Telegram Web Link
#guruh #moderator

@iSpaceRobot - bu ko'p funksiyali guruh moderatori bo'lib, guruhingizni reklama, spam xabarlar va arablardan tozalaydi. Shuningdek botda chat ishtirokchilari uchun qiziqarli va koβ€˜ngilochar funksiyalar mavjud.

🌐 Rus tilida

πŸ€– @NoyobBotlar
#savoljavob #test

πŸ‘₯ @FriendRGBot

Ushbu bot yordamida do'stlaringiz sizni qanchalik bilishini savollar orqali tekshirib ko'rishingiz mumkin. Oldin botga kirib savollar uchun o'zingizga mos javoblarni tanlab oling, so'ng bot bergan havolani do'stingizga yuboring.

🌐 Rus tilida

πŸ€– @NoyobBotlar
#stiker #rasm

🎈@stickeroptimizerbot

Agar Telegram uchun stiker yaratmoqchi bo'lsangiz unda sizga ushbu bot kerak bo'ladi. Botga stiker qilmoqchi bo'lgan rasmni yuboring va bot sizga rasmni standard (512x512) stiker hajmiga mos ravishda optimallashtirib beradi.

πŸ€– @NoyobBotlar
#game

πŸ•Ή Telegramda do'stlaringiz bilan o'yin o'ynash uchun sizga kerak bo'ladigan TOP 10ta o'yin botlar:

1. @gamee
2. @gameBot
3. @Gamezone_robot
4. @GamesHDBot
5. @awesomebot
6. @GamePadBot
7. @MeduzaGameBot
8. @Sean_Bot
9. @ChessBot
10. @inlinegamesbot

πŸ€– @NoyobBotlar
#kanal #moderator #post

@ControllerBot - bu kanal egalari uchun mo'ljallangan bot bo'lib, u sizga rejalashtirilgan postlar yaratish, reaktsiyalar biriktirish, statistik ma'lumotlarni yig'ish va boshqa ko'p narsalarni amalga oshirish imkonini beradi.

🌐 Multi tillarda

πŸ€– @NoyobBotlar
#antivirus #fayl #skaner

πŸ›‘@VS_Robot

Ushbu botga shubhali fayllarni yuboring va u dunyodagi eng yaxshi antivirus tizimlari orqali faylni tekshirib, sizga fayl toza yoki xavfli ekanligi haqida xabar beradi.

🌐 Bot tili: Ingliz, Fors

πŸ€– @NoyobBotlar
#rasmdan_izlash

πŸ” Rasm bo'yicha izlash

Birorta kinofilmni topishda yoki rasmda nima tasvirlanganini aniqlashda β€žrasm bo'yicha izlashβ€œ usuli foyda beradi. Quyidagi bot yordamida Yandex, Google va Bing kabi qidiruv tizimlarida rasmlar bo'yicha izlash ishlarini olib borishingiz mumkin.

πŸ‘‰ @reverse_image_search_bot

πŸ€– @NoyobBotlar
#audio #konverter #ovoz

Agar siz ovozli xabarlarni mp3 formatida saqlab qo'ymoqchi bo'lsangiz shunchaki uni quyida keltirilgan botlardan biriga yuboring:

@megatoolsbot
@mp3toolsbot
@ogg2mp3_bot
@AudioRGbot

Ushbu botlar ovozni istalgan qurilmada tinglasa bo'ladigan audio faylga aylantirib beradi.

πŸ€– @NoyobBotlar
#akkaunt #telegram

⛔️ @CleanAccountBot

Ushbu botdan foydalangan holda siz Telegram akkauntingizni hech qanday saytga kirmay, osonlikcha o'chirib tashlashingiz mumkin. Bot fors tilida, lekin bu foydalanishda qiyinchilik tug'dirmaydi.

πŸ€– @NoyobBotlar
🎨 Telegram uchun o'zingizga mos mavzu yaratishga yordam beradigan botlar:

@ThemerBot
@createAtthemeBot

πŸ€– @NoyobBotlar
Forwarded from Noyob Botlar πŸ€–
#musiqa #qidiruv

πŸ“‹ FinderMusic

Vkm bot reklamalari joningizga tekkan bo'lsa, bu bot aynan siz uchun. Rossiya va MDH davlatlar aro musiqa topish uchun eng yaxshi botlardan biri. Vkm botdan qolishmaydi πŸ˜‰

🌐 ingliz-rus-uzbek...

πŸ€– @NoyobBotlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#google #bulut #fayl

πŸ’Ύ @UptoGDriveBot β€” Google drive hisobini telegramdan turib boshqarish va unga fayl qo'shish imkonini beruvchi bot.

ℹ️ Google drive β€” bu Google tomonidan ishlab chiqarilgan fayllarni saqlashga mo'ljallangan bulutli (virtual) xotira hisoblanadi.

πŸ’¬ P.s: Qanday foydalanish videoda ko'rsatilgan.

πŸ€– @NoyobBotlar
#gif #video

⏩ @GifSpeedBot

Video va giflarning tezligini o'zgartirish uchun ushbu botdan foydalaning. Bu Telegram profilingizga uzun videolarni qo'yishda ham asqotadi.

🌐 Ingliz tilida

πŸ€– @NoyobBotlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#stiker #matn

πŸ—― @StickerizerBot

Bu bot siz kiritgan matndan stiker tayyorlaydi. Qanday foydalanishni gifdan bilib olishingiz mumkin.

πŸ€– @NoyobBotlar
#musiqa

πŸ˜΅β€πŸ’« Vanihoyat reklama yuborib, barchamizni bezor qilgan VKM bot dan qutuldik!

Bot mualliflik huquqini buzganlikda ayblanib, Telegram tomonidan cheklab qo'yildi. Lekin ba'zi bir foydalanuvchilarda haligacha ishlamoqda. Agar sizda ishlamayotgan bo'lsa tushkunlikka tushmang. Axir bizda @mephbot borku!

Ushbu bot Vkm botning klon versiyasi hisoblanadi. Botda hozircha reklamalar yo'q. Bemalol kirib foydalanishingiz mumkin πŸ˜‹

πŸ€– @NoyobBotlar
#rasmdan_izlash

πŸŒ„ Asl tasvirni yoki skrinshot bo'yicha videoni topish kerakmi?

Ushbu qidiruv boti Internetda tasvir bo'yicha izlashga yordam beradi. Rasm, video va gifni qo'llab-quvvatlaydi.

πŸ‘‰ @search_funbot

πŸ€– @NoyobBotlar
#facebook

Bilamizki, Facebook'dagi videolarni to'g'ridan to'g'ri yuklab olishning imkoni yo'q. Shunday vaziyatda sizga quyidagi botni tavfsiya qilamiz. Botga video havolasini yuborsangiz kifoya.

πŸ‘‰ @FBvidzBot

πŸ€– @NoyobBotlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#stiker #matn

πŸ” Google qidiruv tizimidan Animatsion stiker yaratamiz

Buning uchun istalgan chatni ochib, xabar satriga @googlaxbot va yonida kerakli matnni yozing. Batafsil gifda.

πŸ€– @NoyobBotlar
#rasm #effekt

🀩 Rasmlaringizni chiroyli effektlar bilan bezashni istaysizmi?

Endi bu yanada oson. Sizga quyidagi botni tavfsiya qilamiz. Botda 20 ga yaqin bir biridan ajoyib effektlar sizni kutmoqda. Hoziroq sinab ko'ring.

πŸ‘‰πŸ» @picface_bot

πŸ€– @NoyobBotlar
#email #fakemail

πŸ“¨ Soxta elektron pochta

Masalan, birorta notanish saytdan ma'lum bir faylni yuklab olmoqchisiz, ammo ro'yxatdan o'tmasdan buning iloji yo'q. Ro'yxatdan o'tish uchun esa pochtani tasdiqlash talab qilinadi. Lekin bu siz uchun xavfli bo'lishi mumkin.

Bunday hollarda yaxshisi soxta elektron pochta xizmatidan foydalangan ma'qul. Quyidagi botlar sizga aynan shu ishda yordam berishadi:

1. @fakemailbot
2. @TempMail_org_bot
3. @tmpmailbot
4. @DropmailBot
5. @etlgr_bot
6. @mailableBot

πŸ€– @NoyobBotlar
2025/07/05 15:57:10
Back to Top
HTML Embed Code: