Telegram Web Link
#eʼzoz

Ularning umr yo‘li — fidoyilik namunasi, ibrat maktabi

Keksalarimizning mazmunli hayot yo‘llari el-yurtga muhabbat va sadoqat, mardlik va fidoyilik namunasi sifatida hamisha barchamiz uchun ibrat maktabidir.

Yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan xalqchil siyosat zamirida hayotimizning fayzi, yosh avlodning duogo‘yi bo‘lgan, ko‘pni ko‘rgan nuroniylarimizga alohida hurmat-ehtirom, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdek oliyjanob vazifalar alohida o‘rin tutadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2016 yil 28 dekabrda mamlakatimizning turli sohalarida ko‘p yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlagan otaxon va onaxonlarni munosib taqdirlash maqsadida “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilib, har yili o‘z munosib egalariga topshirib kelinmoqda.


Bu yil ham viloyatimizning 72 nafar mehnat faxriylari ushbu nishon bilan taqdirlandilar.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish

⚡️ Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Nurafshon shahri elektr ta’minoti tarmog‘i va O‘rta Chirchiq tumani elektr tarmoqlari ma’lum qiladi:

Texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida Nurafshon/O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV “T-2” transformatoridan chiqadigan 6 kVli “Olmazor” va “Ipyigir-2” tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi.

🔌 Ish vaqti:
🗓 2025-yil 25-oktabr
soat 10:00 dan 14:00 gacha

Shu vaqt oralig‘ida quyidagi hududlarda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi:
🏙 Nurafshon shahri: Obod, Ma’rifat, Bobur, Dehqonobod, Degantepa mahallalar

Keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda. ⚙️

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы сотрудников в связи с Днем сотрудников органов внутренних дел"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#eʼtirof

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi
Farmoniga muvofiq Toshkent viloyatida xizmat olib borayotgan Ichki ishlar oraganlari xodimlari mukofotlandi.

Jumladan:

«Sodiq xizmatlari uchun» medali
bilan:
Shamalov Tuychibay Dexkambayevich — Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi inspektori.


«Shuhrat» medali
bilan:
Xasanov Dilshod Uktamjonovich — Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏1
#tanlov

🔎 “Sen iste’dodlisan” tanlovining shahar bosqichi Nurafshonda bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-oktabr kuni Nurafshon shahri “Barkamol avlod” bolalar maktabida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining inklyuziv sinflari hamda uy sharoitida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Sen iste’dodlisan” respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

✔️ Tanlovda 5 nafar inklyuziv ta’lim sinfi o‘quvchilari hamda 1 nafar uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchi o‘z iqtidorini namoyish etdi.

✔️ Tadbir Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi, “Inson” ijtimoiy himoya xizmati agentligi shahar bo‘limi vakillari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar ishtirokida tashkil etildi.

Komissiya a’zolari tomonidan tanlov nizomi talablari va baholash mezonlari asosida o‘tkazilgan saralash yakunlariga ko‘ra, 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topildi.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
2👍1
2025/10/25 01:29:14
Back to Top
HTML Embed Code: