Telegram Web Link
#infografika #malumotnomalar

📈 O'zbekistonda qurilish sur'atlari sezilarli darajada oshmoqda!

👷🏼 O'tgan 2024-yil davomida Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan 16 000 dan ortiq bino va inshootlarda qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun my.gov.uz orqali onlayn ruxsat berildi.

Qanday ishlaydi?

🏗 Obyektlar ro'yxatdan o'tkazilgach, maxsus ko'chirma taqdim etiladi. Aynan shu ko'chirma qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Jarayon davomida esa Inspeksiya inspektorlari obyektning shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq qurilishi ustidan qat'iy nazorat olib borishadi. Bu esa qurilayotgan bino va inshootlarning sifatli va xavfsiz bo'lishini ta'minlaydi.

Kimlar faolroq?

🚧 Ro'yxatdan o'tkazilgan obyektlarning 10 361 tasi esa yuridik shaxslar, ya'ni kompaniyalar va tashkilotlarga tegishli obyektlar hisoblanadi, 5 873 tasi esa jismoniy shaxslarga tegishli.

Eng faol hudud qaysi?

🔔Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ro'yxatdan o'tkazilgan obyektlar soni bo'yicha Toshkent shahri yetakchi bo'ldi — poytaxtda 2 403 ta obyektda qurilish boshlangan.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍63
#transport

❗️Imtiyozli transport kartalariga onlayn ariza bering!

🔝 Buning uchun:

🗄my.gov.uz dagi “Shahar yoʻlovchilar transportida bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini rasmiylashtirishga ariza berish” xizmatini tanlaysiz;
🗄oferta shartlari bilan tanishgach, tanlash koʻrsatilgan maydonlarni toʻldirasiz, yuborish tugmasini bosasiz.

📆 Ariza 3 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Xizmat mutlaqo bepul koʻrsatiladi.

🪪 Bunday karta egalari respublikamizning barcha hududlaridagi shahar yoʻlovchilar transportida (trolleybus, avtobus, tramvay, metro) bepul yurish huquqiga ega.

Imtiyozli transport kartasi cheklanmagan muddatga beriladi.

Undan boshqa shaxslarning foydalanishi taqiqlanadi.

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍58🔥2
📣 E’lon!

📞 Uztelecom tomonidan 2025-yilning 22-may kuni soat 01:00 dan 02:00 gacha aloqa kabellarida profilaktika ishlari amalga oshirilishi sababli, shu vaqt oralig'ida Majburiy ijro byurosining my.gov.uz orqali ko'rsatiladigan elektron xizmatlaridan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

💬 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥7👌4🐳3
#fuqarolik

⚡️ Notarius qabuliga bepul va onlayn yoziling!

🔝 Xizmatdan foydalanish uchun siz xizmat turi, sana, aniq vaqt, notarial idora va boshqalar haqida ma’lumotni o'z ichiga olgan onlayn shaklni to'ldirishingiz kerak.

Quyidagi havola orqali xizmat sahifasiga o'ting, tegishli qatorlarni to'ldiring va bir daqiqada notarius qabuliga yoziling!

🚀 Yangiliklar va foydali maslahatlardan doimiy xabardor boʻlish uchun bizni kuzatishda davom eting!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍57👏4🐳2💯1
#fuqarolik

📣 Diqqat!

🗣 Hurmatli foydalanuvchilar!

Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirilganidan so‘ng, bir oy ichida arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga (Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari yoki DXM) shaxsan tashrif buyurishingiz va barmoq izlari hamda yuz tasvirini raqamli formatda topshirishingiz lozim.

Belgilangan muddatda ma’lumotlar yig‘ish punktiga kelmagan taqdirda, Sizning arizangiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyundagi PQ-4079-son qaroriga muvofiq ko‘rib chiqilmasdan qoldirilishi mumkin.

📱 Yangiliklar va foydali ma’lumotlardan xabardor bo‘lib borish uchun sahifamizni kuzatishda davom eting!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🎉2👌2🐳1
#infografika #malumotnomalar

📈 Taʼlim sohasidagi xizmatlar raqamlarda — 3,2 milliondan ortiq onlayn arizalar!

📆 Oʻtgan davr mobaynida taʼlim sohasiga oid xizmatlar boʻyicha 3,2 milliondan ortiq murojaat qayd etildi!

📁 Jami murojaatlarning 2,4 milliondan ortigʻi my.gov.uz portali orqali amalga oshirilgan.
765 mingdan ortiq murojaat esa mobil ilova orqali qilingan!

❗️Eng faol hududlar reytingida:

Samarqand viloyati – 379 mingdan ortiq murojaat bilan yetakchi!
Shuningdek, Fargʻona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari va Toshkent shahrida ham ko'rsatkichlar yuqori.

👨‍💻 Bu raqamlar nafaqat shaharlar, balki hududlarda ham raqamli savodxonlik va onlayn xizmatlarga boʻlgan ishonch oshib borayotganidan dalolat!

📱 Portal orqali taʼlimga oid koʻplab xizmatlar, masalan, oʻqishga kirishga hujjat topshirish, diplom dublikatini olish, stipendiya maʼlumotlarini tekshirish va boshqalar tez, shaffof va byurokratik to'siqlarsiz amalga oshirilmoqda. Bu esa yoshlarning taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytiryapti.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51👏3💯3🐳2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamli_savodxonlik 

Davlat xizmatlari va boshqa onlayn servislardan tez va oson foydalanishga yordam beradigan One ID o'zi nima?

Ushbu savolga Hoshimjondan qisqa, aniq va lo’nda javob!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍70🔥5🐳4👌2💯2
#гражданство

⚡️ Запишитесь на приём к нотариусу бесплатно и онлайн!

🔝 Чтобы воспользоваться услугой, необходимо заполнить онлайн-форму, которая включает информацию о типе услуги, дате, точном времени, нотариальной конторе и другую необходимую информацию.

Перейдите по следующей ссылке на страницу услуги, заполните соответствующие поля и запишитесь на приём к нотариусу всего за одну минуту!

🚀 Следите за нами, чтобы быть в курсе новостей и получать полезные советы!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🐳3🎉2💯1
#oila_va_bolalar

☄️ Oromgohlarga yo‘llanmani onlayn oling!

🔔 Umumta’lim maktablarida o‘quv yili yakunlanib, o‘quvchilar yozgi ta’tilga chiqishdi. Yozgi ta’tilda bolalar vaqtini mazmunli tashkil etish uchun my.gov.uz da sog‘lomlashtirish oromgohlariga yo‘llanma olish xizmati ishga tushirildi.

🟡 Ushbu imkoniyat orqali ota-onalar o‘z farzandlari uchun qulay mavsum va oromgohni tanlab, uydan chiqmasdan turib ariza yo‘llashi va to‘lovni amalga oshirib, yo‘llanma olishi mumkin.

👉 Xizmatdan foydalanish uchun:
my.gov.uz portalidan "Bolalar oromgohlariga yo‘llanma olish uchun ariza berish" ni tanlaysiz;
Yo‘llanma olmoqchi bo‘lgan farzandingizni belgilaysiz;
Oromgoh va qulay mavsumni ko‘rsatasiz;
To‘lovni amalga oshirib, elektron yo‘llanmani olasiz.
Yo‘llanma to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng avtomatik ravishda shakllanadi.

Muhim: Yo‘llanma band qilingach, 30 daqiqa ichida to‘lov to‘liq amalga oshirilmasa, u avtomatik tarzda bekor bo‘lib, band qilingan yo‘llanma qayta sotuvga chiqariladi.
Bolalar oromgohlariga yo‘llanma 7-14 yoshdagi bolalarga beriladi.


💰O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari farzandlari uchun yo‘llanma narxining 50% miqdori Bolalar sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi va portaldagi yo‘llanma narxlari ushbu kompensatsiya puli inobatga olingan holda shakllantiriladi.

👫 Mazkur xizmat orqali farzandingiz uchun sog‘lom va mazmunli ta’tilni tashkil etishga shoshiling.

📱 my.gov.uz xizmatlaridan foydalanib, vaqtingizni tejang!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍66🎉11🔥6🤩2🐳1
#семья_и_дети

☄️ Получите путёвку в детский лагерь онлайн!

🔔 Учебный год в общеобразовательных школах завершился, и школьники вышли на летние каникулы. Для того чтобы дети провели лето с пользой, на портале my.gov.uz запущена услуга по оформлению путёвок в оздоровительные лагеря.

🟡 Благодаря этой возможности родители могут выбрать удобный сезон и лагерь для своего ребёнка, подать заявку, оплатить путёвку и получить её, не выходя из дома.

👉 Чтобы воспользоваться услугой:
Перейдите на портал my.gov.uz и выберите услугу «Подача заявки на получение путёвки в детские лагеря»;
Укажите ребёнка, для которого оформляется путёвка;
Выберите лагерь и удобный сезон;
Произведите оплату и получите электронную путёвку;
После оплаты путёвка формируется автоматически.

Важно: Если после бронирования путёвки оплата не будет завершена в течение 30 минут, бронь будет аннулирована, а путёвка вновь поступит в продажу.
Путёвки в детские лагеря предназначены для детей в возрасте от 7 до 14 лет.


💰50% стоимости путёвки для детей граждан Республики Узбекистан покрывается за счёт Фонда поддержки оздоровления детей и восстановления здоровья населения. Цены на путёвки на портале уже сформированы с учётом данной компенсации.

👫 Поторопитесь организовать полезный и здоровый отдых для своего ребёнка с помощью данной услуги.

📱 Пользуйтесь услугами my.gov.uz и экономьте своё время!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍56🤩6👏4🔥1
#kochmas_mulk

❗️«Snos»ga tushgan uy-joylarni my.gov.uz orqali aniqlang

👨‍💻
Ko‘chmas mulkingiz buzilishga tushmaganligiga my.gov.uz orqali ishonch hosil qiling.

📱Buning uchun “Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmatidan foydalaning.

💰 Ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanganda 10% chegirmaga ega bo‘lasiz.

📆 Xizmat ko‘rsatish muddati – 3 kun.

🏠 Mazkur qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital ta’mirlayotganda juda qo‘l keladi.

👍 Muhimi, ko‘ngil xotirjam bo‘ladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72👌2
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📝 2025-yil 19–20-aprel kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.

🪪 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍126🐳6🔥4👏4👌4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#UNPSF2025Uzbekistan

Samarqand — global forum markazida!

📆 2025-yil 23-25-iyun kunlari Oʻzbekiston BMT Davlat xizmati forumiga (UNPSF 2025) mezbonlik qiladi!

🌐 Davlat boshqaruvi kelajagini belgilaydigan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning yetakchi mutaxassislari, vazirlar va innovatorlar bir joyga jamlanadi.


🟡 Bizni kuzatishda davom eting va global hamkorlikning yangi bosqichiga guvoh boʻling!

📍 23-25-iyun, "Silk Road Samarkand" – bu sanani oʻtkazib yubormang!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍40💯5🤩4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#UNPSF2025Uzbekistan

Самарканд — в центре глобального форума!

📆 С 23 по 25 июня 2025 года Узбекистан впервые примет престижный Форум государственной службы ООН (UNPSF 2025)!

🌐На этом престижном мероприятии, определяющем будущее государственного управления, соберутся ведущие эксперты, министры и инноваторы со всего мира.


🟡 Следите за нами и станьте свидетелями нового этапа глобального сотрудничества!

📍 23–25 июня, Silk Road Samarkand — Не пропустите эту дату!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍36🔥4👏4🐳4
❗️Eʼtiborli boʻling, xorijga chiqishdan oldin koʻngilsizlikka duch kelmang!

✈️ Chegara postida “taqiq” aniqlanib, muammo chiqmasligi va barcha rejalar barbod boʻlmasligi uchun xorijga chiqishga cheklov bor-yoʻqligini oldindan tekshirib olishni maslahat beramiz.

📱 my.gov.uz'dagi tegishli xizmat orqali buni aniqlash juda oson. Keyin koʻngilni xotirjam qilib safarga otlanaverasiz.

🔔 Bunda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi holatini tekshirish xizmati orqali soʻrov kiritsangiz bas. Tizim avtomatik tarzda zarur maʼlumotni taqdim etadi.

Xorij safaringiz koʻngildagidek va xotirjam oʻtsin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥8💯5
📣 E’lon!

Transport vazirligi tomonidan 2025-yilning 29-may ish kuni yakunida Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlarida profilaktika ishlari amalga oshirilishi sababli, my.gov.uz orqali ko'rsatiladigan transport sohasidagi elektron xizmatlaridan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

💬 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥2💯2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish

❗️Chaqiruv qog‘ozi ham raqamlashdi

Mudofaa vazirligiga chaqiruv — endi elektron shaklda amalga oshiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Narziyev ma’lum qildi.

📲 Qanday amalga oshadi?

Chaqiruv elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuboriladi. Xabarnoma mobil ilovaning “Xabarlar” bo‘limida aks etadi.

📌 Chaqiruvchi fuqaro:
tug‘ilganlik guvohnomasi,
shaxsiy pasporti,
harbiy hisob hujjatlari bilan belgilangan vaqtda hududiy mudofaa bo‘limiga yetib kelishi shart.

Hozircha tizim test rejimida ishlayapti — shu bois qog‘ozdagi chaqiruv qog‘ozlari ham amalda qolmoqda.

Kontrakt asosida xizmatga kirmoqchimisiz?

Endilikda kontrakt xizmatiga arizalarni onlayn tarzda topshirish mumkin. Bu — sun’iy to‘siqlar, ovoragarchilik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim qadam.

🌐 Psixologik testlar ham raqamlashdi

Barcha psixologik saralash testlari elektron va shaffof tarzda o‘tkaziladi. Qog‘oz va trafaret usuli — o‘tmishda qoldi.

📱Raqamlashtirish — ochiqlik, tezkorlik va shaffoflik sari muhim qadam!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥2👏1💯1
#fuqarolik

☄️ Pasportni ID kartaga 10% chegirma bilan almashtiring!

🧑‍💻 Endilikda my.gov.uz orqali «Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish»da 10% chegirmadan foydalanish mumkin!

👉 Fuqaro arizani to‘ldirishda ID kartani qayerdan olishni belgilashi lozim:
Davlat xizmatlari markazi
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi

📍Shu bilan birga, o‘ziga qulay sana va manzilni tanlaydi.

❗️Arizaga asosan, 10% chegirma bilan 300 375 so‘m miqdorida to‘lov shakllanadi.

📱To‘lovni amalga oshirib, arizani yuborgach, belgilangan sanada ko‘rsatilgan manzilga tashrif buyuriladi. Suratga tushiladi hamda biometrik ma’lumotlar taqdim etiladi.

🪪 Shu kunning o‘zida yangi ID karta tayyorlanadi va taqdim etiladi!

📱 my.gov.uz bilan vaqtingiz va mablag‘ingizni tejang!

▶️ https://youtube.com/shorts/MsBZFw7m_t8?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80🔥13👏10👌6🐳6
#yangixizmat

☄️ my.gov.uz dan IYUN OYI YANGILIKLARI!

❗️my.gov.uz dan yangiliklar mavsumini qarshi oling! Iyun oyida foydalanuvchilarimizga qanday qulayliklarni taqdim etamiz?

🔵 Jarima ballaringiz nazoratda!
Endi yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun toʻplagan jarima ballaringizni my.gov.uz orqali onlayn tekshirishingiz mumkin. Qaror raqami, sanasi, asos boʻluvchi modda va bandi – barchasi aniq va shaffof! Haydovchilik hujjatlaringiz xavfsizligini taʼminlang!

🔵 Telefon raqamlari qo’l ostingizda!
Oʻz nomingizga rasmiylashtirilgan barcha mobil telefon raqamlari haqida maʼlumot oling.

🔵 17 turdagi hujjatlarning elektron talqini kuchda!
Pasport, diplom, nikoh guvohnomasi va boshqa 17 turdagi shaxsiy hujjatlaringizni elektron formatda saqlang va zarur boʻlganda ularning haqiqiyligini my.gov.uz orqali tekshiring. Qogʻoz hujjatlar davri oʻtmishda qoldi!

🔵 "Avto xabar" – avtomobilingiz haqida xabardor boʻling! Avtomobilingiz chiqish joyini toʻsib qoʻyganmi? Yoki boshqa favqulodda holatlar yuz berdimi? "Avto xabar" xizmati orqali avtomobil egasiga tezkor ogohlantirish yuborish imkoniyati yaratildi!

🔵 Topilgan hujjatlar bo’yicha egasiga tezkor xabar yetkaziladi!
Agar sizning biometrik pasportingiz yoki ID kartangiz topib olinsa, endi sizga my.gov.uz orqali avtomatik xabarnoma yuboriladi. Yoʻqotish va topish jarayoni yanada tezlashadi!

📱 Hayotingizni my.gov.uz bilan raqamlashtiring va osonlashtiring!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍80🔥13👏11🎉6🐳6
🎉1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

🎊Ko‘zimiz quvonchi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaymiz.

Aziz bolajonlarimizning ko‘zlari hamisha baxt-saodatdan porlasin, har bir yangi kun esa qiziqarli va mehrga to‘la bo‘lsin! Bolalikning har bir oni yorqin voqealar va unutilmas onlarga boy bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍65🎉28🔥5🤩2👌2
2025/07/08 21:15:16
Back to Top
HTML Embed Code: