Telegram Web Link
So‘nggi yillarda barcha vazirlik va idoralarda ish jarayonlari va ma’lumotlarni raqamlashtirish bo‘yicha ancha ish qilindi.

Raqamli hukumat platformasi orqali davlat organlari o‘rtasida inson omilisiz ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Startaplarga o‘zining dasturiy mahsulotini Raqamli hukumat platformasiga integratsiya qilib, undagi ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berildi.

Lekin sun’iy intellektni jadal rivojlantirish uchun bularning o‘zi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlik va idoralardagi ma’lumotlar har xil serverlarda tarqoq saqlanayotgani, ularning formatlari turlicha bo‘lgani uchun ham ishlar sust ketyapti.

Shu bois, yil yakuniga qadar vazirlik va idoralardagi 55 ta, kelasi yil qolgan barcha ma’lumotlar bazalarini Elektron hukumat yagona data-markaziga o‘tkazish topshirildi. Bundan buyon vazirlik va idoralar ma’lumotlarni o‘z serverlarida saqlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Facebook|Instagram|X
Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil bo‘ldi.

Prezidentimiz fursatdan foydalanib, butun O‘zbekiston xalqini ushbu bayram bilan samimiy tabrikladi.

Bir narsani bilinglar – sun’iy intellekt dasturlari samarali ishlashi uchun ular, avvalo, o‘zbek tilini mukammal darajada tushunishi zarur”,

– dedi davlat rahbari.

Lekin o‘zbek tilidagi adabiyotlar, ma’lumotlar, maqolalar, hisobotlar, ilmiy ishlarning aksariyati raqamlashmagani, elektron shaklga o‘tkazilganlari ham har xil manbalarda saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Vazirlar Mahkamasiga barcha vazirlik va idoralarning o‘zidagi ma’lumotlarni elektron formatga o‘tkazish grafigini tasdiqlatish, Raqamli texnologiyalar vazirligiga esa sun’iy intellekt milliy madaniyatimiz va qadriyatlarimizni o‘zida ifodalay olishi uchun “O‘zbek tili korpusi”ni yaratish topshirildi.

2026-yil yakuniga qadar katta hajmdagi raqamli ma’lumotlarni bir joyga jamlab, ularni qayta ishlash, tahlil qilish, foydalanish imkonini beradigan “Data Lake” platformasini ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Facebook|Instagram|X
“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki malakali kadrlarga ham bog‘liq. Bu sohaning asosi – matematika va informatika. Shu bois, kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak”,

– dedi Prezident.

Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil 100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.

Loyiha bilan maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.

Bunda 500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil bilan taqdirlanadi.

Facebook|Instagram|X
Prezident soha uchun yiliga 2 ming nafar mutaxassis tayyorlayotgan oliygohlarning birortasida sun’iy intellekt laboratoriyasi yo‘qligiga e’tibor qaratdi.

Keyingi o‘quv yiliga qadar 10 ta oliy ta’lim muassasasini zamonaviy laboratoriya bilan jihozlash reja qilingan. Shu bilan birga, banklarning bittadan oliygohda, jami 9 ta shunday laboratoriya tashkil qilish tashabbusi ma’qullandi.

“Yangi O‘zbekiston” universitetida “tarmoq – oliygoh – hamkor” tamoyilida ishlaydigan “sun’iy intellekt klasteri” ishga tushiriladi. Keyingi o‘quv yilidan “TOP-300” talikka kirgan universitetlar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yiladi.

Oliygohlarda sun’iy intellekt, fintex, kiberxavfsizlik, IT muhandislik, aerokosmik va bulutli texnologiyalar kabi yo‘nalishlar uchun davlat granti kvotalari 35 foizga oshiriladi. Talabalarning sun’iy intellektga qiziqishini oshirish maqsadida oliygoh jamoalari o‘rtasida sun’iy intellekt bo‘yicha umummilliy tanlov o‘tkaziladi.

Qulay ekotizim yaratilgani uchun yil boshidan mahalliy startaplarga rekord miqdorda – 264 million dollar sarmoya kiritildi. Lekin bunda sun’iy intellekt sohasidagi startaplar ulushi hali kamligi aytildi.

Shu bois, bunday startaplarni ko‘paytirish maqsadida mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan “Sun’iy intellekt sohasidagi eng yaxshi startap” tanlovini o‘tkazish taklif qilindi.

Facebook|Instagram|X
“Biz 2030-yilga borib, sun’iy intellekt bo‘yicha “TOP-50” ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz.

Shu bois, ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, “Sun’iy intellekt alyansi”ni tashkil qilamiz
”,

– deya ta’kidladi Prezidentimiz.

Ushbu alyans tarkibiga sohada samarali faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar, xorijiy ekspertlar va vatandoshlarimiz, yirik davlat korxonalari, banklar va oliygohlar kiritiladi.

Alyansning asosiy vazifalari yetakchi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari va akseleratorlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, o‘zimizdagi dasturlar bo‘yicha media-kontentni yaratib, xalqaro PR kampaniyalarni tashkil etish, mahalliy korxonalar va mutaxassislarning xalqaro ko‘rgazma, forum va konferensiyalardagi ishtirokini tashkil etishdan iborat bo‘ladi.

Yig‘ilishda hudud va tarmoqlar rahbarlari hisobot berdi, sohadagi startaplar asoschilari va informatika o‘qituvchilarining fikrlari tinglandi.

Facebook|Instagram|X
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘i M. Jamolov, Toshkent viloyati statistika boshqarmasining kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari D. Qurbonboyev, shuningdek, Nurafshon shahar mahalla yettiligi vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati, mazkur tadbirni sifatli o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalar hamda mahalla tizimi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
1
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#sana

Ona tilim – g‘ururim, faxrim!


Chirchiq shahrida “21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari, taniqli ijodkorlar, shoir va yozuvchilar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, huquq-tartibot organlari xodimlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdilar.

Dastavval tadbir ishtirokchilari shahar markazida joylashgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, uning o‘zbek adabiyoti va tiliga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng, tadbirning asosiy qismi Kimyogarlar madaniyat saroyida shiori ostida davom ettirildi. Unda o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi o‘rni, uning ijtimoiy hayotdagi mavqeini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar adabiyot namoyandalari, tilshunos olimlar, jamoatchilik vakillari ona tilimizning boy tarixiy ildizlari, uning zamonaviy taraqqiyotdagi o‘rni va yosh avlodga ona tiliga hurmat ruhini singdirish zarurati haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
#Muhim_kun

21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasi faollar zalida ushbu muhim sana – 21 oktabr, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun va o‘zbek tili bayramining 36 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan soha vakillari va mehmonlar mazkur sana bilan barchani tabriklab, o‘zbek tilining davlat tili sifatida tutgan o‘rni, uning tarixiy ahamiyati hamda kelgusida uni yanada rivojlantirish zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Shuningdek, tadbirda ish yuritishdagi xat-hujjatlarda imlo va uslub xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, rasmiy tilda savodxonlikni oshirish, til madaniyatini yuksaltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘z ona tilimizga hurmat, uni tozaligi va boyligini asrash – har bir fuqaroning muqaddas burchidir, deyildi tadbirda.

Ushbu qutlug‘ kun bilan barchani samimiy muborakbod etamiz!

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
1
2025/10/23 14:55:25
Back to Top
HTML Embed Code: