Telegram Web Link
#ehtirom

Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik birla ot...

Viloyat hokimligi hamda "Nuroniy" jamgʻarmasi viloyat boʻlimi tashabbusi bilan viloyatimiz, mamlakatimiz ravnaqiga sidqidildan hissa qoʻshgan keksalarimizning ibratli umr yoʻllari va hayotiy tajribalarini yosh avlodga yetkazish maqsadida ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish yaxshi an’anaga aylangan.

Atoqli jamoat arbobi, mehnat faxriysi Abduhoshim Mutalov hayoti va mehnat yoʻli koʻpchilikka ibrat boʻla oladigan keksa avlod vakillaridan. Bu moʻtabar inson shu kunlarda oʻzining qutlugʻ yoshini nishonlamoqda.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Abduxoshim Mutalov Nurafshon shahridagi "Nuroniylar maskani"ga tashrif buyurdi

📅 Bugun, 18-oktabr kuni, O‘zbekiston Respublikasining sobiq Bosh vaziri Abduxoshim Mutalov Nurafshon shahrida joylashgan “Nuroniylar maskani”ga tashrif buyurdi.

🤝 Tashrif doirasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda nuroniy faxriylar, faol yoshlar hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

🔍Uchrashuvda jamiyatdagi uzviy avlodlar vorisligini ta’minlash, yoshlarni milliy va ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.

🎙Abduxoshim Mutalov o‘z nutqida yoshlarning bilim va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni faxriylarning hayotiy tajribalari asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muhimligini ta’kidladi.

📸Uchrashuv samimiy muloqot va xotira suratga tushish bilan yakunlandi.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
3
#Obodonlashtirish

🧹 Toshkent yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Nurafshon shahri Obod mahallasining Toshkent yo‘li ko‘chasida rejali ravishda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Ishlar doirasida ko‘cha atrofi tozalandi, chiqindilar yig‘ishtirildi, begona o‘tlar olib tashlandi hamda umumiy hudud tartibga keltirildi. Shuningdek, yo‘l yoqalari toza holatga keltirilib, atrof-muhitning ko‘rkamligi ta’minlandi.

🌿 Mazkur chora-tadbirlar fuqarolar uchun yanada shinam va ozoda muhit yaratishga qaratilgan.

Obodonlashtirish ishlari belgilangan rejaga asosan davom ettirilishi rejalashtirilgan.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
1👍1
#hashar

🧹 Nurafshon shahri Oybek mahallasida hashar ishlari o‘tkazilmoqda

Oybek ko‘chasida mahalla yettiligi boshchiligida aholi vakillari tashabbusi bilan hashar ishlari o‘tkazildi.

Tashabbuskor fuqarolar tomonidan ko‘cha atrofi tozalandi, chiqindilar yig‘ishtirildi va hudud obodonlashtirildi.

🌿 Obod va ozoda muhit — barchamizning burchimiz!

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
👍21
2025/10/22 20:57:24
Back to Top
HTML Embed Code: