Telegram Web Link
#Muhim_kun

21 oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasi faollar zalida ushbu muhim sana – 21 oktabr, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun va o‘zbek tili bayramining 36 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan soha vakillari va mehmonlar mazkur sana bilan barchani tabriklab, o‘zbek tilining davlat tili sifatida tutgan o‘rni, uning tarixiy ahamiyati hamda kelgusida uni yanada rivojlantirish zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Shuningdek, tadbirda ish yuritishdagi xat-hujjatlarda imlo va uslub xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, rasmiy tilda savodxonlikni oshirish, til madaniyatini yuksaltirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

O‘z ona tilimizga hurmat, uni tozaligi va boyligini asrash – har bir fuqaroning muqaddas burchidir, deyildi tadbirda.

Ushbu qutlug‘ kun bilan barchani samimiy muborakbod etamiz!

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
1
#Sog‘lomHayot

🩺 Ayollar salomatligi — e’tibor markazida!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida bachadon bo‘yni saratoni skriningi bo‘yicha bepul tahlillar o‘tkazilmoqda.

👩‍⚕️ 30, 40 va 50 yoshdagi ayollar bepul tarzda tahlillarini topshirishlari mumkin.

🕗 Tahlillar har kuni: soat 08:00 dan 14:00 gacha

🏥 Manzil: Onkonazorat xonasi, Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasi

📞 Murojaat uchun:
(93) 636–63–33

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
#ayni_damda

⚡️Nurafshon shahri hokimi aholiga murojaat qiladi

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi yettinchi chaqiriq XII sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiya ishi kun tartibida shaharda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va kelgusi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqilmoqda.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanovning 2023-2025-yillarda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tahlili va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida hisobot berib, aholiga murojaat yo‘llamoqda.


https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
3
#muloqot

Agrar sohada zamonaviy yondashuvlar — mo‘l hosil va yuqori samaradorlik garovi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi amaliy uchrashuvlar, samarali muloqotlar, manfaatli kelishuvlarga boy bo‘lmoqda.

Tashrif  kun tartibiga muvofiq, Zoyir Mirzayev Rossiya agrosanoatida yetakchilardan biri hisoblangan "Красный маяк" mas’uliyati cheklangan jamiyati  bosh direktori Vasiliy Finogeyev bilan muloqot qildi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik

Zoyir Mirzayev Ivanovo viloyati gubernatori bilan uchrashdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga safari davom etmoqda.

Delegatsiya a’zolari bugun Ivanovo viloyati gubernatori Stanislav Voskresenskiy  boshchiligidagi hudud mutasaddilari bilan uchrashdi.

🌐Batafsil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 14 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 22 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 12 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 25 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 29 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 22 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 20 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 13 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 34 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 24 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#diqqat
#bildirish

📢 E'LON — HOKIM QABULIGA MARHAMAT!

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etish maqsadida:

📅 Sana: 2025-yil 23-oktabr, soat 10:00
📍 Manzil: Nurafshon shahri, Yangiobod mahallasi, 48-maktab binosi
👥 Ishtirokchilar:
• Respublika ishchi guruhi
• Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov
• Shahar tashkilotlari rahbarlari

🔹 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanadi, muammolar joyida o‘rganilib, yechimlar bo‘yicha choralar belgilanadi.

Muammoingiz bormi? Taklifingiz bormi?
Marhamat, ushbu qabulda ishtirok eting — sizni eshitamiz va yechim topamiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Sardorbek Ulug‘bekovich Umurzakov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh inspektori lavozimidan ozod etildi;

Alisherbek Azizovich Paygamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

Соответствующими указами Президента Республики Узбекистан:

Умурзаков Сардорбек Улугбекович назначен на должность начальника Департамента внешних связей Администрации Президента Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности главного инспектора Администрации Президента Республики Узбекистан;

Пайгамов Алишербек Азизович в связи с переходом на другую работу освобожден от должности руководителя Департамента внешних связей Администрации Президента Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|X
1
#IjtimoiyIsloh

📍 Nurafshonda sessiya – faqat hisobot emas, mas’uliyat sinovi ham!

🔹 Nurafshon – yosh, shiddat bilan rivojlanayotgan, ulkan imkoniyatlarga ega shahar. Keyingi yillarda shahrimizda ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda sezilarli o‘zgarishlar bo‘ldi. Bunyodkorlik ishlari avjida, yangi inshootlar, yangi ish o‘rinlari, zamonaviy infratuzilma... Ammo bu jarayonda hammasi ham ko‘ngildagidek emas.

🟢 Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shaharning 2023–2025-yillardagi rivojlanish yo‘li, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

📣 Shahar hokimi Ilxom Klichxanov sessiyada nutq so‘zlab, ijro hokimiyati oldida turgan dolzarb vazifalar, hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar, fuqarolar kutayotgan yechimlar haqida ochiq-oydin gapirdi. Shu bilan birga, o‘z vazifasini oqlamagan rahbarlar keskin tanqid qilindi.

📌 Sessiyada qayd etilgan asosiy tashkiliy choralar:

🔻 Ishdan olish taklifi:
• 2 nafar hokim yordamchisi;
• 4 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.
🔻 Ishdan ozod etilganlar:
• 1 ta tashkilot rahbari;
• 2 nafar ijtimoiy xodim.
🔻 Intizomiy choralar:
• 1 nafar ijtimoiy xodimga;
• 5 ta bank filiali rahbarlariga;
• 2 ta tashkilot rahbarlariga hayfsan;
• 2 ta tashkilot rahbarlariga — qat’iy ogohlantirish;
• 4 nafar shahar hokimining o‘rinbosariga — ogohlantirish.
🟡 Qo‘shimcha takliflar:
• 1 ta maktab direktori va 1 ta tashkilot rahbarining lavozimga loyig‘i ko‘rib chiqiladi


💬 Sessiyada deputatlar Djo‘ra Axmedqulov va O‘tkir Rashidov ham so'zga chiqib, shahar taraqqiyoti borasidagi fikrlarini bildirdi.

🧭 Muhim tomoni – sessiyada faqat tanqid emas, balki hal etishga qaratilgan aniq taklif va qarorlar ham qabul qilindi. Bu esa sessiyalar qog‘ozda emas, hayotda samara berishi kerakligidan dalolat.

📢 Xulosa: Nurafshon faqat go‘zal loyihalar emas, ularning oqilona ijrosi bilan rivojlanadi. Sessiya – bu hisobot uchun minbar emas, balki el oldida yuz berish maydoni. Mas’uliyat talab qilindi – endi natija kutiladi.

https://www.tg-me.com/Nurafshonpressa
👍73🔥2👌1
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 381 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 236 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 345 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 99 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 290 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 155 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 124 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 78 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 26 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 141 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 93 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 102 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 35 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 76 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 110 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 103 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 58 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 9 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
2025/10/23 09:20:25
Back to Top
HTML Embed Code: