Telegram Web Link
LINKAS SIROP

10 ta dorivor o‘simlikdan tayyorlangan yo‘talga qarshi sirop.

Pediatriya amaliyotida quruq va nam yo‘talda qo‘llash mumkin.

Bromgeksin va ambroksol tarkibli siroplarga qaraganda zararli ta’siri ancha kam.

Qandli diabeti, diatezi va laringiti bor bolalarda shakarsiz variantini qo‘llash mumkin!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
👍28🤔51👏1
Kanalimiz faoliyati yaxshilash uchun so'rovnomalar o'tqazib boramiz. Faol qatnashasiz degan umiddaman!
👍36🔥2
Bolalarni beshikda katta qilishga fikringiz qanday?
Anonymous Poll
51%
Ijobiy
33%
Neytral
16%
Salbiy
👍244
Bolalarda profilaktik emlash(vaksinatsiya) o'tqazishga fikringiz qanday?
Anonymous Poll
86%
Ijobiy
14%
Salbiy
👍9
PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV)
Bolalarda profilaktik emlash(vaksinatsiya) o'tqazishga fikringiz qanday?
Agar fikringiz salbiy bo'lsa, sababini izohlarda yozib ketsangiz yaxshi bo'lardi!
👍12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ko'kyo'tal - hujjatli film

Sovet davrida olingan hujjatli film, to'g'ri hozir videodagi ko'p narsa zamonaviylashgan, lekin ko'kyo'tal klinikasi deyarli o'zgarmagan. Shuning uchun videoni kanalga joylashga qaror qildim.

Bola vaksinatsiya(AKDS)ni o'z vaqtida olmasa va ko'kyo'tal(Bordetella pertussis)ni yuqtirib olsa, xuddi videodagidek qiynalishi mumkin!

Agar bolada hech qanday qarshi ko'rsatma bo'lmasa, emlashni kechirtirmaslikni onajonlardan so'rab qolamiz!


Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍23🔥5🎉1
Bola nutqi rivojlanishi bosqichlari (1 yoshdan-7 yoshgacha)

💭1 yosh 3 oy - bola 6 taga yaqin so'zni biladi. Oddiy talablarni tushuna oladi, tanish so'zlarni rasmda ko'rsata oladi.

💭1 yosh 6 oy - badanining 1/2 qismini ayta oladi, 7-20 tagacha so'zni biladi.

💭1 yosh 9 oy - badanining 3-4 qismini aytadi. 20 ta so'zni biladi. Ikki so'zdan iborat bo'lgan iboralarni qo'llaydi ("choy ber", "ada keldi")

💭2 yosh - bu yoshda bola badanining 5 qismini ayta oladi. 50 ga yaqin so'zni biladi. Ikki bosqichli iboralarni tushunadi ("Oshxonaga borib", "sochiq olib kel"). "Men", "Sen", "U" kabi so'zlarni tushunadi. Iboralari ikki so'zdan iborat. p, b, m, f, v, t, d, n, k, g, h harflarni ayta oladi. s, z, sh, j, ch,r, l harflarni odatda qoldirib etadi.

💭2 yosh 6 oy - sonlarni tushuna boshlaydi. "Nima?", "Qayerda?" savollarni tushunadi. s,z,l harflarini ayta oladi.

💭3 yosh - bolaning so'z boyligi 250-700 gacha. Iboralari bir nechta so'zdan iborat. Ko'plikni biladi. "Chunki", "Agar", "Qachon" so'zlarni ishlata oladi. Qiyin talablarni tushunadi ("Piyolani ichiga qoshiq solib qo'y"). Yengil ertaklarni eshitib, tushunadi.

💭4 yosh - "Qancha", "O'rniga", "Keyin", "Qayerga" kabi so'zlarni iboralarda ishlata oladi. So'z boyligi 1500-2000 gacha. "Bolalarcha" harflarni yumshatib gapirishi yo'qoladi.

💭5 yosh - bolaning so'z boyligi 2500-3000 ga yetadi. Tildagi barcha harflarni bemalol ayta oladi. Qiyin iboralarni qo'llab, o'z fikrini, istagini ifodala oladi. So'zdagi harflar tartibini almashtirmay gapiradi.

💭5 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshga kelib bola so'z boyligi 3500 ga yaqin bo'ladi. Bunda ta'surotli so'zlar soni ko'payadi. Bolada tilga e'tibori oshadi. Atrof- muhitni so'z bilan baholay olish qobiliyati bo'ladi. Bolaning psixologik holati maktabga tayyorlanadi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍275🥰1
Bola qanday rivojlanadi?

1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi, oyoq-qo‘llarda tartibsiz harakatlar

2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi.

3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi.

4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O‘yinchoqni ushlaydi, og‘ziga olib boradi.

5-6-oylik - qo‘lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o‘tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o‘griladi, o‘yinchoqlarni kuzatadi va ko‘taradi.

7-8-oylik - mustaqil o‘tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo‘l cho‘zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi.

9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat yeydi. Dada, mama so‘zlarini ayta oladi

11-12-oylik - qo‘lidan ushlasa o‘zi yuradi, lekin ko‘p yiqiladi, mustaqil ovqat yeyishga harakat qiladi, ba'zi so‘zlarni ayta oladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
👍20🥰42👏2
🗣1 yoshgacha bo'lgan bolalarda nutqning rivojlanishi

Bolaning nutqi rivojlanishi juda katta
ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich, chunki bu jarayon bolaning es-hushini shakllanishi va bolaga bo‘lgan ijtimoiy munosabat bilan bog‘liqdir.

Nutq rivojlanishi 3 ta bosqichga bo'linadi:
1⃣Tayyorgarlik bosqichi. 1-4 oyliklarda gu-gulash bilan boshlanadi, 4 oylikdan tovush chiqarib, kuladi. Gʻurillash 3-5 oylikdan kuzatiladi, bola unli va undosh tovushlarni har xil tonda aytadi.
2⃣Sensor nutq bosqichi. 6-7 oylikda boshlanadi. Bola so‘zlarning ma’nosini tushunib, ma’lum buyum bilan bog‘laydi, biron o‘yinchoqning nomini aytilsa, xuddi shu o‘yinchoqni topadi, mumkin emas, tegma so‘zlarni tushunadi.
3⃣Motor nutq bosqichi. 8-9 oylikdan yuzaga kelib, bola ayrim bo‘g‘inlarni ayta boshlaydi, keyinroq qisqa so‘zlarni aytadi, ma’nosiga tushunib so‘zlarni gapirish 11-12 oyligiga to‘g‘ri keladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍211
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar tana vaznini formulalar yordamida aniqlash

6 oylikgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(nx800)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 4 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3300g

M=3300+4x800, M=6500g

Demak bolaning vazni taxminan 6500 g bo’lishi kerak!

7 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(6x800)+400x(n-6)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 11 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3600g

M=3600+(6x800)+400x(11-6), M=10400g

Demak bolaning vazni taxminan 10400 g bo’lishi kerak!

Eslatma! Agar yuqoridagi hisoblash va bola vazni orasidagi farq 1 kg dan ko’p bo’lsa, bolani vrach Pediatr ko’rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
👍37🤔42
💉Emlashlar oralig‘idagi muddatlar (intervallar)

▪️Bir xil vaksinalar dozalarini yuborish va emlash o‘tkazish oralig‘idagi muddat kamida bir oy. Emlashlar o‘tkazishdagi intervalning davomiy bo‘lishi, antitelalar ishlab chiqarishni kuchaytiradi, lekin seriyalarni tugallanishi va infeksiyadan himoyalanishni cho‘zib yuboradi.
▪️Turli tirik vaksinalarni yuborish o‘rtasidagi vaqt kamida bir oy bo‘lishi lozim (yuborilgan vaksinalar o‘rtasida interferensiyasi sodir bo‘lishi ehtimolligi bo‘lganligi sababli).
▪️Emlash davrida navbatdagi vaksina dozasi bilan emlamasdan o‘tkazib yuborilganda bola bilan birinchi muloqot qilinganda zudlik bilan o‘tkazib yuborilgan emlashlarini takrorlamay, navbatdagi emlash o‘tkaziladi.
▪️Bir vaqtni o‘zida bir necha turdagi vaksinalarni alohida shpritslarda tanani turli joylariga yuborish mumkin.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍17😱3
🍑 Shaftoli pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• shaftoli - 3 dona.
• qaynatilgan suv - kerakli miqdorda

Tayyorlanishi:
1. Yangi shaftolilarni yaxshilab yuvib tashlang. Kastryulkaga bir necha santimetr suv quying va qaynatib oling. U yerga shaftoli bo'laklarini taxminan 45 soniyaga joylashtiring.
2. Shaftolilarni kastryulkadan oling va darhol muz yoki sovuq suv solingan idishga soling. Sovutilgan shaftolidan po'stini olib tashlang.
3. Shaftolilarni bo'laklarga bo'ling va danaklarni olib tashlang. Keyin, shaftolilarni blender bilan pyurega aylantiring. Pyureni yumshoq va suyuq qilish uchun kerakli miqdorda suv qo'shing.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍122
Bolaning burniga, qulog‘iga yoki ko‘ziga ona sutini tomizish mumkinmi?

Ba’zan onalar savol berishadi. Doctor bolamni burni bitib qolyapti, ona suti tomizsam bo‘ladimi? Yoki. Bolamni qulog‘i og‘riyapti, ona suti tomizsam bo‘ladimi?

❗️Qadrli onalar! Yaxshilab eslab qoling. Bolaning ko‘ziga, burniga yoki qulog‘iga ona sutini tomizish mumkin emas!

Chunki sut labaratoriyada bakteriyalar boqishda ishlatiladigan asosiy ozuqa muhitlaridan biri hisoblanadi. Siz sut tomizib, mikroblarni yo‘q qila olmaysiz, balki ularni ideal ozuqa bilan boqasiz xolos.

📌Shuning uchun har bir muolajani vrach Pediatr bilan maslahatlashib qilish maqsadga muofiqdir.

👶Bolangizni asrang!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍341🥰1
Chaqaloqning qulog‘i og‘rishini qanday aniqlash mumkin?

Ko‘plab holatlarda chaqaloqlar yig‘isining asosiy sabablaridan biri bu quloq og‘rig‘i hisoblanadi. Og‘riq kuchi jihatidan quloq og‘rig‘i tish og‘rig‘iga tengdir.
Chaqaloqning qulog‘ida og‘riq bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun pediatrlar “Tragus” belgisidan foydalanishadi.

Tragus simptomi- bunda chaqaloq qulog‘i suprasining tragus qismiga ohista bosiladi, agar o‘rta yoki tashqi quloqda yallig‘lanish bo‘lsa, simptom musbat bo‘ladi. Bu holatda chaqaloq yig‘lashi yoki yig‘isi kuchayishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍223🤔1😱1🎉1
Simobli termometr nimasi bilan xavfli

Simobli termometr — qizigan simobni kengayib yuqoriga ko'tarilishi hisobiga haroratni aniqlaydigan tibbiy jihoz. Albatta termometrning sinish ehtimol yo'q emas. Shuning uchun, bolalarda tana haroratini o'lchayotgan paytda ehtiyot bo'lish lozim.

Termometr sinib simob tashqariga chiqsa, u asta-sekin xona haroratida bug'lana boshlaydi va yuqori nafas yo'llariga tushib organizmni zaxarlaydi. Simobni zararsizlantirish uchun uning ustiga darhol oltingugurt kukunini sepish lozim. Simob oltingugurt bilan birikib, bug'lanmaydigan va suvda erimaydigan simob sulfid(HgS) tuzini hosil qiladi.

JSST(Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti) 2020-yilgacha bunday termometrlardan voz kechishga chaqirib keldi. 2013-yilda asos solingan Minamata konvensiyasi esa, 2030-yilgacha barcha tibbiy uskunalarni simobdan holi qilmoqchi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍362😱2
🥗7-9 oylik bolaga qo'shimcha ovqat

Qanday mahsulotlarni bu davrda berish foydali va mumkin?

🥑Avakado
🍌Banan
🍎Olma
🥕Sabzi
🍆Kabachok
🍠Qovoq
🥔Kartoshka pyuresi
🍚Kasha
🥨Pechene
🍐Nok

Qanday ko'rinishda berish mumkin?

Yetti-to'qiiz oylik bolalarning ko'pchiligida faqat oldi tishlari chiqqan bo'ladi. Shuning uchun berilayotgan taom pyure shaklida bo'lishi lozim. Tishi chiqayotgan payti qattiq pechenelarni qo'liga berib qo'yish mumkin. Ko'pchilik butilkani o'zi ushlab choy icha oladi.

Yetti-to'qqiz oylik bola uchun taomlar misoli:

Kartoshka va sabzini qaynagan suvga solib pishirib olamiz (agar imkoniyatingiz bo'lsa qasqonda pishirib olsangiz vitaminlar ko'proq saqlanib qoladi). Pishgandan so'ng yaxshilab ezamiz. Tuz qo'shish kerak emas. Tuz va shakarni qanchalik kech berishni boshlasangiz, bolangiz sog'lig'i uchun shunchalik ko'p foyda bo'ladi. Kartoshka yoki sabzi o'rniga kabachok yoki qovoqni qo'shib berishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍301
Bolaning nima chizayotgani uning yoshiga bog'liqmi?

▪️12-18 oy - har xil tushunarsiz chiziqlar, aylanaga oxshash shakl va ma'nosiz zigzaglar;

▪️2 yosh - vertikal chiziqlar;

▪️2.5 yosh - gorizontal chiziqlar, spiral;

▪️3 yosh - doira, quyosh;

▪️3.5 yosh - birinchi odamcha, krestik;

▪️4 yosh - kvadrat, bola unga tanish bo'lgan narsalarni chizishga harakat qiladi;

▪️5 yosh - geometrik shakllar, kiyim kiygan odamcha;

▪️6 yosh - harakatdagi hayvon va odamlar, uy jihozlari, bog'cha.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍17👏1😱1
Qanday holatlarda bolalarga muzqaymoq berish mumkin emas?

1⃣Bir necha hafta davomidagi kasallanishdan so‘ng. Kasallik o‘tkazgandan so‘ng mahalliy immunitet pasayadi. Yuqori nafas yo‘llarini muzlashi yangi infeksiyani yuqtirish xavfini paydo qiladi.

2⃣Tez-tez O‘RVI va tonzillit(angina) bilan kasallansa. Sovuq kasallikni takror rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

3⃣Bolada yara kasalligi, surunkali gastroduodenit, o‘t pufagi va oshqozon osti bezi bilan muammolar bo‘lsa.

4⃣Tarkibida allergiya chaqiruvchi komponentlar bo‘lsa. Ayniqsa hayvon oqsillari.

5⃣Laktaza yetishmovchiligi. Muzqaymoq tarkibida laktoza bor va bunday bolalar laktozani ko‘tara olmaydi.

6⃣Qandli diabet. Muzqaymoq tarkibida saxaroza bor va u diabetiklarga mumkin emas.

7⃣Bolalar semizligi. Muzqaymoqni kaloriyasi yuqori bo‘ladi. Qo‘shimcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
👍83🎉1
2025/07/12 15:57:42
Back to Top
HTML Embed Code: