Telegram Web Link
#tanlov

"Ona tilim — Vatan ruhi, millat faxri”


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan maqola va she’rlar tanlovi e’lon qilinadi!

🖌 Tanlov yo‘nalishlari:

1️⃣ Maqolalar tanlovi – O‘zbek tilining go‘zalligi, so‘z boyligi hamda milliy qadriyatlardagi o‘rni haqida tahliliy yoki publitsistik ruhdagi maqolalar.
2️⃣ She’rlar tanlovi – Ona tiliga muhabbat, Vatanga sadoqat, milliy g‘urur va faxrni kuylovchi badiiy asarlar.

📌 Ishtirok etish shartlari:
Asarlar muallif tomonidan yozilgan bo‘lishi kerak.
Har bir ishtirokchi faqat bitta yo‘nalishda (maqola yoki she’r) qatnashadi.
Asarlar 20-oktabr sanasigacha qabul qilinadi.
Yosh chegarasi yo‘q — har kim o‘z ijodini sinab ko‘rishi mumkin!

• Matnlar elektron shaklda yuboriladi:
https://www.tg-me.com/toshkent_vohasi_admin

Taqdirlash:
G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va Faxriy diplomlar bilan taqdirlanadi!
Eng yaxshi asarlar Toshkent viloyati Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi sahifalarida e’lon qilinadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#эътироф

🎤 «ACWA Power» компанияси бошқаруви раиси, Муҳаммад Абунайян:

«Президент жаноблари, бу даражада улкан ўзгаришларни амалга оширган етакчилардан иккисини биламан.

Биринчиси — Сиз, иккинчиси эса Саудия валиаҳди, бош вазир Муҳаммад бин Салмон».


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#iqtibos

Rahbarlik – Vatan oldidagi mas’uliyat

Haqiqatan ham, ma’naviy uyg‘onishda – islohotlarni hamjihatlikda, yuksak salohiyat va qunt bilan ro‘yobga chiqarishda yangi tafakkurga ega fidoyi insonlar va mas’uliyatli rahbarlar hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Bugun yurtimizda qadriyatlar, mezonlar, o‘lchovlar o‘zgargan. Ilgari kishining obro‘-e’tiborini, qadr-qimmatini uning lavozimi, mavqei belgilagan bo‘lsa, bugungi kunda fidoyilik va mehnat asosiy mezonga aylandi.

Endi rahbarlik – bu imtiyoz emas, Vatan oldidagi mas’uliyat, sinov va xizmat maktabi.

Zotan, haqiqiy uyg‘onish ana shu fidoyi mehnatdan boshlanadi. Kechagi davrda katta amal deganda hashamat, nutq va ko‘rgazmali yig‘ilishlar tushunilardi. Ammo bugungi zamonda rahbar – xalq bilan, xalq orasida bo‘lishi kerak. Shiddatli o‘zgarishlar davri rahbardan faqat boshqaruv emas, balki bunyodkorlik, mehnatsevarlik va vijdon talab etadi. Kim xalqqa xizmat qilsa – o‘sha chinakam yetakchi. Mas’uliyatdan qochgan esa amaldan ham ayriladi.


Sobiq ittifoqdan qolgan “har viloyatning rahbari o‘zidan bo‘lsin” degan qarash ancha yil yashadi. Ammo bugungi hayot isbotladiki, salohiyat, bilim va fidoyilik hech qanday geografik chegarani tan olmaydi.

Prezidentimiz izidan borib, bu insondan o‘rnak, ibrat olib, butun O‘zbekistonning har qarich yeri mening Vatanim deya yashayotgan, uning obodligi uchun bor bilim va iqtidorini safarbar etayotgan jonkuyar rahbarlar oramizda ko‘p.


Masalan, Samarqand viloyatida tug‘ilib Navoiy, Surxondaryo va Samarqandda faoliyat ko‘rsatgan, hozir esa Sirdaryoda quvonarli natijalarga erishayotgan rahbarning tajribasi – haqiqiy yetakchilik qudrati tug‘ilgan joyda emas, vijdon va sadoqatda ekanini namoyon etadi.

Yoki so‘nggi yillarda Toshkent viloyatining islohotlar markaziga aylangani ham bu hududning rahbari qanday inson ekanining barometridir. Bu kishi jonkuyar, tashabbuskor, mehnatsevar, vatanparvar bo‘lmasa, davlat rahbari qo‘yayotgan talablarni sidqidildan bajarmasa, hududning ko‘rki, iqtisodiyoti, ijtimoiy hayotidagi bugungi misli ko‘rilmagan yangilanishlar qayoqda edi?!

Yaqinda ushbu viloyatda bo‘lib o‘tgan bir tadbirda ishtirok etgan yoshi ulug‘ inson Abdusamat Nosirov shunday dedi:
“Prezidentimiz hamma sohada – iqtisodiyotda, ijtimoiy hayotda, kadrlar siyosatida yangi davrni boshlab berdi. Viloyatimiz misolida bu yaqqol ko‘rinadi. 40 yil muhokama qilingan masala – viloyat markazini Nurafshonga ko‘chirish amalga oshdi. Endi 22 tumanda ham katta o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda”.


Bu so‘zlar xalqning qalbidan chiqqan samimiy baho. Viloyatning qiyofasi o‘zgardi, yangi korxonalar, yangi infratuzilmalar paydo bo‘ldi. Bunday natija tasodif emas – bu Prezidentimizning qat’iyati, fidoyi rahbarlarning mehnati samarasidir.

O‘tkir RAHMAT
("Toshkent haqiqati" gazetasi, 2025 yil, 15 oktyabr sonidan)

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hashar

🧹Dehqonobod mahallasida obodonlashtirish hashar tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahri Bobur ko‘chasida mahalla yettiligi boshchiligida, aholi vakillari ishtirokida hashar tashkil etildi.

Tadbir davomida ko‘chalar va uylarga tutash hududlar tozalanib, chiqindilar yig‘ishtirildi, atroflar obodonlashtirildi.

🌿 Birgalikdagi mehnat — ozoda muhit va go‘zal mahalla garovi!

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
1
⚡️НУРАФШОНДА ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ОЛИБ БОРИЛМОҚДА

Республика ишчи гуруҳи, Нурафшон шаҳар ички ишлар бўлими ташаббуси билан масъул ташкилотлар ҳамкорлигида шаҳар ҳудудида атроф-муҳитни муҳофаза қилиш, маиший чиқиндилардан тозалаш ва ободонлаштириш ишлари босқичма-босқич амалга оширилмоқда.

Асосий эътибор маҳаллаларни обод қилиш, ижтимоий объектларда тозалик ва озодаликка риоя этилишини таъминлаш, шунингдек, ҳар бир ҳудудда ҳашар тадбирларини ташкил этишга қаратилган.

❗️Ҳурматли Нурафшон шаҳри аҳолиси!
Шаҳримизни янада гўзал ва озода қилиш йўлида ўтказилаётган ободонлаштириш ишларида фаол иштирок этишингизни сўраб қоламиз.

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
2
#qabul

📍 Hokim qabulida fuqarolar murojaatlari tinglandi

Bugun shahar hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda jami 8 nafar fuqaro ishtirok etib, ular tomonidan 9 ta masala ko‘tarildi.
Murojaatlar asosan quyidagi yo‘nalishlarga taalluqli bo‘ldi:
• ish bilan ta’minlash;
• uy ta’miri;
• snos (uy-joy buzilishi bo‘yicha kompensatsiya);
• jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam;
• kadastr hujjatlariga oid masalalar.
Shulardan:
• 1 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berildi;
• 1 ta masala joyida hal etildi;
• qolgan murojaatlar yuzasidan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun mas’ul tashkilotlarga yuborildi.

✳️ Qabul jarayoni ochiq va oshkora tarzda o‘tkazildi. Fuqarolarning har bir murojaati e’tibor bilan tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
4👍1
2025/10/22 21:00:43
Back to Top
HTML Embed Code: