☄️ 9-sinf bitiruvchilari uchun muhim e’lon!💬 2025/2026-o‘quv yili uchun
my.gov.uz orqali
akademik litseylarga qabul boshlandi! Bu sizning kelajakka qo‘yadigan ilk jiddiy qadamingiz bo‘lishi mumkin!
👨💻 Aziz o‘quvchilar, endi siz
my.gov.uz portali orqali yurtimizning istalgan akademik litseylariga onlayn hujjat topshirishingiz mumkin! Bu juda qulay va tezkor!
✨ Joriy yilda ham hujjat topshirish jarayonida bir vaqtning o‘zida 3 ta akademik litseyni ustuvorligidan kelib chiqib, belgilash imkoniyatiga egasiz. Bu degani, agar birinchi tanlagan litseyingizga kira olmasangiz, navbatdagi ustuvorlikdagi litseyga kirish imkoniyatingiz saqlanib qoladi. Bu juda katta qulaylik!
📆 Kirish imtihonlari iyul oyida bo‘lib o‘tadi. Imtihon uchun yo‘llanmalaringizni “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olishingiz mumkin.
🗣 Akademik litseylarga qabul jarayoni ikki bosqichda o‘tkaziladi:
💬 1-bosqich: Ikkita fan bo‘yicha kirish test sinovlari.
💬 2-bosqich: Intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovi.
🟡 Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, orzuingizdagi litsey talabasi bo‘ling!
❗️ Barchaga omad tilaymiz!
🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot