Telegram Web Link
Jaholatga qarshi ma’rifat

Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari orasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat jarayonida jaholat va ma’rifat tushunchalariga aniqlik kiritilib, qatnashchilar orasida muhokama qilindi.

Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashilmasa, inson ongini ma’naviyatimizga va qadriyatlarimizga zid bo‘lgan g‘oyalar va mafkuralar egallashi to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi.

Ayniqsa jaholat tufayli yuksak ma’niviyatga ega bo‘lgan Islom diniga yod bo‘lgan g‘oyalarga burkangan aqidaparastlik ildiz otishi, uning oqibatlari jamiyat va davlat manfaatlariga juda og‘ir oqibatlarga olib keluvchi zarar yetkazilishi tushuntirildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

Kadrlar hujjatlari - intizom
ko'zgusi.

Har bir mutaxassisning bilim va tajribasi kadastr xizmatlarining sifatini, aholiga ko‘rsatilayotgan qulayliklarni belgilaydi.

Shuning uchun:
▪️xodimlarni zamonaviy kadastr va geoinformatsion texnologiyalar bo‘yicha o‘qitish;

▪️yosh mutaxassislarni tizimga jalb qilish;

▪️mehnat intizomi va halollik tamoyillarini mustahkamlash — asosiy ustuvor yo‘nalishlardandir.

Adolat, halollik va professionallik — Kadastr agentligi kadrlar siyosatining bosh tamoyilidir.

#Kadastr #kadrlar_siyosati #rolik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G‘uzor tumanida aholining 350 dan ziyod murojaatlari Kadastr xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi

Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi G'uzor tuman filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

G'uzor tuman filiali xodimlari tomonidan "Qorako'l", "Chanoq" va "Yakkadaraxt" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar G'uzor tumani filialiga 350 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Xatlov natijalari. Qashqadaryoda xatlovdan o‘tkazilgan ko‘chmas mulklar soni 62 mingdan oshdi

Batafsil— INFOGRAFIKADA

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
👍1
#YER_NAZORATI

Kadastr agentligining G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan Chanoq mahallasida olib borilgan monitoring ishlari davomida fuqaro S.U yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olgani va 300 kv.metr yer maydoniga noqonuniy ravishda qurilish qurgani holati aniqlandi.

Holat yuzasidan Kadastr bo'limi tomonidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy qurilishni ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga yozma ko'rsatma  berildi.

❗️Eslatma, O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga asosan hujjatsiz uy-joylarga egalik huquqini berish 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o'zboshimchalik bilan egallangan yer hamda undagi bino va inshootlarga nisbatan ko'rib chiqiladi.

❗️Unutmang yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarliklar belgilangan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida anonim so'rovnoma.

Nishon tumani kadastr bo‘limi hamda filialidagi muhitni qanday baholaysiz?
Anonymous Poll
48%
Tuman xodimlari ish faoliyati qoniqarli darajada
36%
Nishondagi Kadastr bo'limi yoki filialiga ishim tushmagan
18%
Korrupsion holatlarga duch kelganman
Nishon tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi

Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Nishon tumanida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Kadastr hujjatini tayyorlash, ko'chmas mulkka oid huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 24-oktabr kuni soat 12-00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📍Manzil: Nishon tumani, Oydin MFY

☎️ Murojaat uchun telefon: 75-227-51-13

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#QASHQADARYO_KADASTR

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Shahrisabz tumanida tadbir o‘tkazildi.

🔹 Filial xodimlari bilan o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishi, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Kosonlik kadastr xodimlari yil boshidan beri 500 dan ziyod murojaatlarni o‘rganib chiqishdi

"Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Koson tuman filialida ham muntazam ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Koson tuman filiali xodimlari tomonidan "Qo’ng’irtog’", "Yangiobod" va "Alachabob" mahallalarida aholi va tadbirkorlarning Kadastr bilan bog‘liq murojaatlari qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib, vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etildi.

❗️Ma‘lumot o‘rnida, yil boshidan hozirgi kunga qadar Koson tuman filialiga 500 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan.

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Muborak tumanida xatlovdan o‘tkazilgan ko‘chmas mulklar soni 2 mingdan oshdi

Davlat kadastrlari palatasi Muborak tumani filiali tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi O‘RQ–937-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan xatlov natijalari bilan tanishing:

🔹 Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni – 2 107 ta
🔹 UZKAD tizimiga o‘tkazilgan obyektlar – 1 090 ta
shundan:

🔹 “E’tirof” AATga o‘tganlar – 532 ta
🔹 Muhokamada – 480 ta

🗓️ Hisobot davri 23-oktabr

Ushbu ko‘rsatkichlar fuqarolarning mulk huquqlarini tan olish va rasmiylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning izchil davom etayotganini ko‘rsatadi

🇺🇿 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
SUSTKASHLIK VA BEPARVOLIKKA CHEK QO‘YILADI!

🌟 Kadastr agentligi tizimida fuqarolar murojaatlariga javob berishda kechikish va sustkashlik holatlariga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan qatʼiy choralar ko‘rish boshlandi.

Respublika ishchi guruhining o‘rganishlari natijasiga ko‘ra Davlat kadastrlari palatasining Samarqand viloyati Urgut tumani, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani, Andijon viloyati Andijon shahar filiali hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tuman filiali boshliqlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Fuqarolarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish — tizimning eng ustuvor vazifasi hisoblanadi.

🌟 Kadastr agentligi bunday holatlarga mutlaqo murosasiz!

#Kadastragentligi #intizomiy_jazo

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/24 01:24:21
Back to Top
HTML Embed Code: