Telegram Web Link
#Tarix_darsi
#OchiqOsmonOstida

📍Nurafshon shahridagi Prezident maktabi tarix fani o‘qituvchisi tomonidan 8-sinflar o‘rtasida ochiq osmon ostida qiziqarli tarix darsi o‘tkazildi.

Dars jarayonida o‘quvchilar mashhur tarixiy shaxslarning hayoti, faoliyati va ularning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni haqida savol-javob tarzida suhbatlashishdi. Ushbu interfaol uslub o‘quvchilarda tarixga bo‘lgan qiziqishni oshirib, mustaqil fikrlash va mantiqiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirdi.


Darsning asosiy maqsadi — tarixiy bilimlarni mustahkamlash, jamoaviy fikrlashni rivojlantirish hamda dars jarayonini yanada jonli va esda qolarli tarzda tashkil etishdan iborat bo‘ldi

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🤝3
#PsixologikTrening

⚡️Nurafshon shahridagi Prezident maktabida psixolog Kamola Maxkamova tomonidan 7-sinflar o‘rtasida ochiq osmon ostida “Yaxshi kayfiyat” nomli psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Trening davomida o‘quvchilar o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifoda etdilar, do‘stlik va ijobiy fikrlashning ahamiyatini angladilar. Ushbu mashg‘ulot ular o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, emotsiyalarini boshqarish hamda stressni yengish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.


➡️Treningning asosiy maqsadi— o‘quvchilarda ijobiy kayfiyatni shakllantirish, psixologik barqarorlikni oshirish va o‘qish jarayoniga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Ochiq osmon ostida o‘tkazilgan bu mashg‘ulot o‘quvchilarga nafaqat foydali bilim, balki quvonch va motivatsiya ham ulashdi.

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2🔥1🥰1
#Ixtirochikka_qadam
#Nurafshon_Prezident_maktabi

🤔Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Ixtirochilikka qadam” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida 2024-yil 30-avgustdagi 285-son buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahridagi Prezident maktabida “Ixtirochilikka qadam” tanlovining birinchi (maktab) bosqichi o‘tkazildi.

🤔Tanlovda o‘quvchilar tomonidan ixtirochilik va innovatsion g‘oyalarga asoslangan amaliy ishlanmalar taqdim etildi. Jarayon davomida ishtirokchilar belgilangan mezonlar asosida o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.


🤔Taqdim etilgan ishlar hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilib, eng faol va iqtidorli o‘quvchilar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi

🏛 Nurafshon shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 📹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5
2025/10/31 07:54:51
Back to Top
HTML Embed Code: