Telegram Web Link
Давлатимиз раҳбари “еттилик” иш вақтининг ярмини турли мажлис ва тадбирларда ўтказаётганини кўрсатиб ўтди.

Ёки “еттилик” ходимларининг аниқ вазифалари ва KPI белгилангани билан маҳалладаги умумий натижадорликни баҳолайдиган тизим йўқ.

Ҳозирда “еттилик” аъзоларининг 1 минг 700 нафари маҳалла ҳудудидан 20-30 километр узоқдан қатнайди. Оқибатда ўтган йили 68 нафар “еттилик” вакиллари бириктирилган маҳалласига бир неча ой келмаган.

Мутасаддиларга “еттилик” фаолиятини комплекс баҳолайдиган тизимни ишга тушириш топширилди.

Туман ҳокимлари йил якунига кўра, яхши ишлаган 10 та “еттилик”нинг барчасини мукофотлаш, уларга қўшимча устамалар беришни йўлга қўяди.

Шунда “еттилик” ҳамжиҳат ва ягона жамоа бўлиб ишлайди”,

– деди Президент.

Бундан буён “еттилик” ходимлари билан ҳар бир йўналиш бўйича алоҳида йиғилиш ўтказиш тақиқланиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X
Ислоҳотларимизнинг остонаси бўлган ҳар бир маҳаллага Янги Ўзбекистон нафасини олиб кириш, энг аввало, “маҳалла еттилиги”нинг ягона жамоа бўлиб ишлашига бевосита боғлиқ”,

– деди давлатимиз раҳбари.

Шу боис, маҳалла раиси бошчилигидаги “еттилик”нинг ҳар бир вакили ўзига масъулият олиб, юқорида қўйилган вазифалар ижроси бўйича мурожаат билан чиқиб, бир йиллик дастурини аҳолига эълон қилиши муҳимлиги таъкидланди.

Вилоят ва туман ҳокимлари ҳам ҳар бир маҳалла кесимида қиладиган ҳар ойлик ишларини маҳаллий кенгашларда ҳимоя қилиб, одамларга мурожаат йўллайди. Ҳар ойда маҳалла аҳолиси билан бевосита учрашиб, оммавий ахборот воситалари орқали қилинган ишлар бўйича халққа ҳисобот бериш топширилди.

Йиғилиш давомида ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботлари тингланди, маҳалла раислари билан мулоқот қилинди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda yo‘nalishli avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-noyabrdagi 384-son qarori ijrosi doirasida Nurafshon shahrida yo‘nalishli avtobus qatnovlari tashkil etildi.

Yangi yo‘nalishlar nafaqat harakatni, balki aholiga qulay transport xizmatlarini ko‘rsatish, shahar infratuzilmasini rivojlantirish hamda fuqarolarning ijtimoiy hayotini yengillashtirishga qaratilgan.

Aholi yangi qatnovlarni katta mamnuniyat bilan qarshi olayotganini ushbu videorolik orqali koʻrishingiz mumkin.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
👍20
#sog'lom_hayot

Nurafshonda tibbiyot xodimlari o‘rtasida “5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi

Nurafshon shahri sport maktabida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiyot xodimlari o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida “5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi.

Tadbir Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, unda shahardagi ko‘plab tibbiyot muassasalari vakillari faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab 5000 qadam masofani bosib o‘tishdi.

Marafon doirasida yurish bilan bir qatorda engil atletika, stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari ham tashkil etildi. Bu sport tadbirlari tibbiyot xodimlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratdi hamda o‘zaro muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur tadbir nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda, balki tibbiyot xodimlari o‘rtasida ijobiy muhit yaratish, jamoaviylik ruhini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.


Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
2🔥1
Меҳнат дафтарчасини рақамлаштириш нима?

☝️ Бу қоғоз шаклидаги меҳнат дафтарчасидаги меҳнат фаолияти ҳақидаги маълумотларни электрон шаклга ўтказиш жараёни.

Меҳнат дафтарчасини рақамлаштиришнинг қандай афзалликлари бор?

1⃣ Меҳнат фаолиятингизни рақамли тизимда юритиш ва маълумотларингизни хавфсиз сақлаш имконини беради (қоғоз шаклдаги меҳнат дафтарчалари йўқолиши ёки яроқсиз ҳолатга келиши мумкин).

2⃣ Пенсия тайинлашда меҳнат стажи автоматик аниқланади ва фуқароларнинг ортиқча вақт сарфи тежалади.

3⃣ Давлат хизматларидан тез ва осон фойдаланиш имконини беради.

📞 12-71
#Mahallada_sport

Nurafshonda yangi strit-workout sport maydonchasi ochildi

Nurafshon shahrining Degantepa va Ma’rifat mahallalari hududida zamonaviy strit-workout sport maydonchasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mahalla faollari, yoshlar hamda sport sohasining vakillari ishtirok etishdi. Yangi maydoncha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport bilan muntazam shug‘ullanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur sport inshooti aholining, ayniqsa, yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, ularni salomatlikka e’tiborli bo‘lishga chorlash hamda mahalla miqyosida sport infratuzilmasini kengaytirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
👍31🤝1
NURAFSHONDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Respublika ishchi guruhi, Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi, shahar hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligida shahar hududida atrof-muhitni muhofaza qilish, maishiy chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Asosiy e’tibor mahallalarni obod qilish, ijtimoiy obyektlarda tozalik va ozodalikka rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, har bir hududda hashar tadbirlarini tashkil etishga qaratilgan.

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!
Shahrimizni yanada go‘zal va ozoda qilish yo‘lida o‘tkazilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
👍1
2025/10/27 12:20:37
Back to Top
HTML Embed Code: