Telegram Web Link
Assalomu alaykum. Xayrli kech!

🌟 Endilikda blogimda hozirda o'qiyotgan kitoblarimdan insightlar ham berib boraman!

Blog: @OdilbekMirzayev
👍18🔥6
📖 Yangi o‘qishni boshlagan kitobim – "Measure What Matters". Kitobning ilk bo‘limidayoq Yogi Berraning chuqur mazmunli so‘zi meni o‘ziga tortdi:

"Agar qayerga borishni bilmasangiz, u yerga yetib bormasligingiz mumkin."

– Yogi Berra

Bu jumla oddiy va biroz yumorli, ammo nihoyatda muhim haqiqat: aniq maqsad va natijalarni belgilamasdan, o‘sishga va rivojlanishga erishish qiyin.

🔑 Ushbu kitobda OKR (Objectives and Key Results) tizimining samaradorligi haqida so‘z boradi. Ayniqsa, Google kabi gigant kompaniya muvaffaqiyatida OKR tizimining o‘rni katta ekanligi kitobdagilarni qo'llashga undaydi.

Blogim: @OdilbekMirzayev
👍15🔥2
📌 "Measure What Matters" kitobidan yana bir chuqur fikr bilan bo‘lishmoqchiman:

"Ideas are easy. Execution is everything."

Men bu jumlani quyidagicha talqin qilaman: G'oyalar va fikrlar quruq gap. Bajarilishi esa hamma narsa!

G‘oyalaringizning haqiqiy qiymati ularni qanday amalga oshirishingizda!

💡 Ushbu jumladan bir savol tug‘iladi:
Sizning hozirgi g‘oyangizni amalga oshirishda qanday tizimlar va yondashuvlar yordam beryapti? Ularning samaradorligini qanday oshirishingiz mumkin?

Blogim: @OdilbekMirzayev
👍12🔥9
📖 "Measure What Matters" kitobidan yana bir qiziqarli bobni o‘qib chiqdim – "The Father of OKRs". Andy Grove aytganidek:

"Ko‘p odamlar juda qattiq ishlaydi, ammo juda oz natijaga erishadi."

💡 Men uchun muhim xulosa:
Muhandislik fikrlashining kuchi nafaqat texnik sohalarda, balki biznes va menejmentda ham samarali yondashuvlar yaratishda yordam beradi. OKRning samaradorligi ham shunda – har bir maqsad va natijani aniq belgilash va ularga tizimli erishish.

🌱 O‘qish davomida yana ko‘plab qiziqarli xulosalarni blogimda bo‘lishaman!

📌 Blogimga tashrif: @OdilbekMirzayev
👍10🔥32
Aslida kitobning 1-bobidan juda ko'p insightlar mavjud. Hammasi ham yetkazishga vaqt yetmaydi.

📌 Blogimga tashrif: @OdilbekMirzayev
👍83
Ochiq va shaffoflik

“OKR'lar tashkilot bo‘ylab ochiq va shaffof bo‘lishi kerak. Shaffoflik mas'uliyatni oshiradi. Har bir inson boshqalarining maqsadlarini ko‘rganda, bu umumiy maqsad hissini yaratadi va odamlarni o‘z majburiyatlariga nisbatan ko‘proq javobgar qiladi."

📌 Blogimga tashrif: @OdilbekMirzayev
👍84
🎉 PDP Junior taqdimot tadbiridan so‘ng ota-onalarning ko‘zlarida farzandlaridan faxr tuyg‘usini ko‘rish — bu bizning eng katta mukofotimiz! Ular oldidagi va’damizni amalda bajarayotganimizni his qilish haqiqatan ham maroqli va ilhomlantiruvchi.

📹 Video lavha: YouTube
📌 Blogim: @OdilbekMirzayev
👍9🔥53
Forwarded from PDP Junior
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 PDP Junior'da nimalar bo'lyapti?

🏢 Avval xabar berganimizdek, endilikda robototexnika va IT bilimlarini yoshlar orasida keng yoyish maqsadida maktablarga ekskursiyalar tashkil qilmoqdamiz.

📍 Ko'plab talab va iltimoslarga binoan navbatdagi tanishtiruv Toshkent shahri, Sergeli tumanida joylashgan 322-maktab o'quvchilari bilan bo'lib o'tdi.

😎 O'quvchilarning texnologiyalar bilan ilk tanishuvlari ularning hayotlariga qay darajada katta ta'sir ko'rsatganini ko'rmoqchi bo'lsangiz, videoni albatta tomosha qiling!

🔜 Keyingi manzilimiz sizning maktabingiz bo'lishini xohlaysizmi? Maktab raqamingizni izohlarda yozib qoldiring!

Ma’lumot uchun:
📞 | +998787777477

1️⃣ @PDPJunior
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥71
🌟 Kun tartibidan — kompaniyaning strategik rejalashtirishgacha! 🌟

Ko‘pchilik yangi ish boshlashdan oldin uning murakkabligi yoki hajmidan cho‘chiydi. Ammo haqiqiy rivojlanish mukammallik bilan emas, balki kichik va izchil qadamlar bilan boshlanadi.

Men ham oddiy kun tartibimni yaxshilashdan boshladim. Oradan bir necha oy o‘tib, bu kichik g‘oya kompaniyamiz uchun muhim strategik tizimga aylandi. Ushbu video orqali o‘z tajribam va o‘y-xayollarimni siz bilan baham ko‘rmoqchiman. Balki bu siz uchun ham yangi imkoniyatlarning eshigini ochar.

🎯 Asosiy mavzular:
🔍 Strategik rejalashtirishning boshlang‘ich nuqtasi.
🛠 Kichik qadamlarni katta ta’sirga aylantirish usullari.
🌟 O‘zgarishlarni qabul qilish va rivojlanish tamoyillari.

🎥 Videoni tomosha qiling, fikringizni qoldiring va o‘zgarishlar sari ilk qadamni qo‘ying:
Instagramda ko‘rish
🔥4
📚 Managementni zamonaviy menejmentning otasi – Peter F. Druckerdan o‘rganmoqchiman!

Peter F. Drucker – menimcha, zamonaviy menejmentning otasi. Uning falsafasi va yondashuvlari bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan. Drucker menejmentni faqat biznesga oid tizim deb emas, balki har bir inson hayotiga va jamiyatga ta’sir qiluvchi kuch sifatida qaraydi.

Ushbu kitobda Drucker rahbarlar uchun muhim bo‘lgan uch asosiy tamoyilni yoritadi:
1️⃣ To‘g‘ri ishni tanlash.
2️⃣ Samaradorlikni qanday oshirish mumkin?
3️⃣ Vaqtni samarali boshqarish san’ati.

Druckerning fikricha, samarali rahbar bo‘lish bu tug‘ma iste’dod emas, balki o‘rganiladigan va rivojlantiriladigan ko‘nikma.

Bu kitob nafaqat rahbarlar, balki rivojlanishni istagan har bir inson uchun foydali bo‘lishiga ishonaman.

💡 Kitobdan muhim fikrlar va tajribalarimni bo‘lishib boraman.

Kitobni yuqori sifatda yetkazib bergan, qadriyatli kompaniya Asaxiy Books'ga rahmat.


📌 Blogim: @OdilbekMirzayev
👍9🔥5
DeepSeek is busy:)

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev
🔥21🤩1🕊1
🤖 ChatGPT o1 Pro tajribasi!

🚀ChatGPT o1 Pro'dan faol foydalanayapman. Javob berish vaqti o‘rtacha 2 daqiqa, lekin sifat ancha yuqori.

Yaqin kelajakda bu texnologiya tezroq, arzonroq va ommaboproq bo‘lishi aniq. AI'ning rivojlanishi hayotimizni yanada qulay qilishda davom etmoqda.

💬 Siz ham sinab ko‘rdingizmi? Fikringiz qanday? Izohlarda bo‘lishing!

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev
🔥6👍1
"Raqobat mahsulotlarda eng yaxshisini, insonlarda esa eng yomonini yuzaga chiqaradi."
Devid Sarnoff

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev
👍7
Mazza qilib ishlaydigan kunlar kelayapti ...

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev
👍13🔥54
Men baxtliman! 😊
Yo‘l – bu faqatgina manzilga yetib borish vositasi emas, balki tafakkur uchun eng zo‘r muhit! Yo‘lda ketayotganda qilayotgan ishlarimiz, kelajak rejalarimiz haqida o‘ylashga vaqt topamiz.

Bugun o‘zimga savol berdim: “Nima uchun men qilayotgan ishimdan zavq olaman?
Javob aniq: Men yoqtirgan ishimni qilaman va qilgan ishimni yoqtiraman!

💡 Qilayotgan ishimni yoqtirishimning 5 asosiy sababi:
1️⃣ Ta’lim – yangi avlodga bilim ulashish.
2️⃣ Zamon bilan hamnafaslik – doimiy o‘sish va rivojlanish.
3️⃣ Texnologiyalar – innovatsiyalar bilan ishlash zavqi.
4️⃣ Jamiyatga manfaat – atrofdagilarga foyda keltirish.
5️⃣ Oxirat uchun zaxira – qilayotgan ishimning oxirat uchun umid.

Shu sababli, har kuni ishga kirishar ekanman, o‘zimni baxtli his qilaman. Siz-chi? Siz qilayotgan ishingizni yoqtirasizmi? Fikringizni izohlarda bo‘lishing! 💬

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev
👍28🔥98🕊2
⚡️ 2030-yilga qanday maqsadlar bilan yo‘l olmoqdamiz?

■️ Talabalarimizni qanday imkoniyatlar kutmoqda?
■️ Investorlar uchun qanday eksklyuziv takliflar tayyor?
■️ Startuperlarga qanday qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yaratmoqdamiz?
■️ Bizneslar uchun qanday innovatsion yechimlar taqdim etamiz?

🚀 Siz ham biz bilan birga katta o‘zgarishlar sari yo‘l olishga tayyormisiz?

1️⃣ PDP EcoSystem – Dunyoni yaxshi tomonga o'zgartiring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13🔥7👍6
Umid – bir vaqtning o‘zida xavfli va ulug‘ tuyg‘u!

Qanday qarashingiz o’zingiz tanlovingiz!

Hayotimizda umid katta kuch va yo‘nalish beruvchi narsa bo‘lishi mumkin. Lekin ba’zida u noto‘g‘ri yo‘naltirilsa, ortiqcha kutishlarga sabab bo‘lishi ham mumkin.

Bu fikrga qanday qaraysiz? Sizningcha, umidning xavfliligi nimada? 💭

💬 Fikringizni izohlarda qoldiring, kechroq o‘qib tanishib chiqaman!

📌 Blogim: @OdilbekMirzayev
6
Forwarded from Alisher Tojiyev
Bugun “PDP Vision 2030” keldik, aura bomba, yaxshi odamlar, goʻzal maqsadli jamoa, doʻstlar hamma shu yerda.

Odilbek aka Alloh xayrli qilsin. Bardavom qilsin!

Omad yordir dovyuraklarga!
👍38🔥11
2025/10/20 00:45:02
Back to Top
HTML Embed Code: