Telegram Web Link
#infografika #malumotnomalar

❗️Elektron ishonchnomalar soni 1 yilda 1 milliondan oshdi!

💬 my.gov.uz orqali "Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma (sotish, boshqa davlatga olib chiqib ketish huquqisiz) berish" xizmati ishga tushirilganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ammo qisqa muddat ichida ushbu xizmat yurtdoshlarimiz orasida juda ommalashib ketdi.

📱 Xizmat 2022-yilning 6-sentyabrida ishga tushirilgan. 2024-yilning 1-yanvaridan 2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra, my.gov.uz orqali 1 milliondan ortiq elektron ishonchnoma rasmiylashtirildi.

🚗 Eng ko‘p rasmiylashtirishlar - Toshkent shahri, Andijon va Samarqand viloyatlarida qayd etildi.

🟡 my.gov.uz orqali elektron ishonchnoma olish, avvalo, uydan chiqmasdan, onlayn rasmiylashtirish mumkinligi, an’anaviy usulga qaraganda ancha tez jarayonligi, talab etiluvchi hujjatlarning minimalligi, to‘lovda 10% chegirma berilishi bilan juda qulaydir.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika #malumotnomalar

❗️2024/2025-yillarda Bolani bogʻchaga joylashtirish uchun 2 milliondan ortiq ariza kelib tushdi

📍Top-3 hududga: Farg'ona viloyati Toshkent shahri, Andijon va Samarqand viloyatlari kirdi.

👉 Bolani bog'chaga joylashtirish uchun:

1️⃣ Ro'yxatdan o'ting!
2️⃣ my.gov.uz orqali Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun ariza bering!

▶️Bolani bog'chaga joylashtirish tartibi bilan videoqo‘llanmada tanishing:

▶️ https://www.youtube.com/watch?v=KkNC8A4uTFs

👨‍👩‍👧‍👦 Yagona portal orqali farzandni Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish sodda va qulay.

📱 Muhimi, siz uyingizdan chiqmasdan farzandingizni bogʻchaga roʻyxatga qoʻyishingiz, navbatni tekshirishingiz va arizani bekor qilishingiz mumkin!

📱my.gov.uz – hayotingizni doim osonlashtiradi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kredit

Talabalar diqqatiga
❗️

⚡️ Ta’lim kreditini my.gov.uz orqali olish yanada oson!

👍 Endilikda talabalarning ta’lim kreditini olishi juda qulaylashdi! Bunda ularga my.gov.uz portali yordam beradi.

▶️ Videoqo‘llanmadan foydalanib, ta’lim kreditini olishda qanday hujjatlar kerakligi, jarayon qancha vaqt olishi, kafil va birga javobgar shaxs ishtiroki hamda onlayn ariza yo‘llash bosqichlarini bilib olishingiz mumkin.

👨‍💻 Buni do‘stlaringizga ulashib, ularni ham xabardor qilishni unutmang!

🎬 https://youtu.be/IXxoGwX6OLc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangilangan Yagona portal yuzasidan fikringiz muhim!

🧑‍💻 Aziz foydalanuvchilar!

💻 Xabaringiz bor, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (my3.gov.uz manzilida) yangilangan talqini sinov tartibida ishlab turibdi.

❗️Biz uchun Sizning fikringiz juda muhim!

Portaldan foydalanishda biror taklif yuzaga keldimi? Yana nimalarnidir o‘zgartirish kerak, deb o‘ylaysizmi?

📣 Fikringizni izohlarda qoldiring yoki quyidagi usullarda yuboring:

🚀Telegram bot orqali: https://www.tg-me.com/MyGovRasmiyBot
📱1242 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib

📱 Sizning yordamingizda Yagona portalni hamma uchun yanada qulay va foydali qilishimiz mumkin!

💬 Shuningdek, tez kunda my.gov.uz yangi interfeys bilan to‘liq ishga tushishini eslatib o‘tamiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Важно ваше мнение об обновленной версии Единого портала!

🧑‍💻 Уважаемые пользователи!

💻Как вам уже известно, в настоящее время в сети Интернет проходит тестирование обновленной версии Единого портала интерактивных государственных услуг (my3.gov.uz).

❗️Ваше мнение очень важно для нас!

Возникали ли у вас предложения при использовании портала? Что, по вашему мнению, нужно улучшить?

📣Оставьте свои предложения в комментариях или отправьте их одним из следующих способов:

🚀 Через Telegram-бот: https://www.tg-me.com/MyGovRasmiyBot
📱Позвонив по номеру 1242

📱С вашей помощью мы сделаем Единый портал более удобным и полезным для всех!

💬 Напоминаем, что скоро my.gov.uz заработает в полную силу с новым интерфейсом!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kredit

❗️Ipoteka subsidiyasi – uy-joy sotib olishda davlat tomonidan ko‘mak!

Kimlar olishi mumkin? Shartlar qanday? Ariza qayerga topshiriladi?

👆 Barcha ma’lumotlar infografikada!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

Diplom ma’lumotlaringiz xatomi yoki tizimda umuman ko‘rinmayaptimi? Xavotirga o‘rin yo‘q!

💻 Chunki oliy ta’lim diplomingiz ma’lumotlarini my.gov.uz orqali onlayn qo‘shish yoki tahrirlashingiz mumkin!

Qanday qilib deysizmi? Videoqo‘llanmada batafsil tushuntirilgan.

❗️Unutmang! Xizmatdan foydalanish – BEPUL! Arizangiz esa 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

📱 my.gov.uz – raqamli xizmatlarning yangi davri!

▶️ https://youtu.be/KeWUvonSgf8?si=hPfLaVUjTiSlsHyJ

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hammasi yanada osonroq:
Yangilangan Yagona portaldagi shaxsiy kabinetingiz ham yangilandi!


Aziz yurtdoshlar, davlat xizmatlaridan foydalanish yanada qulay bo‘layotganidan xabaringiz bor! my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinetingiz yangilandi va siz uchun bir qator qulay imkoniyatlar yaratildi.

📱Yangilangan shaxsiy kabinetning afzalliklari:

Barcha ma’lumotlar bir joyda bo‘ladi: "Mening ma’lumotlarim" bo‘limi orqali shaxsiy ma’lumotlaringiz, oila tarkibi, ta’lim, ish faoliyati, ko‘chmas mulk, avtotransport, ish haqi va pensiya ma’lumotlarini ko‘rishingiz mumkin.

Muhim xabarnomalar tezkor yetkaziladi: 20 dan ortiq muhim holatlar bo‘yicha elektron xabarnomalar oling (ID karta, haydovchilik guvohnomasi, kommunal xizmatlar balansi va boshqalar).

Moliyaviy nazorat qo‘l ostingizda: Soliq, aliment va ijro hujjatlaridan qarzdorligingizni tekshirish va to‘lovlarni amalga oshirish. Xorijga chiqishga cheklov bor-yo‘qligini ham oson tekshirish mumkin.

Kommunal xizmatlar nazorati olib borasiz: Kommunal xizmatlar balansini kuzatasiz va barcha to‘lovlarni onlayn amalga oshirasiz.

Aqlli qidiruv ishni yengillashtiradi: Kerakli xizmatlarni tez va oson topasiz.

Qayta aloqa ta’minlanadi: Xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha o‘z fikrlaringizni qoldirish va ularning bajarilishini kuzatish imkoniyati bor.

📱Va bu hali hammasi emas! Biz Yagona portalni rivojlantirishda davom etamiz!

🟡 Tez kunda my.gov.uz portalining yangi interfeysi to‘liq ishga tushadi. Bu esa sizga davlat xizmatlaridan yanada qulay va samarali foydalanish imkonini beradi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Всё стало ещё проще:
Обновился Ваш личный кабинет на обновлённом Едином портале!


Дорогие соотечественники, как Вы уже знаете, пользоваться государственными услугами становится ещё удобнее! Личный кабинет на портале my.gov.uz обновился, и для Вас созданы новые удобные возможности.

📱 Преимущества обновлённого личного кабинета: 

Вся информация в одном месте – в разделе «Мои данные» Вы можете просматривать личную информацию, состав семьи, образование, трудовую деятельность, недвижимость, автотранспорт, зарплату и пенсионные данные. 

Важные уведомления будут отправляться оперативно  – получайте электронные уведомления более чем по 20 важным событиям (ID-карта, водительское удостоверение, баланс коммунальных услуг и др.). 

Финансовый контроль под рукой – проверяйте задолженности по налогам, алиментам и исполнительным документам, а также совершайте платежи. Можно легко узнать, есть ли ограничения на выезд за границу. 

Контроль за коммунальными услугами – следите за балансом коммунальных услуг и оплачивайте их онлайн. 

Умный поиск облегчает работу – находите нужные услуги быстро и легко. 

Обратная связь – оставляйте свои отзывы по улучшению услуг и отслеживайте их выполнение. 

📱 И это ещё не всё! Мы продолжаем развивать Единый портал! 

🟡 Совсем скоро будет полностью запущен новый интерфейс портала my.gov.uz, что сделает использование государственных услуг ещё удобнее и эффективнее!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚩🚩🚩🚩🚩🚩

🎆 Yangilanish vaqti keldi! my.gov.uz yangi talqinda ishga tushmoqda!

☄️ Aziz yurtdoshlar!

Navro‘z bayrami arafasida sizlarga ajoyib yangilikni e’lon qilamiz! 2025-yil 21-mart kuni soat 00:00 dan 06:00 ga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (my.gov.uz) yangi talqini ishga tushadi!

✔️ Endi siz yanada qulay va sodda interfeys tufayli xizmatlardan oson hamda tezkor foydalanasiz. Yangi imkoniyatlardan xabardor bo‘lasiz.

🔈 Texnik ishlar sababli, shu kuni my.gov.uz portali va uning xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan barcha modullari faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🗓 Siz bayramni mazmunli o‘tkazing, bu vaqt ichida mutaxassislarimiz bayramga tuhfa sifatida yangi talqinning to‘liq ishga tushirilishini ta’minlashadi.

➡️ Qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, 1242 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling! Biz sizga yordam berishga tayyormiz!

🔝 Yangi talqin orqali sizga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishdan mamnun bo‘lamiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🎆 Пришло время обновлений! my.gov.uz запускается в новом формате!

☄️ Уважаемые соотечественники!

В преддверии праздника Навруз рады сообщить вам замечательную новость! 21 марта 2025 года с 00:00 до 06:00 будет запущен новый формат Единого интерактивного портала государственных услуг (my.gov.uz)!

✔️ Теперь благодаря ещё более удобному и простому интерфейсу вы сможете пользоваться услугами быстрее и комфортнее, а также узнавать о новых возможностях.

🔈 Из-за технических работ в этот день возможны перебои в работе портала my.gov.uz и всех его модулей, предназначенных для оказания услуг.

🗓 Проведите праздник с радостью, а наши специалисты в это время обеспечат полноценный запуск обновлённой версии в качестве праздничного подарка.

➡️ Если у вас возникнут дополнительные вопросы, звоните по номеру 1242! Мы всегда готовы помочь!

🔝 Мы рады представлять вам ещё более качественные услуги в новом формате!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚩🚩🚩🚩🚩🚩, YANGILANISH❗️

☄️ O‘zbekistonning eng yirik va xavfsiz raqamli identifikatsiya tizimi OneID tubdan yangilanmoqda! Aniqrog‘i, foydalanuvchilarning raqamli xavfsizligi yangi bosqichga ko‘tariladi!

Nima uchun bu muhim?

📱Bugungi kunda raqamli xizmatlardan foydalanish tobora ommalashib bormoqda. Shunday ekan, shaxsga doir ma’lumotlarimizni himoya qilish va onlayn xizmatlarga xavfsiz ulanish har qachongidan ham muhimroq. Yangilangan OneID tizimi aynan shu maqsadga qaratilgan bo‘lib, sizga yanada qulay va xavfsiz raqamli muhitni taqdim etadi.

Yangi imkoniyatlar nimalardan iborat?

👨‍💻 Endilikda siz OneID tizimiga QR kod orqali bir necha soniya ichida kirishingiz mumkin. Shuningdek, MyID orqali kirish imkoniyati ham yaratiladi.

🪪 Bundan tashqari, Siz o‘z ma’lumotlaringizni kimlar, qanday maqsadlarda ko‘rish huquqiga ega ekanligini to‘liq nazorat qila olasiz.

📱 Ikki bosqichli autentifikatsiya (2FA) hamda boshqa zamonaviy xavfsizlik texnologiyalari sizning akkauntingizni himoya qiladi.

🟡 Tashkilotlar bilan ma’lumot almashish jarayonlari yanada shaffof va ochiq bo‘ladi.

🔐 Yangilangan OneID tizimi raqamli xavfsizlik va qulaylikni birlashtirgan holda, sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. U orqali siz raqamli dunyoda o‘zingizni yanada xavfsiz va ishonchli his qilasiz.

🔔Yana bir muhim yangilik! Ayni kunlarda OneID mobil ilovasi ishlab chiqilib, yakuniy sinov bosqichlaridan o‘tkazilmoqda. Tez kunlarda uni taqdim etish haqidagi aniq ma’lumotlarni rasmiy sahifalarimizda e’lon qilamiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤, ОБНОВЛЕНИЕ❗️

☄️ Крупнейшая и самая безопасная цифровая идентификационная система Узбекистана OneID кардинально обновляется! Точнее, цифровая безопасность пользователей выходит на новый уровень!

Почему это важно?

📱 Сегодня цифровые услуги становятся все более популярными. Поэтому защита наших персональных данных и безопасное подключение к онлайн-услугам важны как никогда. Обновленная система OneID направлена именно на это — она обеспечит вам еще более удобную и безопасную цифровую среду.

Какие новые возможности?

👨‍💻 Теперь вы можете войти в систему OneID всего за несколько секунд с помощью QR-кода. Также появится возможность входа через MyID.

🪪 Кроме того, вы получите полный контроль над тем, кто и с какой целью имеет доступ к вашим данным.

📱Двухфакторная аутентификация (2FA) и другие современные технологии безопасности надежно защитят ваш аккаунт.

🟡 Процессы обмена данными с организациями станут еще более прозрачными и открытыми.

🔐Обновленный OneID объединяет цифровую безопасность и удобство, открывая перед вами новые возможности. Теперь вы будете чувствовать себя в цифровом мире еще более защищенно и уверенно!

🔔Еще одна важная новость! В настоящее время разрабатывается мобильное приложение OneID, которое проходит финальный этап тестирования. Скоро мы объявим точную дату его выпуска на наших официальных страницах!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
E'lon❗️

Kadastr agentligining ko‘chmas mulk obyektlari ma’lumotlar bazasida rejali texnik-profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan 2025-yil 21-martdan 23-martgacha my.gov.uz portali orqali kadastrga oid elektron xizmatlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

💻 2025-yil 15-fevraldan 12-martga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻 Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 07:45:44
Back to Top
HTML Embed Code: