Telegram Web Link
🔥Ота қизини ўпса бўладими?😱

П.с: Жавоби сизни хайратда қолдириши аниқ...

Жавобини тез билиб олинг! 👇
2
Darveshga “Hamma narsamdan ayrilayotgandek his qilyapman oʻzimni. Yuragim xotirjam emas”, dedi bir kishi...

Unga darvesh shunday javob berdi:
– Daraxtlarga qara, har yili yaproqlarini yoʻqotadilar,
lekin hamon tik oyoqda turishibdi.
Sen sabr qil, shukr qil va duo qil...


©Shams Tabriziy

https://www.tg-me.com/Rumiy_AforizmlariUz

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
6😢4
Qalam ado bo‘lib, siyoh qurib, sahifalar yopilib, ishlar bitib, qadar yozib bo‘lingan.

''Bizga faqat Allohning yozib qo‘yganidan o‘zga narsa yetmaydi''
(Tavba surasi, 51-oyat)


https://www.tg-me.com/Rumiy_AforizmlariUz

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
10👍2
⭕️Турмуш қурганимга 2 йил бўлди 9 ойдан бери турмуш ўртоғим бн шахарда яшардик хар ойда қишлоққа Қайнона-Қайнотамни кўришга ва рўзгор ишларини қилиб келишга борардик. Қайним овсиним билан ажрашиб кетганди. 2 ой аввал кайнонам эрим билан гаплашиб, хотинингни ташлаб кетасан ўзинг келиб турасан хотининг хизматимизни қилади деб туриб олдилар. Хўжайиним хам ноилож ташлаб кеттилар, базида қайним билан 1 уйда ёлғиз қолардик қайнотам ва қайнонам ишда бўларди, бир куни уйда хеч ким йўқлигидан файдаланган қайним мени....😨👇
3
Sen chin erkak boʻlsang, u haqiqiy ayol boʻladi!
Sen chin er boʻlsang, u haqiqiy xotin boʻladi!
Sen podshoh boʻlsang, u malika boʻladi!
Sen oshiq boʻlsang, u sevadi!
Oʻzing “hech narsa” boʻla turib,
undan har narsa kutma!
Hoy erkak,
senga jon berilgan vaqtda ayol qornida eding,
yigʻlaganingda, ayol bagʻrida eding,
oshiq boʻlganingda esa ayol qalbida eding!
Ayol omonatdir. Uni xorlama!


©Ikrom Sharif

Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
👍173🤣2
INSON QASIDASI

Sobit-ul sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing,
Mulki olam ichra bir xoqon o‘zing, sulton o‘zing.
Sobit o‘z ma’vosida, sayyor fazo dunyosida,
Koinot sahrosida karvon o‘zing, sarbon o‘zing.

Shams — dil taftingdadur, sayyoralar kaftingdadur,
Keng jahon zabtingdadur, bog‘bon o‘zing, posbon o‘zing.
Bu yorug‘ dunyo nadur? Koshonadur, vayronadur,
Senga mehmonxonadur, mehmon o‘zing, mezbon o‘zing.

Bunda oq birla qaro, zulmat, ziyo, shoh-u gado,
Jang qilurlar doimo ul yon o‘zing, bul yon o‘zing.
Sen balo, ham mubtalo, xayr ila kin, rost-u riyo,
Fitnagar olam aro fatton o‘zing, qurbon o‘zing.

Goh adolat bog‘ida, piri adovat gohida,
O‘z diling dargohida shayton o‘zing, g‘ilmon o‘zing.
Xormisan yo gulmisan, tojdormisan yo qulmisan,
Cho‘g‘zmisan, bulbulmisan, nodon o‘zing, xushxon o‘zing.

Bu hayot o‘rmon ekan, jon borki, qasdi jon ekan,
Bunda qatl oson ekan, sirtlon o‘zing, jayron o‘zing.
Bu hayot ummon ekan, ummon abad gardon ekan,
Qatradek sarson ekan, sarson o‘zing, gardon o‘zing.

Mash’ali fikrat — sening, ham changali vahshat sening,
G‘ayrat-u g‘aflat sening, javlon o‘zing, uryon o‘zing.
Qilding-u oyda xirom, ham yerda qon to‘kding harom,
Ushbu holingdan mudom xandon o‘zing, giryon o‘zing.

Minding ilm narvoniga, chiqding funun osmoniga,
Bu jahon ayvoniga arkon o‘zing, vayron o‘zing.
Zarrani ijod etib, dahshat balo bunyod etib,
Oqibatni yod etib, hayron o‘zing, hayron o‘zing.

Bog‘i arz obod erur sendin agar imdod erur,
Yo‘qsa u barbod erur, to‘fon o‘zing, to‘g‘on o‘zing.
Sen hilol, yulduz, salib, Tavrot, Zaburdin yuksalib,
Boymisan yoki g‘arib, komron o‘zing, yakson o‘zing.

Kim farangi, kim habash, irq, qon talash, iymon talash,
Shulmi insondek yashash, armon o‘zing, afg‘on o‘zing.
Mamlakatga mamlakat, millatga millat bo‘lsa qasd,
Qilg‘uchi so‘ng oqibat armon o‘zing, afg‘on o‘zing.

Onayizoring — zamin, tanho yo‘g‘-u boring — zamin,
Xasta bemoring — zamin, o‘g‘lon o‘zing, darmon o‘zing.
Bag‘rida yotquchi — sen, ne’matlarin totquchi — sen,
Tig‘ bo‘lib botquchi — sen, paykon o‘zing, qalqon o‘zing.

Marsga to‘p otquchi — sen, Zuhroni uyg‘otquchi — sen,
Uyquda qotquchi — sen, uyg‘on o‘zing, uyg‘on o‘zing.
Kelding olamga, demak, etmas uni so‘rmak, yemak,
Yerni etmog‘ing kerak bo‘ston o‘zing, rizvon o‘zing.

So‘zga ham poyon bo‘lur, yozsam yana devon bo‘lur,
Rustami doston bo‘lur, doston o‘zing, devon o‘zing.
Bo‘lmasin subhing qaro, bor bo‘l mudom borliq aro,
O‘zni etgil doimo inson o‘zing, inson o‘zing.

Ey, sen Erkin, sen bukun yozding dilingdan bir tugun,
Sen kim-u ne dahri dun, biyron o‘zing, nodon o‘zing
!

Erkin Vohidov

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
11😢2
2025/07/14 11:36:22
Back to Top
HTML Embed Code: