Telegram Web Link
#Tashabbus
#Yangi_loyiha
#Hamkorlik
#Yosh_kitobxon_tanlovi

📚Nurafshon shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyatida joylashgan Prezident va 15 ta ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari o‘rtasida Tog‘ay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” asari asosida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

📝Tanlov davomida ishtirokchilarga asar mazmuni, qahramonlar xarakteri va yozuvchi ijodi bo‘yicha savollar berildi. O‘quvchilar savollarga yozma shaklda javob berishdi va o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 📖

Natijalar esa quyidagicha:
🥇1. Parkent ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi
🥈2. Bekobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi
🥉3. Nurafshon shahridagi Prezident maktabi jamoasi


📍Mazkur tanlov Nurafshon shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Abror Nazirov tashabbusi hamda Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Xabiba Atabayeva, maktab kutubxonachisi Guldiyora Yusupova loyihasi asosida tashkil etildi.

🇺🇿“O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!”

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥6👍1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim
#Hikmatli_sõzlar

🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahridagi Prezident maktabining 9-“Green” sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan videorolik.

Ushbu videorolik hikmatli so'zlar asosida tayyorlangan bo'lib, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat, mehr va g‘ururni ifoda etadi.

⚡️Til — millatning ruhi, uning bebaho boyligidir.


🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏43🎉2
“Davlat tili – milliy ma’naviyatimiz timsoli” festivali

🇺🇿 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Cyber University” davlat universitetida tashkil etilgan o‘zbek tilining shon-shuhratini ulug‘laydigan ajoyib festivalda ishtirok etishdi. Yosh avlod o'zbek tilining go‘zalligini, ma’naviy qudratini va zamonaviy hayotdagi o‘rnini jonli tarzda yana bir bor his etishdi.

🫥 “Til devori”da eng shirin so‘zlar yozilmoqda, “She’r marafoni”da ijodiy uyg‘unlik charx urmoqda, “Tilni asra” maydonchasida esa, til madaniyatiga tahdidlar yoritilib, yechimlar izlanmoqda.


Festival nafaqat bayram, balki milliy ma’naviyatimizning timsoli – o‘zbek tilini asrash va qadrlashga chaqiriq bo‘ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi.Yoshlar tilimizni qadrlaylik, uni rivojlantiraylik!

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🥰1🤝1
2025/10/25 18:48:03
Back to Top
HTML Embed Code: