Telegram Web Link
🏗 Yo‘l ta’mirlash ishlari boshlandi

Avval xabar berganimizdek, shahar markaziy shifoxonasiga kirish yo‘lida ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan edi.
Bugun ushbu hududda yo‘l ta’mirlash ishlari amalda boshlandi.

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov ish jarayonini borib ko‘rdi, pudratchi tashkilot vakillari bilan suhbatlashdi hamda ishlarning sifatli va belgilangan muddatda yakunlanishi bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Ta’mirlash ishlari davomida Shifokor ko‘chasida vaqtincha qatnov harakati cheklangan bo‘lib, haydovchilarga bir tomonlama harakatlanish tavsiya etiladi.

🔹 Maqsad — aholiga qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
3👍1
🔹 Нурафшон шаҳар прокуратураси томонидан соғлом овқатланиш тизими назоратда

Нурафшон шаҳар прокуратураси томонидан Ўзбекистон Республикаси Бош прокурорининг 2025 йил 27 сентябрдаги 56-Ф-сонли фармойиши ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг “Мактабгача таълим муассасаларида соғлом овқатланишни ташкил этишни янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 626-сонли қарори ижроси устидан назорат амалга оширилмоқда.

Ўрганишлар жараёнида асосий эътибор болалар овқатланишини белгиланган санитария қоидалари ва гигиена талабларига мувофиқ ташкил этилиши, таомлар тайёрланиши, озиқ-овқат маҳсулотларини қабул қилиш ва сақлаш жараёнларида санитария меъёрларига риоя этилган-этилмаганлигига қаратилди.

Ўрганиш давомида аниқланган ҳолатлар бўйича соҳа вакилларига амалдаги норма талаблари асосида тегишли тушунтиришлар берилди.
Шаҳар прокуратураси томонидан мазкур йўналишдаги ишлар изчиллик билан давом эттирилмоқда.

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Quyi chirchiq tumanidagi sholichilik klasteriga tashrifi
/ Axborot 24

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Халқпарвар сиёсат ва ислоҳотлар, иқтисодиёт очиқлигини таъминлаш ва инвестицияларни рағбатлантиришга алоҳида эътибор натижасида имкониятлар улкан лойиҳаларга айланмоқда, Ўзбекистон бизнес учун энг жозибали макон сифатида эътироф этилмоқда.

Народная политика и реформы, особое внимание открытости экономики и стимулированию инвестиций превращают возможности в масштабные проекты, укрепляют репутацию Узбекистана как одного из самых привлекательных направлений для бизнеса.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🟦🟦🟦🟦🟦

‼️Ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning mehnati, fidoyiligi va ezgu tashabbuslarini munosib e'tirof etish maqsadida mamlakatimizda “Yil ayoli” milliy tanlovi boshlandi!

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

1.Tuman (shahar) bosqichi — 2025-yil 30-oktyabrga qadar;

2. Hududiy bosqich (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi) — 25-noyabrga qadar;

3. Respublika bosqichi — dekabr oyida o‘tkaziladi.


✍️35 yoshdan yuqori O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yil uzluksiz faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, shuningdek, o‘z oilasida, mahallasida namunali faoliyat ko‘rsatayotgan uy bekalari ham tanlovda ishtirok eta oladilar.

Ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘z kuchini sinab ko‘rishlari mumkin:

“Yilning eng vatanparvar ayoli”
“Yilning eng faol olima ayoli”
“Yilning eng ilg‘or tadbirkor ayoli”
“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”
“O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli”
“Yilning eng kuchli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi”
“Yilning eng yaxshi uy bekasi”
“Yilning eng jonkuyar ustozi”
“Yilning eng faol sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”
“Yilning eng yangi g‘oyalar tashabbuskori”
“Yilning eng yaxshi AT–dasturchi ayoli”


Tanlovda qatnashishni istagan ayollar tegishli hujjatlarni o‘z tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlariga taqdim etishlari lozim.

🌷“Yil ayoli” milliy tanlovi — bu e’tirof, bu e’zoz!
O‘zbekiston ayollarining salohiyati, irodasi va mehr-muhabbatini yuksak darajada qadrlashga qaratilgan ezgu tashabbusdir!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yarashgan_yuraklar

🤝 Oila — jamiyat poydevori

Nurafshon shahrida ajrimlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Prezident administratsiyasi vakillari, shahar hokimining o‘rinbosari N.Djumanova, sud raisi R.Abdazimov, Adliya bo‘limi mas’uli, FXDYO bo‘limi mudirasi M.Mahmudova, “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari, imom-xatib, mahalla raislari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

🕊 Uchrashuv davomida 18 ta oila bilan suhbat o‘tkazilib, 7 ta oila yarashtirildi, 15 nafar bola yetimlikdan asrab qolindi.

👉 Oila totuvligi — jamiyat barqarorligining asosi.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
👍3👏1🤝1
2025/10/26 06:27:24
Back to Top
HTML Embed Code: