Telegram Web Link
#talim

❗️ 2025-2026-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi

📆 Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun soat 23:59.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamli_savodxonlik 

Bugungi lavhamizda — elektron raqamli imzo (ERI) haqida gaplashamiz.

Ehtimol, siz bu iborani ko'p eshitgandirsiz, lekin uning qanday ishlashi va hayotimizni qanday osonlashtirishi haqida bilmoqchimisiz?

Unda videoni oxirigacha tomosha qiling!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 O‘tayotgan haftaning muhim voqealari tahlili hamda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Davlat xizmati forumi “Tahlilnoma” nigohida

Xalqaro forum — davlat boshqaruvi, raqamli texnologiyalar va jamoatchilikka xizmat ko‘rsatish sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘ldi.

Mazkur forum davlat xizmatlarini isloh qilishda global yondashuvlar, innovatsion yechimlar va ilg‘or tajribalarni chuqur tahlil qilish imkonini berdi.

O‘zbekistonning bunday yirik anjumanga mezbonlik qilgani mamlakatning ochiqlik, islohotlar va xalqaro hamkorlikka sodiqligidan dalolat beradi. Ishtirokchilarning faol muhokamalari va amaliy takliflari esa davlat xizmatlarini yanada samarali, fuqaroga yaqin va barqaror qilish yo‘lida muhim zamin yaratadi.

📺 Bugun 21:00 da “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturi orqali ko‘rsatuvni to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Aziz yoshlar – kelajak bunyodkorlari!

🔝 Bugun, 30-iyun – mamlakatimizda Yoshlar kuni! Barchangizni ushbu qutlug‘ ayyom bilan my.gov.uz jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

🔄 Siz — O‘zbekistonimizning eng katta boyligi, qudrati va porloq kelajagi kafolatisiz!

📱 my.gov.uz portali doim yoningizda turib, hayotingizni yanada yengillashtirish, bebaho vaqtingizni tejash hamda davlat xizmatlaridan qulay, shaffof va tezkor foydalanishingizni ta’minlashga intiladi. Ta’limdan tortib, tadbirkorlikkacha, ishga joylashishdan tortib, turli imtiyozlargacha — my.gov.uz siz uchun ishonchli ko‘makchi bo‘la oladi.

Sizning har bir g‘oyangiz, tashabbusingiz va erishgan yutug‘ingiz Vatanimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Kelajak rejalaringiz amalga oshsin, orzularingiz ro‘yobga chiqsin! Sizga kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘liq va omad tilaymiz!

📱my.gov.uz portalidagi yoshlarbop xizmatlarni albatta ko‘rib chiqing va ulardan faol foydalaning. Zero, biz siz uchun xizmat qilamiz!

❗️Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

☄️ Qabul davom etmoqda!

🔵 Hurmatli ota-onalar, farzandingizni maktabga joylash vaqti keldi! 2025-2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul jarayonlari 20-iyundan start oldi.

❗️Eslatma: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

👨‍👩‍👦‍👦 Farzandingiz kelajagi uchun birinchi qadamni my.gov.uz bilan qo'ying!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️ 9-sinf bitiruvchilari uchun muhim e’lon!

💬 2025/2026-o‘quv yili uchun my.gov.uz orqali akademik litseylarga qabul boshlandi! Bu sizning kelajakka qo‘yadigan ilk jiddiy qadamingiz bo‘lishi mumkin!

👨‍💻 Aziz o‘quvchilar, endi siz my.gov.uz portali orqali yurtimizning istalgan akademik litseylariga onlayn hujjat topshirishingiz mumkin! Bu juda qulay va tezkor!

Joriy yilda ham hujjat topshirish jarayonida bir vaqtning o‘zida 3 ta akademik litseyni ustuvorligidan kelib chiqib, belgilash imkoniyatiga egasiz. Bu degani, agar birinchi tanlagan litseyingizga kira olmasangiz, navbatdagi ustuvorlikdagi litseyga kirish imkoniyatingiz saqlanib qoladi. Bu juda katta qulaylik!

📆 Kirish imtihonlari iyul oyida bo‘lib o‘tadi. Imtihon uchun yo‘llanmalaringizni “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olishingiz mumkin.

🗣 Akademik litseylarga qabul jarayoni ikki bosqichda o‘tkaziladi:
💬 1-bosqich: Ikkita fan bo‘yicha kirish test sinovlari.
💬 2-bosqich: Intellektual qobiliyat darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovi.

🟡 Ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, orzuingizdagi litsey talabasi bo‘ling!

❗️ Barchaga omad tilaymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

☄️ Shoshiling, joriy yilning 5-iyuliga qadar ulgurib qoling!

❗️Hurmatli ota-onalar! Farzandingiz isteʼdodini rivojlantirish uchun Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlariga hujjat topshirmoqchimisiz?

🗣 Unda Siz uchun yangiligimiz bor!

👨‍💻 Endi siz uyingizdan chiqmagan holda, Madaniyat va san‘at maktablariga hujjatlarni my.gov.uz portali orqali ONLAYN topshirishingiz mumkin!

👉 Buning uchun:
💬 my.gov.uz portalida “Taʼlim” bo‘limiga kirasiz.
💬Tegishli xizmatni tanlab, so'ralgan ma'lumotlarni to'ldirasiz.
💬Hujjatlarni elektron shaklda yuklab, arizani yuborasiz!

Eng muhimi, ushbu davlat xizmatidan foydalanishda hech qanday to‘lov talab etilmaydi!

❗️Takroran eslatib o‘tamiz, hujjatlar qabuli joriy yilning 5-iyuliga qadar davom etadi.

📱 my.gov.uz bilan farzandingiz iste‘dodini yuzaga chiqarish ham qulay!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talim

⚡️Prezident maktablariga imtihonlar: muhim sana yaqinlashmoqda!

❗️6-iyul kuni Prezident maktablariga qabul imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

📲Imtihon vaqti va manzili haqida my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytida ko‘rsatilgan telefon raqamingizga SMS xabarnoma orqali yuboriladi.

👉 Birinchi bosqichda:
📁 30 ta matematika test savoli;
Topshiriqlarni bajarish va javoblar varag‘ini to‘ldirish uchun 60 daqiqa vaqt.

⚠️ Belgilangan vaqt tugagach, qo‘shimcha vaqt berilmaydi!

📍Toshkent shahri va Toshkent viloyati abituriyentlari imtihonni Toshkent shahrida topshirishadi. Qolgan viloyatlarning imtihonlari o‘z hududlarida o‘tkaziladi.

📆 Ikkinchi bosqich imtihonlarining vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

❗️ Barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#образование

⚡️ Экзамены в Президентские школы: важная дата приближается!

❗️6 июля состоится первый этап вступительных экзаменов в Президентские школы.

📲 Информация о времени и месте экзамена будет отправлена в виде SMS-уведомления на номер телефона, указанный на сайтах my.gov.uz или ariza.piima.uz.

👉 На первом этапе:
📁 30 тестовых заданий по математике;
На выполнение заданий и заполнение бланка ответов даётся 60 минут.

⚠️ После окончания отведённого времени дополнительное время предоставляться не будет!

📍Абитуриенты из города Ташкента и Ташкентской области сдают экзамен в Ташкенте. Абитуриенты из других областей сдают экзамен в своих регионах.

📆 О дате второго этапа экзаменов будет сообщено дополнительно.

❗️Желаем всем кандидатам удачи!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Vatan ramziga ehtirom!

Bugun, O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi!

Bu sana har bir yurtdoshimiz uchun mustaqillik, tinchlik va taraqqiyot ramzi - Gerbimizga bo‘lgan cheksiz hurmat va g‘ururni ifodalaydi.

Davlat ramzi – ajdodlarimizning shonli tarixi, xalqimizning orzu-istaklari va porloq kelajagimizning yorqin timsolidir. Undagi har bir element – baxtli hayot, farovonlik va buyuk maqsadlarga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz aksidir.

Ushbu kun munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni chin dildan tabriklaymiz! Vatanga muhabbat, ulug‘ ramzlarimizga ehtirom va yuksak qadriyatlarimizga sadoqat doimo qalbimizda bo‘lsin!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#raqamli_savodxonlik 

QR kod: Sirli katakchalar ichida nima yashirin?

Ko'chada, do'konda yoki hatto kommunal to'lov qog'ozida ham shu belgilarga ko'zingiz tushganmi?

"Raqamli bilim" loyihasining yangi videosida biz QR kod nima ekanligini, uni qanday ishlatishni va hayotingizni qanchalik osonlashtirishini oddiy tilda tushuntirib berdik!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mobililova

📱MyGov raqamli servislaridan to'g'ri foydalanish tartibini bilib oling!

▶️Raqamli hujjatlardan to'g'ri foydalanish, ularni tekshirish va xavfsizligini ta'minlashni bilmoqchimisiz? Batafsil videoqo'llanmamizda tanishing!

❗️Eslatma! Hujjatni taqdim etish va tekshirishda faqat rasmiy MyGov ilovasidan foydalanish talab etiladi.

🎬https://www.youtube.com/watch?v=QRxjdNafdjs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#subsidiya #ijtimoiy_himoya

❗️Nogironligi bo‘lganlar bandligini ta’minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

📁 Hukumatning 1-iyulda qabul qilingan qarori bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

👨‍💻 Hujjat bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashish elektron reyestri” axborot moduli yuritiladi. Nogironligi bo‘lganlar bandligini ta’minlagan tadbirkor hamda xususiy bandlik agentliklariga bandlikka ko‘maklashish va ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyalari ajratiladi.

👨🏻‍🦼Bitta tashkilot nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun jami 500 mln so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiya olishi mumkin.

💰 Bandlikka ko‘maklashish subsidiyasini olish uchun tadbirkor elektron reyestrdagi I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroning kamida 3 oy davomida uzluksiz rasmiy bandligini ta’minlagan, bu davrda unga har oyda MHTEKMning 2 baravaridan (2,31 mln so‘m, 1-avgustdan 2,542 mln so‘m) kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi to‘lagan bo‘lishi kerak.

🗣 Ish o‘rinlariga moslashtirish subsidiyasi bandligi ta’minlangan I yoki II guruh nogironligi bo‘lganlar uchun surdotarjimon, psixolog yoki hamrohlik xizmatini tashkil qilgan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha miqdorda ajratiladi.

👉 Subsidiyaning har oylik miqdori quyidagicha:
💬 surdotarjimon xizmati uchun BHMning 8 baravari;
💬 psixolog xizmati uchun BHMning 10 baravari;
💬 hamrohlik xizmati uchun BHMning 5 baravari.

📱 Tadbirkorlar subsidiyalarni olish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizim yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/04 09:45:24
Back to Top
HTML Embed Code: