Telegram Web Link
#Yigʻilish

Yoshlarga eʼtibor – kelajakka poydevordir!

Tuman hokimi Muzaffar Aripov raisligida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini  muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman Komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda hokim oʻrinbosarlari, huquq-tartibot organi vakillari, Mudofaa bo‘limi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda tuman hokimi alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni vazirlik, idora, korxona va tashkilot rahbarlariga biriktirish orqali ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish va bu borada belgilangan ustuvor vazifalar xususida taʼkidladi.

Maʼlumot oʻrnida, mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan olib borilgan xatlov jarayonlarida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 20 400 nafar yoshlar balansi shakllantirilib, 3 toifaga ajratildi. Shundan 14 727 nafar yashil, 4 800 nafar sariq va 304 nafar qizil toifadagi yoshlarni tashkil qilmoqda.

Komissiya yigʻilishida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tuman hokimi tegishli mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi.

😀Telegram | 😀Instagram | 📹 You tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifalardan biri

Piskent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida "Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi oʻquv-seminari tashkil etildi.

Seminarda yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarning oʻrni va ahamiyatiga oid bir nechta mavzularda maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, "Oʻzbek jadid ziyolilari: maktab islohi va matbuoti" mavzusida oʻzaro fikr almashindi.

Oʻquv-seminar davomida umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, maktab psixologlari va sinf rahbarlarga ish faoliyatida tarbiyaviy ishlarni tizimli olib borishlari uchun uslubiy qoʻllanmalar tavsiya etildi.

😀Telegram | 😀Instagram | 📹 You tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Piskent tumani hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari o‘zgarmoqda.

Endilikda hokimlik axborot xizmati facebook, telegram, instagram, Youtube da faol ravishda axborot tarqatishni boshlaydi.

Shuningdek, jarayonga mos holatda axborot tarqatish shakli va formati ham tubdan o‘zgaradi, yangilanadi.

Piskent tumani hokimligining tarmoqlardagi yangi rasmiy sahifalariga ulaning va bizni kuzatishda davom eting.

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube

Shu o‘rinda muhim yangilik!

Endi Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovning rasmiy sahifalari ham ochildi. Unda siz tuman hokimining faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin.

🗂Кириллда ўқиш

Facebook  🌐Instagram   Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat #Tezkor

⚡️Koronavirus yangi varianti tarqalmoqda. SSV ogohlantirish bilan chiqdi😨

Dunyoda koronavirusning yangi FLiRT variantlari, jumladan, virusning KP.2, KP.1.1, KS.1 turlari bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Ularning barchasi avvalgi turlarga qaraganda xavfsizroq ekani aytilmoqda.

FLiRT variantlarining belgilari omikronnikiga o‘xshaydi: isitma, yo‘tal, tomoq, bosh va mushak og‘riqlari, holsizlik, ta’m yoki hid bilmaslik.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, omikronning so‘nggi turlarini bemorlar “nisbatan oson” boshdan kechirmoqda, ulardan o‘lim darajasi yuqori emas. Shuning uchun yangi turlardan jiddiy o‘zgarishlarni kutmasa ham bo‘ladi.

Mutaxassislar nima bo‘lganda ham qo‘llarni tez-tez yuvish, binolarni shamollatish, ish joylari va anjomlarni dezinfeksiya qilish, kasallik belgilari bo‘lgan odamlar bilan muloqot qilmaslik kabi profilaktika choralarini e’tiborsiz qoldirmaslikka chaqirmoqda.

PISKENT TUMANI YANGILIKLARI
Sahifamizga obuna bo‘ling
#Diqqat

⚡️☔️Bugun Toshkentda kun bo‘yi yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Sinoptiklar va ob-havo xizmatlarining xabar berishicha, bugun Toshkentda boshlangan kuchli yomg‘ir faqat soat 17:00 atrofida to‘xtaydi.

PISKENT TUMANI YANGILIKLARISahifamizga obuna bo‘ling
#Diqqat!

Prezident maktablariga hujjatlar qabuli 1-iyundan boshlanadi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024-2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

Talabgorning:

➡️ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➡️ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➡️ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➡️ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

Diqqat: Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari “5” baho (aʼlo) boʻlishi lozim.

Eslatib oʻtamiz, Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

PISKENT TUMANI YANGILIKLARISahifamizga obuna bo‘ling
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️🔔 "So‘nggi qo‘ng‘iroq" farzandingizning so‘nggi kuni bo‘lib qolmasin!

Hurmatli ota-onalar! Voyaga yetmagan farzandingizni avtomashina boshqaruviga o‘tirishiga yo‘l qo‘ymang. Yetarli tajriba va haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan bolalarning taqdiri xavf ostida qolishi mumkin.

Yaqinlarga yuboring!

PISKENT TUMANI YANGILIKLARISahifamizga obuna bo‘ling
Toshkent shahrida avtomobillar uchun 26-27-may kunlari vaqtinchalik cheklovlar kiritilmoqda

Joriy yilning 26-27-may kunlari Toshkent shahrida keng miqyosdagi xalqaro tadbirlar oʻtkazilishi hamda ayrim koʻchalarda obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari davom etayotganligi munosabati bilan transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Zarurat boʻlmaganda haydovchilarga Toshkent shahriga harakatlanmaslikni tavsiya qilamiz.

Maʼlum koʻchalarda transport vositalarining harakatini cheklash boʻyicha zaruriy choralar koʻrilgan vaqtda haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yoʻl belgilari hamda chiziqlarning talablariga qatʼiy rioya etishlarini soʻraymiz.

PISKENT TUMANI YANGILIKLARISahifamizga obuna bo‘ling
2024/05/29 06:40:51
Back to Top
HTML Embed Code: