Forwarded from Suhrob Ziyo
#haqida
"Turkiy elning shiddati so‘nganga o‘xshayotir"
XXI asr o‘zbek yoshlari ijodida millat mavzusi boshqacha yangrayapti. Endi hurlikka erishganiga shukrona bilan she’rlar bitishni bu avlod o‘ziga ep ko‘rmaydi. Bugun o‘zbek yosh ziyolilarini mustaqillik qoniqtirmaydi. Ular dunyo bilan bo‘ylashishni, millatning shonli o‘tmishi bugun qaytadan bo‘y ko‘rsatishini istaydi. Aytish mumkinki, yoshlar she’riyatida bugungi o‘zbek farzandlarining ayni shu jasorati ko‘zga tashlanadi.
— deb yozadi Najmiddin Ermatov bir she’rida.
U millatni oh-voh tortib, ahvolidan nolib yashashini istamaydi. Uning istagi boshqa asarida yaqqolroq ko‘zga talashadi:
Shoir millatdan ko‘k bo‘rilar kezgan Turon sarhadlarida qaytadan davron surishni kutadi. Bu bugun siyosiy jihatdan mushkul bir ish bo‘lsa-da, shoirlar mumkin bo‘lmagan narsalarni istashda mohir. Shoir davom etadi:
Qilich tutishni unutib, qorin g‘amida qoshiq tutishga usta bo‘lib borayotgan xalqni shoiri malomat qiladi. Haqqi bor. Millat uniki, u millatniki. Uyg‘otish — uning vazifasi.
👉 Suhrob Ziyo: "O'zbek yoshlar she'riyatida Turon mavzusining aks etishi"
@suhrob_ziyo1

Hayronman, erkini qanday taniydi,
Yig‘i dovushiga o‘rgangan millat,
— deb yozadi Najmiddin Ermatov bir she’rida.
U millatni oh-voh tortib, ahvolidan nolib yashashini istamaydi. Uning istagi boshqa asarida yaqqolroq ko‘zga talashadi:
Ko‘k bo‘ri kezgan sarhad itlarga talosh endi,
Ko‘tarilgan bosh emas, birgina quyosh endi,
Uchqun sochgan ko‘zlarning topingani yosh endi,
Turkiy elning shiddati so‘nganga o‘xshayotir…
Shoir millatdan ko‘k bo‘rilar kezgan Turon sarhadlarida qaytadan davron surishni kutadi. Bu bugun siyosiy jihatdan mushkul bir ish bo‘lsa-da, shoirlar mumkin bo‘lmagan narsalarni istashda mohir. Shoir davom etadi:
Burgut uchgan zovlarda quzg‘un bazm etmoqda,
Ildizingni kavshabon to‘ng‘iz hazm etmoqda,
Ertangni belgilashga yotlar jazm etmoqda,
Qoshiq butun, qiliching singanga o‘xshayotir.
Qilich tutishni unutib, qorin g‘amida qoshiq tutishga usta bo‘lib borayotgan xalqni shoiri malomat qiladi. Haqqi bor. Millat uniki, u millatniki. Uyg‘otish — uning vazifasi.
👉 Suhrob Ziyo: "O'zbek yoshlar she'riyatida Turon mavzusining aks etishi"
@suhrob_ziyo1
👍40🔥21❤🔥10❤3👏3🎉2💯1💔1🤝1
Forwarded from «ШАРҚ ЮЛДУЗИ» журнали
#Шарқ_юлдузи (04/2025)
#Ёшлар_ижоди
Нажмиддин ЭРМАТОВ
Бир сулув қалбимга ўт қалаб ўтди
Тўлиқ ўқиш
Бизни кузатиб боринг:
Telegram| Facebook | web-sayt
#Ёшлар_ижоди
Нажмиддин ЭРМАТОВ
Бир сулув қалбимга ўт қалаб ўтди
* * *
Тушларда қушларга қўшилиб учдим,
Гоҳо булутларга тўш уриб учдим,
Ўнгим оғир келди, пойингга тушдим,
Тийрамоҳ, титраб оҳ чеккани келдим.
Сарбон йўл кўрсатди, ўзи кўр эди,
Гўрўғли чиқмади, оғзим гўр эди,
Жасорат унмади, манглай шўр эди,
Бағрингга бир гиёҳ эккани келдим.
Тақвим қашқирдайин умримга ўчми?
Яширин бир титроқ бўғзимга кўчди,
Кўзимда бир чироқ бор эди ўчди,
Ўзимни мен сўроқ этгани келдим.
Бир сулув қалбимга ўт қалаб ўтди,
Ҳижронга кўнувчан жон тилаб ўтди,
Лек руҳим ўтгунча ишқталаб ўтди,
Ёшимни мен гувоҳ этгани келдим.
Тўлиқ ўқиш
Бизни кузатиб боринг:
Telegram| Facebook | web-sayt
❤21👍12🔥2🥰2❤🔥1👏1