Telegram Web Link
❗️Eʼtiborli boʻling, xorijga chiqishdan oldin koʻngilsizlikka duch kelmang!

✈️ Chegara postida “taqiq” aniqlanib, muammo chiqmasligi va barcha rejalar barbod boʻlmasligi uchun xorijga chiqishga cheklov bor-yoʻqligini oldindan tekshirib olishni maslahat beramiz.

📱 my.gov.uz'dagi tegishli xizmat orqali buni aniqlash juda oson. Keyin koʻngilni xotirjam qilib safarga otlanaverasiz.

🔔 Bunda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishga vaqtincha cheklov qoʻyilganligi holatini tekshirish xizmati orqali soʻrov kiritsangiz bas. Tizim avtomatik tarzda zarur maʼlumotni taqdim etadi.

Xorij safaringiz koʻngildagidek va xotirjam oʻtsin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 E’lon!

Transport vazirligi tomonidan 2025-yilning 29-may ish kuni yakunida Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlarida profilaktika ishlari amalga oshirilishi sababli, my.gov.uz orqali ko'rsatiladigan transport sohasidagi elektron xizmatlaridan foydalanishda vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

💬 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish

❗️Chaqiruv qog‘ozi ham raqamlashdi

Mudofaa vazirligiga chaqiruv — endi elektron shaklda amalga oshiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Narziyev ma’lum qildi.

📲 Qanday amalga oshadi?

Chaqiruv elektron tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuboriladi. Xabarnoma mobil ilovaning “Xabarlar” bo‘limida aks etadi.

📌 Chaqiruvchi fuqaro:
tug‘ilganlik guvohnomasi,
shaxsiy pasporti,
harbiy hisob hujjatlari bilan belgilangan vaqtda hududiy mudofaa bo‘limiga yetib kelishi shart.

Hozircha tizim test rejimida ishlayapti — shu bois qog‘ozdagi chaqiruv qog‘ozlari ham amalda qolmoqda.

Kontrakt asosida xizmatga kirmoqchimisiz?

Endilikda kontrakt xizmatiga arizalarni onlayn tarzda topshirish mumkin. Bu — sun’iy to‘siqlar, ovoragarchilik va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan muhim qadam.

🌐 Psixologik testlar ham raqamlashdi

Barcha psixologik saralash testlari elektron va shaffof tarzda o‘tkaziladi. Qog‘oz va trafaret usuli — o‘tmishda qoldi.

📱Raqamlashtirish — ochiqlik, tezkorlik va shaffoflik sari muhim qadam!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fuqarolik

☄️ Pasportni ID kartaga 10% chegirma bilan almashtiring!

🧑‍💻 Endilikda my.gov.uz orqali «Pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza yuborish»da 10% chegirmadan foydalanish mumkin!

👉 Fuqaro arizani to‘ldirishda ID kartani qayerdan olishni belgilashi lozim:
Davlat xizmatlari markazi
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi

📍Shu bilan birga, o‘ziga qulay sana va manzilni tanlaydi.

❗️Arizaga asosan, 10% chegirma bilan 300 375 so‘m miqdorida to‘lov shakllanadi.

📱To‘lovni amalga oshirib, arizani yuborgach, belgilangan sanada ko‘rsatilgan manzilga tashrif buyuriladi. Suratga tushiladi hamda biometrik ma’lumotlar taqdim etiladi.

🪪 Shu kunning o‘zida yangi ID karta tayyorlanadi va taqdim etiladi!

📱 my.gov.uz bilan vaqtingiz va mablag‘ingizni tejang!

▶️ https://youtube.com/shorts/MsBZFw7m_t8?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangixizmat

☄️ my.gov.uz dan IYUN OYI YANGILIKLARI!

❗️my.gov.uz dan yangiliklar mavsumini qarshi oling! Iyun oyida foydalanuvchilarimizga qanday qulayliklarni taqdim etamiz?

🔵 Jarima ballaringiz nazoratda!
Endi yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun toʻplagan jarima ballaringizni my.gov.uz orqali onlayn tekshirishingiz mumkin. Qaror raqami, sanasi, asos boʻluvchi modda va bandi – barchasi aniq va shaffof! Haydovchilik hujjatlaringiz xavfsizligini taʼminlang!

🔵 Telefon raqamlari qo’l ostingizda!
Oʻz nomingizga rasmiylashtirilgan barcha mobil telefon raqamlari haqida maʼlumot oling.

🔵 17 turdagi hujjatlarning elektron talqini kuchda!
Pasport, diplom, nikoh guvohnomasi va boshqa 17 turdagi shaxsiy hujjatlaringizni elektron formatda saqlang va zarur boʻlganda ularning haqiqiyligini my.gov.uz orqali tekshiring. Qogʻoz hujjatlar davri oʻtmishda qoldi!

🔵 "Avto xabar" – avtomobilingiz haqida xabardor boʻling! Avtomobilingiz chiqish joyini toʻsib qoʻyganmi? Yoki boshqa favqulodda holatlar yuz berdimi? "Avto xabar" xizmati orqali avtomobil egasiga tezkor ogohlantirish yuborish imkoniyati yaratildi!

🔵 Topilgan hujjatlar bo’yicha egasiga tezkor xabar yetkaziladi!
Agar sizning biometrik pasportingiz yoki ID kartangiz topib olinsa, endi sizga my.gov.uz orqali avtomatik xabarnoma yuboriladi. Yoʻqotish va topish jarayoni yanada tezlashadi!

📱 Hayotingizni my.gov.uz bilan raqamlashtiring va osonlashtiring!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

🎊Ko‘zimiz quvonchi, ertamiz egasi bo‘lgan bolajonlarni 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaymiz.

Aziz bolajonlarimizning ko‘zlari hamisha baxt-saodatdan porlasin, har bir yangi kun esa qiziqarli va mehrga to‘la bo‘lsin! Bolalikning har bir oni yorqin voqealar va unutilmas onlarga boy bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!


🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#transport

❗️Haydovchilar diqqatiga! Jarima ballaringizdan onlayn xabardor boʻling!

🚓 Endilikda sodir etilgan yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballari to'g'risidagi ma'lumotni my.gov.uz orqali onlayn olishingiz mumkin!

📱Ma'lumotda to'plangan jarima bali, qabul qilingan qaror raqami va sanasi, jarima ball uchun Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning asos bo’luvchi moddasi va bandi keltiriladi!

📱my.gov.uz — vaqtingiz va mablagʻingizni tejashning eng qulay yoʻli!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#транспорт

❗️Вниманию водителей! Следите за своими штрафными баллами онлайн!

🚓 Теперь информацию о штрафных баллах за нарушение правил дорожного движения можно получить онлайн через портал my.gov.uz!

📱В информации указываются: количество накопленных штрафных баллов, номер и дата принятого постановления, а также статья и пункт Кодекса об административной ответственности, на основании которых начислены баллы.

📱my.gov.uz — самый удобный способ сэкономить ваше время и деньги!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Abituriyentlar uchun muhim yangilik!

⚡️2025/2026 o‘quv yili uchun my.gov.uz orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishga start berildi!

🧑‍💻 Aziz abituriyentlar, kutilgan onlar keldi! Bugun, 5-iyundan 2025/2026 o‘quv yili uchun Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatga olish boshlandi!!

Bu yil ham qabul jarayonlari "avval test, so‘ng tanlov" tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Va bu sizga ko‘proq imkoniyat beradi!

👍 Ya’ni avval test sinovida to‘plagan balingizga qarab, oliy ta’limning bakalavriat yo‘nalishiga, keyin esa Professional ta’lim muassasalariga (kollej va texnikumlar) o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etasiz.

📆 Kirish imtihonlari: Iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni 2 bosqichda:

1️⃣-bosqich (5-iyundan 25-iyungacha — 25-iyun kuni ham):
💬 Test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tasiz.
💬O‘zingizning fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaysiz.
💬 Agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, uni topshiradigan davlat OTMni belgilaysiz.

2️⃣-bosqich (test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng 15 kun davomida):
💬 Oliy ta’lim muassasasi;
💬 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi;
💬 Ta’lim shaklini tanlaysiz.

🏛 Kollej va texnikumlarga-chi? OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini tanlaysiz.

🗣Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

🕌 Aziz vatandoshlar! Yuraklarni ezgu niyatlar va rahm-shafqat tuyg‘ulariga to‘ldiradigan Qurbon hayiti bilan barchangizni tabriklaymiz.

Oilalarimizda tinchlik, jamiyatimizda birdamlik va har bir xonadonda fayzu baraka hukmron bo‘lsin!

🤲 Ushbu muborak kunlarda qilgan ezgu amallarimiz xalqimizga xayr va baraka olib kelsin!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamli_savodxonlik 

Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda.

Shu sababdan, Hoshimjon ularni himoya qilish bo‘yicha 10 ta muhim tavsiya bilan o'rtoqlashdi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_himoya

❗️Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordamni onlayn rasmiylashtiring!

🗣Kam ta’minlangan, jumladan, 18 yoshgacha farzandi bo‘lgan oilalar endi my.gov.uz portali orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash xizmatiga oson va qulay tarzda murojaat qilishlari mumkin.

💬 Bolalar nafaqasi – 12 oy muddatga (bola 18 yoshga to‘lgunga qadar),
💬 Moddiy yordam – 6 oy muddatga tayinlanadi.

Xizmatdan qanday foydalaniladi?

👨‍💻 my.gov.uz da ro‘yxatdan o‘ting;
💁🏻‍♂️ tegishli xizmatni tanlang;
📲 undagi so‘rovnomani to‘ldirib, yuboring.

👍 Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

📱 Arizalar “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali avtomatik tarzda ko‘rib chiqiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#социальная_защита

❗️Оформите детское пособие и материальную помощь для малообеспеченных семей онлайн!

🗣 Малообеспеченные семьи, в том числе с детьми до 18 лет, теперь могут легко и удобно подать заявление на получение детского пособия и материальной помощи через портал my.gov.uz.

💬 Детское пособие назначается на срок 12 месяцев (до достижения ребёнком 18 лет),
💬 Материальная помощь – на срок 6 месяцев.

Как воспользоваться услугой?

👨‍💻 Зарегистрируйтесь на портале my.gov.uz;
💁🏻‍♂️ Выберите соответствующую услугу;
📲 Заполните и отправьте анкету.

👍 Услуга абсолютно бесплатная!

📱 Заявки автоматически рассматриваются через информационную систему «Единый реестр социальной защиты».

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mobililova

❗️MyGov — siz va davlat orasidagi eng qisqa masofa!

📈 MyGov mobil ilovasi AppStore’da eng ommabop ilovalar orasida 4-o‘rinda!

📲MyGov ilovasida:
540 ta elektron xizmat — endi navbatlarda turish shart emas! Hammasi smartfoningizda.
98% foydalanuvchi rozi — chunki biz har kuni sifat uchun kurashamiz!
Raqamli hujjatlar, onlayn to‘lovlar, “Avtoxabar” xizmati va yana ko‘plab qulayliklar — bir joyda!

📱Davlat xizmatlari uchun eng ishonchli raqamli yo‘l — MyGov!

📱 Ilovani hoziroq yuklab oling:
📱 Google Play
🍏 AppStore

🤝 Bizga ishonganingiz uchun TASHAKKUR! Siz bilan birga yanada yuqori natijalarga intilamiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔 E'lon!

⚙️ Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Ma'lumotlar markazida 2025-yilning 12-iyun kuni soat 12:00 dan 13-iyun kuni soat 12:00 gacha navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib boriladi.

🛠 Shu vaqt davomida my.gov.uz da Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🗣 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#transport

🚘 Elektromobil yoki gibrid avto bilan kira qilmoqchimisiz?

🚕 Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

☄️ 2030-yilning 1-yanvarigacha elektr yoki gibrid avto bilan taksi xizmatini amalga oshirayotganlar uchun — yo‘lovchi tashish lisenziyasini olish mutlaqo BEPUL!

📱 Agar siz elektromobil yoki gibrid avtomashinaga ega bo‘lsangiz, o‘z-o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yoki tadbirkor sifatida taksi xizmati ko‘rsatayotgan bo‘lsangiz — my.gov.uz orqali hozirning o‘zida onlayn ariza yuboring va lisenziyani rasmiylashtiring.

🟡 Jarayon juda oson:
Ro‘yxatdan o‘tasiz;
Onlayn ariza yuborib, lisenziyani olasiz.

❗️Hammasi bepul va navbatsiz!

▶️https://youtube.com/shorts/ljZfTbPZCmk?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#транспорт

🚘 Хотите работать на электромобиле или гибридном авто?

🚕 Тогда эта возможность именно для вас!

☄️ До 1 января 2030 года — получение лицензии на пассажирские перевозки для тех, кто оказывает услуги такси на электромобиле или гибриде, абсолютно БЕСПЛАТНО!

📱 Если у вас есть электромобиль или гибридный автомобиль, и вы зарегистрированы как самозанятый или предприниматель, предоставляющий услуги такси — подайте онлайн-заявку прямо сейчас через портал my.gov.uz и оформите лицензию.

🟡 Процесс очень простой:
Регистрируетесь;
Отправляете онлайн-заявку и получаете лицензию.

❗️Всё бесплатно и без очередей!

▶️https://youtube.com/shorts/ljZfTbPZCmk?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/27 17:46:32
Back to Top
HTML Embed Code: