Telegram Web Link
#talim

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

📱Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.

❗️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍124🔥4🐳3👏1💯1
#infografika #malumotnomalar #talim

☄️ Xalqaro IT-sertifikatlarga kompensatsiya oluvchilar soni keskin oshdi

📈 Xalqaro IT-sertifikatga kompensatsiya olish uchun 2024-yilda 76 nafar IELTS sertifikati bor yoshlar ariza qoldirgan boʻlsa, joriy yil birinchi chorakning oʻzidayoq bu koʻrsatgich 122 nafarga yetdi.

📍Qolaversa, hududlar kesimida xalqaro IT-sertifikat uchun ketgan xarajatlarni kompensatsiya qilish uchun eng yuqori natija Samarqand viloyatiga toʻgʻri kelmoqda.

💬 Eng quvonarli jihati, 2024-yilda kompensatsiya olgan qizlarning ulushi 13% ni tashkil etgan boʻlsa, joriy yil soʻnggi 3 oyining oʻzidayoq ushbu koʻrsatgich 41% ga yetgan.

👨‍💻 Action pro, Sensorika, Uzcorp oʻquv markazi bitiruvchilari esa soʻnggi 3 oyda eng koʻp kompensatsiya olish uchun ariza qoldirishgan.

Natijalar bilan batafsil infografikamizda tanishing!

👉 Xalqaro IT-sertifikatlarning to‘liq ro'yxati bilan IT-istedod.uz saytida tanishing va sertifikatni qoʻlga kiriting, xalqaro IT-sertifikat olish uchun ketgan xarajatlaringizni my.gov.uz portali orqali ariza qoldirib kompensatsiya qilib oling.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍129👌6🔥4🤩1💯1
Buyuk Sohibqiron merosi bizga kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi!

Bugun, 9-aprel – jahonga dovrug‘i tanilgan buyuk sarkarda, kuchli va markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan, san’at va madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun! Ushbu ulug‘ zot dunyoga kelganiga 689 yil to‘ldi.

Amir Temur nafaqat jang maydonlarida tengsiz sarkarda bo‘lgan, balki XIV-XV asrlarning murakkab siyosiy vaziyatida Movarounnahrni birlashtirib, qudratli davlatga asos solgan buyuk davlat arbobi edi.

Uning 35 yillik hukmronligi davrida poytaxt Samarqand va butun mamlakat misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlariga guvoh bo‘ldi, ilm-ma’rifat rivojlandi, boshqa davlatlar bilan samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Sohibqironning davlat boshqaruviga oid teran fikrlari va avlodlarga qoldirgan pand-nasihatlari "Temur tuzuklari"da o‘z aksini topgan. Uning butun hayoti davomida amal qilib kelgan "Kuch – adolatda!" shiori bugungi kunda ham har birimiz uchun hayotiy dastur bo‘lib xizmat qilishi lozim.

Aynan adolat va kuch birlashgandagina jamiyatda barqarorlik, taraqqiyot va farovonlik ta’minlanadi.
Bugungi raqamli O‘zbekiston ham adolat tamoyillariga asoslangan holda, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish orqali yangi marralar sari ildam qadamlar tashlamoqda.


Sohibqironning buyuk merosi bizga ilhom berib, raqamli kelajakni bunyod etish yo‘lida kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141🔥12👏5🤩3
#transport #sugurta

Avtomobilingizni majburiy sug‘urta qilish aslida juda oson!

🚗 Avtotransportni majburiy sug‘urtalash jarayoni my.gov.uz portali orqali yanada qulay va tez amalga oshiriladi.

⌛️Haydovchilar ortiqcha ovoragarchiliklardan holi bo‘ladi, vaqti ham tejaladi.

Shu o‘rinda eslatma! Xizmatdan foydalanish jarayonida to‘lovni faqat my.gov.uz portali orqali amalga oshirish zarur! Tijorat banklari va to‘lov tizimlarining ilovalari orqali
to‘lov qilishda esa "Davlat xizmatlari uchun to‘lovlar" servisini tanlab, my.gov.uz invoys raqami kiritiladi.


💰 Agar to‘lov noto‘g‘ri amalga oshirilsa, yordam uchun sug‘urta kompaniyasiga murojaat qiling!

▶️ Sug‘urta polisini to‘g‘ri rasmiylashtirish tartibi bilan videoqo‘llanmada tanishing: https://youtu.be/b3Zfse5nJ8w

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🎉3👌2🔥1
#транспорт #страхование

Страхование автомобиля на обязательной основе — это на самом деле очень просто!

🚗 Процесс обязательного страхования автотранспортного средства можно быстро и удобно оформить через портал my.gov.uz.

⌛️ Водителям больше не придётся тратить лишнее время и силы — всё делается проще и быстрее.

Напоминаем! Во время использования услуги оплату необходимо производить только через портал my.gov.uz!
Если вы оплачиваете через мобильные приложения коммерческих банков или платёжных систем, необходимо выбрать сервис "Платежи за государственные услуги" и ввести номер счёта (инвойс) с портала my.gov.uz.


💰 Если платёж был произведён неправильно, обратитесь за помощью в страховую компанию!

▶️ Ознакомьтесь с порядком правильного оформления страхового полиса в видеоруководстве: https://youtu.be/b3Zfse5nJ8w

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍66👏1
Sizni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari safida kontrakt asosida xizmat qilish imkoniyati qiziqtiradimi?

🧑‍🚀 Endi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga ariza berish yanada qulaylashdi!

▶️ Ushbu videoqo‘llanmada my.gov.uz orqali tegishli xizmatdan qanday foydalanish, arizani to‘ldirish va yuborish bosqichlari qadamma-qadam tushuntirilgan: https://youtu.be/-vr-wDcv-WY

Eslatma! Arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlaringiz to‘g‘ri ekanligiga e’tiborli bo‘ling!


🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82🔥6🎉4🐳3🤩1
#infografika #malumotnomalar

☝🏻 Shaxsiy ma’lumotlar — bu Sizning raqamli dunyodagi kalitingiz!

Undan to‘g‘ri foydalansangiz, o‘zingiz va oilangizni turli firibgarliklardan himoyalagan bo‘lasiz.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍116👏6🎉5👌5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ O‘zbekistonda ilk bor: Samarqand 2025-yilda BMTning Davlat xizmatlari forumiga mezbonlik qiladi!

📅 2025-yil 23-25-iyun | 📍 “Silk Road Samarkand”majmuasi, O‘zbekiston.

O‘zbekistonda ilk marotaba tarixiy Samarqand shahri Birlashgan Millatlar Tashkilotining nufuzli Davlat xizmati forumi - 2025ga (UNPSF) mezbonlik qiladi. Ushbu global ahamiyatga ega tadbir vazirlar, yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga to‘playdi.

📌 Mavzu: "2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish"

Tashkilotchilar:
BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA)
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Strategik islohotlar agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Forum 23-iyun - BMTning Davlat xizmati kunida rasman ochiladi va davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda davlat xizmati samaradorligini oshirishga qaratilgan yuqori darajadagi muzokaralar, innovatsion yechimlar va strategik hamkorlik uchun platforma vazifasini o‘taydi.

Sanani eslab qoling va ushbu taraqqiyotga yo‘l ochuvchi tadbirda ishtirok eting!

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍151👏11🎉5🔥4👌1
⚡️ Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🆔 2025-yil 14-apreldan kimyo, fizika, tarix, biologiya, matematika va geografiya fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz portali orqali ro‘yxatga olish boshlandi.

✍️ Ro‘yxatga olish 20-aprel 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️21-aprel – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

🗓 Test sinovlarini 3-4-, 24-25-may kunlari oʻtkazish rejalashtirilmoqda. Test sinovining aniq sanasi, joyi va vaqti ruxsatnoma orqali ma’lum qilinadi


❗️ DIQQAT! Test sinovining aniq sanalari talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍156🔥6🎉6💯4👏3
#fuqarolik

JShShIR
haqida bilasizmi

✔️ JShShIRda shaxsimizni tasdiqlovchi pasportdagi 14 ta raqam tanlab olingan va barcha turdagi davlat, bank va ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning yagona identifikator raqami hisoblanadi.

⌨️ JShShIR raqamlari noyob bo‘lib, o‘zgartirishning imkoniyati yo‘q. Ya’ni u birinchi o‘rinda pasportda ko‘rsatilgan jins va tug‘ilgan asr indeksi, keyin tug‘ilgan sana, shahar yoki region kodi, fuqaroning seriyasi hamda tekshirish raqamlarini o‘z ichiga oladi.

🔐 Shuning uchun ham uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi.

▶️ https://youtu.be/P_sW_88gaf8

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍172🔥13
❗️my.gov.uz da hayotiy vaziyatlarda yordam beruvchi telefon raqamlar!

🟡 Tezkor yordam xizmatlari – doim yoningizda!

📱Hayotingizda noxush hodisalar ro‘y berganda sarosimaga tushmang! Quyidagi raqamlarni bilib qo‘ying va kerakli vaziyatda tezkor foydalaning:

🚑 Tez tibbiy yordam: 103
🚓 Ichki ishlar organlari: 102
🚒 Yong‘in xavfsizligi: 101
☎️ Qutqaruv xizmati: 1050
🔥Favqulodda gaz xizmati: 104
🕵🏻Prokuratura ishonch telefoni: 1007
⚖️ Huquqiy maslahat: 1008

👉 Bu ro‘yxatni yaqinlaringizga ham ulashing!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍169👌13🔥10💯8🤩6
#soliqlar #mobililova

▶️Uydan chiqmasdan turib my.gov.uz mobil ilovasi orqali soliqlarni to'lang!

📱Jarayon juda oddiy! Mygov ilovasining “Mening profilim” bo‘limiga kiring, so‘ng “Majburiyatlar”, keyin esa “Soliqlar”ni tanlang. Hisoblangan soliq summasi shu yerda ko‘rinadi va to’lovni ham uzoqlashmasdan amalga oshirishingiz mumkin.

Unutmang! 2025-yil uchun mol-mulk va yer solig‘ini ikki qismga bo‘lib to‘lash mumkin: birinchi qismi 15-aprelgacha, ikkinchisi 15-oktyabrgacha.


Shunday ekan, vaqtni boy bermang! Mygov mobil ilovasini yuklab oling va soliq to‘lashning oson va qulay usulidan foydalaning!

🎬 https://youtube.com/shorts/tB-XMh16g0g?si=Df4VeYkKaLrCnm-6

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍78💯5🔥4🎉2
#налоги #мобильноеприложение

▶️Оплачивайте налоги не выходя из дома через мобильное приложение my.gov.uz!

📱Процесс очень простой! Зайдите в раздел «Мой профиль» приложения Mygov, затем выберите «Обязательства», а после этого - «Налоги». Здесь будет отображена сумма начисленного налога, и вы сможете произвести оплату, не выходя из приложения.

Не забудьте! Имущественный и земельный налоги за 2025 год можно оплатить в два этапа: первая часть — до 15 апреля, вторая — до 15 октября.


Так что не теряйте времени! Скачайте мобильное приложение Mygov и воспользуйтесь простым и удобным способом оплаты налогов!

🎬 https://youtube.com/shorts/tB-XMh16g0g?si=Df4VeYkKaLrCnm-6

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63👏5🔥4👌4
#ijtimoiy_himoya

❗️ 50 foizlik chegirmaga haqli shaxslar bor

Eslatib o‘tamiz, Yagona portal (my.gov.uz) va DXM orqali davlat xizmatlaridan foydalanilganda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan va I-II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma joriy etilgan.

📱 Muhim jihati, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi!

🔔 Yagona portalda (my.gov.uz) ariza yuborish jarayonining "To‘lovga imtiyoz" bandida tegishli bo‘limni tanlash orqali ma’lumotlar avtomatik tarzda tekshiriladi va tasdiqlanadi.

Namuna: https://telegra.ph/cr-01-29-2

ℹ️ Faqat! Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.


❗️ Yagona portal – davlat xizmatlaridan foydalanishda ishonchli hamkor!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍110👏2👌1💯1
#социальная_защита

❗️ Есть лица, имеющие право на 50% скидку

Напоминаем, что при использовании государственных услуг через Единый портал (my.gov.uz) и ЦГУ, для лиц, зарегистрированных в информационной системе «Единый реестр социальной защиты» и имеющих инвалидность I или II группы, действует скидка в размере 50%.

Важно отметить, что для этого не требуется никаких документов!

🔔 На Едином портале (my.gov.uz) при подаче заявки необходимо выбрать соответствующий пункт в разделе «Льгота на оплату» — система автоматически проверит и подтвердит данные.

Пример: https://telegra.ph/cr-01-29-2

ℹ️Только обратите внимание! Скидка не распространяется на случаи подачи заявлений в целях предпринимательской деятельности или от имени юридических лиц.


Единый портал - надежный партнер в использовании государственных услуг!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍83💯5👏1👌1
#pensiya

☄️ “SMS-PENSIYA” xizmatidan foydalaning!

📱 my.gov.uz portali orqali onlayn “SMS-PENSIYA” xizmatiga ulanishingiz, telefon raqamingiz oʻzgargan boʻlsa yangi raqamingizni kiritishingiz mumkin.

🪙 Telefon raqamingizni mazkur xizmatga ulaganingizdan soʻng @pensiyauzbot boti orqali oʻz pensiyangiz miqdori toʻgʻrisida maʼlumot olasiz.

🧑‍💻 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1139

❗️ Eslatma: Mazkur xizmatdan faqatgina pensiyaga chiqqan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

▶️https://youtube.com/shorts/tY2u_u0mBto?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍111💯8👌5🔥2🐳2
#пенсия

☄️ Воспользуйтесь услугой «SMS-ПЕНСИЯ»!

📱 Через портал my.gov.uz можете подключиться к онлайн-сервису «SMS-ПЕНСИЯ» или ввести новый номер телефона, если он у вас изменился.

🪙 После подключения вашего номера телефона к данной услуге, вы сможете получать информацию о размере своей пенсии через бота @pensiyauzbot.

🧑‍💻 Ссылка для пользования услугой: https://my.gov.uz/uz/service/1139

❗️Напоминание: данной услугой могут воспользоваться только граждане, вышедшие на пенсию.

▶️https://youtube.com/shorts/tY2u_u0mBto?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍90👏3🐳2🎉1
⚠️ Soxta Telegram guruhlaridan ehtiyot bo‘ling!

❗️Hurmatli foydalanuvchilar!

🕊 Telegram ijtimoiy tarmog‘ida My.gov.uz orqali davlat xizmatlarini pullik asosda taklif qilayotgan soxta guruhlar ko‘payib borayotganligidan xabaringiz bor.

☝🏻 Ular Sizni chalg‘itib, shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritishga urinishi tabiiy. Shunday ekan, firibgarlar qo'lida shaxsiy ma'lumotlaringiz saqlanib qolishiga va undan g'arazli maqsadlarda foydalanishlariga aslo yo‘l qo‘ymang!

Sizdan ishonchli manbaalardan foydalanishingizni hamda o‘z xavfsizligingiz uchun doim xushyor bo‘lishingizni so'raymiz!

🔐Yodda tuting, eng ishonchli, xavfsiz yo'l - bu elektron davlat xizmatlaridan har bir fuqaroning shaxsan o'zi foydalanishidir. Xizmatlarni olishda esa my.gov.uz eng oson va qulay vosita ekanligini ham unutmang!

O‘z xavfsizligingiz va shaxsiy ma’lumotlaringiz himoyasini ta’minlash – o‘z qo‘lingizda!

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍138💯6🔥4🤩3👌1
#yangixizmat #transport

⚡️Endi yangi sotib olingan avtotransportni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin!

🚘 Bugundan boshlab my.gov.uz orqali yangi avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza yo‘llash imkoniyati sinov tartibida ishga tushirildi!

🚘 Hozircha bu imkoniyat Toshkent shahridagi "Fayzobod" ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish (RO‘ va IO) bo‘limida sinovdan o‘tkazilmoqda. Test muvaffaqiyatli yakunlansa, tizim avval Toshkent shahri bo‘ylab, keyinchalik qolgan hududlarda joriy etilishi rejalashtirilgan.

Talabgor arizani shakllantirishda xizmatni qaysi ko‘rinishda olishini belgilaydi:
💬 1. Arizachi RO‘ va IO bo‘limiga borgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish;
💬 2. Sayyor xizmat — YHXX xodimining o‘zi belgilangan manzilga keladi (qo‘shimcha to‘lov asosida).

🪙 Xizmat ko‘rsatish uchun belgilangan to‘lovlar quyidagicha:
Ro‘yxatdan o‘tkazish: BHMning 6,84 barobari
(Elektromobil, motolar, tirkamalar — 1.5 barobar)
Davlat raqami: BHMning 3,5 barobari
Qayd etish guvohnomasi (texpasport): BHMning 0,7 barobari
Texnik ko‘rik: BHMning 0.1 barobari

📍Sayyor xizmat uchun (10 km.ga):
1 kunda kelsa: BHMning 4 barobari
3 kunda: BHMning 3 barobari
5 kunda: BHMning 2 barobari

🚗 10 km.dan ortiq masofa uchun har km.ga BHMning 0.05 barobari qo‘shib boriladi.

👨‍💻 Ariza my.gov.uz orqali yuborilganida, talabgorga davlat raqam belgisi va to‘lov uchun invoys taqdim etiladi.

❗️To‘lov amalga oshirilgach, “Fayzobod” RO‘ va IOga borib, arizadagi davlat raqam belgisi aytiladi, YHXX inspektori transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazadi va sizga davlat raqami hamda texpasportni taqdim etadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍140🎉6🤩5🔥3👏3
2025/07/09 21:43:56
Back to Top
HTML Embed Code: