Telegram Web Link
💸 Abituriyentlikdan talabalik tomon erishilgan millionlar

Bugun ushbu imkoniyatni PDP University'ga tashrif buyurgan abituriyentlar qo'lga kiritishdi.

Shuningdek, abituriyentlarimiz uchun bugun o'zgacha kun. Sababi, ular birinchilardan bo'lib stipendiya egasi bo'lishdi.

Ota onalar ham farzandlarining bu yutug'laridan xursandchiliklarini yaxshira olishmadi.

⚡️ Bugungi mtihonda 433 ta abituriyent qatnashdi, 257 nafari esa sertifikat egasi bo'lishdi. Siz ham ularning o'rnida bo'lishingiz mumkin.

Keyingi imtihonlarimizga ro'yxatdan o'ting: https://bit.ly/40ZUyQG

📞 | +998787777747
👍11
Ongli hayot

Hozirgi vaqtda dunyo juda shiddat bilan o’zgarib bormoqda. Bu esa biz uchun ko’plab yangi-yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Bunday vaziyatda insonda, ayniqsa yoshlarimizda o’z tanlovlarining va harakatlarining to’g’riligiga shubhasi oshib ketadi.

Talabalarimiz orasida o’z harakatlarini tahlil qiladigan, o’qishiga mas’uliyat bilan yondashadigan yoshlarimizni ko’rsam, juda ilhomlanaman. Yaqinda talabalarimizdan biri bitta fandan qayta topshirishga qolib ketganligi uchun uzr so’rab keldi. “Mendan emas, o’zingizdan uzr so’rang”, - desam, “Dastlab o’zimdan so’radim, endi universitet jamoasiga yaratilgan sharoyit, imkoniyatlar va bizga bo’lgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman”, - dedi.

Ongli hayot o’zimizdan boshlanadi. Yoshlarimiz har doim o’zlariga “Nimaga erishmoqchiman?”, “Buning uchun nima qilishim yoki qilmasligim kerak?”, “Nima uchun bunday bo’ldi?” kabi savollarni berib yashashini xohlardim. Kunlik tashvishlar bilan bo’lib, o’zingiz bilan aloqani yo’qotib qo’yish oson. Gohida bir past to’xtab olib, ichki ovozni ham eshitib turish kerak. U bizning hayotimizda nima ahamiyatliligini aytib turadigan kompasimizdir.

Fanda bu jarayon refleksiya deb yuritiladi va bu jarayon inson o’z-o’zini anglashiga, ijobiy shaxsiy xususiyatlarini mustahkamlashiga, liderlik sifatlarining rivojlanishiga, hamda kuchli shaxs sifatida o’sishiga yordam berishi bir-necha ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlangan.

Shuning uchun, yoshlarimizdan o’z tanlovlari va harakatlariga mas’uliyat bilan yondashishlarini so’rardim.

Inson hayoti uning o’zini aks ettiruvchi ko’zgudir”, - deb bekorga aytilmagan.

Jiemurat Mambetkarimov, PDP University rektori

Blog: @OdilbekMirzayev
👍21🔥7🤩2
Forwarded from PDP School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍34🔥9🕊5
Forwarded from PDP School
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥13
Forwarded from PDP School
🔥 PDP maktabimizning online taqdimoti Timurbek Nuriddinov - Maktabimiz rahbari tomonidan o'tkaziladi

😇 Taqdimot barchaga manfaatli bo'ladi degan umiddamiz !

🔗 Hoziroq bizga qo’shiling:
https://bit.ly/44371UN
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olimpiadaga start berildi!

Kecha xabar berganimizdek, bugun PDP University Students Union tomonidan tashkil etilgan Dasturlash bo'yicha Olimpiadaning taqdimoti bo'lib o'tdi va barcha kerakli ma'lumotlar, boshlanish vaqtlari aytib o'tildi.

📌 Unga ko'ra Olimpiadaning 1-turi 9-avgust, Chorshanba kuni soat 15:00 da PDP University lecture roomda bo'lib o'tadi.

Barcha ishtirok etuvchilarga omad tilaymiz!

@su_pdp_university
👍13
Ta'lim va millat farovonligi.

Nima uchun qaysidir davlatlar tezkor rivojlanmoqda, qaysidirlari esa sust holatda deb o'ylaganmisiz?

BMTning Inson kamoloti indeksining oxirgi hisobotini ko'rib o'tirib, ushbu indeksning tarkibidagi ikkita "O'rtacha ta'lim olish davomiyligi" va "Aholi jon boshiga yalpi milliy daromad" ko'rsatkichlarining to'g'ri korreliyatsiyasi e'tiborimni tortdi.

Oddiy qilib aytganda, aholi ta'lim olish davomiyligining aholi daromad miqdoriga ta'siri sezilarli darajada ko'rinib turibdi.

To'g'ri, bu yerda faqatgina ta'lim olishning davomiyligini asosiy faktor deb bo'lmaydi. Ta'limning sifati, davlatning tabiiy boyliklari, siyosiy barqarorligi, eksport darajasi, egalik huquqining kafolati, korruptsiyaning tiyilganligi kabi kuchli faktorlar ham bor. Lekin daraxtning o'sishiga tuproqning ta'siri kabi, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga fan va texnikaning rivojlanishi katta ta'sir ko'rsatadi. Fan va texnikaning asosi esa ta'limdir.

Ta'limni rivojlantirish orqali iqtisodiyotining o'sishiga erishgan davlatlarga misol qilib oldin baliqchilik bilan shug'ullangan, endilikda iqtisodiy "ajdarho" - Singapurni, oldin urushlardan charchagan, endilikda texnologiya bo'yicha lider - Janubiy Koreyani va oldin agrar davlat bo'lgan, endilikda sifatli ta'lim sinonimi - Finlyandiyani misol qilib aytishimiz mumkin.

Ta'lim o'zligicha maqsad emas, uning tadbig'i va natijasi yillar o'tibgina namoyon bo'ladi. Taniqli ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”, - deb ta'kidlashida tarbiya bilan bir qatorda ta'limni ham nazarda tutganligi shubhasiz.

PS: Diagrammadagi umumiy trenddan chetlashib ketgan ba'zi davlatlarning bu holatiga tabiiy boyliklarining ko'pligi va boshqa noyob faktorlar sababchi. Masalan, Lixtenshteynda aholi soni juda kam, hamda ishlab chiqariladigan mahsulot va ko'rsatiladigan xizmatlarning deyarli barchasi export qilinadi.
👍7🔥31
Bugun UNICORN-2.0 grantining ilk sohiblarini aniqlash va taqdirlash jarayoni bo'lib o'tdi. Buning uchun xodimlarimiz kun bo'yi - ertalabdan yarim kechasigacha tinmasdan ishlashdi. Dastlabki uchta bosqichdan muvaffaqiyatli o'tib kelgan nomzodlarning har biri bilan alohida, sinchkovlik bilan suhbat o'tkazildi.

Grant sohiblarining har biri tahsinga loyiq. Ularning ko'nglidagi va ko'zlaridagi otashni ko'rib, kelajakda jamiyatimiz rivojiga katta hissalarini qo'shishiga shubhamiz qolmadi.

Bu loyihaning asosiy g'oyasi - "yaxshilik zanjiri" tamoyiliga asoslangan. Chunki loyiha homiylarining bu mablag'larni kimningdir bugungi ehtiyojlarini qondirishga sarflamasdan, ta'limga sarflashida shu maqsad bor. Bu yoshlarimiz ertaga katta muvaffaqiyatli insonlar bo'lib yetishsa, o'zlari kabi minglab yoshlarga ham yordam berishadi va biz bu onlarni intizorlik bilan kutamiz.

UNICORN-2.0 grantining ilk sohiblarini yana bir bor tabriklayman va ularga ta'lim olish yo'lida muvaffaqiyatlar tilayman! Bunga o'z hissalarini qo'shayotgan homiylarga va PDP University jamoasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
👍11🔥102🕊2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️ O'Z VILOYATINGIZGA OVOZ BERING

PDP University
jamoasi ko'plab yoshlarning talab va takliflariga inobatga olgan holda viloyat markazlarida ham kirish imtihonlarini o'tkazishga qaror qildi.

Agar siz ham o'z hududingizda qabul imtihon bo'lishini istasangiz, o'z viloyatingizga ovoz bering. Eng ko'p ovoz yig'gan 3️⃣ ta viloyatda PDP University kirish imtihonlari bo'lib o'tadi.

⌛️ Natijalar esa ertaga soat 16:00 da e'lon qilinadi.

Ovoz berish uchun havola ustiga bosing: https://bit.ly/3OBrnyS

Ushbu postni eng yaqin abituriyent do'stlaringizga yuborishni unutmang✈️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥32🕊2
Forwarded from PDP Academy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Bugungi kunda davlat tabirkorga, tadbirkor esa davlatga ishonadi!"

Biznes sohasida o'z o'rniga ega, raqamli ta'limni rivojlantirish yo'lida harakat qilayotgan PDP Ecosystem asoschisi — Odilbek Mirzayev.

Telegram | Instagram | YouTube
🔥6👍4
2025/10/27 14:13:48
Back to Top
HTML Embed Code: