga qaramay raqamli dunyoni insonlar uchun qulay qilishga katta hissa qo’shib kelayotgan qahramon haqida gapirmoqchimiz!

Bu – Abdulaziz Salimov! Uni minglab foydalanuvchilarning ovozi, desak ham mubolag’a bo’lmaydi.

Chunki tugʻma cheklovlar unga toʻsiq boʻlmadi, aksincha, butun jamiyat uchun raqamli qulayliklar yaratishga ilhom berdi.

"RHVoice" oʻzbekcha nutq sintezatorining yaratilishi, "KitobPlus" loyihasi va bugun my.gov.uz portalini barcha uchun birdek qulay qilish imkoniyati — bularning barchasi uning shaxsiy tajribasi va mehnati natijasidir.

U ko'p bora ta'kidlaydi: "Mening maqsadim – jismoniy cheklovlardan qatʼi nazar, davlat xizmatlaridan toʻsiqlarsiz foydalana oladigan raqamli muhitni yaratish!"

Ushbu hujjatli filmni tomosha qiling va Abdulaziz Salimovning hayoti, "Nurli maskan" maktab-internatidan to Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazigacha boʻlgan ilhomlantiruvchi yoʻlini koʻring!

Shunda siz shaxsiy qiyinchiliklar qanday qilib butun jamiyat uchun imkoniyatga aylanishiga guvoh boʻlasiz!

▶️ https://youtu.be/0Ddy-bimfb4

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍39🔥5👏2🤩1
▶️Yoshlar bandligi va raqamli imkoniyatlar haqida suhbatlashamiz

"Qulay hayot" podkastining navbatdagi sonida yoshlar bandligi va raqamli imkoniyatlarga bagʻishlangan muhim tahliliy suhbat boʻlib oʻtdi.

Unda my.gov.uz portali orqali aynan yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun yaratilgan, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytiruvchi va hayotini yengillashtiruvchi qator davlat xizmatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, iqtidori bor-u, lekin tajriba yetishmasligi yoki zamonaviy kasblarni o'rganishi moddiy ta'minotga bog'liq bo'lgan muammolar endi toʻsiq emasligi tahlil qilindi.

Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, zamonaviy raqamli koʻnikmalarga ega boʻlish va karerani muvaffaqiyatli qurish uchun nimalarni bilish lozim – mutaxassis bu savollarga ham javob berdi.

"Qulay hayot" podkastini tomosha qiling: https://youtu.be/bZkfM1VSi7s

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥4🎉3
❗️Xorijga chiqishga cheklov bor-yo‘qligini 1 daqiqada tekshiring!

✈️ Chegara postida “taqiq” aniqlanib, muammo chiqmasligi va barcha rejalar barbod boʻlmasligi uchun xorijga chiqishga cheklov bor-yoʻqligini oldindan tekshirib olishni maslahat beramiz.

📱 my.gov.uz'dagi tegishli xizmat orqali buni aniqlash juda oson. Keyin koʻngilni xotirjam qilib safarga otlanaverasiz.

🔔 Bunda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi holatini tekshirish xizmati orqali soʻrov kiritsangiz bas. Tizim avtomatik tarzda zarur maʼlumotni taqdim etadi.

Xorij safaringiz koʻngildagidek va xotirjam oʻtsin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥13👍9
❗️Проверьте, есть ли ограничения на выезд за границу, всего за 1 минуту!

✈️Чтобы на пограничном посту не возникло неожиданностей из-за возможного «запрета на выезд» и ваши планы не сорвались, рекомендуем заранее проверить, есть ли у вас ограничения на выезд за границу.

📱 Это очень легко сделать через соответствующую услугу на портале my.gov.uz. После проверки можно отправляться в поездку спокойно и уверенно.

🔔 Для этого достаточно воспользоваться услугой «Проверка наличия временного ограничения на выезд из Республики Узбекистан» и отправить запрос. Система автоматически предоставит необходимую информацию.

Пусть ваше путешествие пройдёт спокойно и так, как вы запланировали!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18🎉2👌2
2025/10/26 04:02:29
Back to Top
HTML Embed Code: