Telegram Web Link
#kun_savoli_javobi

Ukaning 1987-yildagi yoshi 10 dan kattaligi aniq. Bir nechta variantlarni tekshirib chiqib 1987-yilda uka 18 yoshda, aka 25 ekanini topamiz. Shunda akaning tug'ilgan yili 1962, ukaning tug'ilgan yili 1969 bo'ladi. Hozir 2025-yilda aka 63 yoshda bo'ladi.

Javob: 63 yoshda

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Abdirayimov Shoxruz
🥈Dilnura Gafurjanova
🥉Umarov Diyorbek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident, al-Xorazmiy maktablari imtihoniga tezkor va ishonchli tayyorgarlik uchun ushbu kanallarga a'zo bo'ling:

TURBO MATEMATIKA kursi

TANQIDIY FIKRLASH - COMPLEX kursi

MUAMMOLI MASALALAR kursi

ENGLISH EXAM PRO kursi


Hujjat topshirgan o'quvchilar tezkor natijani oshiruvchi kurslar.

A'zo bo'lish uchun @pmustoz ga yozing.
⚡️⚡️⚡️Bugun 20:00 da kanalimizda 39-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️

Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 39-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.

Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar bo‘yicha barcha testlar hamda ularning yechimlari, videotahlillari faqat Repetitsion Testlar kanalida!

👉👉 T.me/pmtests
Bu eng yaxshi va boqiy qoluvchi sarfiyotdir...

“O‘quvchilarim ko‘zidagi quvonch olayotgan maoshimdan ko‘ra ko‘proq huzur bеradi” deya o'z hisobidan a'lochi o'quvchilariga stipendiya joriy qilgan Andijonlik ustoz siymosida buyuk xalqimizning o'zligini (aslini) ko'rish mumkin. Bizning xalqimiz dunyoda ilmni eng ko'p qadrlagan, eng ko'p homiylik qilgan xalqdir. Ilm olayotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash bizga bobolarimizdan meros qolgan:

Ilm ahliga sahovatli A.Navoiy madrasaning iqtidorli o’quvchilariga o’z hisobidan oyiga 24 oltin tanga va yiliga 5 qop guruch berib borgan. Otasidan qolgan mol-mulkni, to‘plagan jami boyliklarini xalq uchun 300 dan ziyod maktab va inshoatlar qurishga sarflagan.

Imom Buxoriy otasidan juda katta mol-dunyo meros qolgani, bir savdodan 5000 dirham (130mln so'm) foyda olishiga qaramasdan faqirona hayot kechirar edi. Ba'zan kiygani kiyimi qolmaganidan bir necha kun uyda qolib ketardi. Taomi uch-to'rt dona mayiz bo'lar edi.

Chunki, u barcha dunyolarini ilm yo'lida sarflab yuborardi. Goh bir faqir talabaga boshdan oyoq kiyim olib berar, goh biror kitobga yetisha olmay yurgan o'quvchilariga o'sha kitobni sovg'a qilar edi. Imomning yaqinlari u talabalarga yordam ko'rsatishda isrof qilish darajasiga borgani aytib malomat qilishardi. Imom Buxoriy ularning e'tirozlariga javoban "Bu sarfiyot Alloh yo'lida bo'lgani uchun eng yaxshi va boqiy qoluvchi sarfiyotdir", der edi.


👉👉 www.tg-me.com/pmtests
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔵 PMTESTS.UZ saytidan foydalanish bo'yicha yo'riqnoma

PMTESTS.UZ sayti prezident maktabiga tayyorlanayotganlar uchun ajoyib imkoniyat. Istalgan vaqt, istalgan turdagi oldingi yillarda berilgan testlar bilan bilimingizni sinab boring.

‼️Ertadan eng yangi va original testlarni joylaymiz.

Saytdan test ishlash
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025

🔔 DIQQAT, EʼLON!

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan maktablar.

📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Buxoro, Xorazm, Fargʻona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida filiallari tashkil etilmoqda.

Ushbu maktablarga taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinflar uchun oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.

🌐 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/newschools

📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🤖 @piima_admission_chatbot

☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

@alisher_ubbiyev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025 ning navbatdagi ishtirokchilari aniqlandi.

25-may kuni PMTESTS va o'quv markazlar bilan hamkorlikda Respublika bo'ylab o’tkazilgan repetitsion testda yuqori ballarni olgan 60 ga yaqin o'quvchilar bilan 1-iyun kuni ZOOM da savol-javob o’tkazildi.

Suvonqulov Ibrohimjon - Namangan viloyati Chust tumani 4-sinf o'quvchisi. KYO-2025 117-yo'llanma sohibi.

Yo'ldoshev Ozodbek - Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 70-maktab 4-sinf o'quvchisi. KYO-2025 118-yo'llanma sohibi.

Usmonaliyev Diyorbek - Farg'ona viloyati Farg'ona shahri "Sirius Edu City" maktabi 4-sinf o’quvchisi. KYO-2025 ning 119-yo’llanma sohibi.

Beknazarov Abdulaziz - Xorazm viloyati Bog'ot tumani 1-maktab 4-sinf o'quvchisi. KYO-2025 120-yo'llanma sohibi.

PMTESTS ning Repetitsion testlarida muntazam qatnashing va Asosiy imtihonga mukammal tayyorlanib KYO-2025 ga yo’llanma oling.

Https://www.tg-me.com/pmtests
Https://www.tg-me.com/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

KATTA YUTUQLI OLIMPIDA-2025 ga yo'llanma olgan navbatdagi qahramon o'quvchilarimiz.

Ular:
PMTESTS ning "REPETITSION TESTLARI" da qatnashib, to’plagan ballari orqali yo’llanma olishgan;
PMTESTS ning “Videodarslar” pullik yopiq kanalidagi mavzu testlarini ishlash orqali yo’llanma olishgan;
PMTESTS tomonidan Respublika bo’ylab o’tkaziladigan yakshanbalik repetitsion testlarda qatnashib yo’llanma olishgan;
PMTESTS kanalidagi kun savollariga javob berish orqali yo'llanma olishgan;
PMTESTSning viloyat olimpiadalarida qatnashib yo'llanma olishgan.

Sizning farzandingiz ham PMTESTS testlarida qatnashib KYO-2025 ga yo’llanma olishi mumkin.

"KATTA YUTUQLI OLIMPIADA-2025" ga yo'llanma olgan o'quvchilar bilan tanishing:
1-video 5-video
2-video 6-video
3-video 7-video
4-video. 8-video

👑 Olimpiadaning Final bosqichi 15-iyun Toshkent shahrida bo'ladi.
1-o'rin 60 000 000 so'm
2-o'rin 35 000 000 so'm
3-o'rin 20 000 000 so'm
4-38 o'rin 1 000 000 so'm mukofotlarni qo'lga kiritadi.

Shoshiling! Yo'llanmalar oz qolmoqda.

T.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_savoli_03_06_2025

Rasmda berilgan shakl 9 ta kichik kvadratlardan tashkil topgan. Agar shakldagi hosil qilish mumkin bo‘lgan barcha to'g'ri to'rtburchaklar yuzlari yig‘indisi 600 kv. cm bo‘lsa, shaklning yuzini toping (kv cm)

Yechish usuli va bajarilish tartibini ko'rsatib javobingizni video tarzida @Kunsavoli_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉
www.tg-me.com/pmtests
#kun_savoli_javobi

Ushbu shaklda jami 36 ta to'rtburchak bor. Har bir kichik to'rtburchakning yuzini x ga teng deb olamiz.
Bulardan :
9 ta to'rtburchakning yuzi x ga
12 tasining yuzi 2x ga
6 tasining yuzi 3x ga
4 tasining yuzi 4x ga
4 tasining yuzi 6x ga
1 tasining yuzi 9x ga teng
Hamma to'rtburchaklarning yuzining yig'indisini hisoblasak 100x ga ( 9*x+12*2x+6*3x+4*4x+4*6x+1*9x=100x) teng bo'ladi. Bundan x=6 kv cm ( 100x=600 ) ekanligini topamiz. Berilgan shaklning yuzi 9x ga yani 54 kv cm gan teng.

Javob: 54

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Bahtiyorov Eldiyor
🥈Azamov Abdulloh
🥉Mohinabonu

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
#qabul_2025

Yangi ochilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga yuqori sinf o'quvchilari ham qabul qilinadi. Hududlar bilan tanishing:

📍Andijon viloyatida – Buloqboshi, Jalaquduq, Paxtaobod tumanlari;
📍Fargʻona viloyatida – Fargʻona, Quvasoy shaharlari;
📍Qashqadaryo viloyatida – Gʻuzor tumani;
📍Samarqand viloyatida – Bulungʻur tumani;
📍Toshkent viloyatida – Yuqori Chirchiq tumani;
📍Xorazm viloyatida – Gurlan, Urganch, Bogʻot tumanlari.

🌐 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/newschools

📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
☎️ Call-markaz: 1206
🤖 @piima_admission_chatbot

👉👉 www.tg-me.com/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#eslatma

🤩 AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ariza topshirish jarayonida siz kiritgan telefon raqamingizga yuborilgan SMS-xabarnomada koʻrsatilgan ID raqamingizni saqlab qoʻyishingizni soʻraymiz.

🗣Ariza holatini ariza.piima.uz saytidagi "Shaxsiy kabinet" orqali tekshirishingiz mumkin. "Shaxsiy kabinet"ga kirish uchun oʻquvchining shaxsini tasdiqlovchi maʼlumotlar kerak boʻladi.

📆 Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
☎️ Call-markaz: 1206
🤖 @piima_admission_chatbot

🟢 O‘qish, o‘sish va yuksalish — hammasi shu yerdan boshlanadi!

👉 Qabul-2025 yangiliklari 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/06 18:42:00
Back to Top
HTML Embed Code: