Telegram Web Link
#Yangi_maktab_yangi_imkoniyat
#Hamkorlik

🔰 Joriy yilning 2-sentabrida foydalanishga topshirilgan Yuqori Chirchiq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Nurafshon shahridagi Prezident maktabi bilan hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi.

✳️
Ushbu seminar-trening Nurafshon shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Abror Nazirov, maktab maslahatchisi Abdulhay Abdunazarov hamda xalqaro ingliz tili fani o'qituvchisi Conroy Michael Thomas, matematika fani o'qituvchisi De La Cruz Foman ishtirokida o'tkazildi.

Trening davomida o‘quvchilar ingliz tilida muloqot qilish, mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, xalqaro ustozlar tomonidan zamonaviy ta’lim metodlari asosida interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

📌
Ushbu trening o‘quvchilarning xalqaro tajribaga ega bo‘lishi, bilim va dunyoqarashlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍143🤩3🔥2❤‍🔥1🙏1🤝1
#Hamkorlik
#Uchrashuv

🤝  Nurafshon shahridagi Prezident maktabi maslahatchisi Abdulhay Abdunazarov tashabbusi bilan 11-sinf o'quvchilari uchun dunyoda 54-o’rinda turuvchi Hong Kong Polytechnic Universityning Global Engagement Office vakili Tony Lam ishtirokida seminar tashkil etildi
.

👩‍💻  Seminar davomida o'quvchilarga universitet kampusidagi Engineering , Accounting, Biomedical Engineering, Global business, Humanities, Tourism singari yo'nalishlarida o'qishning o'ziga xos hususiyatlari va hujjat topshirish yo'riqnomalari haqida ma'lumot berildi.

⚡️ Shuningdek, o’quvchilar universitetning yangi xalqaro standartga mos o'quv binolari, o'quv jarayonlarining qanday tashkil etilganligi, bakalavr yo'nalishlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar, xalqaro andozadagi ta'lim dasturlari, o'qituvchi-professorlar tarkibi xususida ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥8👍1
#Prezident_iqtidorli_farzandlari
#Milliy_dastur_Toshkent_viloyati

🏢 Nurafshon shahridagi Prezident maktabida Toshkent viloyatidagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo’llab-quvvatlash bo’yicha milliy dastur ishtirokchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv qatnashchilariga milliy dastur va undan ko’zlangan maqsad va vazifalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Milliy dastur ishtirokchilari va ularning ota-onalari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o’zaro fikr almashdilar.


🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍32
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2👏1
#Besh_tashabbus
#Yarmarka

⚡️ 2025-2026-o’quv yili davomida o‘quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida hamda yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan "5 muhim tashabbus" doirasida maktabda faoliyat olib borishi rejalashtirilgan "To'garak va klublar yarmarkasi" bo’lib o’tdi
.

📝
Unda har bir to’garak va klublarning maqsad va vazifalari, yil davomida qanday tartibda ish olib borishi haqida ma'lumotlar bilan tanishtirildi. Shundan so’ng o’quvchilar o’zlari qiziqqan to’garak va klublarga a'zo bo’lishdi.

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❤‍🔥85🔥4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_Prezident_maktabi_õquvchisiman

🎬 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchisi Saydakbarova Sitorabonu bilan suhbat jarayonidan video-lavha.

🏢 "Bu yerda oʻqishim nafaqat mening, balki butun oilamizning orzusi edi. Men bu orzuni amalga oshirganligimdan faxrlanaman!" - deydi qahramonimiz Sitorabonu.

➡️ Imtihonlardan yuqori natija bilan qabul qilingan, matematika fanidan bir qator musobaqalar g'olibasi, serqirra qizaloq Sitorabonuning orzulari cheksiz.

⚡️O'quvchimizga muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qolamiz❗️

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🔥18👍73
2025/10/25 15:42:56
Back to Top
HTML Embed Code: