Yaxshilarni chiroq yoqib izlamang! shundoq ham, Tangri nazari tushganlardan nur taraladi..
Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉 @Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉 @Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
🌿 Bir toifa erkaklar:
-Bitta bolaga eplab qarolmaysan!
-Ust-boshingdan yogʻ hidi
kelyapti, nari tur!
-Namuncha semirib ketyapsan?!
🌿 Yana bir toifalari:
-Bilaman charchab qolyapsan...
Bola bilan osonmas...
-Qiyin ovqatni boshlabsan, issiqda
qiynalmaysanmi?
-To'lishganing o'zingga
yarashgan. Menga yoqadi..
***
Ayolidan bir ogʻiz shirin so'zni
qizgʼonadiganlar ham bor...
Ayoliga shirin so'z aytishni
sunnat deb biladiganlar ham..
Alhamdulillah... Borligingiz va
yorligingiz uchun..
#rumiy
👉 @Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
-Bitta bolaga eplab qarolmaysan!
-Ust-boshingdan yogʻ hidi
kelyapti, nari tur!
-Namuncha semirib ketyapsan?!
🌿 Yana bir toifalari:
-Bilaman charchab qolyapsan...
Bola bilan osonmas...
-Qiyin ovqatni boshlabsan, issiqda
qiynalmaysanmi?
-To'lishganing o'zingga
yarashgan. Menga yoqadi..
***
Ayolidan bir ogʻiz shirin so'zni
qizgʼonadiganlar ham bor...
Ayoliga shirin so'z aytishni
sunnat deb biladiganlar ham..
Alhamdulillah... Borligingiz va
yorligingiz uchun..
#rumiy
👉 @Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Qalblarni sindirmang...
Ehtimol unda o‘zingiz yashayotgandirsiz.
©️ Ayman Yog‘iy
https://www.tg-me.com/Rumiy_AforizmlariUz
Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...👇🏻👇🏻

❗️#Farzand_tarbiyasi
Bolangizning o‘ziga ishonchini xosil qildirishning 52 ta yo‘li:
1. Boshqalar oldida bolangizni maqtang.
2. Uni tanqid qilmang.
3. Unga “Ruxsat bersang…” deb ayting.
4. Unga bolalardek muomala qiling va bolalardek yashasin.
5. O‘zi mustaqil qaror chiqarishiga yordam bering.
6. Unga suzishni o‘rgating.
7. Biror bir munosabatlarda uni mexmonlardek sharaflantiring.
8. Uning fikri xaqida so‘rang va baʼzi bir ishlarda uning so‘zini oling.
9. Uyning bir qismini u uchun ajrating va uning erishgan yutuqlarini ko‘rgazma qilib quying.
10. Unga do‘stlar topishda yordam bering.
11. Unga xayotdagi o‘rni va axamiyatini eslating. Bu esa Alloxning qudrati va mukofoti ekanini xis qildiring.
12. O‘zingiz bilan namoz o‘qishga o‘rgating.
13. Alloxga bo‘lgan boshlang‘ich iymonni singdiring.
14. O‘zining fikrini insonlar oldida qanday bayon qilishni o‘rgating.
15. Taʼlimotlarni o‘qib, unga qanday ergashishni va amal qilishni bildiring.
16. O‘ziga vazifa yuklashni, uni davom ettirishni va yakuniga yetkazishni o‘rgating.
17. “Birinchi yordam” ko‘rsatishni o‘rgating.
18. So‘ragan barcha savollariga javob bering.
19. Unga vaʼda qilgan narsangizga xilof ish qilmang.
20. Oshpazlikdan tuxum qovurishni, kartoshka qaynatishni va non isitish kabilarni o‘rgating.
21. Unga baraka va duoning axamiyatini bildiring.
22. Boshliqlik vazifasini qanday qilishni o‘rgating.
23. Uni (o‘ziga kerakli bo‘lgan) savollar berishga qiziqtiring.
24. Unga o‘rtoqlari orasida o‘z o‘rni borligini xis qildiring.
25. Farzandingizning ishlarida biror qarorga nima sababdan kelganingizni ayting.
26. Farzandingiz maktabiga borgan birinchi kunida u bilan birga bo‘ling.
27. Unga o‘zingizning bolalik davringizdagi voqealarni aytib bering.
28. Farzandingiz mudarris (ustoz) o‘rnida, o‘zingiz o‘quvchi o‘rnida rol o‘ynang.
29. Farzandingiz biror narsani zoye qilganida o‘ziga qanday zarar bo‘lishini o‘rgating.
30. Unga qanday xolatlarda raʼd etishni va “yo‘q” deya olishni o‘rgating.
31. Unga qanday xadya berishni xam o‘rgating.
32. Unga yetarlicha pul beringki, kerakli vaqtlarda o‘z ixtiyoricha ishlata olsin.
33. Biror narsa yodlasin, yodlaganlarini esida saqlay olsin.
34. Nafsini va tanasini ximoya qila olishni o‘rgating.
35. O‘zini shubxalantirgan narsalari xaqida so‘raganida ularni sharxlab bering.
36. “Seni o‘zimdan chetlashtiraman, eʼtibor bermayman”, deb taxdid qilmang.
37. Biror ish yuzasidan oldindan ogoxlantiring.
38. Muvaffaqiyatsizlik kelib chiqish sabablarini o‘rgating.
39. Mablag‘ini qanday sarflashni o‘rgansin.
40. U uchun yangi narsalar kashf qiling. Garchi uning natijasini bilsangiz xam, o‘sha vaqtda o‘zingizni bilmagandek tuting.
41. Maqsadlarini qanday to‘g‘ri tartibga solishni o‘rgating.
42. Orzular qilishga shijoatlantiring.
43. Qurʼon oyatlari asosida erkak va ayollar orasidagi farqni o‘rgating.
44. Unga rostgo‘ylik, samimiylik va oliyjanoblik xislatlarini o‘rgating.
45. Yuklatilgan vazifalarning masʼuliyatini o‘rgating.
46. Farzandingizning ishlardagi yutuqlarini maqtang.
47. Chiroyli yozishni o‘rgating.
48. Uy xayvonlariga bo‘lgan munosabatni o‘rgating.
49. O‘zingizdan sodir bo‘lgan xatolar uchun kechirim so‘rang.
50. Baʼzida unga kutilmagan tuxfalar taqdim qiling.
51. Xar kuni Qurʼon o‘qishga odatlantiring.
52. Unga siz uni yaxshi ko‘rishingizni va u sizning qalbingizga yaqin ekanini ayting. Bu esa o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantiradi.

Do'stingiz betobmi?.. [@Rumiy_Aforizmlari]
Do'stingiz betobmi? Ko'rgani boring,
Bag'ringizga bosing silang boshini.
Balki yig'lagandir ko'nglini oling,
Arting xasta ko'zdan oqqan yoshini.
Do'stingiz betobmi? Boring yoniga,
Sizni ko'rib darhol tuzalib qolar.
Mador qo'shiladi bemor joniga,
Axir odam taftin odamzot olar.
Do'stingiz betobmi? Ko'rgani boring,
Mehrga muhtoj u o'zga na darkor.
U bilan miriqib gaplashib oling,
Balki bu uchrashuv bugun so'nggi bor.
Do'stingiz betobmi? Yo'qlang bir bora,
Obormang kerakmas nozi - ne'matlar.
Ishlaringiz qo'ying toping bir chora,
Inson ila ketar insondan dardlar.
Do'stingiz betobmi? Ko'rgani boring,
Og'rigan diliga quvonch to'ladi.
Mayli ishdan qoling, mablag'dan qoling,
Boring hech bo'lmasa savob bo'ladi.
2.10.2020
Muhammad G'aniy...✍
Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉 @Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Do'stingiz betobmi? Ko'rgani boring,
Bag'ringizga bosing silang boshini.
Balki yig'lagandir ko'nglini oling,
Arting xasta ko'zdan oqqan yoshini.
Do'stingiz betobmi? Boring yoniga,
Sizni ko'rib darhol tuzalib qolar.
Mador qo'shiladi bemor joniga,
Axir odam taftin odamzot olar.
Do'stingiz betobmi? Ko'rgani boring,
Mehrga muhtoj u o'zga na darkor.
U bilan miriqib gaplashib oling,
Balki bu uchrashuv bugun so'nggi bor.
Do'stingiz betobmi? Yo'qlang bir bora,
Obormang kerakmas nozi - ne'matlar.
Ishlaringiz qo'ying toping bir chora,
Inson ila ketar insondan dardlar.
Do'stingiz betobmi? Ko'rgani boring,
Og'rigan diliga quvonch to'ladi.
Mayli ishdan qoling, mablag'dan qoling,
Boring hech bo'lmasa savob bo'ladi.
2.10.2020
Muhammad G'aniy...✍
Hammaga ulashing😊
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
👉 @Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Telegram
Rumiy
https://www.tg-me.com/Rumiy_AforizmlariUz
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-UssP0v0h18N_Nh1K

OTA
Ishdan chiqib, shirinlik do‘koniga bordim. Kichkinam uch kundan buyon:
- Aya, tort olib keling, - deb zorlanadi.
Pulim oz edi, shu sabab bolamga yarasha kichkina tort sotib oldim. Uyga qaytishimda yo‘limdan otam chiqdi.
- Ishing tugadimi? - so‘radi dadam salom alikdan so‘ng.
- Ha, dada.
- Qo‘lingdagi nima?
- Nevarangizni tort yegisi kelibdi, shunga...
- Ha. Tezroq olib bor. Yo‘lingni poylab o‘tirgandir.
Otam bilan xayrlashib uyga ketdim. Dadam orqamdan qarab qoldi. Uyga kelgach, tortni kenjatoyimning oldiga qo‘ydim.
- Bobom kelyaptilar, - dedi darazadan ko‘chani tomosha qilib o‘tirgan katta o‘g‘lim.
- Dadam? Nega kelyapti ekanlar?
Fursat o‘tmay dadam keldi. Ichkariga boshladim, lekin dadam ko‘nmadi. Ostonadan turib qo‘limga bir qutini uzatdi.
- Bu nima, dada?
- Tort. Yodingdami, bolaligingda tortni yaxshi ko‘rarding. Qo‘lingdagi kichkina tortni bolangga ilinib, o‘zing yemasliging aniq. Shuning uchun senga o‘zim tort sotib olib keldim. Sen bolangni xursand qilayotganingni ko‘rib, men ham seni xursand qilgim keldi...
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Ehtimol dadam ham shunday qilgandir...

#маълумот
Уйқунинг қанча тури бор, биласизми?
1. Суннат уйқу.
Офтоб кўтарилиб, то пешин намозигача бўладиган оралиқдаги бу уйқу "қайлула" дейилади. У ақлни кўпайтиради.
2. Бидъат уйқу.
Пешин намози вақтидаги уйқу.
3. Телбаликка сабаб бўладиган уйқу.
Аср намозидан кейинги уйқу девоналик, паришонхотирлик ва телбаликка сабаб бўлади.
4. Уқубатга сабаб бўладиган уйқу.
Киши хуфтон намозини ўқимасдан ухласа, бу дунёда ҳам, охиратда ҳам азоб-уқубатга қолади.
5. Одатий уйқу.
Хуфтон намозидан кейинги одатий уйқу.
6. Надоматга сабаб бўладиган уйқу.
Тонготар вақтида ухлаш. Шунингдек, илмий мажлис бўлаётган вақтида ухлаш ҳам надоматга сабаб бўлади.
7. Ғафлат уйқу.
Тонг отаётганида ухлаб ётиш. Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам қизлари Фотимага родияллоҳу анҳо: "Тонгда ухлаб ётмагин, чунки бу вақтда уч нарса: яхшилик, одоб ва барака тақсимланади", дедилар. Ким тонг отаётганида ухлаб ётса, шу уч нарсадан қуруқ қолади.
8. Фақирликка сабаб бўладиган уйқу.
Бомдоддан кейин кун чиққунча ухлаб ётиш камбағалликка, девоналикка, қарздорликка сабаб бўлади.
9. Ғаромат (зиён) уйқу.
Кишининг ибодатдан сўнг дуода, санода, салавотда, қироатда кўзи кетиб қолса, ғаромат уйқу саналади.
10. Роҳат уйқу.
Касал ва гўдакларнинг уйқуси. Улар қанча кўп ухласа, фойда ва роҳат олишади.
11. Ибодат уйқу.
Олимлар, обидлар ва рўзадорларнинг уйқуси. Киши хуфтон намозидан сўнг таҳоратли ухласа, фаришталар ҳимоясида бўлади.
12. Каромат уйқу.
Тунда намоз ўқиб туриб, чарчаб саждада ухлаб қолиш".
Масъуд ибн Маҳмуд ибн Юсуф ас-Самарқандий, "Салоти Масъудий"
☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!

Ота-онанинг фарзандида ўн ҳаққи бор:
1. Ота-она оч қолса, тўйдиради.
2. Либосга муҳтож бўлса, кийинтиради.
3. Иш буюрса, бажаради.
4. Чақирса, “лаббай” деб дарҳол ёнларига боради.
5. Бир нарса буюрса, бажаради. Буюрган нарсалари гуноҳ бўлса, юмшоқлик билан тушунтиради ва чиройли тарк этади. Кўнглини олади.
6. Ота-онага юмшоқ гапиради.
7. Исмларини айтиб чақирмайди.
8. Уларнинг ортида юради.
9. Ўзи учун хоҳлаб, раво кўрган нарсасини ота она учун ҳам хоҳлаб раво кўради, ўзи учун истамаган раво кўрмаган нарсани улар учун ҳам раво кўрмайди, истамайди.
10. Ўзи учун дуо қилганда, улар учун ҳам Яратгандан кечирим сўрайди – мағфират тилайди.
Вафотларидан сўнг ота онани рози этмоқ уч нарса билан мумкин бўлур:
1. Фарзанд Яратганнинг буюрганига амал қилиб, қайтарганларидан қайтса – таъқиқларидан тийилса, солиҳ бўлса... (марҳум ота она рози бўлур). Чунки, ота-она фарзандлари солиҳ бўлганидан севинганчалик бошқа нарсадан севинмайди.
2. Уларнинг қариндошларини, дўстларини зиёрат қилиш билан...
3. Ота она учун Яратгандан кечирим – мағфират, авф тилаш билан улар учун (уларнинг номига ёки улар номидан) садақа бермоқ ва яхшилик (эҳсон) қилмоқ билан...
“Ҳикматлар хазинаси” китобидан.
Ота-оналаримизни қадрларига етайлик!

ОТАМ КEЛДИ УЙИМГА
Кўнглим юксалди тоғдек,
Уйим яшнади боғдек,
Зимистонга чироғдек,
Отам келди уйимга.
Омонмисан қизим деб,
Матонатим, юзим деб,
Ортда қолар изим деб,
Отам келди уйимга.
Икки қўлида бозорлик
Шундоқ келса, озордек,
Меҳрибоним, хуш кўрдик,
Отам келди уйимга.
Бош қўяйин пойига
КАЪБА деб турган жойига,
Тўйиб олай нурли чиройига,
Отам келди уйимга.
Лек кўзим очган ҳамон,
Афсус, бу тушим экан.
Армонимдир бу ИНСОН,
Бир орзу хушим экан.
Мен яхшиман, ОТАЖОН,
Жаннатда кулиб юринг..
Лек тушимда бўлса ҳам
Уйимга келиб туринг.
Эҳ, Отаси омонлар,
Сиз энг бахтли инсонлар,
Тўлиб, тошиб дия олар
«ОТАМ КEЛДИ УЙИМГА!»
#rumiy
👉 @Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Кўнглим юксалди тоғдек,
Уйим яшнади боғдек,
Зимистонга чироғдек,
Отам келди уйимга.
Омонмисан қизим деб,
Матонатим, юзим деб,
Ортда қолар изим деб,
Отам келди уйимга.
Икки қўлида бозорлик
Шундоқ келса, озордек,
Меҳрибоним, хуш кўрдик,
Отам келди уйимга.
Бош қўяйин пойига
КАЪБА деб турган жойига,
Тўйиб олай нурли чиройига,
Отам келди уйимга.
Лек кўзим очган ҳамон,
Афсус, бу тушим экан.
Армонимдир бу ИНСОН,
Бир орзу хушим экан.
Мен яхшиман, ОТАЖОН,
Жаннатда кулиб юринг..
Лек тушимда бўлса ҳам
Уйимга келиб туринг.
Эҳ, Отаси омонлар,
Сиз энг бахтли инсонлар,
Тўлиб, тошиб дия олар
«ОТАМ КEЛДИ УЙИМГА!»
#rumiy
👉 @Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
O‘qituvchilik kasbi...
✒️Meni onam 16 yoshidan boshlab o'qituvchilik qilgan. O'zining deyarli 40 yil umrini shu kasbga sarflagan. Leninning e'tirofidan boshlab yoki Xalq ta'limi a'lochisi unvonlarigacha olgan.
Moliya tomonidan ham muammosi bo'lmagan. Har holda odamlar avtomobilni shayton arava deb yurgan vaqtda o'zining yangi markadagi moshinasi ham bo'lgan.
Umuman olganda butun umrini shu narsa uchun sarflagan. Vodiyning juda ko'p hududlaridan o'quvchilari ko'p edi. Farg'ona, Andijon va Namangan. Eng qizig'i har bir o'quvchisi xarakteri, oilasi va keyingi holatlarigacha to'laqonli eslab qolgan edi.
Kasbini yaxshi ko'rardi axir...
Lekin eng qiziq tomoni onam meni o'qituvchi bo'lishimni hech qachon istamagan. - Mabodoga o'qituvchi bo'lishni xayolingga ham keltirma der edi. Men ham bu kasbni tanlamaganman. Qiziqishim bor. Lekin menga aniq bir o'qituvchilik yo'nalishidan ko'ra ko'proq instruktorlik maqomi yoqadi. Shu uchun ham kimdir nimadir so'rasa erinmasdan tushuntirib beradigan kasalim bor.
Onam bu kasbni tanlashimga qarshi bo'lgani, men ham bu kasbni tanlamaganimga oxirgi vaqtlar xursand bo'lib ketyapman.
Bugun kechroq zarurat sabab do'ko'nga chiqib keldim. Shunchaki dahshatli sovuq edi. Hattoki nafas olishni o'zi ham bir muammo. Shunday sovuqda esa bugun ko'plab o'qituvchilarga umuman befoyda ishga borishga majbur qilinganliklari.
Maktabda o'qib yurgan vaqtimizda Fizika o'qituvchimizda ural velosipedlari bo'lardi. Maktabni bitirganimga 10 yildan oshdi. O'sha o'qituvchim hali ham ural velosipedda va filtrsiz karvon sigaretini chekadi. Albatta ular meni qoniqtira oladigan darajada dars bera olishmagan. Maktabda fizika fanini o'tishni boshlashdan avvalroq elektronika bilan shug'ullanishni boshlagnim uchun o'zimdan katta sinflar darsliklarini qo'ltiqlab yurishga majbur bo'lardim. O'qituvchimizga turli savollar beraversam buni tog'angdan so'rardingu o'lib ketgani yomondan der edilar (Tog'am O'zbekistondagi birinchi dasturchilardan bo'lgan. Atari o'yin avtomatlarini dasturlash bilan shug'ullangan + shu o'qituvchimizniz bilan og'ayni bo'lishgan). Aniqroq aytganda men savolalrimga javob topa olmaganman ko'pincha. Lekin ular men uchun motivatsiya berishardi har doim. Achinadiganim esa hali ham ural velikda ekanliklari...
Bizni maktab "Qo'ybeshov" deyishardi. Keyinchalik Maxdumi A'zam nomiga olingan. Biz o'tish davriga mos kelganimiz sababli maktabda ma'lum darajada tojik tillari darslari ham saqlanib qolgan edi. O'sha vaqtda banalniy tuyulgan bo'lsada bu fan o'qituvchimiz ham bizga yaxshi narsalarni o'rgatgan edilar. Har holda O'zbek adabiyotdan ko'ra ko'proq va yaxshiroq ta'lim berganlar. Bularning birortasi menga shu kungacha faqat foydaga ishladi. Lekin o'qituvchimiz pensiyadan narisiga erish olmadi.
Tarix va geografiya o'qituvchilarimiz bilan esa ajoyibroq holat bo'lgan edi. Bu ikki fan bizga barcha fanlardan ko'ra yaxshiroq va qiziqarli o'tib berilgan. Har holda tarix darsini biz real ertak qahramonlari obrazida o'tardik. O'qituvchimiz xuddi aktyorlardek dars o'tib berar edilar. Keyinchalik tarix yo'nalishida ketgan o'quvchilari ham yomon bo'lmadi. Masalan bulardan biri sinfdoshim edi. Tarixdan har holda yuridik universitetda eng yaxshi natijani ko'rsat olgandi. Eng qiziq tomoni esa biz maktabni bitirib ketgach ularning diplomlari qalbakiligi sabab bo'shaltilishgani haqidagi xabarni eshitishganiz bo'ldi. Ha, ular bu fan mutaxassislari emas edi. Men uchun esa ular yaxshi ustoz maqomida qolaverishadi. Faqatgina ayanchlisi ularni ham yuqoridagi omadsizlar ro'yxatiga qo'shish kerak ekanligi.
Aslini olsa har bir o'qituvchi o'z o'quvchilarini farzandidek yaxshi ko'radi. Kapitalistik jamiyatda qanchalik yovvoyi ko'rinmasakda o'zganing bolasiga ham mehrli bunday yaxshi insonlar oramizda bor.
Ammo ular omadsiz insonlar. Ularda yaxshi o'quvchilar, muhandis, tilshunos, shifokor shogirtlar bor. Lekin buning evaziga hech narsa olishmadi.
O'zbekistonda o'qituvchi bo'lish va o'z joniga qasd qilish orasida hech qanday farq mavjud emas.

🇺🇿 Bugun 30 iyun — Oʻzbekistonda «yoshlar kuni!»
Bayramingiz muborak boʻlsin Oʻzbekiston yoshlari!
Barcha doʻst va yaqinlaringizni birinchi boʻlib tabriklash esdan chiqmasin!
#rumiy
👉 @Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Bayramingiz muborak boʻlsin Oʻzbekiston yoshlari!
Barcha doʻst va yaqinlaringizni birinchi boʻlib tabriklash esdan chiqmasin!
#rumiy
👉 @Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
• Ҳаёт — моҳир муаллим, гарчи гапира олмасада жуда яхши тушунтиради.
• Ҳаёт — одил хакам, унда ҳеч ким ғирром уйнайолмайди.
• Ҳаёт — уста тарозибон, нимага лойиқ бўлсангиз фақат ўшани беради.
• Ҳаёт — шундай хонандаки, одамларни ҳохлаган куйига уйната олади.
• Ҳаёт — оқил донишманд, сизга нима яхши, нима ёмонлигини эслатиб туради.
• Ҳаёт — бахт ва бахтсизлик, орзу ва армон, муҳаббат ва нафрат, хурмат ва иллат, доно ва нодон, оқибат ва ғафлат каби жуфтликлар йиғиндисидир.
• Ҳаёт — баҳоларингиз жамланиб борадиган кундалик дафтардир. Охирида баҳоларингизга қараб ё жаннат ёки дўзахга йўлланма оласиз.
• Ҳаёт — кичкина ҳовли, ҳовлингизга ҳоҳласангиз гул экасиз, хоҳласангиз тиконзорга айлантирасиз.

Бир куни эркак аёлига:
— Нега ишламайсан? Тур, кўчага чиқ, ишла. Ахир оилага иккимиз ҳам жон тортишимиз керак, — деди.
Аёли эса майин овозда:
— Савол берсам бўладими? — деди.
— Ҳа, албатта, — деди эркак.
Шунда аёл сўради:
— Нега аёлларнинг кўйлагида чўнтак бўлмайди, биласизми?
— Нега? — деб қизиқди эркак.
Аёл жавоб берди:
— Чунки биз пул тўлаш учун эмас, балки пул топадиган эркакка барака бўлиб, унинг ярмини тўлдириш учун яратилганмиз. Агар аёлнинг топганида барака бўлганида, аёллар кўйлакларига чўнтакни телефон учун эмас, пул учун тиктирган бўлардилар.
Аёлнинг баракоти бир оилани чўлдан боғга айлантириши мумкин. Аммо унинг топган пули ҳар доим ҳам камбағалликдан бойликка олиб чиқавермайди…

NAFS VA INSON🌙
• Nafs: - “Mana senga kerak boʻlsa taxt”.
• Inson: - “Yoʻq kerakmas. Islomim bor! Men uchun bu baxt”.
• Nafs: - “Balki yoqar oysuluv qizlar?”.
• Inson: - “Yoʻq yorim bor, baxtlimiz bizlar”.
• Nafs: - “Balki senga kerakdir boylik?”.
• Inson: - “Qanoatla xolim chiroylik”.
• Nafs: - “Undan koʻra sen oʻynab kulgin...”.
• Inson: - “Qiyomat bor sen xayo qilgin”.
• Nafs: - “Bu dunyo besh kunlik bilgin”.
• Inson: - “Xaqni aytding. Sen taqvo qilgin”.
• Nafs: - “Balki senga yoqar kayf safo?”.
• Inson: - “Halolga xoʻp, qolgani jafo”.
• Nafs: - “Sharoblar bor. Mast boʻlib koʻrgin!”.
• Inson: - “Uni qoʻy. Iymon lazzatin tuygin”.
• Nafs: - “Koʻzingni och dunyo makrdir...”.
• Inson: - “Makrlarga toʻsiq zikrdir”.
• Nafs: - “Axmoqsan seni hayoting gʻurbat”.
• Inson: - “Yoʻq umidim abadiy Jannat”.
• Nafs: - “Men nafsingman yengildim senga”.
• Inson: - “Kel Haq yoʻlda yordam ber menga”.
• Nafs: - “Roziman hoʻp. Iymon shartlarin bildir”.
• Inson: - “Maxluq borki Robbiga quldir”.
• Nafs: - “Qullik qanday boʻladi aytgin?”.
• Inson: - “Amriga yur. Nahiydan qaytgin!”.
• Nafs: - “Gunohlarim kecharmi Qahhor?!”.
• Inson: - “U mehribon rahmli Gʻaffor!”
Hammamiz nafsimizga shunay deya olaylik🕊

📝 Asl maʼnosi boshqa yolgʻon soʻzlar...
👆 „Men hech kimga kerakmasman” deymiz, haqiqatda esa birgina insonga keraksiz boʻlsak...
👆 “Oʻzim uddalayman” deymiz, yordam soʻragani tortinganimizda...
👆 “Hech nima kerakmas” deymiz, xohlagan narsamizga erisha olmaganimizda...
👆 „Oʻzim, shunchaki” deymiz, jiddiy gaplashish vaqti yetganida...
👆 “Hechqisi yoʻq” deymiz, qalbimiz ozordan zirqirab turganda...
👆 „Senga ishonaman!” deymiz, oʻyin boʻlib qolishdan choʻchisak...
👆 “Hammasi joyida” deymiz, hammasi ostin-ustun boʻlib ketganida...
👆 „Hech gap yoʻq” deymiz, ichimizda dard toʻlib ketganida...
👆 “Tinch qoʻy” deymiz, uni yoʻqotishdan qoʻrqib...
👆 „Hayot – goʻzal” deymiz, dunyo koʻzimizga qorongʻu koʻringanda...
👆 “Seni unutganman” deymiz, surʼatlariga termulib oʻtirib...
👆 „Boshqa yashashni istamayman” deymiz, bizni fikrimizdan qaytarishga urinishlarini istab...
👉#rumiy

BIZNI NIMA(LAR) ERTA QARITADI?
Ovqatlanish madaniyatini yo'qligi — ko'plab kasalliklarni rivojlanishiga, jumladan, barcha kasalliklarni onasi bo'lmish ortiqcha vazn orttirib olishga sabab bo'ladi.
Tibbiy madaniyatni pastligi — natijada ko'plab kasalliklarni oldini olishni bilmaslikka, kasallikni yashirin davrida uni erta aniqlab asoratsiz davolash mumkin bo'lgan vaqtidan o'tkazib yuborishga sabab bo'ladi. "Guppillab" yiqilib tushmasak hisob emas...
Jinsiy munosabatlardagi madaniyatni pastligi — ko'plab oilalar ajrimiga, bolalarni yetim bo'lishiga sabab bo'lyapti.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra ko'pchilik ayollar erini jinsiy munosabatidan norozi. Ayolidan norozi erkaklar ham kam emas. Oddiygina bir misol: erlarni jinsiy aloqaga kirishguncha ayolini 10-15 daqiqa erkalamasligi. Bu vaqtni ayol kishi uchun juda katta ahamiyati bor!
Bu haqida ko'p narsa yozishim mumkin edi, lekin shu bilan chegaralanaman. Lekin maslahatim, buni ham madaniyatini, ilmini o'rganish kerak. Eridan qoniqmayotgan ayol, ayolidan qoniqmayotgan er tez qariydi.
Muomala madaniyatini pastligi — katta-katta nizolarni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Shunchaki kommentga yozgan ba'zi gaplardan hayron qolasan, shunchalik ham tubanlikka boradimi, madaniyatsiz bo'ladimi...
Dam olish madaniyatini pastligi — STRESS (o'ylayman-ki shuni o'zi yetarli).
Demak, ovqatlanish, tibbiy, jinsiy, muomalaviy, dam olish madaniyatimizni pastligi bizni erta qaritadi.
HECHDAN KO'RA, KECH...
"Borim shu ekan" deb emas, "Nima qilsam hayotim yaxshilanadi?" deganlarni hayoti hozir yaxshi. Siz ham kichik bo'lsada qadamlar tashlang, ilm oling. Prikollar yoki turli xil bo'lar-bo'lmas videolar ko'rishga doim vaqt bor, lekin bir oyda bir dona kitob o'qilmaydi. So'rasang, "VAQT YO'Q". Sizni hech kim hayotingizni o'zgartirmaydi, unga kerak ham emas. Faqat o'zingiz o'zingizni, hayotingizni o'zgartira olasiz...
👉 https://www.tg-me.com/Rumiy_AforizmlariUz 📚 /

ONAMNI KO'RARMIKANMAN
Kun kelib jismimni qo'ysalar yerga,
Janozam o'qishsa botib xo'b terga
Ruhimni chorlasa Robbim Mahsharga,
Onamni shu onda ko'rarmikanman?
Ko'ziga xotirjam qararmikanman?
Dadamning xizmatin to'kis qilmadim,
Ba'zida beparvo, to'yib uxladim.
Mehribon qiz bo'lib, mehr bilmadim,
Maxsharda onamni ko'rarmikanman,
Uyalmay ko'ziga qararmikanman?
Jigarim holini so'ramadim hech,
Suyanchiq bo'lishga emasmikan kech?
Soxta jon kuydirmay kel, niqobing yech,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Xotirjam holini so'rarmikanman?
O'tkinchi hislar deb umrim o'tibdi,
Bu yoqda jon opam alam yutibdi.
Bag'ritosh singildan mehr kutibdi,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Yorug' yuzlar bilan qararmikanman?
Yaqinlar men uchun omonat bo'lsa,
Ibodat o'rnida xiyonat bo'lsa.
Amal qilmaganim diyonat bo'lsa,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Ko'rganda ko'ziga qararmikanman ?
Allohim, Men senga tavakkal qildim,
Shafoat aylagin, tavbalar qildim.
Haddim yo'q Jannatga, Lek amal qildim,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Bag'rida iforin tuyarmikanman?!
✍Marvarid
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Kun kelib jismimni qo'ysalar yerga,
Janozam o'qishsa botib xo'b terga
Ruhimni chorlasa Robbim Mahsharga,
Onamni shu onda ko'rarmikanman?
Ko'ziga xotirjam qararmikanman?
Dadamning xizmatin to'kis qilmadim,
Ba'zida beparvo, to'yib uxladim.
Mehribon qiz bo'lib, mehr bilmadim,
Maxsharda onamni ko'rarmikanman,
Uyalmay ko'ziga qararmikanman?
Jigarim holini so'ramadim hech,
Suyanchiq bo'lishga emasmikan kech?
Soxta jon kuydirmay kel, niqobing yech,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Xotirjam holini so'rarmikanman?
O'tkinchi hislar deb umrim o'tibdi,
Bu yoqda jon opam alam yutibdi.
Bag'ritosh singildan mehr kutibdi,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Yorug' yuzlar bilan qararmikanman?
Yaqinlar men uchun omonat bo'lsa,
Ibodat o'rnida xiyonat bo'lsa.
Amal qilmaganim diyonat bo'lsa,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Ko'rganda ko'ziga qararmikanman ?
Allohim, Men senga tavakkal qildim,
Shafoat aylagin, tavbalar qildim.
Haddim yo'q Jannatga, Lek amal qildim,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Bag'rida iforin tuyarmikanman?!
✍Marvarid
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
Беморлик, фақирлик ва муҳтожлик сабаблари
1. Меҳмонга ҳақорат ила қараш.
2. Қуръони каримни бетаҳорат ушлаш.
3. Бебисмиллаҳ таом ейиш.
4. Тик туриб таом ейиш.
5. Идиш товоқни тоза тутмаслик.
6. Қўлни ювмасдан таом ейиш.
7. Намозни қазо қилиш.
8. Масжидда дунёвий гапларни гаплашиш.
9. Улуғларга нисбатан беодоблик қилиш.
10. Остонада ўтиришликни одат қилиш.
11. Номаҳрам аёлларга шаҳват назари ила қараш.
12. Ёлғон гапириш.
13. Тонг вақтида ухлаш.
14. Шомдан кейин ухлаш.
15. Ялангбош ҳожатхонага кириш.
16. Ҳожатхонада гаплашиш.
17. Аҳли аёли билан жанжаллашиш.
18. Фақирни камситиш.
19. Нағмаларга муҳаббат қўйиш.
20. Ҳовуз ёки ғуслхонага пешоб қилиш.
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Ikki og‘iz so‘z qudrati...
• SOGʻ OMONMISIZ? ㅡ eshitib qalbingiz huzur topadi...
• NIMA DEYSAN? ㅡ yuragingiz to‘xtagandek xis qilasiz, guyoki dunyoda ortiqchadek sezasiz o‘zingizni...
• SOGʻLIGING YAXSHIMI?
ㅡ yana yashagingiz keladi.
• QACHON QARAMA KASALSAN-A!? ㅡ dardingiz o‘n chandon ko‘payadi.
• XAFA BO‘LMAㅡ xayriyat kimdir menga qayg‘uryapti.
• O‘ZING AYBDORSAN!
ㅡ o‘lganni ustiga chiqib tepish…
• BAXTLI BO‘LASAN!
ㅡ baxt sari uchishga birinchi qanot.
• BU KETISHDA HECH QACHON BAXTLI BO‘LA OLMAYSAN!
ㅡ orzuga o‘lim.
• QO‘LINGDAN KELMAYDI, OVORA BO‘LMA!
ㅡ oyoqdan chalib yiqitish.
• ALBATTA EPLAYSAN SENGA ISHONAMAN
ㅡ yuqoriga chiqish uchun zina.
• BILMADIM, BU KETISHINGDA ….
ㅡ Yaxshi kunlarga bo‘lgan ishonch tamom…
• HAMMASI YAXSHI BO‘LADI
ㅡ Ertangi kuningga umid.
Davom etaversam hech qachon tugamaydi…..
Qadrligim ikki og‘iz so‘zingiz bilan kimgadir qanot bag‘ishlashingiz mumkin yoki yana ikki og‘iz so‘zingiz bilan qanotini sindirishingiz mumkin ekan….
Yaxshi so‘z ham, yomon so‘z ham bir og‘izdan chiqadi, atrofdagilardan shirin so‘zingizni ayamang..

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥БУГУН 1-ИЮЛЬ. ХАФТАНИНГ СЕШАНБА ТОНГИ МУБОРАК БЎЛСИН!🌷🦜
🌹🍃Ассалому алайкум🍃
Хайрли Тонг...☕️🍃
Азизларим!
Сизларга Бахтли ва
Қувончли кун
Тилаймиз!
Хафтанинг Сешанба тонги муборак бўлсин! Аллоҳ барчамизни юзи нурли, сўзи ҳузурли, толеимизни баланд, ризқимизни кенг қилсин.
Қалбимиздаги ниятларимизни ижобат айласин.
Кунимизни мазмунли қилиб, хайру барокатларини ёғдирсин.
Омин. 🤲
🌸Ҳамиша
🌺Омад
💐Қувонч
🌼Тарк этмасин