Telegram Web Link
📂 Arxiv – kelajakka mustahkam zamin!

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qarshi shahar filiali arxivida 83 247 ta  ko‘chmas mulklarga tegishli hujjatlar saqlanmoqda.

Shundan:

➡️ Turar joy arxiv hujjatlari 75 500 ta

➡️ Noturar joylar arxiv hujjatlari 7 747 ta

Ularning har biri o‘z tarixiga, muhim huquqiy ahamiyatga ega.

Bugungi kunga qadar 13 577 ta  hujjatlar kadastr xodimlari tomonidan qayta ko'rib, o'rganib chiqildi.

Qolgan obyektlar hujjatlarini o‘rganish va raqamlar bo‘yicha tartiblashtirish ishlari davom etmoqda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Sentabr oyida Kadastr mas'ullari tomonidan viloyatning qator hududlarida sayyor qabullar o‘tkazildi

JUMLADAN:

🔹 Nishon tumani "Shirinobod" MFY

🔹 Muborak tumani "Amir Temur" MFY

🔹 Chiroqchi tumani "Choshtepa" MFY

🔹 Shahrisabz tumani "Bog'ishamol" MFY

🔹 Mirishkor tumani "Obod" MFY

O'tkazilgan sayyor qabullarda fuqarolar va tadbirkorlarga murojaatlari yuzasidan huquqiy va amaliy yordamlar ko'rsatildi.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun:
75-227-51-13, 75-227-51-14

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Qashqadaryoda 57 mingdan ziyod obyekt xatlovdan o'tkazildi

🗓️ 30-sentabr holatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida O‘RQ-937-sonli qonun ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilayotgan xatlov jarayonida jami 57 323 ta obyekt inventarizatsiyadan o'tkazildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Muborak tumani filiali tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan xatlov natijalari bilan tanishing:

🔹 Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni – 1 886 ta
🔹 UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar – 944 ta
shundan:
▪️ Turar joy obyektlari – 748 ta
▪️ Noturar joy obyektlari – 196 ta
🔹 “E’tirof” AATga o‘tganlar – 412 ta
🔹 Muhokamada – 375 ta

🗓️ Hisobot davri 30-sentabr.

Ushbu ko‘rsatkichlar fuqarolarning mulk huquqlarini tan olish va rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#SAYYOR_QABUL

DIQQAT EʼLON

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Koson tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 3-oktabr kuni soat 12-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📍Manzil: Koson tumani, Maydayobu MFY, Maydayobu ko'chasi 50-uy, Mahalla ma'muriy binosi

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13,
75-227-51-14


🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
🔥1
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda Qamashi tumanidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining yer maydoni va binosi 2019-yilda hokimlik tomonidan noqonuniy ravishda boshqa shaxsga ajratib berilgani haqida ma’lumot e'lon qilingan.

O‘rganilgan hujjatlarga ko‘ra, Qamashi tumani xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasining foydalanilmay bo‘sh turgan yer maydoni va binosi 2019-yilda Qamashi tuman hokimining qaroriga asosan hokimlik balansiga o‘tkazilgan.

Keyinchalik, hokimlik balansida bo‘lgan ushbu bino “O‘zbekiston boks maktabi”ni tashkil etish maqsadida davlat-xususiy sherikchiligi asosida tadbirkorlik subyektiga foydalanish huquqi bilan berilgan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, kadastr idoralarining vakolatlari amaldagi qonunchilikda qat’iy belgilangan bo‘lib, ular orasida hokim qarorlariga huquqiy baho berish vakolati mavjud emas.

Bundan tashqari, hozirgi kungacha Kadastr agentligining Qamashi tumani bo‘limiga mazkur hududdagi ko‘chmas mulk yuzasidan yerni o‘zboshimchalik bilan egallash yoki noqonuniy qurilish bo‘yicha hech qanday murojaatlar kelib tushmaganini ma'lum qilamiz.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat bo‘ylab yer nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Qonunbuzarliklar aniqlangach, ularni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilik doirasida chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. 🎯 Maqsad — yer resurslaridan oqilona, adolatli va qonuniy foydalanishni ta’minlash, atrof-muhitga zarar yetkazuvchi harakatlarning oldini olishdir.

Sentabr oyida quyidagi hududlarda amalga oshirilgan ishlar rasmiy sahifamizda yoritildi:

1.Qarshi tumani
2.Yakkabog' tumani
3.Shahrisabz tumani
4.Koson tumani

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Kadastr xizmatiga yuborgan arizangizning rad etilgan holatlariga duch kelganmisiz?
Anonymous Poll
50%
Ha, bir necha marta
6%
Faqat bir marta
44%
Yo‘q, duch kelmaganman
Kimlar davlat idoralari rahbarlari qabuliga navbatsiz kirish imtiyoziga ega ?

Qonunchilikka koʻra, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi bir nafar fuqarolar:

🔹 Davlat idoralari va tashkilotlari
🔹 Davlat xizmatlari markazlari
🔹 Sogʻliqni saqlash
🔹 Taʼlim
🔹 Madaniyat muassasalarida
fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi hamda davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslar) qabuliga navbatsiz kirish boʻyicha imtiyoz berilishi belgilangan.

Asos: PQ-74, 27.02.2023 y.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
👍1
Ma’naviyat va ma’rifat soati!

Xodimlarimiz haftaning har juma kuni o‘tkaziladigan "Siyosiy-ma’rifat soati" da ishtirok etishdi. 📖

📌 Ushbu ma’rifiy mashg‘ulotlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini tushuntirish, xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish va ularning dunyoqarashini kengaytirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining bilim va ma’naviy saviyasini oshirish – jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri!

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Qamashi tumani filiali arxivida 58 419 ta  ko‘chmas mulklarga tegishli hujjatlar saqlanmoqda.

Shundan:

➡️ Turar joy arxiv hujjatlari 54 954 ta

➡️ Noturar joylar arxiv hujjatlari 3 465 ta

Ularning har biri o‘z tarixiga, muhim huquqiy ahamiyatga ega.

Bugungi kunga qadar 14 408 ta  hujjatlar kadastr xodimlari tomonidan qayta ko'rib, o'rganib chiqildi.

Qolgan obyektlar hujjatlarini o‘rganish va raqamlar bo‘yicha tartiblashtirish ishlari davom etmoqda

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
2025/10/21 10:04:27
Back to Top
HTML Embed Code: