Telegram Web Link
⚡️1 porsiya palovning oʻrtacha narxi qancha?

Statistika agentligi tomonidan 2024 yil mart oyi uchun hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʻrtacha narxlari maʼlum qilindi.

Ular:
— Qoraqalpogʻiston R. 24 300 soʻm;
— Andijon viloyati 24 400 soʻm;
— Buxoro viloyati 28 600 soʻm;
— Jizzax viloyati 25 600 soʻm;
— Qashqadaryo viloyati 27 700 soʻm;
— Navoiy viloyati 24 200 soʻm;
— Namangan viloyati 19 900 soʻm;
— Samarqand viloyati 27 000 soʻm;
— Surxondaryo viloyati 25 800 soʻm;
— Sirdaryo viloyati 23 000 soʻm;
— Toshkent viloyati 25 000 soʻm;
— Fargʻona viloyati 21 600 soʻm;
— Xorazm viloyati 27 200 soʻm;
— Toshkent shahri 30 200 soʻm.

Eng arzon osh Namangan viloyatida 19 ming soʻm, eng qimmati Toshkent shahrida 30200 so'm ekan.

Mavzuga doir:
⚡️O'zbekistondagi eng qimmat va eng arzon palovning narxi qancha?

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Asli O'zbekistonlik "Olmoslar qiroli"ning boyligi qancha?

Lev (Levi) Leviev 1956-yil 30-iyulda Samarqanda tug'ilgan. 1971-yilda Isroilga ko'chib o'tgan va u yerdan 2007-yilda Londоnga ko'chib o'tgan. Uning ota-onasi Avner va Chana Levievlar Buxoro yahudiylari jamoasining taniqli vakillaridan boʻlishgan. Hozirda u Afrikadagi olmos konlariga egalik qiladi.

Isroilga koʻchib oʻtganidan koʻp oʻtmay, Leviev olmosni tozalash zavodida ishlay boshladi va olmos kesish jarayonining 11 bosqichini oʻrgandi.

1977-yilda oʻzining olmos parmalash zavodini yaratdi. 1980-yilda olmos sanoatidagi tanazzul tufayli kredit tanqisligidan aziyat chekkan 12 ta raqobatdosh zavodni sotib oldi va qaynotasi yordamida rivojlantiradi. 1992-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtdi va Rossiyaning eng qadimgi zargarlik fabrikasi, Moskvadagi Ruis Diamonds Ltd. va Moskva zargarlik fabrikasini sotib oldi.

Uning boyligi 2012-yilda $1,7 mlrd bo'lgan bo'lsa, hozirda $1 mlrdni tashkil etadi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Super josuslik dasturi — "Pegas"ning narxi qancha?

Bir necha yillar oldin hech qanday ogohlantirishlarsiz telefon orqali 50 mingdan ortiq (prezidentlar, jurnalistlar va boshqalar) insonni kuzatib, telefondagi istalgan ma’lumotga egalik qilgan Isroil kompaniyasi(NSO Group )ga tegishli Pegas dasturi shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Josuslikka ixtisoslashgan dastur telefon egasiga bildirmasdan telefon qo‘ng‘iroqlari, yozishmalar, joylashgan manzili, o‘rnatilgan parollari, rasmlar va boshqa barcha ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Dastur Meksikada narkokartel rahbari El Chaponi qo‘lga olishda ishlatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastur anchayin qimmat turadi. 2016 yilda Pegasni 10 telefonga o‘rnatib berish $650 ming bo‘lgan. Unga qo‘shimcha tarzda yana $500 ming to‘lov talab etilgan.

Hisobotlarga ko‘ra, 40 ta davlat Pegas dasturidan foydalangan, 50 ta davlatda yashovchi fuqarolar uning yordamida kuzatilgan.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sumalak tayyorlashning narxi qancha?

Navro'z bayramining asosiy taomi bo'lgan sumalakdagi mahsulotlar qimmat emas. Sumalak tayyorlash uchun ishlatiladigan unib chiqqan bug'doy ozuqa moddalari, vitaminlar va oqsillarga boydir.

50 litr sumalakni tayyorlash narxi (194 500 so'm):
— 5 kg bug'doy 8 500 so'm/kg jami 42500 so'm;
— 15 kg un 9 000 so'm/kg jami 135000 so'm;
— 1 litr paxta yog'i 17 000 so'm.

Taom qishdan keyin kuchni tiklash uchun bahorda tayyorlanishi bejiz emas. Shirin va chiroyli karamel rangidagi taom afsonalarga boy. Uni tayyorlash jarayoni qarindoshlar va qo'shnilarni birlashtiradigan butun bir katta marosimga aylanib ketadi. Bundan tashqari o'tin yoki tabiiy gaz uchun hamda oshpazlar jamoasi uchun ham o'zgaruvchan xarajatlar qo'shiladi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Слова пацана" seriali aktyorlari qancha gonarar olishgan?

"Слова пацана" seriali ko'pchilikninng nazariga tushib ulgurdi. Serialda 1980-yillarning oxiridagi Qozondagi yoshlar o'rtasidagi guruhbozlik voqealari haqida so'z yuritiladi.

Serial byudjeti boshqa mashxur loyihalar bilan solishtirganda juda kam bo'lgan $1 mlndan oshiqni tashkil etgan. Aktyorlarning gonorari xech qaysi manbaada ochiq e'lon qilinmagan. Faqatgina mutaxassislar taxmin qilishmoqda xolos. Aktyorlar yosh bo'lganligi uchun taxminlarga ko'ra juda kam miqdorda gonarar olishgan, taxminan $10 ming atrofida.

Yosh aktyorlar uchun serial mashxurlik sari chinakam muvofaqiyat kaliti va kelajakdagi katta gonararlar sari "start" bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz.

Mavzuga doir:

Bitta film uchun eng koʻp haq olgan mashhur aktyorlar
"Masha va Ayiq" multfilimining 1 daqiqasining narxi qancha?

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dunyodagi eng yaxshi daromad ko'rgan kompaniyalarning daromadi qancha?

2022-2023-yillarda dunyodagi eng ko'p daromad ko'rgan kompaniyalar ro'yxatini ko'rib chiqamiz:

1. 🇺🇲 American Airlines: $49 mlrd;
2. 🇺🇲 Delta Airlines: $45,6 mlrd;
3. 🇺🇲 United Airlines: $45 mlrd;
4. 🇦🇪 Emirates Airline: $29,2 mlrd
5. 🇫🇷 Air France: $27,5 mlrd
6. 🇩🇪 Lufthansa Group: $26,9 mlrd;
7. 🇬🇧 International Airlines Group: $24 mlrd;
8. 🇺🇲 Southwest Airlines: $23,8 mlrd;
9. 🇹🇷 Turkish Airlines Group: $18,4 mlrd;
10. 🇨🇳 China Southern Group: $13 mlrd.

Ma'lumotlarga ko'ra milliy aviakompaniyamiz Uzbekistan Airways 2022-yilda $1,09 mlrddan ortiq daromad ko'rgan.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Eng ta'sirchan "Boycott"

2005-yil oxirida Daniyada Yevropa so'z erkinligi madaniy an'analari va musulmonlar o'rtasida kuchli ziddiyat yuzaga keldi. Buning sababi Jyllands-Posten gazetasi payg'ambarimiz Muhammad S.A.V. haqidagi 12 ta aqilga sig'maydigan karikaturalarni chop etganligi edi.

Nashr musulmon mamlakatlari tomonidan juda salbiy reaktsiyaga sabab bo'ldi: Liviya Daniyadagi elchixonasini yopdi, Islom harakatlari esa daniyaliklar, shvedlar va norvegiyaliklarni Falastin avtonomiyasini darhol tark etishni talab qildi.

O'n bitta Islomiy davlat Daniya va gazetadan diniy tuyg'ularni nashr etish bilan haqorat qilgani uchun uzr so'rashni talab qildi va "Tolibon" harakati rasm mualliflarining boshlari uchun 100 kg oltin mukofot e'lon qildi.

Janjal butun dunyo bo'ylab siyosiy inqirozga aylandi. Natijada, musulmonlar Daniya tovarlariga boykott e'lon qilishdi, bu esa Daniyaga $170 million zarar yetkazdi. Namoyish davomida 139 kishi halok bo'ldi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Millionerning ahmoqona xaridlari

Dunyoda juda ko'p boy odamlar bor va ba'zida ular juda g'alati xaridlarni amalga oshiradilar.

Masalan, Datta Fuge Hindistonlik millioner bo'lib, u kredit berish orqali katta boylik orttirgan.

Shuningdek, u oltinni juda yaxshi ko'rishi va hatto 2013 yilda o'ziga oltin ko'ylak buyurtma qilishi bilan ham mashhur edi. Ko'ylak qimmatbaho 14 ming dona 22 karatli oltindan qilingan, kiyimlarning og'irligi 3,5 kilogrammni tashkil etdi va bu boy odamga $250 mingga tushgan.

Dutta Fuge ko'ylakdan tashqari boshqa ko'plab oltin buyumlarga ham egalik qiladi. Masalan, zanjir va medalyonlar uning bo'yniga doimiy ravishda osilgan, qo'llarini esa katta bilaguzuklar bezatgan.

Afsuski millioner 2016-yilda o'ldirilgan.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dunyodagi eng qimmat narsaning narxi qancha?

Antimateriya juda kam uchraydigan moddadir, uni faqat zarracha tezlatgichlarida va atmosferada topish mumkin. U shu darajada qimmatki patina bilan oltin uning oldida xuddi "tekinday" bo'lib qoladi.

Uning qimmatliligiga asosiy sabab, u juda katta miqdorda energiya ishlab chiqara oladi.

Agar siz 1 kg antimetriya olib, uni shuncha miqdordagi materiya bilan qo'shsangiz, shu darajada katta energiya xosil bo'ladiki uning kuchi millionlab termoyadroviy bomba energiyasiga yetadi.

1 gramm antimetriyaning narxi $100 trlnni tashkil etadi va bu sayyora kelajagi ham deb yuritiladi.

Mavzuga doir:

Turli xil qimmat baho metallar narxi qancha?
Jahondagi eng qimmat metallning narxi qancha?

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dunyodagi eng zo'r avtomobil yo'llarida yurishning narxi qancha?

Singapur yo'llari dunyodagi eng zo'r yo'llar hisoblanadi. Singapurda "Electronic Road Pricing (ERP)" pulli yo'l tizimi mavjud (rasmda). Bu tizim shoshilinch vaqtlarda shahar markazida yurish narxi qimmatlashadi. Masalan, qatnov ko'p vaqtda ushbu yo'ldan yurish narxi $10 bo'lsa, soat 20:00 dan keyin $2 ga avtomatik tushib qoladi.

Bu tizim 1998-yilda $150 mlnga qurilgan va yiliga budjetga $12 mln atrofida daromad olib keladi.

Mashinaning old oynasi ostiga o'rnatilgan in-Vehicle Unit (IVU) ichki moduli tizimi orqali pulli yo'lga kirish vaqtida avtomatik pul yechadi. Narx mashina turiga qarab farq qiladi. Yo'ldan o'tayotganda IVU yo'q bo'lsa, yoki kartada yetarli pul bo'lmasa tizim avtomatik jarima soladi.

To'lov Passenger Car Unit (PCU)da hisoblanadi. Masalan,
— shaxsiy transport vositalari, taksilar va yengil yuk mashinalari - 1 PCU;
— mototsikllari va mopedlari - 0.5 PCU;
— og'ir yuk mashinalari 1.5 PCU;
— avtobuslar 2 PCU.

1 PCUning xozirgi qiymati oddiy vaqtda $0,5 bo'lsa tig'iz vaqtda $3.

Har kuni o'rtacha qatnov soni 4 mlntani tashkil etadi va yiliga shaharda 6 mlnta IVU ga ega mashinalarning atiga 0,5% kartada puli kamligi yoki IVU yo'qligi sababli qoidani buzadi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyodagi eng qimmat uyquning narxi qancha?

2020-yilda internetdi uxlayotgan odam videosi "virus"day tarqaldi. Ushbu rolik Amerika futboli o'yini vaqtida olingan.

Amerika futbolining asosiy chempionatida sodir bo'lgan ushbu xodisa oddiy xolatday tuyilishi mumkin, lekin erkak ishtirok etayotgan chempionat va u o'tirgan sektorda joy narxi $7000 dan boshlanar edi va bu internet foydalanuvhcilarida shov-shuv uyg'ota olgan.

Erkak birgina mana shu xarakati bilan mashxurlikka erishgan va dunyodagi eng qimmat uyqu deya baholanmoqda.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
⚡️"Ayol Taxi" xizmatining narxi qancha?

Abdujalol Egamberdiyev 25 yoshda. Hozirda Moskva moliya va sanoat universiteti (Synergy University)ning lingvistika yo‘nalishida tahsil olmoqda. U 2023-yilda “Ayol Taxi” loyihasini yo‘lga qo‘ygan.

Loyiha dastlab Farg'ona shahrida yo'lga qo'yilgan va hozirda poytaxtda ham mavjud. Hozirgi kunda 23 mingga yaqin foydalanuvchilari bor va kuniga 500dan ortiq buyurtmalar amalga oshiradi.

"Ayol Taxi"da Standart tarifda minimal xizmat narxi 13 ming so‘mdan boshlanadi va har bir kilometr uchun 2300 so‘mdan qo‘shib hisoblab ketiladi.

"Komfort" tarifi 14 ming so'mdan boshlanadi. Kutish narxi daqiqasiga 700 so'm.

Mavzuga doir:
Toshkentda taksi xizmatlarining narxi qancha (1)?
Toshkentda taksi xizmatlarining narxi qancha (2)?

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Silk Avia" aviakompaniyasida biletlar narxi qancha?

Silk Avia 2021-yilning 6-iyulida tashkil etilgan va Uzbekistan Airports AKning shoʻba korxonasi hisoblanadi. Aviakompaniya parki ATR 72-600 tipidagi tejamkor mintaqaviy havo kemalaridan iborat.

Aviakompaniya ichki reyslarni amalga oshirish bilan shug'ilangan.

Quyida kompaniyaning Toshkentdan boshqa hududlarga eng arzon reyslar narxini ko'rib chiqamiz:
— Zomin (iyun oyida) 110 ming so'm;
— Qo'qon (aprel oyida) 192 771 so'm;
— Buxoro (aprel) 220 ming so'm;
— Farg'ona (aprel) 192 ming so'm;
— Namangan (aprel) 192 ming so'm;
— Navoiy (aprel) 220 ming so'm;
— Qarshi (aprel) 192 ming so'm;
— Samarqand (aprel) 206 ming so'm;
— Termiz (aprel) 302 ming so'm;
— Urganch (aprel) 302 ming so'm;

Negadr kompaniya saytida Toshkentdan Nukusga reyslar uchun bilet sotib olish ishlamayapdi. Yuqorida ko'rsatilgan narxlar eng arzoni bo'lib, uchish kuni yaqin qolganiga qarab narx oshib boradi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Crashroom: Toshkentdagi terapevtik “g‘azab xonasi"da xizmat narxi qancha?

2022-yilda Toshkentda idishlar va shu kabi narsalarni sindirish, bo‘lib tashlash orqali stresdan xalos bo‘lish imkonini beruvchi “Crashroom” ochilgan.

“G‘azab xonasida” sindirish uchun turli instrumentlar mavjud (shkaf, stullar, televizor). Qoidaga ko‘ra, barcha tashrif buyuruvchilar maxsus kiyimlar (himoya kostyumi, temir qalpoq va qo‘lqop) kiyishlari kerak. Shuningdek, ular xavfsizlik qoidalarini ko‘rsatadigan shartnoma imzolaydi.

Tariflar ishtirokchilar soni va jihozlar, idish-tovoqlar va boshqa narsalar miqdoriga qarab farqlanadi.

Tariflar:
— “Halokat qiroli” 2 mln 290 ming so‘m;
— "Xammasi yoqilgan" 1 mln 655 ming so'm;
— "Medium" 820 ming so'm;
— "Mini" 630 ming so'm;

Eng qimmat tarifda 3 kishigacha ishtirok etish mumkin va 75 tagacha narsani sindirish mumkin.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Biznes g'oya: Zamonaviy kitob do'koni ochishni narxi qancha?

Zamonaviy gadjetlar va texnologiyalarning rivojlanishiga qaramay, kitob ishlab chiqarish, sotish ancha ommabop va talabgir ekanligini tasdiqlaydi.

Dastlabki sarmoya miqdori 100 million so‘mni tashkil etadi. Zararsizlik nuqtasi ishning 3-oyida erishiladi.

Boshlangʼich xarajatlar: markaziy hududlar uchun taxminiy hisob-kitob:
— Do'konni roʼyxatdan oʼtkazish – $20
— Jixozlash – $1800
— Tovarlarning birinchi partiyasini sotib olish – $5000 - $6000
— Reklama – $300

Oylik xarajatlar:
— Ijara toʼlovlari – $500;
— Kommunal to'lovlar - $100;
— Xodimlar uchun ish haqi –$800;

Do'kon joylashgan joy va unversitet va tashkilotlar bilan kelishilgan kitob yarmarkalari do'kon daromadini oshiradi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇹🇷 Turkiya davlatida maoshlar qancha?

— Turkiya eng rivojlangan va iqtisodiy jihatdan dunyoda katta hissaga ega boʻlsa ham, undagi maoshlar unchalik baland emas...

1. Taʼlim tizimida: $220 – $500
2. IT soha xodimlari: $300 – $730
3. Dizayn kasbi egalari: $360 – $480
4. Marketing mutaxassisi: $220 – $340
5. Bugʻalteriya xodimlari: $330 – $630
6. Huquq sohasidagilar: $220 – $2 120
7. Meditsina tizimida: $240 – $690

— Shuningdek, quyida siz kasbsiz holda quyidagicha maosh olishingiz mumkin:
1. Yirik kompaniyalarda – $320
2. Oʻrta kompaniyalarda – $250
3. Kichik kompaniyalarda – $210
4. Mikro korxonalarda – $140
5. Jamoat korxonalarida $180

— Yuqoridagi maoshlar xususiy va xalqaro sektorda 100 foizgacha farq qilishi mumkin.

💬 @NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yurtimizda qancha odam pensiya oladi va pensiya miqdori qancha?

Yurtimizda 2024-yil 1-yanvar xolatiga pensiya oluvchilarning umumiy soni 3 million 930 ming 400 nafar bo'lib va bu aholining 10,7 foizini tashkil etadi.

Pensiya jamg‘armasi davlat pensiyalarining barcha turlari uchun yillik 53,5 trillion so‘m to‘lamoqda. Bunda bir oylik o‘rtacha xarajatlar miqdori qariyb 4,5 trillion so‘mni tashkil etadi. O'rtacha har bir odamga 1 mln 145 ming so'mdan to'g'ri keladi.

Aprel oyi uchun naqdsiz shaklda 3,1 mln nafar pensiya oluvchilarga ( 77%) pensiya pullari to'liq o'tkazilib berilgan. Pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan yetkazib beriladi.

Ma'lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston doimiy aholisining 20,56 mln (56,8 foizi) nafari mehnatga layoqatli yoshdagi fuqarolar hisoblanadi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dunyodagi eng qimmat instagram akkountlarning narxi qancha?

Bugungi kunda instagramning o'zidan juda katta daromad ko'ruvchi insonlar juda ko'p, biz bu borada dunyo reytingini ko'rib chiqamiz.

Bitta reklamaning narxi:
1. Kristiano Ranaldo $3 mln 234 ming (627 mln kuzatuvchi);
2. Lionel Messi $2 mln 597 ming (502 mln kuzatuvchi);
3. Selena Gomez $2 mln 558 ming (429 mln kuzatuvchi);
4. Kylie Jenner $2 mln 386 ming (400 mln kuzatuvchi);
5. Dwayne Johnson $2 mln 326 ming (398 mln kuzatuvchi);
6. Ariana Grande $2 mln 264 ming (380 mln kuzatuvchi);
7. Kim Kardashian $2 mln 176 ming (364 mln kuzatuvchi);
8. Beyonce Knowles $1 mln 889 ming (320 mln kuzatuvchi);
9. Khloe Kardashian$1 mln 886 ming (310 mln kuzatuvchi);
10. Justin Bieber $1 mln 763 ming (292 mln kuzatuvchi);

Ulardan eng qimmati mashxur futbolchi Kristiano Ronaldo bo'lib, 1 ta post va 3 ta "stories" narxi $5,2 mlnga baholanadi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Telegram asoschi Pavel Durovʼdagi @durov kanaliga biriktirilgan linklar narxi qancha?

— Pavel Durovʼda jami 7 dona @durov telegram kanaliga biriktirilgan (maxsus) qimmat linklar mavjud boʻlib, ularni oʻzi xarid qilgan va baʼzilari unga sovgʻa qilingan.

— Undagi linklar narxi quyidagicha boʻlishi mumkin: (24.04.2024 – 22:15:00 holatida)

1. “rove” linki – $111 199,99
2. “paul” linki – $55 999,99
3. “snow” linki – $44 799,99
4. “feed” linki – $40 896,79
5. “lean” linki – $35 296,79
6. “pavel” linki – $83 999,99

— “durov” linki haqida aniq narxlar mavjud emas, ammo Fragment saytida link uchun 10 000 TNC (Toncoin) yaʼni $56 000 atrofida narxlar taklif qilingan. Link narxi aslida esa $78 400 000 boʻlishi ham mumkin.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ijtimoiy tarmoqlardagi pullik obunaning narxi qancha?

Ijtimoiy tarmoqlar ichida eng qimmat obuna bu "Tinder" da bo'lib, har oyiga $500 ni tashkil etadi, agar siz yillik to'lov qilsangiz bir yiliga $6000 to'lashingiz kerak. Ushbu obunani foydalanuvchilarning 1 % dan kam qismi sotib olishgan.

Qolgan ijtimoiy tarmoqlardagi narxlar:
— Netflix (standart) $15,49;
— Aplle TV+ $9,99;
— Disney + $13,99;
— Telegram $3,99;
— Youtube $1,05 dan $18,35 gacha;
— Yandex Plyus $0.78 dan $3,23 gacha.

Obunalar mamlakatga va tariflarga qarab turlicha narxda bo'ladi. Masalan, YouTube Premiumning narxi Argentinada atigi $1.05 tashkil etsa, Shvetsariyada ushbu obuna $18.35 turadi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/29 06:07:13
Back to Top
HTML Embed Code: