Telegram Web Link
OILA - A’ZOLARGA TA’RIF!

OTA
Undan paydo bo‘ldingiz.
Sizning aslingiz.
Rizosi xotirjamlik, itoati sakinat, xizmati saodat, oq qilishi shaqovat - badbaxtlikdir.
Uni rozi qilish Robbni rozi qilish yo‘llaridan biri.

ONA
Jannatni uning oyoqlari ostidan qidir.
Uning duosi boqiy xazina.. Rizosi ofatsiz baxt,
Bag‘riga bosh qo‘yish, rohat, Xizmati bosh ustidagi tojdir.
U fazilatlarning eng buyugi, saodatning kaliti.

ER
Uyning himoyachisi, ham kamoni ham o‘qi, ulfat qo‘rg‘oni, muhabbat daryosi, huzuri baxt, yo‘qligi mashaqqat.
Tong u bilan munavvar, borligi sharaf, qayinlar, qarindosh - urug‘ o‘rtasida obro‘dir.
Xonadon u bilan obod, yo‘q bo‘lsa barboddir.

AYOL
Sizga panoh, maskan.
Qurshab oluvchi baxt.
Berkituvchi satr,
O‘z bag‘riga oluvchi in, Muattar qiluvchi atir, unga qarash bilan g‘amlar ariydi.
Borligi mehr - muhabbat... u sen, sen esa u - san.

O‘G‘IL
O‘zingni ko‘rsatguvchi ko‘zgu, o‘z aksing!
Bolaligi quvonch,
Yigitligi faxr,
Beling bukilganda suyanch, Qahr yetganda madaddir.

QIZ
Tarbiyasini go‘zal qilsang, do‘zaxdan qalqon.
Mehri jozibali.
Farzandlar ichida eng yaqini, Sen uchun eng kuyinchagi.
Senga nima kerakligini yaxshi biladi.

AKA - UKA
Sening soyang! Dushmanlaring senga zarar berishidan doim xavotir oladi. Bolaligingda eng yaqin do‘sting! Ulg‘ayganda beling quvvati!

OPA - - SINGIL
Nasihati malham... Unga bog‘lanib (silai rahm) savob qozonasan!
Erining oldida faxrisan. Hojatlari oldida madadkorsan!

Qarindoshlik aloqalarini aslo uzmang! Uni mustahkamlang! Foniy dunyoda ular sabab boqiy baxtni qo‘lga kiriting!

https://www.tg-me.com/Rumiy_AforizmlariUz

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
16
Дунё кезинг, Аллоҳнинг қудратига боқинг

      Юрт кезиш, турли шаҳарларга сафар қилиш юракка хотиржамлик ва хурсандчилик келтиради.

“Айтинг: “Осмонлар ва Ердаги нарсаларга (ибрат назари билан) боқингиз...” (Юнус сураси 101-оят)”.

“Айтинг: “Ерни айланиб, жиноятчи кимсаларнинг оқибатлари қандай (аянчли ва ибратли) бўлганини кўрингиз!” (Намл сураси, 69-оят).

“...Ахир, (одам) ер юзида саёҳат қилиб, ўзларидан аввалги (иймонсиз) кимсаларнинг оқибати қандай бўлганини кўрсалар бўлмайдими?!.” (Юсуф сураси, 109-оят).

       Ибн Баттутанинг “Саёҳатнома” асарини ўқиган киши, муаллиф баъзи ўринларда ошириб юборган бўлса-да, Аллоҳ таолонинг яратиши ва борлиқни бошқаришидаги ажойиботлар гувоҳи бўлади. Шунда билади: сафар мўмин учун улкан ибрат ва роҳат манбаи ҳамда борлиқнинг очиқ-равшан китобидан турли маънолар ўқиш учун бир имкониятдир.
      Бундан ташқари, сафар қилган киши об-ҳаво ва жой алмашишидан ҳам улкан фойдалар олиши мумкин.
“...Ер юзи бўйлаб саёҳат қилинглар...” (Тавба сураси, 2-оят).
“...То икки денгиз қўшиладиган ерга етмагунча ёки узоқ муддат кезмагунча юришдан тўхтамайман...” (Каҳф сураси, 60-оят).

“Ўкинма” китобидан.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
71👍1
Qahramon ota hamda intiluvchan qiz haqida hayotiy voqea

Feysbukda bloger Aqida Hanum yozyapti:


«Yashasin mehribon otalar!

Treningni birinchi kuni yakunlanib, jamoa bilan kechki ovqatni tanovvul qilib xonamga kirdim. Hovli tarafdagi balkonga kitob o‘qimoqchi bo‘lib chiqdim. Shu payt telefonim jiringladi.

-Labbay?

-Opajon, assalomu alaykum!

-Vaalaykum assalom!

-Mani tanimadingiz-a???))

-Yo‘o‘o‘q, uzr singlim (

-Aqidapoo, man Muslimaman!

-Voooy, qiziii! Yaxshimisiiiiz?

Yarim soatcha gaplashdik. Bu qiz karantinda ro‘zg‘or tarqatib yurganimizda bizga aloqaga chiqqandilar. Dadalari ishsiz qolganlar, o‘zi o‘rtahol oila. Ota oddiy ishchi. Ona uy bekasi, uch nafar farzandning kattasi shu qiz, undan keyin ikkita uka bor.Ular hali maktabga chiqishadi. Yigitlarga ularning manzilini bergandim, borib ro‘zg‘or tashlab kelishgandi.
Mana bir yil o‘tib singlimiz telefon qilibdilar. Xursandchilikdan yig‘lab ham oldilar.

Xullas, yuqorida aytganimdek oila o‘rtahol, ibodatli, halol insonlar. Adalari nihoyatda kamtar. Feysbukda bormilar yo‘qmi, so‘ramabman.

Xullas, bu singlimiz 3D dizaynerlikka qiziqqanlar, tabiiyki o‘qish puli arzon emas, 3D yasaydigan dastur ishlatsa bo‘ladigan noutbuk ham qimmat. Oyilari “qiz bolaga nima zaril o‘qib, shuncha xarajat ketkazib. Adang sani o‘qishingga to‘laydilarmi, ro‘zg‘or qiladilarmi? Bu yoqda ukalaring bor” deganlar. Singlimiz endi orzularim ushalmas ekan deb, ko‘ngillari cho‘kib qolgan. Ota qizni mahzun bo‘lib qolganini sezib, ona bilan gaplashganlar. Ona yana o‘sha gapni takrorlagan: «Qiz bola o‘qib shahar olib berarmidi».
Ota “bu uyda meni aytganim bo‘ladi”, deb shart uydan chiqib ketganlar. Uyda hamma sarosimada. Qiz onadan ta’na-yu dashnom eshitgan, otangni jahlini chiqarding, deb. Ukalar ham qo‘shilgan.

Ertasi kuni ota odatdagidan kechroq kelib, qiziga ertaga tayyor bo‘lib tur, bir joyga boramiz degan. Hamma hayron va xavotirda, tinchlikmikan deb.

Ertasiga barvaqt ota va qiz uydan chiqib, avtobusda markazga kelib, bir o‘quv kursiga kirishadi. Ota bir kun oldin o‘sha qizi aytgan kurslarga kelib, gaplashib ketgan ekan. Qiz hayronligidan ko‘zlari katta-katta ochilib turavergan, u yerdan chiqib "Malika"ga borishibdi, ota katta summaga qiziga noutbuk olib bergan. Qiz shunaqa quvonganki, o‘sha yerning o‘zida ham kulib, ham yig‘lab «Rahmat, dadajoniiim» deyishdan nariga o‘tolmabdi, hayajondan.
Uyga qanot qoqib borishsa, ona noroziroq turgan ekan, nimadir piching qilgan ekanlar, ota bir nigoh tashlab, “men tirik ekanman, qizimni tashlab qo‘ymayman. Qizim o‘qiydi, katta odam bo‘ladi, baxtiniyam beradi. Bu mavzu yopildi” debdilar.

Ertasidan qiz o‘qishlarini boshlagan, mana shuncha vaqt o‘tibdi, ish ham topilgan. “Opa, zakazlaram tushyapti, birinchi oyligimni dadajonimga va oyijonimga berdim. Dadam yig‘lavoray dedilar, “oppoq qizim, sen bilan faxrlanaman” deb peshonamdan o‘pib qo‘ydilar. O‘shanda menga noutbuk va o‘qishimga pul topib berish uchun 2 smenada ishlashga boshliqlari bilan kelishib olgan ekanlar.
“Opa, endi mashinaga harakat qilmoqchiman, dadajonim o‘qimaganlar, oddiy ishchilar, meni orqamda shuncha turib berdilar endi men ularni xursand qilmoqchiman, fevralda tug‘ilgan kunlari, pul yig‘ishni boshladim, hozircha 1875 $ yig‘dim” dedilar.

Rosti juda quvondim.

Qizlariga qahramon bo‘lgan, qizlariga qanot bergan, qizlariga mehribon bo‘lgan otalar, joningiz sog‘ bo‘lsin!

O‘zingizdek yaxshi kuyovlar uchrasin qizlaringizga.

Mard, halol, mehribon va haqiqiy erkaklar ana shunday bo‘ladilar! Sizlarni judayam hurmat qilamiz, ishoning».

Post tugadi.

P.S.: ushbu postga o‘zimdan biror izoh qo‘shmoqchi edim, lekin nima deyishni bilmadim. Yaxshisi xulosani kanalimiz mushtariylariga qoldiraman.

©Xushnudbek

Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
37😢7
Ҳар бир инсоннинг ихтиёрида бир хил 24 соат вақт бор. Билл Гейтсда хам, Уоррен Баффеттда ҳам, Серена Уильямсда ҳам бир суткада 24 соат вақт бор. Фақат кимдир ҳеч нарсага улгура олмаётганидан, вақти етишмаётганлигидан нолиб яшаса, яна кимдир ҳар бир дақиқадан унумли фойдаланади. Вақтингизни нималарга сарфлашингизни ўзингиз танланг.

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
15💯6👍4
#Mulohaza

Oilangiz bilan ushbu 7 ta qoidaga amal qilishga kelishib oling va bu qoidalarni hech qachon buzmaslikka ahdlashing
.
1.Uyingizda uch narsani ta’qiqlang.
- Gʻiybatni...
- Bahslashishni...
- Araz va ginani...
2.Uyingizda uch narsaga me’yor belgilang.
- Telefonga...
- Internetga...
- Televizorga...
3.Uyingizda uch narsani davomli qiling
.
- Qur’on tilovatini...
- Ilmiy suhbatni...
- Jamoat bo‘lib namoz o‘qishni...
4.Uyingizda uch narsani ko‘paytiring.
- Duoni...
- Zikrni...
- Tavbani...
5.Uyingizda uch narsani kamaytiring.
- Ko‘p yeyishni...
- Ko‘p uxlashni...
- Ko‘p gapirishni...
6.Uyingizda uch narsaga bee’tibor bo‘lmang.
- Uzr so‘rashga...
- Hurmat qilishga...
- Tashakkur bildirishga...
7.Uyingizga uch narsani kirgizmang.
- Foiz...
- Harom rizq...
- Birovning haqqi...

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
21💯5
Bolaligim, ortda qolgan bolaligim,
Sofligicha sodda qolgan
bolaligim.
Axir qanday unutayin, kunlar
emas,
Har bir daming yodda qolgan,
bolaligim.

Haqgo'y eding, yolg'onlarga
unamasding,
Bitta ertak tinglamasdan
tunamasding.
Hammani do'st bilar eding,
sinamasding,
Sinoviga mеni solgan bolaligim.

Sеn umrimning bahorimi eding
unda?
Hayotimning ohorimi eding
unda?
Nеga mеnga? Biz birgamiz!? -
dеding unda?
Shu bir so'zing chiqdi yolg'on,
bolaligim.

Payqamabman, ortda qolib
kеtganingni,
Opichlardim, sеzsam tolib
kеtganingni,
Bu yo'qotish - mеndan nolib
kеtganingmi?
Bilolmayin dilda armon,
bolaligim.

Qo'msayman-u ko'rmoqlikka
hеch chora yo'q,
Lahza sayin umidlarim kеch,
chora yo'q.
Hozir sеnday baxtli, mеnday
bеchora yo'q,
Izlaringga intizorman, bolaligim.

Endi mеnga sho'xliklar ham erish bo'lar,
Sеn - tanaffus, endi darsga kirish bo'lar,
Riyozatdan pеshonalar tirish
bo'lar,
Bo'lmaysanmi mеnga darmon,
bolaligim?!

Katta hayot sari mеn ham
qadam qo'ydim,
Bo'ynim uzra bo'yinbog'lar
qadab qo'ydim,
Havas bilan suratingga qarab
qo'ydim,
Tugmalari qadalmagan bolaligim.

Hayolimda sеn hamisha
birgadursan,
Hali-hanuz bilmaganim
o'rgatursan,
Yuragimni yuksaklarga
o'rnatursan,
Qishlog'imda, tog'da qolgan
bolaligim,
Sofligicha sodda qolgan
bolaligim!


#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
14😢5
​​Bilasizmi?
🍃
Qur’oni karimda
tibbiyot, falakiyot, geografiya kabi ko‘pgina aniq fanlarga oid juda to‘liq ma’lumotlar mavjud. Bular borasida bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan va olib borilmoqda. Shulardan bir jihati Qur’oni karimda adadga(miqdor) oid mo‘jizalardir. Biz shulardan ba’zi birlarini eslab o‘tmoqchimiz:
🍃
1) Kunlar (ayyom) so‘zi 365 marotaba zikr qilingan, bu esa bir yildagi kunlar adadidir.
 🍃
2) Alohida kun (yovm) so‘zi esa 30 marotaba zikr qilingan, bu esa bir oydagi kunlar adadidir.
 🍃
3) Oy (qamar) so‘zi 12 marotaba zikr qilingan, bu esa qamariy oylar adadidir.
 🍃
4) Oy (shahr) so‘zi 12 marotaba zikr qilingan, bu esa bir yildagi oylar adadidir.
 🍃
5) Imon so‘zi 25 marotaba zikr qilingan, kufr ham 25 marotaba zikr qilingan.
 🍃
6) Dunyo so‘zi 115 marotaba zikr qilingan, oxirat ham 115 marotaba.
 🍃
7) Farishtalar (maloiklar) 88 marotaba zikr qilingan, shayton ham 88 marotaba.
 🍃
8) Odamlar so‘zi 50 marotaba zikr qilingan, Payg‘ambarlar ham 50 marotaba.
 🍃
9) Erkaklar so‘zi 24 marotaba zikr qilingan, ayollar ham 24 marotaba.
 🍃
10) Hayot so‘zi 145 marotaba zikr qilingan, o‘lim so‘zi ham 145 marotaba.
 🍃
11) Yaxshilik so‘zi 167 marotaba zikr qilingan, yomonlik ham 167 marotaba.
 🍃
12)  Osmonlar (samovot) 7 marotaba o‘zining adadiga mos ravishda zikr qilingan.
 🍃
13)  Jazo so‘zi 117 marotaba zikr qilingan bo‘lsa, mag‘firat so‘zi esa 234 marotaba ya’ni, undan ikki barobar ko‘p.

 🍃
Mazkur mo‘jizalar yana bir karra Qur’oni karimning ulug‘ligiga dalolat qiladi.

Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
15👏2
#ибрат

Оила аъзоларингиз билан овқатланиб ўтираркансиз, ёнингизда бўлмаган ким биландир тинимсиз смслашиб ўтирадиган бўлсангиз — бу муаммо...

Меҳмон келганида ёки бир жойга борганда телефонни столга (кўз тушиб турадиган бир жойга) қўйиб қўядиган бўлсангиз, ўзингиз англамаган ҳолда атрофингиздагиларга "Сиз мен учун аҳамиятли инсон эмассиз" деган тушунча берасиз — бу ҳам муаммо...

Эрталаб кўзингизни очар-очмай аёлингиз (эрингиз), болаларингизга бир оғиз ширин сўз қотмай ёки бошқа бир иш қилмай туриб, телефонни қўлдан қўймасангиз... Демак, сиз — қарамсиз!

Ва бу бошқа қарамликлар сингари, сизни оилангиз, яқинларингиз ва ҳатто Аллоҳ билан  муносабатингизни бузулишига олиб келади, баҳоси йўқ вақтингизни, умрингизни ҳавога совуришга хизмат қилади.

Телефономания — асримиз касаллиги —  ҳаётингиз устидан ҳукмронлик қилишига изн берманг.

Маълумот ўрнида: Америкалик олимлар Интернетнинг инсон психоэмоционал ҳолатига ижобий ва салбий таъсири бўйича тадқиқот ўтказдилар. Тадқиқот натижасига кўра интернет маълумотларининг бор-йўғи 8% ижобий фикрлашга, 92% эса бузғунчилик уйғотувчи таъсирга эга экан.

Атрофга қаранг... Оилангиз сиздан эътибор кутмоқда...

#rumiy

👉 @Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
12🔥3
Тўртталиклар

📜Тўрт нарса тўрт нарсадан тўймайди:

-Очкўз мол-дунёдан;
-Ҳасадчи неъматдан;
-Жоҳил баҳслашишишдан;
-Мутакаббир мақтовдан тўймайди.

🟢Изоҳ: Тўрт нарсани тўрт нарса билан ювиб туринглар:
– Юзингизни кўз ёши билан.
– Тилингизни зикр билан.
– Қалбингизни тақво билан.
– Гуноҳларингизни тавба билан.

🟢Тўрт нарса ризқни тўсади:
- Тонгдаги уйқу.
- Нафлларни кам ўқиш.
- Дангасалик.
- Хиёнат.

🟢Тўрт нарса борки, улар билан бўлса, илм фойда бермайди:
- Дунё муҳаббати,
- Охиратни унутиш,
- Фақирликдан қўрқиш
- Одамлардан қўрқиш.

🟢Тўрт нарса ризқ келтиради:
– Кечаси (ибодатда) қоим бўлиш;
– Саҳар чоғи истиғфорни кўпайтириш;
– Садақа беришга аҳд қилиш;
– Куннинг аввали ва охирида зикр қилиш.

🟢Инсон ҳаёти тўрт нарса оралиғида:
- Тоат-ибодат. Бунга бардавомлик керак.
- Гуноҳ-маъсият. Бунга истиғфор керак.
- Неъмат. Бунга шукр керак.
- Бало. Унга сабр керак.
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
12👍1
Forwarded from Online Halol Bozor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔴🔴🟠🔴🔴🟠🟠🟠🟠🔴🔴🟠
🔴🟠🟠🟠🟠 🔴🔴🔴🔴🔴🔴
BIOAQUA BRENDIDAN KUCHLI OQARTIRUVCHI GURUCHLI NABOR!

Terini yanayam yosh va tarang koʼrsatadi va oqartirish effekti judayam kuchli.
Naborda:
YUZ uchun krem - terini namlantiradi, oziqlantiradi va eng asosiysi oqartirib teriga mayinlik bag‘ishlaydi, ajinlarga qarshi.
Ko‘z osti va ko‘z atrofi uchun krem- ko‘zdagi shishlarni qorayishlarni ketkazadi, koz osti terisini elastikligini oshiradi.
Body lasion- terini namlantiradi, oziqlantiradi va eng asosiysi oqartirib teriga mayinlik bag‘ishlaydi.
PENKA- kuchli oqartiruvchi ugrilarga qarshi PENKA yuz tonini to‘g‘irlaydi, tug‘ruqdan keyingi dog‘larni oqartirib beradi!
Essense emulsiya baza- yuzni yanayam yorqinlashtiradi, tonalkaga yuzni tayyorlab beradi va tabbiy ko‘rsatib beradi.
TONER- Makiyaj qoldiqlarini chuqur va ideal darajada tozalab beradi, terini tinchlantiradi, yuzga ziyoni yo‘q.
💰 Mahsulot narxi: 139.000 so'm
To'lovni mahsulotni qo'lingizga olganda qilasiz
🚚 O'zbekiston boylab yetqazib berish xizmati mavjud


Buyurtma berish uchun 👇
👉
https://alijahon.uz/oqim/85641
👉
https://alijahon.uz/oqim/85641
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Дунё ризқдир...
сенга битилган ризқ тугамай зинҳор сенга ўлим етмас, ўлим етмадими ризқнинг кети сира узулмас.

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
7👍4💯2
● Агар сизнинг режангиз бир йиллик бўлса, шоли экинг;
● Ўн йиллик бўлса, дарахт ўтқазинг;
● Агар бир умрлик режа тузган бўлсангиз, болаларингизни тарбияланг.

©️ Конфуций

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
👍114
ҲАЁТНИНГ 3 МУҲИМ ҚОИДАСИ!

1.
Агар хоҳлаган нарсангни ортидан бормасанг, унга ҳеч қачон эриша олмайсан.
2. Агар сўрамасанг, оладиган жавобинг ҳамиша "Йўқ" бўлади.
3. Агар олдинга қадам ташламасанг, ҳамиша бир хил жойда бўласaн.

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
11👍7
Muhabbat – loyiq bo‘lganlar uchun,
Vafo – unutmaganlar uchun.
Do‘stlik – sodiq bo‘lganlar uchun,
Hayot esa tabassumni bilganlar uchundir...

Jaloliddin Rumiy

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
8👍1💯1
Орзу-ҳавасингни меъёрини бил, очкўзлик йўлига кирма. Аллоҳ марҳамат қилганида ризқ-бараканинг ниҳояси йўқдир.
Юнус ибн Убайд.

☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
11👍3
#Öqing

​​Bir kamzulim bor edi,
Kiysa, odam uyalar,
Chunki olmadek joyin,
Yeb qo‘yishgan kuyalar.
Qishda uni ehson deb,
Berdim muhtoj qo‘shnimga,
O‘sha kuni shu kamzul,
Kirib qoldi tushimga,

O‘tganmishman olamdan,
Chorshanbaning tongida,
Turganmishman do‘zaxning,
Shundoqqina yonida.

Emishman shir yalong‘och,
Na molim bor va na pul,
Ko‘zlarimda dahshatu
Qo‘limda yirtiq kamzul

Oh, u olov, u azob!
Qovrilarmish odamlar,
Qayta-qayta yonishib,
Sovrilarmish odamlar.

O‘t mengayam urarmish,
Yoqay deb yuz, ko‘zimni,
Shu teshik kamzul bilan,
To‘sarmishman o‘zimni.

Faqat, yirtiq joyidan,
Har gal jonim kuyganda,
Der emishman: «Qaniydi,
Kamzul butun bo‘lganda».

Essizgina tiriklik,
Qursin kiyib, yeganim,
Shumi yorug‘ dunyodan,
O‘zimga obkelganim ?!

Oh, qo‘shnim-a, shungayam
Suyunib "Rahmat!" degan,
Olgani-chun rahmatni —
Men aytsam bo‘lar ekan.

Kiyimlarim javonga,
Sig‘ib turardi arang,
Sandiqda qancha lattam —
Qolib ketdi, eh, attang.

Qarindoshlar ichra ham
Qiynalganlar bor edi,
Chehrasidan bilardim,
Kim nimaga zor edi.

Gadoy so‘rasa yuz so‘m,
Javrardim ensam qotib,
Tabassum bilan emas,
Berdim yuziga otib.

Bilsam, muhtoj qo‘liga —
Tutqazganim bir tillo,
Oxirat sandig‘imga —
Tusharkan bo‘b ming tillo.

Yig‘ib merosxo‘rlarga —
Qolib ketar molimni,
O‘ylamabman o‘zim-la —
Olib ketar molimni.

Yoshligimda har neni —
Deyaversam "meniki ",
Bobom derdi: "Ey, bolam,
Bergan narsang — seniki.

Kiyintirgan kiyinar,
Yedirganlar yeydilar,
Birini kiysang, birin —
Ehson qilgin ", derdilar.

"Shosh, — derdilar, — yaqinda —
Muhtoj odam qolmaydi,
Sadaqa qilay desang,
Hech bir odam olmaydi.

Xoh yashirin, xoh oshkor,
Ehson qilgin ko‘pmi, oz,
Hatto, tabassuming ham —
Jannatga bir imtiyoz.

Qarashib qol, Shoislom,
Miskinning osh, noniga,
O‘lmay turib, kirib ol —
Jannatning ayvoniga ".

Yirtiq kamzulni ushlab,
Bir narsani o‘ylardim:
Bilganimda to‘nimni,
Ehson qilgan bo‘lardim.


✍️Marhabo Karimova

••┄┄┄❅┄┄┄•••
📚
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
25👍3👏1
#нимадир

Катталар айтишарди: "кимнидир ҳар доим "ёмон, ёмон" деяверсанг, у чиндан ҳам сен учун ёмон инсонга айланиб боради... "

Инсон табиати шундай экан!

Ўзига қарата айтилган, отилган, битилган- ҳар қандай сўзни, гапни, туҳматни, ёмон муносабатни "ўзимга олмадим", "ўзимни беэътибор тутдим" , "бор-ей деб кетдим" дегани билан, ўзини шундай кўрсатгани билан барибир, ўзига олади...

Оналар айтади: "боламга гапирганимнинг фойдаси йўқ, гапирдим, бирорта гапимни қулоғига олмади... "

Яна кимдир айтади: "гапирдим, у қулоғидан кириб, бу қулоғидан чиқиб кетди!"

Шахсан ўзимга ҳам яқинларим кўп таълим беради, кўп дашном эшитаман:

"Мана мендан ўргансанг бўлмайдими, ким нима деса, ҳўп дейман, сеники тўғри дейману, билганимдан қолмайман. Одамлар гапираверади..."

Жуфтим айтади: "Беэътибор бўлинг, сан кимсану гапинг нима бўларди денг ва кетинг! Нима қиласиз, ҳар гапга асабни бузиб?!"

Биласизларми азизларим, бугун бир ҳақиқатни тушундим...

"Болам гапимни қулоғига олмаяпти" деганингиз билан у сизни албатта эшитаётган бўлади, гарчи у буни ҳозир билдирмаса ҳам...

Балки қирқ ёшда, балки олтмишда у онаси ёки отаси нималар деганини, қандай дашномлар эшитганини албатта эслаб, ўзича бир ёзғириб олади...

"Ёмон, ёмон, ёмон" деяётган одамингиз ҳам, без, безбет, бети қалин деб роса нишларингизни қадаб юрганингиз, гап дозасини ошириб, тоқатини синаган кишингиз ҳам аслида кўксида бир талай ниш билан ҳозир қаердадир яшаётган бўлади...

Қачондир, кимгадир арзимас ширин гап ёки сиз эсида қолмайди деб ўйлаган кичик бир эътиборни кўрсатган бўлишингиз мумкин ёки аҳамиятга молик бўлмаган нимадир...

Ишонингки, у буни ҳалигача кўксида яшнатиб олиб юрибди. Инсон унутувчан деймиз аммо...

Сўзнинг заҳри унутилмайди...

Сўзнинг тиканини қалбдан пинцетда олиб ташлаб бўлмайди...

Сўзнинг шипчаси суқилган жойидан кўклаб, униб чиқишиям мумкин...

Тиканзорингизни танияпсизми, дилозорлар?!

Инсон боласида шундай даҳшатли қурол бор. Номи бир қарич тил. Илоннинг заҳридан ўтадиган заҳар ҳам унда, чаённинг ниши ҳам, бўрининг тиши-ю, шоқолнинг панжаси, тўппончанинг ўқи ҳам ундан кейин қолади...

Кўнгил ойнасининг дарз кетиши-ю, кимлардир дунёга қўл силкиб кетишига ҳам, яхшилар дунёни эрта тарк этишига ҳам ана ўша аччиқ тилдан чиққан бир оғиз заҳар гап сабаб бўлади.

Билакс, бир оғиз ширин сўз дунёни ўзгартириб юбориши мумкин...

Фикр қилайлик:

Бир қарич тилимиз кимнидир бир қулоч бўзга буркаб қўймасин...

Бир қулоч гўрга тиқиб юбормасин...

Яхшини йиқиб, қаддини букиб қўймасин...

Зўрман деб молимизга, Аллоҳ берган сарватимизга, давлатимизга ишонмайлик, ким ўзини зўр деб билса, тили билан мўъжиза кўрсатсин!

Илонни инидан чиқаринг...

Душманни дўст қилинг...

Синганни тузатинг...

Йиқилганга ишонч беринг...

Кейин...

Бу яхшиликни дарёга айлантириб отинг-у кетинг...

Билса, балиқ билур, билмаса Ҳолиқ!

©️Азизахон Исмоилова



👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
25👍3👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥БУГУН 10-июл.
ПАЙШАНБА КУНИНГИЗ МУБОРАК ДИНДОШИМ!!!
🌺🕊


🌱🌸Аллоҳ розилиги ила бугунги янги кунини қаршилаётган қадрдонлар , ҳаётингизда рўй берган барча қийинчиликлар, ташвишлар ортда қолган бўлсин илоҳим.
♦️
🌱🌸Аллоҳ хонадонларингизга фақат қувонч ва шодлик, меҳр-оқибат, рўзғорингизга барака, халол ризқ, барчангизга мустаҳкам соғлик ва иймон зиёдалигини насиб қилиб, ҳамиша яхшиликлари устида қилсин
!

🇺🇿 #rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
3
"ШАЙТОН АЙТАР ЭКАН"😱

1. Агар азон айтганини эшита туриб намоз ўкимаса у мени--Дадам.

2. Агар бойлик - нонни увол қилса у мени --Акам.

3. Агар имомдан олдин рукуга борса у мени-- Ўғлим.

4. Уйига меҳмон келса, ёқтирмай менсимаса у мени--Онам.

5. Очик- сочик кийиниб юрган қиз мени-- Аёлим.

6. Ўзига оро бериб қошини терган аёл у мени -- Жазманим.

7. Агар овқатланганда «БИСМИЛЛАҲ »-деб емаса у мени --Келажагим.

8. Дунёга берилиб охиратни унутган у мени--Болаларим.

9. Мана шу айтганларимни бировга етказган у мени -- Душманим.

10. Агар шу айтганларимни сир сақлаган у мени хақиқий-- Дўстим.

ШАЙТОНГА ДУШМАН БЎЛИНГ БУ НАРСАНИ ХАММАГА ТАРҚАТИНГ
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
10😢5👍2💯2
ЭНГ ЗАРУР ТИББИЙ ЎГИТЛАР

#ЭСЛАТМА

Илиқ кўк чой асал билан ичилганда мияга кўп фойда беради.

😄 Тишларингизни тоза тутинг.

🥕 Ётишдан олдин сабзи истеъмол қилиш соғлиққа фойда.

💨 Сувни узоқ қайнатиш ёки қайнатилган сувни яна қайнатиб чой дамлаш жуда зарарли.

🍷 Жигар хасталигини беҳи суви даволайди. Беҳи шарбатини кунига 1-2 коса ичиш тавсия этилади.

🍶 Ҳар қандай касалликни даволашни ошқозонни қатиқ зардоби билан ювишдан бошланади.

🚶‍♀ Оёғингиз доим тоза, қуруқ, иссиқ бўлсин.

Кўк чой буйракни ювади, ундаги яллиғланишни даволайди.

⛹‍♀ Ётишдан олдин енгил бадантарбия қилинг.

🍎 Уйқудан олдин қуйидагиларни истеъмол қилиш мумкин: олма, бир қошиқ асал, бир стакан кефир ёки асал қўшилган бир стакан илиқроқ сут.

🍯 Уйқуси қочган одам асал яласин.

🍶 Тез-тез қатиқ зардобини ичиб туриш қоннинг ифлосланиши (уремия) касаллигидан асрайди.

🕊 Чумчуқ ва бедана шўрва одамни ҳар тарафлама бақувват қилади.

🍗 Инсон жигари тўрт нарсани: хом карам, творог, қаттиқ нон, асални яхши кўради.

🚿 Ёзда тез-тез совуқ сувда ювиниб турсангиз, юрагингиз, жигарингиз иш фаолияти яхшиланади.

🍚 Ширгуруч инсон умрини узайтиради, эркаклик уруғини кўпайтиради.

😬 Ҳаммомдан кейин тишни ювсангиз, тез оқаради.

🍹 Наматакни қайнатиб чой ўрнида ичиш ниҳоятда фойдали.

🚶Мунтазам ўтириб ишлайдиган одам ҳар соатда ўрнидан туриб юрсин.

🍏 Олма инсон организмига барча зарур нарсаларни етказиб беради. Ҳар куни икки дона олма ейиш кифоя қилади.

🙃 Ошқозон оғриганда наҳорда ҳамда ётиш олдидан бир қошиқ доғланган зайтун мойи ичиш тавсия этилади.

😪 Кези келганда меъёрида йиғлаб туриш соғлиққа фойдали.

🍶 Кимда-ким ҳар 10-15 кунда бир марта шомда 1 литр қатиқ зардобини ичиб, ичини ювса, қон босими, қанд, бавосир, ошқозон оғриғи каби хасталиклардан халос бўлади.

Сабзавот, кўкатлардан унумли фойдаланиш умрни узайтиради.

Доим кўк чой ичиб, сариқ сабзи еб юрган одам ўсма (рак) касалига чалинмайди.

🏃 Спорт турлари ичида энг фойдалиси югуришдир.

❗️Бу маълумотни бошқаларга ҳам eтказайлик.
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
24👍1👎1💯1
2025/07/14 05:27:37
Back to Top
HTML Embed Code: