Telegram Web Link
Har qanday tortishuvda qanday g'alaba qozonish mumkin?

G'alaba qozonish uchun siz raqibingizda qo'rquv va noqulaylik hissini uyg'otishingiz kerak. Buni qanday qilish kerak:

1️⃣ Ko'zidan nigohingizni olib qochmang. Bu sizning ishonchingiz va kuchingizni ko'rsatadi.

2️⃣ Qo'llaringizni ushlab olishni yoki orqangizga o'tkazib olishni hayolingizga ham keltirmang. Bu ikkilanayotganingizni bildiradi.

3️⃣ Baland va aniq gapiring. Ovozingiz bo'g'zingizda qotib qolsa, tortishuvda yutqazdim deyavering. Dadil-dadil gapirshga harakat qiling.

4️⃣ Tortishuvda doimo g'alaba qozonish uchun sizning fikrlashingiz yaxshi bo'lishi va so'z lug'atingiz boy bo'lishi kerak. Kitob yoki internetda maqolalarni o'qishni odat qiling. Qolaversa odamlar bilan gaplashishni ko'paytiring.

@Nurlimedia
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍147😁2🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹 Hamma narsani O'rganish mumkin- Richard Feynmanning Talabalarga maslahati!

Ushbu videoda mashhur olim Richard Feyman fizika va bilimlarni qanday egallash haqida aytib o'tadi

YouTube'da ko‘rish uchun

@Nurlimedia
👍42
❗️Doim ham g‘azab hammasiga yechim bo‘la olmaydi

Siz bilan tortishayotgan inson qanchalik asabiy bo'lmasin, agar siz past ovozda javob bersangiz, uning g'ayrati darhol yo'qoladi.

Gap shundaki, sokin ovoz = xotirjamlik. Agar siz vaziyatni qo'lingizda ushlab turmagan bo'lmaganingizda, past ovozda gapirmagan bo'lardingiz.

Shunday ekan, hech narsaga asabiylashmasdan, barchasini xotirjamlik bilan hal qilish mumkin.

@Nurlimedia
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍207👏1
1. Kunining uchdan ikki qismini o‘zi uchun bag‘ishlay olmaydigan inson qul kabidir. (Fridrix Nitshe)

2. Ishbilarmon kishilarni yollab, ularga nima qilish kerakligini tushuntirib o‘tirishdan ma‘no yo‘q. Men ishbilarmon kishilarni ular menga gapirib, nima qilish kerakligini tushuntirib o‘tirishlari uchun yollayman. (Stiv Jobs)

3. O‘z mehnati samarasini tezroq ko‘rishni istaydiganlar, etikdo‘zga shogird tushishi kerak. (Albert Enshteyn)

4. Har doim qiyin yo‘lni tanlang. U yerda siz raqobatchilarni ko‘rmaysiz. (Sharl de Goll)

5. Kechikib qabul qilingan to‘g‘ri qaror - xatodir (Li Yakokka)

6. Bilim olish qimmat deydigan bo‘lsangiz, nodonlikning narxi qancha ekanligi bilan qiziqib ko‘ring. (Robert Kiyosaki)

7. Agarda sizning yagona maqsadingiz boy bo‘lish bo‘lsa, siz unga erisha olmaysiz. (Jon Rokfeller)

8. Pul sizni baxtli qilmaydi. Menda hozir 50 million pul bor va men 48 million pulim bor paytidagidek baxtliman. (Arnold Shvarsnegr)

9. Odamlar boy bo‘lishni emas, boshqalardan ko‘ra boyroq bo‘lishni istashadi. (Jon Styuart Mill)

10. Ishlayapman deb gapirma, ishlayotganingni ko‘rsat. (Tomas Dyuar)

@Nurlimedia
🔥15🥰4👍2
Tezroq o‘rganish uchun nimalar qilish kerak

-mnemotexnikadan foydalaning
-diagramma chizing
-devorlarga stiker yopishtiring
-yaqinlaringizga o‘rganganingizni oddiy tilda aytib bering
akronimlardan foydalaning
-materialni bir necha marta yozing

@Nurlimedia
10
🌻 Hayotingizni yorqinroq qilish uchun maslahatlar

1. Har oy o'zingiz uchun noma'lum bo'lgan muallif kitobini o'qing
2. Ish stolingiz rasmini tez-tez o'zgartirib turing. Bu sizda ijodkorlikni oshishiga kichik sabablardan biri.
3. Har kuni vikipediyadan duch kelgan bitta materialni o'qing.
4. Televizor ko'rishni bas qiling.
5. Atrofingizda sizdan bilimi kuchliroq insonlar bo'lsin.

@Nurlimedia
👍23👏41
Forwarded from Эркин Хасан
Ronaldu 30 yoshdan oshgan barcha erkaklar uchun o‘ynadi

Bugun Millatlar Ligasi finalida chinakam to‘qnashuv bo‘ldi: Navqiron yoshlik va katta avlod jangi. Ispaniyalik Yamalda hali hayot oldinda, unda imkoniyatlar juda ko‘p bo‘ladi. U iste’dodli va juda yosh. Biz esa…

Biz allaqachon 30 yoshdan oshganmiz. Oramizda 40 ga yaqinlashganlar ham bor. Biz ham Yamalni ko‘rib harakatlaridan hayratlanamiz, o‘yinidan zavqlanamiz. Ammo biz uchun bugun maydonda boshqa bir inson ko‘ngilga yaqin. Boshqasiga ko‘proq qayg‘uramiz. Uning ismi — Ronaldu. Afsonaviy futbolchi 40 yoshda. Biz unga qarab qarilikni emas, Irodani ko‘ramiz. Uning hali ham maydonda ekani bizga kuch beradi. Uning g‘alabasi bizning ham g’alabamiz.

Lamin Yamal g‘alaba qozonganida biz yangi avlodga o‘rnimizni bo‘shatganimizni his qilardik. “Zamonimiz o‘tibdida” derdik siqilibgina. Shundog‘am kichraygan orzu-havaslarimizni chetga surardik jimgina.
Ammo Ronaldu yana iroda namoyish etdi. Bugun Portugaliya emas o‘rta avlod umidlari g‘alaba qozondi. Mudragan orzular qayta uyg‘ondi, jon kirdi.

Ronaldu bugun nafaqat o‘zi uchun o‘ynadi. U biz uchun — orzularini unutishga yaqin qolgan, hayotda charchagan, ichki kuchi sustlashayotgan, “endi kech” deb o‘ylay boshlagan erkaklar uchun o‘ynadi. U bizning ishonchimizni, orzularimiz, imkoniyatlarimiz borligini yana bir bor isbotladi.
Bugun u g‘alaba qozondi. Va biz ham ichimizda g‘alaba qozondik.

Rahmat, Ronaldu.
Sen nafaqat afsonaviy futbolchisan, balki sen hayotimizda orzularni saqlab qolayotgan insonsan.

@Erkin_Hasan
🔥256👎3
Hech qachon shoshilmang. Kutishni bilganlarga hamma narsa o‘z vaqtida keladi.

Bugungi tezkor dunyoda hamma narsani darrov bo‘lishini kutamiz. Ammo muhim narsalar— vaqt talab qiladi.

Munosabatlar, ishonch, muvaffaqiyat — bularning hech biri bir zumda sodir bo‘lmaydi.

Muhimi — jarayonga ishonish va yarim yo‘lda taslim bo‘lmaslik. Muvaffaqiyat — sabr qilganlarga keladi.

@Nurlimedia
👍226🔥3❤‍🔥2👏1
Musiqa va samaradorlik

Musiqa nafaqat kayfiyatni ko‘taradi, balki ishda ham samaradorlikni oshiradi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, musiqa stressni kamaytiradi, e’tiborni jamlaydi va ishlashga motivatsiya beradi.

Ijodiy ishlar uchun — sokin, instrumental musiqa.
Oddiy vazifalar uchun — jonli, ritmli kuylar mos keladi.

Eng muhimi — sizga mos musiqa toping. Musiqa tinglang va samaradorlik qanday oshishini ko‘ring!

@Nurlimedia
👍94👎2
Omad – bu shunchaki baxt emas, balki harakatlar natijasi.

Kimnidir "omadi chopgan" deb ataganimizda, aslida o‘zimizni ovutamiz. Go‘yoki barchasi tasodifan deb o‘ylasak, o‘zimiz shu o‘rinda bo‘lmaganimizga unchalik achinmaymiz.

Ammo haqiqat boshqacha: omadli odamlar tasodifan maqsadiga erishmaydi. inson o‘z orzusiga butun borlig‘i bilan – fikrlari, harakatlari va niyatlari orqali sho‘ng‘isa, uni amalga oshirishi ancha osonlashadi.

Orzularga yetishish – bu reja, intizom va qat’iyat natijasi. Har bir kichik qadam katta o‘zgarishlarga olib keladi. Vaqti kelganda esa odamlar bu mehnatni emas, faqat natijani ko‘radi va uni "omad" deb ataydi.

Shuning uchun boshqalarning "omadi"ga havas qilish o‘rniga, o‘zingiz uchun harakat qilishni boshlang. Chunki haqiqiy omad – bu sizning o‘zingiz yaratgan imkoniyatdir.

@Nurlimedia
👍15
Detoks — haqiqatmi yoki marketing hiylasi?

Bugun har bir burchakda “organizmni tozalovchi detoks ichimliklar”, “7 kunda tanani toksinlardan xalos qiluvchi dietalar” degan reklamalarga ko‘zingiz tushadi. Ammo asl haqiqat shundaki — bu gaplarning aksariyati marketing afsonasi.

Sizning organizmingizda allaqachon mukammal detoks tizimi mavjud: bu jigar, buyrak va boshqa a’zolaringiz. Ular har kuni siz sezmagan holda zararli moddalardan tanangizni tozalab turadi.

Ayrim “detoks” mahsulotlar esa aksincha, sog‘lig‘ingizga ziyon yetkazishi, tanani holdan toydirishi va foydali moddalarni yo‘qotishga olib kelishi mumkin.

Asl detoks bu — sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, yetarli uyqu va faol harakat.

“Tezkor yechim”larga aldanmang. Tanangizni hurmat qiling — unga sun’iy emas, haqiqiy g‘amxo‘rlik kerak.

@Nurlimedia
8👍6
Qat’iyatli bo‘ling!

Napoleon Xill o‘z kitobida shunday yozgan edi:

“Har 100 kishining 98 tasi ishga xohishsiz boradi, sababi ular o‘z vaqtida orzu qilgan kasb yoki lavozimga erishish uchun yetarlicha qat’iyat ko‘rsata olishmagan.”

Shuning uchun butun umr afsusda yashamaslik uchun jasoratli bo‘ling va to‘g‘ri qaror qabul qiling! Hayotimiz faqat bir marta beriladi, esingda-a?

@Nurlimedia
👍211
Ekstremal vaziyatlarda qanday qilib xotirjamlikni saqlash mumkin?

Hayot har doim ham silliq yo‘l emas. Ba’zan u bizni og‘ir sinovlar bilan yuzma-yuz qiladi — ishni yo‘qotish, tabiiy ofat yoki boshqa holatlar… Bunday paytlarda eng asosiysi — xotirjamlikni saqlay olish.

Bu — tug‘ma qobiliyat emas. Har kim o‘zida buni rivojlantira oladi. Gap sovuqqonlik emas, stressga bardoshlilik haqida ketmoqda. Bu — bosim ostida o‘zingizni yo‘qotmasdan harakat qila olish ko‘nikmasi.

Ichki bardoshingizni qanday mustahkamlash mumkin?

Tan oling va qabul qiling.
Stress holatida ekaningizni inkor etmang. Hissiyotlaringizni tushunish — ularni boshqarish sari birinchi qadam.

Moslashuvchan fikrlashni o‘rganing. Og‘ir vaziyatlar noodatiy yondashuvni talab qiladi. O‘zgarishlarga ochiq bo‘ling.

Kichik lekin real maqsadlar qo‘ying.
Hammasini bir zumda hal qilishga urinmang. Kichik qadamlar orqali o‘zingizni boshqarishingiz osonroq bo‘ladi.

@Nurlimedia
13
O‘z-o‘zimiz bilan gaplashish ko‘pchilik uchun g‘alati va noodatiy holatdek tuyuladi. Ba'zilar buni zaiflik, ba'zilar esa telbalik belgisi deb biladi. Aslida esa, mashhur psixoterapevtlarning fikricha, bu inson ruhiy salomatligi va muvaffaqiyati uchun eng foydali odatlardan biridir.

Gap shundaki, miyamiz biz aytgan har bir so‘zni tinglaydi va unga ishonadi. O‘zingiz bilan qanday muloqot qilishingiz — o‘zingiz haqingizda qanday fikrda ekanligingizni, va hayotingiz qanday tomonga yo‘nalishini belgilaydi.

Shunchaki ijobiy gapirish emas, balki to‘g‘ri savollar berish, ongni harakatga keltiradigan iboralarni tanlash muhim. Aynan shu orqali muammolarni yengish, sog‘ayish, o‘z ustingizda ishlash va katta maqsadlarga erishish mumkin.

Asosiysi — qanday va nima deb gapirishni bilish!

@Nurlimedia
👍75
Yana bir kunni qarshi olganimdan baxtiyorman. Ha, xohlagan narsalarimning barchasiga hali erishganim yo‘q, lekin men tirikman — shuni o‘ziyoq katta ne’mat.

Ertangi kun — yangi imkoniyat. Hayotni yaxshilash uchun yana bir imkon.

Tanlov esa har doim o‘z qo‘lingizda:

yo yo‘q narsalarni orzu qilib yashaysiz,

yoki boriga shukr qilib, minnatdorlik bilan yashashni tanlaysiz.

@Nurlimedia
10💯4
O‘zingizni kechira olish — juda muhim!

Qachondir adashganingiz, noto‘g‘ri tanlov qilganingiz, ishonmaslik kerak bo‘lgan joyda ishonganingiz yoki biror narsani yo‘qotganingiz uchun o‘zngizni ayblamang.

O‘tmishni yuz martalab eslab o‘zingizni ayblash — bu faqat ichingizdagi nurga to‘siq bo‘ladi.

O‘zingizni kechiring. O‘zingizga imkon bering. Hayotda baxtni topish uchun birinchi qadam — ichki tinchlikdir.

@Nurlimedia
10👍5👏5
Hayotdagi eng og‘ir tuyg‘u — bu imkoniyatlaringizni boy berganingizni anglash.

Yuragingiz istagan, qalbingiz intilgan orzularingiz bo‘lgan…
Lekin hatto harakat qilib ham ko‘rmagansiz.

Mana endi yoshingiz 60 dan oshgan. O‘lim yaqin.
Shunda savol tug‘iladi: “Men nima uchun yashadim?”

Axir orzularingiz ro‘yobga chiqmagan. Sinab ham ko‘rilmagan.

Shuning uchun har kuni o‘zingizga eslatib turing:
Hozir harakat qilish vaqti.
Keyin kech bo‘lishi mumkin.

@Nurlimedia
12💔6🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baxt – bu qimmatbaho narsalarni sotib olishda emas,
balki har bir kunni chin dildan his etib yashashda.

Chiroyli buyumlar faqat bir lahzalik quvonch beradi.
Ular vaqt o‘tishi bilan o‘z jozibasini yo‘qotadi.
Ammo tongdagi quyosh nurlari, qushlar sadosi,
yengil esayotgan shamol, sekin-asta yog‘ayotgan oppoq qor,
moviy osmon va tun qorong‘usida yaltirab turgan ko‘cha chiroqlari –
bularning barchasi yurakni iliq qiladigan, chinakam baxt ulashadigan hodisalardir.

Chunki haqiqiy baxt – yirik voqealarda emas,
balki oddiy, mayda tuyulgan lahzalarda yashiringan.

@Nurlimedia
14
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 18:51:55
Back to Top
HTML Embed Code: