Telegram Web Link
Branding nima?!

Brand va branding nomlanishi bitta oʻzakka asoslangan va bir-biriga bogʻliq narsalar boʻlsa-da, aslida umuman boshqa mazmunni anglatadigan tushunchalar.

Brand haqida koʻp gapirilgan, uni izohlab oʻtirish menimcha shart emas, branding esa bizda hali u qadar ommalashib ulgirmadi. Meni nazarimda branding kompaniyaning kayfiyati va qadryatlarini mijozlarga yetkazuvchi tili va uning tashqi qiyofasini namoyon etuvchi yuzi. Sizningcha branding nima?

Branding borasida “Dodo pizza”ni ancha peshqadam deb bilaman.

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
Dunyo dizayn va qadoq olamida oʻrnimiz qanday?

Istalgan sohaning yuqori darajasida oʻz hamyurtlaringni koʻrish kishiga hamisha gʻurur bagʻishlaydi. Dizayn va mahsulot qadogʻi borasida bizga bu tuygʻuni ketma-ket taqdim etib kelayotgan doʻstlarimiz Minim branding jamoasi boʻladi.

Avval ham bir necha marta boʻlganidek, jamoa oʻzining yangi “ON” loyihasi bilan World Brand Design Society dizaynerlar jamiyati saytidan oʻrin olib, haftaning eng koʻp ijobiy baholar olgan loyihasiga aylanibdi.

Siz bu loyihalarni qanday baholaysiz? Jamoa haqida fikr bildirish oldidan ularning boshqa loyihalari bilan ham tanishib chiqishni tavsiya qilgan boʻlardim. Sahifaga oʻtish:

👉🏻 https://www.tg-me.com/minim_design
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imzoga gʻoya… 😉

AIS windows ovoz oʻtkazmas deraza-romlarining super kreativ reklamasi. Siz bu reklamani qanday baholaysiz?

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Volkswagenning norasmiy reklamasi…

Hatto jiddiy vaziyatda ham uni bunga majburlay olmaysiz. 😉

Diqqat, videoda soʻkinishlar mavjud!

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand Unicef nigohida

Koʻhna va jozibador Samarqand shahrining goʻzal obidalari haqidagi ushbu yoqimli reklama roligi Unicefning Instagram sahifasidan joy oldi. Trend musiqa sadosi ostida tarix.

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
Soqqani qil

Meta kompaniyasi Facebook va Instagramda sahifa rasmiy ekanini bildiruvchi belgi sotib olish imkoniyatini butun dunyo uchun ochib, bir-necha kun ichida sal kam 1 milliard dollar qoʻshimcha pul ishlab oldi.

Ayni damda Meta ushbu xizmatni 7.99$ evaziga taklif qilmoqda. Qizigʻi shundaki, istalgan odam bir miqdor pul evaziga yetisha oladigan narsaning qadri ham endi avvalgidek boʻlmaydi. Boshqacha qilib aytganda, endi “galochka” qadri ham avvalgilarga oʻxshamas. 😉

Siz bu xizmatni sotib olishga nima deysiz?

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu reklamani koʻrganmidik? 🤔

Kun boʻyi uyqisirab yursangiz ham, kechga kelib yotoqqa yotgach negadir oʻsha uyqi topilavermaydi. Tempur pedic matraslari mana shu muammo asosida ajoyib reklama tayyorlagan, bir koʻrib, baho bering-a. 😎

@Reklom_sanati - san'at darajasidagi reklamalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 11:43:13
Back to Top
HTML Embed Code: