Telegram Web Link
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Turksoy xalqaro tashkiloti bilan hamkorligida joriy yilning 26–30-noyabr kunlari Toshkentda oʻtkazilgan Turkiy dunyoning 16-Xalqaro SHEʼRIYAT festivalidagi ishtirokimiz uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Turksoy tashkiloti nomidan Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari Gʻayrat Majid tomonidan tashakkurnomalar hamda esdalik nishoni va sovgʻalari bilan taqdirlandik. Turksoy tashkiloti rahbarlari, Festival tashkilotchilariga, poytaxtimizda oʻtkazilgan betakror forum uchun Uyushma mutasaddi rahbarlariga ham tashakkur! Oʻylaymanki, festival doirasida yurtimizga kelgan barcha mehmon ijodkorlar goʻzal taassurotlar bilan qaytishdi. Oʻrtada soʻz, sheʼr va adabiyot ulugʻlandi. Turkiy dunyo davlatlari doʻstligi bir qadar yuksaldi. Qardoshlar birligi uchun adabiyot bilan xizmat qilish nasib etsin!

Ehtirom bilan Niyatullo Elbek oʻgʻli!

@Qalb_yoli
❤‍🔥4🔥32👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QORXAT

Qorda umid bo‘lib unding muz ko‘nglimda,
Iforlaring eritgandi qahratonni.
Bir chiroyli jilmayganding ko‘z o‘ngimda,
Nigohimga kulgichingdan nurlar tomdi.

Senga yoqish yuragimni yoqar edi,
Yonib-yonib senga she’rlar bitganlarim.
Suvlar sepib, sochingga gul taqar edim,
Yorug‘-yorug‘ o‘ylar bilan kutganlarim...

O‘ylagandim: “Endi menikisan” deya,
Shoshgan ekanmanmi, balki biroz shoshgan.
Dengiz bosdi Toshkonimni, mavjlandiya,
Bir so‘zim deb ko‘zlaringdan toshgan yoshga.

Qochib ketding, xayollarim sochib ketding,
Biror tahmin yo biror fol ocholmadim
“Umidlan”- deb eshiklarni ochib ketding.
Taqdirning bu jumbog‘ini yecholmadim.

Nigohimdan sen tomonga gul yoqqandi,
Qancha qizning alamidan zorlar yog‘di.
O‘shandayin meni yana qizg‘andingmi?
Qovog‘ingdan Navoiyga qorlar yog‘di.

Sirlar yog‘di qo‘sha-qo‘sha sirlar dersan,
O‘sha shirin kulgularni qaytib bergin.
Kulgichingga yoqqan qorni artib bersam,
Taqdir bergan jumboqlarga tartib bergin!

Niyatullo Elbek o‘g‘li

@Qalb_yoli
5❤‍🔥4🔥1😢1
TAKLIFNOMA

Yozuvchilar uyushmasida 16-dekabr kuni soat 15:00da shoir, uyushma a'zosi Boboqand Mirzoning "Ko'rgulik" nomli kitobi taqdimoti bo'lib o'tadi.Tadbirga barchani taklif etamiz.

Manzil: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi katta tadbirlar zali. Mo‘ljal: metroning "Milliy bog‘" bekati.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#ona_tilim_mangu

***
Men o‘ylayman:
hayot yo‘lida
Izlasa, ko‘p tarjimada sir.
Necha yildir o‘zbek tilida
So‘zlayotir, mana, Shekspir.

Shunday san’at bo‘lmasa agar,
Ko‘z o‘ngida qorong‘u dunyo –
Biz bilmasdik, goh shams, goh qamar
Bosh ustida – Tolstoy bobo.

Bular yaxshi. Bir narsa chatoq:
O‘zbekning ham bor shirin gapi.
Tarjimada, lekin tumtaroq,
Tarjimaning yo‘qdir maktabi.

Dunyo hamon bilmaydi, do‘stlar,
Navoiyning dardini tugal,
Mashrab qaysi ohangda bo‘zlar,
Nodiradan qolgan ne g‘azal.

O‘lkamizda, ko‘rsangiz, shuncha
Madaniyat, shuncha maorif,
Chiqmapti deb tarjimam uncha,
Kuyar, ammo Abdulla Orif.

Birov mumkin ochsa menga bahs,
Men baribir bu borada haq:
Kimdir kelib ko‘tarib qo‘ymas,
O‘z-o‘zini ko‘tarmasa xalq...


✍️Omon Muxtor

@Qalb_yoli
❤‍🔥4👏1
MAKTUB

Bugun biroz notinch yuragim,
Ne xayollar aylamish jabr.
Xonim, zamin xomush, qaragin,
Zabtga olgan bizni dekabr.

Bir qaygʻuga toʻlganday olam,
Parishonlik qoplagan koʻkni.
Keng borliqda torgina xonam,
Yuragimni eslatgan yoʻqmi?

Xonim, taqdir qasdlashar tinmay,
Umr selday ketadi oqib.
Yillar bizni ezgani kamday,
Endi oylar etmoqda ta’qib.

Laylakqorlar ustma-ust oshkor,
Ustimizdan kelmoqda kulib.
Va zaminga yogʻayotgan qor,
Osmon yozgan eng sovuq maktub.

Yurak ogʻir, dunyoday ogʻir,
Mayda gʻamdan tolib ketmasin.
Xonim, yurak omonat, axir,
Qahratonda qolib ketmasin.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
👏5❤‍🔥3🔥31😍1😇1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Olti_oylik_muborak_bösinmi

Shogird ustozi piri komildan soʻradi:
«Ustoz, har ijodkor adabiyotga turlicha kirib keladi. Kimdirlar vulqonday yonib, yana kimlar chaqmoqday chaqnab. Siz adabiyotga qanday kirib kelgansiz?»
Ustoz donishmandilik va ulugʻvorlik bilan javob qildi:
«E-e-e-y bo‘tam, meni tishim chiqmasi adabiyotga qiziqtirishgan, shuning-chun men adabiyotga emaklab kirib kelganman» deyamush Muhammad Umarxon hazratlari)
😁9❤‍🔥73😇2😍1
MAKTUB
<unknown>
MAKTUB

Yurak ogʻir, dunyoday ogʻir,
Mayda gʻamdan tolib ketmasin.
Xonim, yurak omonat, axir,
Qahratonda qolib ketmasin.
Niyatullo Elbek o‘g‘li
🎤Abduvosit Abdurahimov

@Qalb_yoli
❤‍🔥3
TAKLIFNOMA

Yozuvchilar uyushmasida 25-dekabr kuni soat 15:00da yosh ijodkorlarning “BIRINCHI KITOBIM” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
❤‍🔥41🔥1
#tavallud

Ayajonim, Sizlar bizga hayot berdingiz, yemay yediridingiz, kiymay kiydirdingiz, yoshliklaringiznida qizg'anmadingiz, bizlar uchun sarf qilib yubordingiz!... Faqat "bolam" dedingiz. Bolalaringiz boshlaringizga ilohim toj kiydirsin! Toki bu dunyo boshimizda bor ekan sizlar borligi sabab! Ilohim, dadam bilan shu dunyo turgunicha sog'-omonlikda haqimmizga duo qilib yuringizlar. Tavallud kuningiz bilan, ayajonim!

#tōrtlik

Xizmatni rozilik qasdidan qidir,
Mehrni izlasang rostidan qidir,
Koʻklardan qidirib yurma Jannatni
Onaning oyogʻin ostidan qidir!

Niyatullo Elbek o'g'li

@Qalb_yoli
❤‍🔥109😇2🔥1👏1😢1🐳1
Shunday ulugʻ kunda qardoshim, Fatih Sultan Yılmaz Toshkentga kelib bizni xursand qildi, Jahongir Jabborov bilan ham shu kunda tanishish nasib qildi. Adabiyot bor boʻlsin! Adabiy doʻstligimiz abadiy boʻlsin!

NAVOIY DUOSI

Nomi qolgan kamdir, nomsizlar bisyor,
Oʻynashib boʻlmas vaqt bahosi bilan.
Necha asrdirkim maydonda viqor,
Toʻkib turar Hazrat dahosi bilan.

Soʻzdan gullar ekib boʻston qilingan,
Ul boʻston ichra xoʻp doston qilingan,
Dunyoda shoirga mezon qilingan,
Ulugʻ Navoiyning siymosi bilan.

Soʻz mulkiga podshox qilgandir kadar,
Shoiri she’r bitar qiyomat qadar,
Kitobi yetsada bulutga qadar,
Tenglashmas ul zotning merosi bilan.

Mudroq yuraklarni etdi pardozlar,
Butun zamin boʻylab qildi parvozlar,
Yaraldi qanchalab oltin ovozlar,
Navoiy boboning navosi bilan.

Men ham ishq jomidan bir bora qonsam,
Millatning dardiga yuragim qorsam,
Adabiyot eshik ochgaydir borsam,
Hazrat Navoiyning duosi bilan.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
7👏2❤‍🔥1
Tomirimiz kesilgan butkul,
Bor budimiz boʻlajak cho‘gʻdir.
Bandimizda gʻunchalar uchun,
Yiqilishga haqqimiz yoʻqdir.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
🔥8❤‍🔥2
SEN KITOB O'QIYSAN...

Sen kitob o'qiysan, tegrangda quyosh,
Xayoling tumandek tarqab ketadi.
Yuraging tubidan qo'zg'algan ko'zyosh,
Ko'zing qirg'og'ida qalqib ketadi.

Har kitob boshida dunyoga kelib,
Asar yakunidan cho'chib yashaysan.
Gohi jilmayasan, goh shodon kulib,
Barcha iztirobin kechib yashaysan.

Qo'yningda kitoblar ko'targan ko'yi,
Ko'chaga chiqasan kezib hayotni.
Mo'jiza bo'lishin kutar bir o'ying,
Qidira boshlaysan adabiyotni.

Lekin hayot boshqa, yo'llar poyonsiz,
Qaytolmaysan bir bor o'tgan yeringdan.
Termulganing bilan yo'liga sonsiz,
Kutganing kelmaydi kutgan yeringdan.

Xayol ummoningda bo'ron bo'laman,
Dengizdek quyilib jismu joningga.
Kitoblar ichidan chiqib kelaman
Bir kun aylanaman qahramoningga...

Niyatullo Elbek o'g'li

@Qalb_yoli
❤‍🔥8
Audio
Sunʼiy intellekt orqali qoʻshiq qilishibdi. Hayratlantirdi. Eʼtibor uchun rahmat dedik!

@Qalb_yoli
🔥4😁4
MOHI RAMAZON KELDI

Shaytonlar kishanlanar shunday bir zamon keldi,
Tavba qilsa, gunohlar kechilar imkon keldi.
Savob qilsa, ming hissa qo'shilar ehson bilan,
Sinovlarning ichida eng zo'r imtihon keldi.
Nafs ila kurash uchun Mohi Ramazon keldi,
Oylarning eng ulug'i Shahri Ramazon keldi.

Shunday go'zal oy keldi qutlug' bo'lsin yoronlar,
Jinlar bandi aylandi ne qilasiz yomonlar?
Dunyo nurga cho'mildi, dil iymonga ko'mildi,
Farishtalarga to'ldi samo-yu to'rt tomonlar.
Shaytonlar kishanlanar shunday bir zamon keldi,
Jannatga yo'llash uchun Mohi Ramazon keldi.

Qurmoqqa bir payt keldi Jannatiy bog'imizni,
Poklamoqqa vaqt berdi dildagi dog'imizni,
Rahm qildi Rahim zot, kechirimning chog'i deb,
Dengiz ko'pigicha bo'lsa ham kechdi gunohimizni.
Tavba qilsa, xatolar kechilar imkon keldi,
Bizni qutqarish uchun Mohi Ramazon keldi

Juda xatarli manzil ikki dunyo orasi,
Tan olmas na kimliging, na olmaydi porasin.
Qay manzilga borarni bu dunyo naqd qilmasa,
Oraliqda hal bo'lmas, topilmaydi chorasi.
Sinovlarning ichida eng zo'r imtihon keldi,
Oylarning eng ulug'i Shahri Ramazon keldi!

Niyatullo Elbek o'g'li

@Qalb_yoli
❤‍🔥3
Niyatullo she'ri
Mulkijahon
Niyatullo Elbek o'g'li
🎙 Mulkijahon


Tavba qilsa, xatolar kechilar imkon keldi,
Bizni qutqarish uchun Mohi Ramazon keldi...

@Qalb_yoli
@kongil_tomonlarda
#Toshkent_uchun

Ramazon ayyomi qutlugʻ boʻlsin barchamizga!
5😇2
Xayol boʻlay, uchqur boʻlay, shitob boʻlay,
Tillaringda takrorlangan xitob boʻlay,
Makkor gʻamlar qoʻllarida betob boʻlma,
Meni oʻqi sen sevgan bir kitob boʻlay.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
👏11❤‍🔥72
RASSOM QIZGA

Jiddiy tortib qolgan bu dunyo,
Men ham jiddiy qovogʻim soldim.
Xorgʻin turgan suratlarim koʻp,
Sen jilmaygan suratim solgin.

Hayot vaxshiy – och quzgʻun misol,
Gohi qopar goh qilar zarda.
Koʻrinaylik baxtliroq biroz,
Hech bolmasa esdaliklarda.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
👏84❤‍🔥4🔥3😍3😁2
2025/10/28 13:21:21
Back to Top
HTML Embed Code: