بِسْمِ ٱللّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ             

OSTONA
(dostonidan)

11.
Kunlar kulib o‘tar edilar,
Quvlashmachoq o‘ynashib bog‘da
Biz g‘amlarni unutgan edik,
Hijronlarni qoldirib dog‘da.
Bir kun uyda nogahon Qahr,
“To‘kma menga ko‘z yoshing”–, dedi.
Seni ko‘rmay mendan so‘ramay,
“Qizni palahmon toshi”, dedi.
“Axir, mening yorim bor”, dedim,
So‘z demadim o‘zga nojo‘ya.
O‘t qo‘ydi-ku, jahonga shunda,
Sodir bo‘ldi eng cho‘ng Fojia!
 
✍🏻Nargiza Asad
www.tg-me.com/Nargiza_Asad💌
5🕊2
Forwarded from NARGIZA ASAD
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Оқ шомда

°°°
Бир дунё бор,
Билсанг –
Кўз ёшдек биллур.
Заволим бундадир,
Саволим шунда.
Фақат оқ елканли тушлар элтади,
Жоним,
Хушларимнинг бошида кунда!..

© Наргиза Асадова
https://www.tg-me.com/Nargiza_Asad
🕊43🥰2
بِسْمِ ٱللّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ             

OSTONA
(dostonidan)

12.
Bog‘ chetida o‘yga botgan Kuz,
Ko‘zlaridan turar bilinib.
Yupatgandek unga Ona yer,
Olma-anor tutar ilinib.
Ulgurmoqqa shaylanar shamol,
Sho‘x nasimlar qilmas unga kor.
Butun bog‘ni bir kuyga solgan,
Shamol go‘yo buyuk bastakor!

✍🏻Nargiza Asad
www.tg-me.com/Nargiza_Asad💌
5👍3🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6❤‍🔥4🔥2🥰2🕊2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
5😍4🕊3
بِسْمِ ٱللّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ               

OSTONA
(dostonidan)

13.
Bugun yana chiroqlar sergak,
Simyog‘ochdan boqib qolishar.
Endi bog‘da o‘g‘ri shamolni,
Qaroqchilar tutib olishar.
Sovuq yeydi xazon ko‘rpa yer,
Yulduzlarning kulgusi siniq.
Eslab endi toshqinliklarin,
Mo‘ysafid soy aqli ham tiniq.


✍🏻Nargiza Asad
www.tg-me.com/Nargiza_Asad
2🥰1🕊1
#таржима

***
Номардга ёр бўлгунча,
Ёлғиз ўтганим яхши.
Тишим оғриб, тўшакда,
Йиғлаб ётганим яхши!

Отам эрнинг қавмига
Ёлворгунча эгиб бош.
Қабрим узра йиғласин,
Қуримасин қабртош…

Шаза Кўркли, Лак шоири.
(1880-1931)


Дафн маросими

Мали ўлди.
Қашшоқ эди—
Ким куюнар
Унга энди,

Кузатмоққа
Ким ҳам келар
Қашшоқ учун
Ким ачинар?!

Қашшоқ ўлди —
Қисмат ёри.
Сигир ва қўй
Шудир бори…

Лек Малини
Эслашди ҳақ,
Худойига
Келди-ку халқ.

– Эҳ, - дейдилар,–
Шўрлик, алҳол!..
Қўй сўйилди,
Ейилди мол.

Қашшоқ уйни
Талаб ёмон,
Тарқалди-да
Бу оломон…

Созур Баграев, Осетия шоири
(1888-1928)

***
Ким ҳам билар– мангу ва лаҳза,
бу дунёда мен ҳам бордирман.
Шу лаҳза ё мангулик учун
бу дунёдан миннатдордирман.

Не бўлса ҳам, ичарман қасам,
алқаб умрим фонийлигини:
ўлсам – ғамнинг лаҳзалиги
ва ажалим боқийлигини…

Белла Ахмадуллина, рус шоири
(1937-2010)


Карим Бахриев таржималари
www.tg-me.com/Nargiza_Asad
👍91
بِسْمِ ٱللّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

OSTONA
(dostonidan)

14.
Deyman: Sezyapsanmi, Azizim,
Bu bog‘larning shashti buncha past.
Suygandanmi, kuygandan shamol,
Bir oyoqda turolmaydi mast.
Beozorim mana bu yomg‘ir,
Kuylari mung nidoga o‘xshar.
Qarashlari ko‘klarga tikka,
Qushlar ko‘zi vidoga o‘xshar.
Sen uyingdan kelganda shoshib,
Men o‘yimga botaman asta.
Kiprigimga osilar alam
Umidlarim bo‘lsa shikasta.
Sog‘inch bir kun xasta aylasa,
Diydorda chin darmonligingga.
Bugun kelar ko‘proq ishongim,
Shu turishda armonligingga.
 
Deysan: Gulim, bo‘lma buncha parishon,
Meni ko‘p o‘rtama, qiynama axir.
Bu mahzun boqishlar nelardan nishon,
O‘zi junun jonimga aylama jabr.
 
Deyman: So‘zim sobodek angla,
Senga yodim bo‘lsin-yey fusun.
Tunlar yodga solsalar meni,
Yozilajak she’rdayin tushun.
 
Deysan: To‘rt tomonim to‘rtala toqat,
Gulim ketmoqlardan so‘zlama faqat.
 
Deyman: Tilingdamas, dilingda
Baxtli yashar qadrdon ism.
Qolay desam yoningdan sening
Tortaverar ortimga izm.
Anduhlarga uyadir uyim,
Anglamaslar neni aytishim.
Ko‘nglim sezar toleimdan chin,
Bir kun bordir senga qaytishim.
 
So‘zlarimni angladingmi yor,
Ko‘zlaringda aylandi bir nam.
“Unda balki, kech bo‘lar…”- deding,
Qaytishimga ishonmasang ham.
 
Bunda bog‘lar turdi oyoqqa,
Ildizlari to‘sdi yo‘limni.
Daraxtlarga mo‘ltirab xazon,
Shoxlar tilib tutdi qo‘limni.
Kuz darg‘azab sindirdi shunda,
Bo‘yoqlardan olib qalamin.
Yomg‘ir rosa savalab, bilmam,
Shamoldanmi oldi alamin.
Bog‘ yo‘liga qayrilmay atay,
Tosh ko‘chadan chopib ketdim men.
Sen tanitgan bog‘dagi baxtning,
Ko‘zlarini yopib ketdim men.

✍🏻Nargiza Asad
www.tg-me.com/Nargiza_Asad🍂
3🔥2😢1🎅1
 بِسْمِ ٱللّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

OSTONA

(dostonidan)

15.
Meni ko‘rib jilmaydi chiroq,
Ko‘ngli to‘lib kengaydi torlar.
“Hissiz bo‘lgin, qiynalmay…”-deya,
Tush ko‘rganga yo‘ydi devorlar.
 
✍🏻Nargiza Asad
www.tg-me.com/Nargiza_Asad🍂
22👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
بِسْمِ ٱللّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ.

OSTONA

(dostonidan)

16.
Mag‘rur boqar derazamdan nur,
Oyni yopib bo‘lmas etaklab.
Chaqirmaysan, boqolmayman men,
Yo‘ling ketmas seni yetaklab.
Endi sukut saqlaydi shamol,
Gina qilmas Ostonam sendan.
Har kungidek kutmaysan, endi,
Kecholmayin ketasan mendan.

✍🏻Nargiza Asad
www.tg-me.com/Nargiza_Asad🍂
🕊3👍21
Forwarded from TSUE-TDIU
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maʼrifat_ulashib

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli adib va ijodkorlar — Minhojiddin Mirzo, Oygul Suyundiqova va Nargiza Asadova ishtirokida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.


Batafsil saytda


🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4
بِسْمِ ٱللّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

OSTONA

(dostonidan)

17.
“Piq-piq” etib yig‘laydi yomg‘ir,
Daraxtlarga osilib olib.
Sen ketasan ko‘chada yolg‘iz,
Yomg‘irpo‘shing uyingda qolib.

✍🏻Nargiza Asad
www.tg-me.com/Nargiza_Asad🍂
6👍2
 بِسْمِ ٱللّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

OSTONA

(dostonidan)

18.
Hozir bog‘da katta to‘polon,
Tasur-tusir nimadir otish.
Bunday ishqni ko‘rmagan, axir,
Kuz uchun bu ulkan yo‘qotish!


✍🏻Nargiza Asad
www.tg-me.com/Nargiza_Asad
6👍2
Audio
Ramiz Rövşən ❤️

@Nargiza_Asad
2🥰1
 بِسْمِ ٱللّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

OSTONA

(dostonidan)

19.
Ostonada turadi dilgir,
Tegrasiga xazonlar cho‘kkan.
Noyabr, uning so‘nggi ilinji,
Shamol asli umidin to‘kkan.

Ketkazishni istamaydi hech,
Qo‘llarini cho‘zgancha daraxt.
Yig‘lab yurar ko‘chada yomg‘ir,
Yer boshini ushlaydi karaxt.

Kuz ketadi… huvillaydi bog‘,
Yer yiqilib qolaverar zor.
Xotiramda qolgan bog‘larni,
O‘z bag‘riga olar muzdek qor!
 
✍🏻Nargiza Asad
www.tg-me.com/Nargiza_Asad
5👍4🕊1
 بِسْمِ ٱللّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

OSTONA

(dostonidan)

20.
Keldim…  
Tashrifdan Ostona tosh kabi qotdi,
Eshiklar teskari burdi yuzini.
Sukunat sirini pardalar sotdi,
Shamol-da, sirdoshdek tutdi o‘zini.

Keldim…
Izingni sezdirmay berkitdi g‘ubor,
Poyimdan o‘zini tortdi poyandoz.
Tartanak to‘riga taqyotib tumor,
Cho‘chidi sukunat! Odamzodga xos.

Keldim…  
O‘rtadagi yillar, yo‘llarga yetdim,
Ana tashqarida yomg‘ir guvohim.
Ishon, seni juda sog‘inib ketdim,
Bu dunyodan topgan yolg‘iz gunohim.

Keldim…
Bu damlarni qancha kutib, kutdirib,
Boq  meni rostmana, yengdi ichikish.
Shunda zulumotga meni yutdirib,
Senmas, peshvoz chiqdi kuyuk Kechikish!  

✍🏻Nargiza Asad
www.tg-me.com/Nargiza_Asad
👍31🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2🕊2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
 بِسْمِ ٱللّٰهِ ٱلرَّحْمَٰنِ ٱلرَّحِيمِ

OSTONA

(doston yakuni)


21.
Ikkimiz ham yolg‘iz yetdik yor,
Muhabbatning nishonasiga.
Qismatimiz yozib qo‘yilmish,
Ostonaning peshonasiga…
 
 ✍🏻Nargiza Asad
www.tg-me.com/Nargiza_Asad
👍2🥰2🔥1🕊1
#Qanotli soʻzlar

Бир марта керак бўладиган ханжар,
Умр бўйи тақиб юрилади.
Умр бўйи такрорлаб юриладиган шеър
Бир марта ёзилади…

Расул Ҳамзатов, “Менинг Доғистоним” асаридан.
www.tg-me.com/Nargiza_Asad
👌2🕊21
2025/10/24 03:29:54
Back to Top
HTML Embed Code: