Telegram Web Link
#Izlam


"Ro‘baro‘"

Rahmatjon ko‘ngil shoiridir. Aslida hamma shoir ham ko‘ngil kuychisi, deyishingiz mumkin. To‘g‘ri, xuddi shunday, ammo ko‘ngil mavzusi Rahmatjon she'rlarining tub mag‘zini tashkil etadi. Har bir she'rida ko‘ngilning turfa manzaralarini ko‘rish mumkin... Bu manzaralar orqali Shoir nimadan iztirobda ekanligini anglash mumkin.
Qadrdonim Rahmatjonga yangi kitob muborak bo‘lsin deyman va kitobxonlarga Shoirning Ko‘ngli bilan "Ro‘baro‘" bo‘lish zavqini tilayman.


"Deraza ortida"


Muhammadxon og‘a hikoyalarida men hurmat qiladigan bir jihat ko‘zga tashlanadi – yangilik yaratishga urinish. Xuddi shu jihat ijodkorning boshqalarga o‘xshamasligi, adabiyotning ko‘lamini kengaytirib, yangi sarhadlarni kashf etishiga imkon yaratadi.
Kitob O‘zbek Nasri uchun xayrli bo‘lsin, o‘zbek o‘qirmanlariga zavq bersin.


Kitoblar xaridi uchun: @akademsavdo


@Jumanazar_Yuldash
Forwarded from F_Alimardon
Раҳмат Бобожон шеърлари ўзига хос услубда ёзилган бўлиб, унда турли хил бадиий ва маънавий мазмун мужассамдир. Шеърларида ҳаёт фалсафаси, инсоннинг ички кечинмалари тасвирланади.
Раҳматжоннинг шеърлари анъанавий мавзуларга янгича ёндашуви билан ҳам ажралиб туради. У кўпинча кундалик ҳаётдаги оддий ҳодисаларга фалсафий ёндашади. Ҳар бир тасвир ортида инсон ҳаётига оид муҳим хулосалар ётади.
Раҳмат Бобожоннинг яқинда чоп этилган “Излам” тўпламида “Рўбарў” китоби чиқди. У сизу бизни нимага рўбарў қилмоқчи эканини билиш учун эса бу китобни ўқиш лозим.
Forwarded from Байрам АЛИ (Bayram Ali Qo‘ldoshev)
​​Бир танишим айтиб қолганди: квартирада Раҳматжон билан карта ўйнаб турамиз. Мен доим ғирромлик қиламан, у сезмайди". Ўшанда яхши кўриб қолганман бу йигитни. Ахир ғирромликни сезмайди дегани, уни билмайди, хаёлига ҳам келтирмайди дегандай бир гап-да. Ҳалоллик, самимият эса сўз билан муносабатда ҳал қилувчи аҳамиятга эга. Гарчанд Раҳмат Бобожоннинг гитара оҳангини эслатадиган ўзига хос шеърларига олдиндан мухлис бўлсам-да, "Рўбарў" унинг сўз оламидаги янги муваффақиятлари, кашфиётлари билан семирганига ишонаман. Чунки шоир, таржимон ва публицист Раҳмат Бобожондан ҳарқанча баландлик кутса арзийди. Сермахсуллиги билан у ўз ўқувчиларини бунга ишонтириб бўлган!


Муҳаммадхон Юсупов юртимизда митти ҳикоя жанрини нафақат оммалаштирди, балки, уни маълум поғона кўтарди ҳам. Менинг хулосам бу. "Қисқалик насрнинг отаси" деб таъкидлашни яхши кўрадиган ёзувчи, бугун ўз ижодида янгилик қилибди: жадидлар мавзусида ериккина қисса битибди. Муҳаммадхоннинг ижодида бўй кўрсатган ушбу янгилик адабиётга ҳам янги нафас олиб келадими, йўқми, буни эса асарни ўқиб чиққач биламиз. Ростини айтай, ҳалича асардан атиги бир неча бет ўқидим, жумлаларда салобат, руҳ бор. Демак, анчайин қаттиқ тайёргарликнинг махсули у. Ахир маърифатпарвар бобоколонимиз Мунаввар қори ҳақида бундан ўзгачароқ ёзиб бўладими?..


Раҳмат Бобожоннинг "Рўбарў" ва Муҳаммадхон Юсуповнинг "Дераза ортида" китобларини ушбу манзилдан харид қилишингиз мумкин:
http://www.tg-me.com/akademsavdo

👉 @BeshinchiTomon
Forwarded from Xorun MUSO rasmiy kanali (Xorun Muso)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sobiq kanalim
Ro'paramdagi "Ro'baro' "
"Izlam" turkumining 2-fasli chiqishi o'zbek adabiy atmosferasida yangi po'rtana bo'ldi.
Mazkur turkumdan joy olgan, Yosh va iste'dodli shoir, tarjimon Rahmat Bobojonning "Ro'baro' " to'plami badiiy salmoqdor, insonga ko'rkam hissiyot va mushohada bera oladigan she'riy yaratiqlarni o'zida jamlagan. Buning ustiga, original o'xshatishlar, o'ziga xos yozarlik uslubi, she'rlardagi so'fiyona ruh kitobxonni lirik oqim bo'ylab olib yuradi. Masalan, shoir aytadi:

Ishqning eskirmagan jandalarini
Ko'ngil odamlari egniga yopib,
Qaytadan tug'ilar ko'zim o'ngida
Tangri ayamaydi bandalarini
.

"Muhabbat ul o'zi eski narsa, lekin har bir yurak uni yo'ng'ortadi", - degani edi Xodi To'xtash. Ishq, muhabbat tushunchasi shu qadar ko'hnaki, uning liboslari jandarib ketgan. Biroq kim uni egniga olsa, u yangilanadi. Oshiq qayta tug'iladi go'yo. E'tiborli jihati, shoir bu bilan Tangri bandalarini ayamaydi deydi. Ya'nikim Xudo biz bandalarni ishq bilan jazolagan. Bu shunday jazoki, insonlar usiz yashay olmaydi, uning borligi dillarga taskin, xalovat beradi. Bu oliy ishq - Yaratgan ishqidir. Muhabbat to'lqini bizni yangi-yangi tashbehlar sari yetaklaydi:

So'ngra do'qillaydi.
Sas qaytar asta,
Ruhimga urilgan ko'hna asodan
.


Mening diqqatimni tortgani: "ruhga urilgan ko'hna aso" obrazi. Aso hassa degani. hassa esa, eng avvalo, ko'zi ojiz odamga kerak: yiqilib tushmaslik, ravon yo'l topish va yo'lning o'nqir-cho'nqirlarini sezish uchun. Endi bir o'ylab ko'raylik biz bandalarning muhabbatsiz so'qir odamdan nima farqimiz bor? Basharti muqaddas muhabbat tuyg'usi ko'nglimizni suyab turar ekan, biz kelgan hayot yo'limizdan zavqlana olamiz, uning chiroyidan bahramand bo'lamiz, ODAM bo'lib yashaymiz. Shu kabi oshiqona kechinmalar yana davom etadi:

Bolalasin bul iztirobim
Meni faqat ayama Alloh.


Shoirning mazkur ikki misrasi Kaba atrofida hamma Yaratgandan gunohlarini kechirishni so'rab turgan bir paytda Qaysning Allohdan ishq azoblarini yana-da ko'paytirishini so'rab iltijo qilganini yodimga soldi. Tashqaridan o'ziga Xudodan dard, iztirob so'rash telbalikdan darak berar, lekin bu so'rov bejiz emas. Zotan dardlar Allohga yetaklaydi. Yoki:

Tushun, axir qahrim toshlanar, diydor meni jazolamasa.

Odam qachon qahrli bo'ladi, qachon diydasi qotib boshlaydi? Qachonki Xudo bilan yolg'iz qolmasa... Va o'shanda odam U bilan go'yo diydorlashadi, ruh Allohga yaqin boradi. So'fiyona kayfiyat yana davom etadi:

Tushun axir umrim boshlanar, Ishq umrimga yakun yasasa.

Tasavvuf adabiyotidan ma'lumki, haqiqiy umr insonning o'limdan keyingi hayotidir. Shoir esa shunchaki o'limni emas, balki ishq bilan o'lishni, go'zal intihoni istaydi:

Qayerdasan, baxtiyor o'lim, Qayerdasan, go'zal intiho.

She'riyat ko'rkam tarovat bilan birga og'riqlarni ham o'z bag'riga oladi. R.Bobojon "Hasratnoma"da yozadi:

Kimmiz?
Borliqni yutgan,
Yo'qlik quchog'iga jo,
Kechasini unutgan,
Bugunidan mosuvo,
Ertasidan bexabar.


Savolning qo'yilishiga ahamiyat bersak, shoir "Kimman?" emas, "Kimmiz?" deydi. Demakki, millat o'laroq qo'yadi bu savolni. Millat qachon bu savolga javob topa oladi? O'ylashimcha, qachonki o'z tarixini to'la anglab, undan ochiq boxabar bo'lganida, uni tahlil qilganida. Afsuski, bilish u yoqda tursin, bu o'tmish unutilgan deydi shoir. Shu sababdan bugun millat sifatidagi qiyofamizdan mosuvo bo'lib borayotirmiz. Shu holatimizda ertangi kunimizning mavhumot ichidaligi turgan gap.

"Oq qog'oz - shoirning joynamozi", - deydi Rauf Parfi. Shu sabab shoir: "Yozmasam eng katta gunoh bo'lardi", - deydi. R.Bobojon shoirlikni rutba, she'rni qismat bilgan ijodkor. Va bu qismat o'z intihosiga aylanishini xohlaydi:

Bekorga olmasin jonimni Xudo,
O'ldirsa faqat she'r o'ldirsin
.


Kuzning badiiy adabiyotdagi tasviri odatiy hol. Biroq har bir ijodkorning talqinida bu tasvir o'ziga xos to'n kiyadi.
Forwarded from Sobiq kanalim
Binobarin, Rahmat Bobojon bir she'rida "g'amning asosi", "yaproqlar umrining davomati" bo'lgan kuz rasmini chiza turib, shunday misralarni yozadi:

Barkamol arshidan so'ylaydi Xudo:
"Mening bu zaminga qasosimdir kuz
".

Kuz - yog'ingarchilik, bulutli kunlar va zerikarli ob-havo hukm suradigan fasl. Bu payt go'yo tabiat o'z tarovatini yo'qotgandek tuyuladi. Odamlarda ham horg'inlik, hafsalasizlik alomatlari zohir bo'ladi. Etimiz sovuqdan junjikib, bemahal shamollar zarbidan toliqqan vaqtda bahorning salqin shabadalarini, yozning issiq quchog'ini sog'inamiz. Ko'chalardagi o'rindiqlar kishisiz bo'm-bo'sh, o'yingohlarda beg'ubor bolalarning shodon ovozlari tingan. Atrof sokinlik qariga g'arq bo'ladi xuddi. Go'yo zamin Tangri qoshida mulzam bo'lib turganday, go'yo Unga o'zida bo'lgan yaxshi-yomonlar uchun hisob berayotganday.

Tugallanmagan xulosa o'rnida ko'nglimga xush yoqqan satrlarni yozib qoldiraman:

Bir zumda oshiqman, gadoman, qulman,
Bir zumda to'g'riman, odil, rasoman,
Bir zumda osiyman, gumrohman, go'lman,
Bir zumda dalliman, darbadar, hasta.


Davomi bor...

Tursunoy
https://www.tg-me.com/mendagi_mendaliklar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Suhrob Ziyo
"Deraza ortida" "Ro‘baro‘" kelganlarim

Muhammadxon bilan kursdoshim Shohsanam Nishonova orqali tanishgan edim. O‘shanda uning hikoyalarini olib o‘qiganim, ulardagi tasvir uslubi hikoyanavislikdan ko‘ra videooperator ishiga o‘xshashi xayolimdan o‘tgani yodimda. Keyinchalik "Qisqa hikoyalar"i bilan tanishdim. Ular ham qisqa satrlarda insonda o‘ziga xos kayfiyat paydo qilishi yoqqan.

Umuman olganda, muallif voqealarni "Deraza ortida"n kuzatadi. Shu ma'noda kitob nomi muallifning uslubidan xabar beradi.

~~

Rahmat Bobojon turkiy dunyoda o‘zbek adabiyotining faol targ‘ibotchisi. Tarjima bo‘yicha yoshiga nisbatan salmoqli ish qilib qo‘ydi. Uning tashabbusi bilan bir necha she'rlarim Turkiya nashrlarida ham berilgan.

Umuman, Rahmat o‘z ijodidan tashqari adabiyotimizni qardosh adabiyotlarga "Ro‘baro‘" qilish yo‘lidagi mehnatlari bilan ham e'tirofga loyiq deb hisoblayman.

Xarid: www.tg-me.com/akademsavdo

@suhrob_ziyo1
Forwarded from Essenavis (Севара Алижонова)
#Izlam

“Мен жим кузатаман онам умрини...”

Ана шу жимликлар, кузатишлар бугун Гулҳаё Анорованинг “Аврон”ини яратди. Аврон нима? Тошқин, пўртана, нозик хилқатнинг ичига қамалган исёну фарёдлари. Аёл дунёни барибир бошқачароқ, зарра-зарраларига қадар ҳис этароқ кўради, кўрсатади. Ўзи санъат асари ўлароқ яна санъат яратаётган аёлларни жим кузатиш – менинг ишим. Гулҳаё улардан бири. Қалами ўзгани такрорламайдиган Шоир. Бугун “Аврон” қошида жим туролмайман. Уни маҳкам қучиб, дунёга ҳайқиргим келяпти: Адабиёт, “Аврон”ингни кутиб ол!

________________________________________

“Бор бўлсанг,
атагин, мени унутма,
Ошиқ хаёлимни қилмагин сазо,
Қайдадир кўзласин муқаддас рутба,
Қайдадир яралсин муқаррар Жазо...”

“Кўзларига ой синиғини беркитган”, “руҳига кўҳна асодан урилган”, китоб чиқариб муқаррар жазосин кутаётган ёшуллига “Рўбарў” келмадингизми?

Одамни кундалик югур-югур, чоп-чоп ташвишлардан бир дам қутқариб, ёруғ туйғулар, буюк дардлар билан юрагингизни ёриштириб юборадиган Шоирнинг муқаррар жазоси нима бўлсайди?

Умрини, борию барини тиккан Ижоди – китобини ўзига-да қўймай, кутубхонамизга, кўнгилхонамизга қўшиб олиш!

Манзил: “Аврон”га “Рўбарў” келишдан чўчимайдиган ягона нашриёт –@akademsavdo

Сиз билан ҳам ўша ерда учрашамиз, шеърият мухлислари!

@sevara_alijonova
Инсон ҳаётида шундай ОҒИР ХАБАРлар ҳам бўлар экан... Ишониш қийин... Мансур оға ажойиб инсон, зўр шоир, акадўстимиз эди... Ётган жойи ёқти бўлсин!

Taniqli shoir Mansur Jumayev olamdan o‘tdi

Shoir 1991-yili Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida tug‘ilgan.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/posts/25461

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
* * *
“Ишқсизларга дўзах бобин очар, дўстлар”
Аҳмад Яссавий

Сен мени қайғуга кўмгайсан,
Ва узоқ хаёлга чўмгайсан,
Кетарсан, кўнарсан бу ғамга,
Аммоки видога кўнмайсан…


Бу тушлар шундай баддуодир,
Таъбирдан олма ҳеч хавотир,
Биласан, келмоғинг хатодир,
Англайсан, хатога кўнмайсан…


Умримга татиган сафосан,
Сўнггида хайри бор жафосан,
Таъқиққа ошиққан Ҳаввосан,
Бул Одам Атога кўнмайсан…


Дард қилар кунларим давомат,
Кўзларда яшнайди маломат,
Бу Ишқни айларсан мудом рад,
Сен нега Худога кўнмайсан?!


9 ноябр, 2024 й.

Р. Б.

#машқ_дафтаридан | @Rahmat_Bobojon
Биласан, келмоғинг хатодир,
Англайсан, хатога кўнмайсан…


#тараддуд | @Rahmat_Bobojon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Муваффақият қозонишни истасанг, ҳеч қачон ўзингдан паст рақиб билан курашма...” – Сомерсет Моэмдан иқтибослар

* * *
Орзу – реалликдан йироқлашиш эмас, аксинча, унга яқинлашмоқдир.

* * *
Инсонлар қайсидир масалани ўйлаб, англаб, ҳал этишдан кўра, уни бировга тўнкаб қўяверишни афзал билишади.

* * *
Дунёда айни вақтда ҳам севиб, ҳам нафратланишдан оғир азоб йўқ.

* * *
Ҳаётнинг менга ўргатган энг қимматли хулосаси – ҳеч нарсага афсусланмасликдир.

* * *
Ҳаётнинг ажойиб бир ўзига хослиги бор: агар сиз фақат яхшисини танлаб, бошқаларидан воч кечишни уддаласангиз, албатта ниятингизга етасиз.

* * *
Одам нақадар бахтсиз бўлса, шунчалик жаҳлдор бўлади.

* * *
Аниқ ва содда тилда ёзиш – самимий ва хайрихоҳ бўлиш каби мушкулдир.

* * *
Ўлиш – жуда бўлмағур ва зерикарли иш. Маслаҳат бераманки, ҳеч қачон бу ишга бош қўшманг.

* * *
Ҳар авлод оталар ва боболари устидан кулади, аммо аждодларидан ғурур туяди.

* * *
Муваффақиятга эришишнинг ягона йўли мавжуд – ҳаётни юрагинг истаганича яшаш.

* * *
Қариликнинг энг катта устунлиги руҳан озод бўлмоқдир.

Тўпловчи ва таржимон:
Раҳмат Бобожон


Давоми: https://oyina.uz/uz/teahause/2925

#таржима_дафтаридан | @Rahmat_Bobojon
Одам нақадар бахтсиз бўлса, шунчалик жаҳлдор бўлади...

#иқтибос | @Rahmat_Bobojon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/30 01:23:53
Back to Top
HTML Embed Code: