Telegram Web Link
ОТАМ КEЛДИ УЙИМГА


Кўнглим юксалди тоғдек,
Уйим яшнади боғдек,
Зимистонга чироғдек,
Отам келди уйимга.

Омонмисан қизим деб,
Матонатим, юзим деб,
Ортда қолар изим деб,
Отам келди уйимга.

Икки қўлида бозорлик
Шундоқ келса, озордек,
Меҳрибоним, хуш кўрдик,
Отам келди уйимга.

Бош қўяйин пойига
КАЪБА деб турган жойига,
Тўйиб олай нурли чиройига,
Отам келди уйимга.

Лек кўзим очган ҳамон,
Афсус, бу тушим экан.
Армонимдир бу ИНСОН,
Бир орзу хушим экан.

Мен яхшиман, ОТАЖОН,
Жаннатда кулиб юринг..
Лек тушимда бўлса ҳам
Уйимга келиб туринг.

Эҳ, Отаси омонлар,
Сиз энг бахтли инсонлар,
Тўлиб, тошиб дия олар
«ОТАМ КEЛДИ УЙИМГА!»


#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
13😢4
O‘qituvchilik kasbi...

✒️Meni onam 16 yoshidan boshlab o'qituvchilik qilgan. O'zining deyarli 40 yil umrini shu kasbga sarflagan. Leninning e'tirofidan boshlab yoki Xalq ta'limi a'lochisi unvonlarigacha olgan.

Moliya tomonidan ham muammosi bo'lmagan. Har holda odamlar avtomobilni shayton arava deb yurgan vaqtda o'zining yangi markadagi moshinasi ham bo'lgan.

Umuman olganda butun umrini shu narsa uchun sarflagan. Vodiyning juda ko'p hududlaridan o'quvchilari ko'p edi. Farg'ona, Andijon va Namangan. Eng qizig'i har bir o'quvchisi xarakteri, oilasi va keyingi holatlarigacha to'laqonli eslab qolgan edi.

Kasbini yaxshi ko'rardi axir...

Lekin eng qiziq tomoni onam meni o'qituvchi bo'lishimni hech qachon istamagan. - Mabodoga o'qituvchi bo'lishni xayolingga ham keltirma der edi. Men ham bu kasbni tanlamaganman. Qiziqishim bor. Lekin menga aniq bir o'qituvchilik yo'nalishidan ko'ra ko'proq instruktorlik maqomi yoqadi. Shu uchun ham kimdir nimadir so'rasa erinmasdan tushuntirib beradigan kasalim bor.

Onam bu kasbni tanlashimga qarshi bo'lgani, men ham bu kasbni tanlamaganimga oxirgi vaqtlar xursand bo'lib ketyapman.

Bugun kechroq zarurat sabab do'ko'nga chiqib keldim. Shunchaki dahshatli sovuq edi. Hattoki nafas olishni o'zi ham bir muammo. Shunday sovuqda esa bugun ko'plab o'qituvchilarga umuman befoyda ishga borishga majbur qilinganliklari.

Maktabda o'qib yurgan vaqtimizda Fizika o'qituvchimizda ural velosipedlari bo'lardi. Maktabni bitirganimga 10 yildan oshdi. O'sha o'qituvchim hali ham ural velosipedda va filtrsiz karvon sigaretini chekadi. Albatta ular meni qoniqtira oladigan darajada dars bera olishmagan. Maktabda fizika fanini o'tishni boshlashdan avvalroq elektronika bilan shug'ullanishni boshlagnim uchun o'zimdan katta sinflar darsliklarini qo'ltiqlab yurishga majbur bo'lardim. O'qituvchimizga turli savollar beraversam buni tog'angdan so'rardingu o'lib ketgani yomondan der edilar (Tog'am O'zbekistondagi birinchi dasturchilardan bo'lgan. Atari o'yin avtomatlarini dasturlash bilan shug'ullangan + shu o'qituvchimizniz bilan og'ayni bo'lishgan). Aniqroq aytganda men savolalrimga javob topa olmaganman ko'pincha. Lekin ular men uchun motivatsiya berishardi har doim. Achinadiganim esa hali ham ural velikda ekanliklari...

Bizni maktab "Qo'ybeshov" deyishardi. Keyinchalik Maxdumi A'zam nomiga olingan. Biz o'tish davriga mos kelganimiz sababli maktabda ma'lum darajada tojik tillari darslari ham saqlanib qolgan edi. O'sha vaqtda banalniy tuyulgan bo'lsada bu fan o'qituvchimiz ham bizga yaxshi narsalarni o'rgatgan edilar. Har holda O'zbek adabiyotdan ko'ra ko'proq va yaxshiroq ta'lim berganlar. Bularning birortasi menga shu kungacha faqat foydaga ishladi. Lekin o'qituvchimiz pensiyadan narisiga erish olmadi.

Tarix va geografiya o'qituvchilarimiz bilan esa ajoyibroq holat bo'lgan edi. Bu ikki fan bizga barcha fanlardan ko'ra yaxshiroq va qiziqarli o'tib berilgan. Har holda tarix darsini biz real ertak qahramonlari obrazida o'tardik. O'qituvchimiz xuddi aktyorlardek dars o'tib berar edilar. Keyinchalik tarix yo'nalishida ketgan o'quvchilari ham yomon bo'lmadi. Masalan bulardan biri sinfdoshim edi. Tarixdan har holda yuridik universitetda eng yaxshi natijani ko'rsat olgandi. Eng qiziq tomoni esa biz maktabni bitirib ketgach ularning diplomlari qalbakiligi sabab bo'shaltilishgani haqidagi xabarni eshitishganiz bo'ldi. Ha, ular bu fan mutaxassislari emas edi. Men uchun esa ular yaxshi ustoz maqomida qolaverishadi. Faqatgina ayanchlisi ularni ham yuqoridagi omadsizlar ro'yxatiga qo'shish kerak ekanligi.
Aslini olsa har bir o'qituvchi o'z o'quvchilarini farzandidek yaxshi ko'radi. Kapitalistik jamiyatda qanchalik yovvoyi ko'rinmasakda o'zganing bolasiga ham mehrli bunday yaxshi insonlar oramizda bor.

Ammo ular omadsiz insonlar. Ularda yaxshi o'quvchilar, muhandis, tilshunos, shifokor shogirtlar bor. Lekin buning evaziga hech narsa olishmadi.

O'zbekistonda o'qituvchi bo'lish va o'z joniga qasd qilish orasida hech qanday farq mavjud emas.


👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
12😢8👍1👎1
🇺🇿 Bugun 30 iyun — Oʻzbekistonda «yoshlar kuni!»

Bayramingiz muborak boʻlsin Oʻzbekiston yoshlari!

Barcha doʻst va yaqinlaringizni birinchi boʻlib tabriklash esdan chiqmasin!



#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
9
• Ҳаёт — моҳир муаллим, гарчи гапира олмасада жуда яхши тушунтиради.
• Ҳаёт — одил хакам, унда ҳеч ким ғирром уйнайолмайди.
• Ҳаёт — уста тарозибон, нимага лойиқ бўлсангиз фақат ўшани беради.
• Ҳаёт — шундай хонандаки, одамларни ҳохлаган куйига уйната олади.
• Ҳаёт — оқил донишманд, сизга нима яхши, нима ёмонлигини эслатиб туради.
• Ҳаёт — бахт ва бахтсизлик, орзу ва армон, муҳаббат ва нафрат, хурмат ва иллат, доно ва нодон, оқибат ва ғафлат каби жуфтликлар йиғиндисидир.
• Ҳаёт — баҳоларингиз жамланиб борадиган кундалик дафтардир. Охирида баҳоларингизга қараб ё жаннат ёки дўзахга йўлланма оласиз.
• Ҳаёт — кичкина ҳовли, ҳовлингизга ҳоҳласангиз гул экасиз, хоҳласангиз тиконзорга айлантирасиз.

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
💯1310
Бир куни эркак аёлига:

— Нега ишламайсан? Тур, кўчага чиқ, ишла. Ахир оилага иккимиз ҳам жон тортишимиз керак, — деди.

Аёли эса майин овозда:

— Савол берсам бўладими? — деди.

— Ҳа, албатта, — деди эркак.

Шунда аёл сўради:

— Нега аёлларнинг кўйлагида чўнтак бўлмайди, биласизми?

— Нега? — деб қизиқди эркак.

Аёл жавоб берди:

— Чунки биз пул тўлаш учун эмас, балки пул топадиган эркакка барака бўлиб, унинг ярмини тўлдириш учун яратилганмиз. Агар аёлнинг топганида барака бўлганида, аёллар кўйлакларига чўнтакни телефон учун эмас, пул учун тиктирган бўлардилар.

Аёлнинг баракоти бир оилани чўлдан боғга айлантириши мумкин. Аммо унинг топган пули ҳар доим ҳам камбағалликдан бойликка олиб чиқавермайди…

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
25💯7👏6
NAFS VA INSON🌙

• Nafs: - “Mana senga kerak boʻlsa taxt”.
• Inson: - “Yoʻq kerakmas. Islomim bor! Men uchun bu baxt”.
• Nafs: - “Balki yoqar oysuluv qizlar?”.
• Inson: - “Yoʻq yorim bor, baxtlimiz bizlar”.
• Nafs: - “Balki senga kerakdir boylik?”.
• Inson: - “Qanoatla xolim chiroylik”.
• Nafs: - “Undan koʻra sen oʻynab kulgin...”.
• Inson: - “Qiyomat bor sen xayo qilgin”.
• Nafs: - “Bu dunyo besh kunlik bilgin”.
• Inson: - “Xaqni aytding. Sen taqvo qilgin”.
• Nafs: - “Balki senga yoqar kayf safo?”.
• Inson: - “Halolga xoʻp, qolgani jafo”.
• Nafs: - “Sharoblar bor. Mast boʻlib koʻrgin!”.
• Inson: - “Uni qoʻy. Iymon lazzatin tuygin”.
• Nafs: - “Koʻzingni och dunyo makrdir...”.
• Inson: - “Makrlarga toʻsiq zikrdir”.
• Nafs: - “Axmoqsan seni hayoting gʻurbat”.
• Inson: - “Yoʻq umidim abadiy Jannat”.
• Nafs: - “Men nafsingman yengildim senga”.
• Inson: - “Kel Haq yoʻlda yordam ber menga”.
• Nafs: - “Roziman hoʻp. Iymon shartlarin bildir”.
• Inson: - “Maxluq borki Robbiga quldir”.
• Nafs: - “Qullik qanday boʻladi aytgin?”.
• Inson: - “Amriga yur. Nahiydan qaytgin!”.
• Nafs: - “Gunohlarim kecharmi Qahhor?!”.
• Inson: - “U mehribon rahmli Gʻaffor!”

Hammamiz nafsimizga shunay deya olaylik🕊

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
15😢1
📝 Asl maʼnosi boshqa yolgʻon soʻzlar...


👆Men hech kimga kerakmasman” deymiz, haqiqatda esa birgina insonga keraksiz boʻlsak...

👆 “Oʻzim uddalayman” deymiz, yordam soʻragani tortinganimizda...

👆 “Hech nima kerakmas” deymiz, xohlagan narsamizga erisha olmaganimizda...

👆 „Oʻzim, shunchaki” deymiz, jiddiy gaplashish vaqti yetganida...

👆 “Hechqisi yoʻq” deymiz, qalbimiz ozordan zirqirab turganda...

👆 „Senga ishonaman!” deymiz, oʻyin boʻlib qolishdan choʻchisak...

👆 “Hammasi joyida” deymiz, hammasi ostin-ustun boʻlib ketganida...

👆 „Hech gap yoʻq” deymiz, ichimizda dard toʻlib ketganida...

👆 “Tinch qoʻy” deymiz, uni yoʻqotishdan qoʻrqib...

👆 „Hayot – goʻzal” deymiz, dunyo koʻzimizga qorongʻu koʻringanda...

👆 “Seni unutganman” deymiz, surʼatlariga termulib oʻtirib...

👆 „Boshqa yashashni istamayman” deymiz, bizni fikrimizdan qaytarishga urinishlarini istab...

👉#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
13💯8👍6👎1
BIZNI NIMA(LAR) ERTA QARITADI?

Ovqatlanish madaniyatini yo'qligi ko'plab kasalliklarni rivojlanishiga, jumladan, barcha kasalliklarni onasi bo'lmish ortiqcha vazn orttirib olishga sabab bo'ladi.

Tibbiy madaniyatni pastligi natijada ko'plab kasalliklarni oldini olishni bilmaslikka, kasallikni yashirin davrida uni erta aniqlab asoratsiz davolash mumkin bo'lgan vaqtidan o'tkazib yuborishga sabab bo'ladi. "Guppillab" yiqilib tushmasak hisob emas...

Jinsiy munosabatlardagi madaniyatni pastligi — ko'plab oilalar ajrimiga, bolalarni yetim bo'lishiga sabab bo'lyapti.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra ko'pchilik ayollar erini jinsiy munosabatidan norozi. Ayolidan norozi erkaklar ham kam emas. Oddiygina bir misol: erlarni jinsiy aloqaga kirishguncha ayolini 10-15 daqiqa erkalamasligi. Bu vaqtni ayol kishi uchun juda katta ahamiyati bor!
Bu haqida ko'p narsa yozishim mumkin edi, lekin shu bilan chegaralanaman. Lekin maslahatim, buni ham madaniyatini, ilmini o'rganish kerak. Eridan qoniqmayotgan ayol, ayolidan qoniqmayotgan er tez qariydi.

Muomala madaniyatini pastligi — katta-katta nizolarni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Shunchaki kommentga yozgan ba'zi gaplardan hayron qolasan, shunchalik ham tubanlikka boradimi, madaniyatsiz bo'ladimi...

Dam olish madaniyatini pastligi — STRESS (o'ylayman-ki shuni o'zi yetarli).

Demak, ovqatlanish, tibbiy, jinsiy, muomalaviy, dam olish madaniyatimizni pastligi bizni erta qaritadi.

HECHDAN KO'RA, KECH...

"Borim shu ekan" deb emas, "Nima qilsam hayotim yaxshilanadi?" deganlarni hayoti hozir yaxshi. Siz ham kichik bo'lsada qadamlar tashlang, ilm oling. Prikollar yoki turli xil bo'lar-bo'lmas videolar ko'rishga doim vaqt bor, lekin bir oyda bir dona kitob o'qilmaydi. So'rasang, "VAQT YO'Q". Sizni hech kim hayotingizni o'zgartirmaydi, unga kerak ham emas. Faqat o'zingiz o'zingizni, hayotingizni o'zgartira olasiz...


👉
https://www.tg-me.com/Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
21👏2💯1
ONAMNI KO'RARMIKANMAN

Kun kelib jismimni qo'ysalar yerga,
Janozam o'qishsa botib xo'b terga
Ruhimni chorlasa Robbim Mahsharga,
Onamni shu onda ko'rarmikanman?
Ko'ziga xotirjam qararmikanman?

Dadamning xizmatin to'kis qilmadim,
Ba'zida beparvo, to'yib uxladim.
Mehribon qiz bo'lib, mehr bilmadim,
Maxsharda onamni ko'rarmikanman,
Uyalmay ko'ziga qararmikanman?

Jigarim holini so'ramadim hech,
Suyanchiq bo'lishga emasmikan kech?
Soxta jon kuydirmay kel, niqobing yech,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Xotirjam holini so'rarmikanman?

O'tkinchi hislar deb umrim o'tibdi,
Bu yoqda jon opam alam yutibdi.
Bag'ritosh singildan mehr kutibdi,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Yorug' yuzlar bilan qararmikanman?

Yaqinlar men uchun omonat bo'lsa,
Ibodat o'rnida xiyonat bo'lsa.
Amal qilmaganim diyonat bo'lsa,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Ko'rganda ko'ziga qararmikanman ?

Allohim, Men senga tavakkal qildim,
Shafoat aylagin, tavbalar qildim.
Haddim yo'q Jannatga, Lek amal qildim,
Mahsharda onamni ko'rarmikanman,
Bag'rida iforin tuyarmikanman?!


Marvarid

@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
26😢11
​​​​Беморлик, фақирлик ва муҳтожлик  сабаблари

1. Меҳмонга ҳақорат ила қараш.
2. Қуръони каримни бетаҳорат ушлаш.
3. Бебисмиллаҳ таом ейиш.
4. Тик туриб таом ейиш.
5. Идиш товоқни тоза тутмаслик.
6. Қўлни ювмасдан таом ейиш.
7. Намозни қазо қилиш.
8. Масжидда дунёвий гапларни гаплашиш.
9. Улуғларга нисбатан беодоблик қилиш.
10. Остонада ўтиришликни одат қилиш.
11. Номаҳрам аёлларга шаҳват назари ила қараш.
12. Ёлғон гапириш.
13. Тонг вақтида ухлаш.
14. Шомдан кейин ухлаш.
15. Ялангбош ҳожатхонага кириш.
16. Ҳожатхонада гаплашиш.
17. Аҳли аёли билан жанжаллашиш.
18. Фақирни камситиш.
19. Нағмаларга муҳаббат қўйиш.
20. Ҳовуз ёки ғуслхонага пешоб қилиш.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
18👍3
Ikki og‘iz so‘z qudrati...

SOGʻ OMONMISIZ? ㅡ eshitib qalbingiz huzur topadi...
• NIMA DEYSAN? ㅡ yuragingiz to‘xtagandek xis qilasiz, guyoki dunyoda ortiqchadek sezasiz o‘zingizni...
• SOGʻLIGING YAXSHIMI?
ㅡ yana yashagingiz keladi.
QACHON QARAMA KASALSAN-A!? ㅡ dardingiz o‘n chandon ko‘payadi.
XAFA BO‘LMAㅡ xayriyat kimdir menga qayg‘uryapti.
• O‘ZING AYBDORSAN!
ㅡ o‘lganni ustiga chiqib tepish…
• BAXTLI BO‘LASAN!
ㅡ baxt sari uchishga birinchi qanot.
BU KETISHDA HECH QACHON BAXTLI BO‘LA OLMAYSAN!
ㅡ orzuga o‘lim.
• QO‘LINGDAN KELMAYDI, OVORA BO‘LMA!
ㅡ oyoqdan chalib yiqitish.
• ALBATTA EPLAYSAN SENGA ISHONAMAN
ㅡ yuqoriga chiqish uchun zina.
BILMADIM, BU KETISHINGDA ….
ㅡ Yaxshi kunlarga bo‘lgan ishonch tamom…
• HAMMASI YAXSHI BO‘LADI
ㅡ Ertangi kuningga umid.
Davom etaversam hech qachon tugamaydi…..
Qadrligim ikki og‘iz so‘zingiz bilan kimgadir qanot bag‘ishlashingiz mumkin yoki yana ikki og‘iz so‘zingiz bilan qanotini sindirishingiz mumkin ekan….
Yaxshi so‘z ham, yomon so‘z ham bir og‘izdan chiqadi, atrofdagilardan shirin so‘zingizni ayamang..

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
26👍3💯3🤣1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥БУГУН 1-ИЮЛЬ. ХАФТАНИНГ СЕШАНБА ТОНГИ МУБОРАК БЎЛСИН!🌷🦜

🌹🍃Ассалому алайкум🍃
Хайрли Тонг...☕️🍃
      Азизларим!
            Сизларга Бахтли ва
                  Қувончли кун
                        Тилаймиз!

Хафтанинг Сешанба тонги муборак бўлсин!   Аллоҳ барчамизни юзи нурли, сўзи ҳузурли, толеимизни баланд, ризқимизни кенг қилсин.

Қалбимиздаги ниятларимизни ижобат айласин.
Кунимизни мазмунли қилиб,    хайру барокатларини ёғдирсин.
Омин.  🤲
               🌸Ҳамиша
                   🌺Омад
                       💐Қувонч
                          🌼Тарк этмасин


#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃🌸🍃
ХОНАДОНИНГИЗГА ФАҚИРЛИК КЕЛМАСЛИГИ УЧУН ДОИМ ШУ АМАЛНИ БАЖАРИНГ.

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
8👏1
ISLOM DINIDA OLTI DINIY KALIMA

1. KALIMAI TOYYIBA

La ilaha illallohu Muhammadur rosululloh
.

To‘g‘ri so‘z: Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘qdir! Muhammad Allohning rasulidir!

2. KALIMAI SHAHODAT

Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh.

Iqrorlik so‘zi: Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh)ning yo‘qligiga va Muhammad Allohning bandasi va rasuli ekaniga iqrorman.

3. KALIMAI TAVHID

Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la sharika lah, lahul mulku va lahul hamd(u) yuhyi va yumit(u) va huva hayyul la yamut(u), biyadihil xoyr(u) va huva ‘ala kulli shayin qodir
.

Tanholigiga iqrorlik so‘zi: Tanho Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘qligiga iqrorman! Allohning sherigi yo‘qdir. Mulk Allohnikidir. Maqtov Allohgadir. (Alloh) tiriltiradi va o‘ldiradi. Ammo O‘zi tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik Uning ixtiyoridadir va U hamma narsaga qodirdir!

4. KALIMAI RADDI KUFR

Allohumma inni a’uzu bika min an ushrika bika shayan va ana a’lam. Va astag‘firuka lima la a’lam. Innaka anta ‘allamul g‘uyub.

Kufrni qaytarish so‘zi: Allohim, Sendan o‘zim bilganim holda Senga biror narsani sherik qilishimdan asrashingni so‘rayman. Sendan o‘zim bilmaganim holda shirk qilib qo‘ygan bo‘lsam, kechishingni tilayman. Albatta, Sen g‘ayblarni bilguvchi Zotsan.

5. KALIMAI ISTIG‘FOR

Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloha ta’ala min kulli zambin aznabtuhu ‘amdan av xotoan sirron va ‘alaniyah. Va atubu ilayhi minaz zambillazi a’lamu va minaz-zambillazi la a’lam. Innaka anta ‘allamul g‘uyub
.

Gunohlarni kechishini so‘rash so‘zi: Allohdan gunohlarimni kechishini so‘rayman. Allohdan gunohlarimni kechishini so‘rayman. Alloh taolodan ataylab yo adashib, yashirin yo oshkora qilgan hamma gunohlarimni kechishini so‘rayman. O‘zim bilgan va bilmagan gunohlardan Allohga qaytaman. Albatta, Sen g‘ayblarni bilguchi Zotsan.

6. KALIMAI TAMJID

Subhanalloh val hamdu lillah va la ilaha illallohu vallohu akbar. La havla va la quvvata illa billahil ‘aliyyil ‘azim. Ma shaallohu kana va ma lam yashalam yakun
.

Ulug‘lash so‘zi: Allohning aybu nuqsoni yo‘qdir. Va maqtov Allohgadir. Allohdan o‘zga sig‘iniladigan (iloh) yo‘qdir! Alloh ulug‘dir. Mutloq kuch va quvvat qudratli va buyuk Allohdan o‘zgada yo‘qdir. Alloh nimaniki xohlasa, bo‘ladi, nimaniki xohlamasa, bo‘lmaydi.

🌿Xato va kamchiliklari bo'lsa uzr!

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
19👍3🕊1💯1
Mendan og‘riq va alamning davosini so‘rashsa, men ularga "sabr", deb aytaman.
– Mendan muvaffaqiyatsizlikning dorisi haqida so‘rashsa, men ularga "qaytadan harakat", deb aytaman.
– Mendan hasadning shifosi haqida so‘rashsa, men ularga "o‘zini bilmaganga solish", deb aytaman.
– Mendan kambag‘allikning dorisi haqida so‘rashsa, men ularga "qanoat", deb aytaman.
– Mendan zaiflikning shifosi haqida so‘rashsa, men ularga "iymon", deb aytaman.
– Mendan xunuklikning dorisi haqida so‘rashsa, men ularga "axloq", deb aytaman.
– Mendan jaholatning shifosi haqida so‘rashsa, men ularga "ilm", deb aytaman.
– Mendan pastkashlikning dorisi haqida so‘rashsa, men ularga "sukut", deb aytaman.
– Mendan adovatning shifosi haqida so‘rashsa, men ularga "xayr-ehson", deb aytaman.
– Mendan qabohatning dorisi haqida so‘rashsa, men ularga "muhabbat", deb aytaman.
– Mendan azob chekishning shifosi haqida so‘rashsa, men ularga "tabassum", deb javob beraman.
– Mendan balo va ofat dorisi haqida so‘rashsa, men ularga "alhamdulillah", deb javob beraman.
– Mendan nafs shifosi haqida so‘rashsa, men ularga "nafsni tiyish", deb javob beraman.
– Mendan charchoqning dorisi haqida so‘rashsa, men ularga "uyqu", deb javob beraman.
– Mendan barcha narsaning shifosi haqida so‘rashsa, men ularga "Ey Alloh, deb aytinglar" degan javobni beraman.

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
13🥰3👍2
СЎРАДИЛАР...

Сўрадилар:
Роббинг ким?
Айтдимки: Якка бир Аллоҳ.

Сўрадилар:
Аллоҳдан кейин ҳам бир эганг бордир?
Айтдимки: Отамнинг буйруғи жисмимга жодир.

Сўрадилар:
Сен учун доимо ким у жонсарак?
Айтдимки: У ОНАМ, мен учун кўкдаги малак.

Сўрадилар:
Аканг-чи, у сенга қанчалик керак?
Айтдимки:
Отамнинг ўрнида отамдир бешак.

Сўрадилар:
Опангни, қандайин кўрасан азиз?
Айтдимки: Пойига бош қўйгум, онамдек азиз.

Сўрадилар:
Укалар, сингиллар, ким сенга улар?
Айтдимки: Бири қош, бири кўз, борлиғим шулар...

Сўрадилар:
Дўстларинг ўрнини сўзла-чи бизга
Айтдимки: Дўстим кўп, қай бирин айтайин сизга?

Сўрадилар:
Рост сўзла, дўст учун бергаймисан жон?
Айтдимки: Ўйланиб ўтирсам тарк этсин иймон....!


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
9👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Menga Qur'on o'qib ber gulim Qoraqoshim, qaro ko'zligim Arazchimu, shirin so'zligim
Qilib meni o'zinga maftun
Menga Qur'on o'qib ber gulim
Faxr tuyay kuyunganim meni
Alloh uchun suyganim meni
Yanada rom aylagin qani
Menga Qur'on o'qib ber gulim
Kerak emas o'zga kuy navo Qiroating yurakka davo
Etgin shuni Qoriyam ravo
Menga Qur'on o'qib ber gulim
Jo'r bo'layin tovushlaringa Sog'intirgan xonishlaringa
Rahmat yog'sin boqishlaringa Menga Qur'on o'qib ber gulim Jannat tamon yo'limiz bog'lab
Nafsni egib, iymonni chog'lab
Bugun hozir shu ondan boshlab Menga Qur'on o'qib ber gulim
Jannat tamon yo'limiz bog'lab
Nafsni egib, iymonni chog'lab
Bugun hozir shu ondan boshlab Menga Qur'on o'qib ber gulim Farishtalar yayrasin kulsin Gunohlarga kafforat bo'lsin
Alloh ikkimizni ham suysin
Menga Qur'on o'qib ber gulim
Neki bo'lsa yengib ikkimiz
Alloh uchun asrab sevgimiz Jannatda ham bo'lsak birga biz Menga Qur'on o'qib ber gulim



©Kamoliddin Xamidov

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚
14👍7
Саодат калитлари:

Саломатлик истайсанми?
● Марҳамат, рўза тут!
Юзинг нурли бўлишини истайсанми?
● Марҳамат, кечаси қоим бўл!
Фаравонлик истайсанми?
● Қуръон ўқи!
Бахт-саодат истайсанми?
● Намозларни ўз вақтида адо эт!
Кушойиш истайсанми?
● Истиғфор ҳамроҳинг бўлсин!
Ғам-ғуссанг аришини истайсанми?
● Доимо дуода бўл!
Машаққатдан қутулишни истайсанми?
● «Лаа ҳавла валаа қуввата иллаа биллааҳ»ни кўп айт («Аллоҳдан ўзгадан на қудрат, на қувват бор»)!
Барака истайсанми?
● Набий соллаллоҳу алайҳи васалламга салавот айт!
Ҳеч бир қийинчиликсиз ҳасанотларга эга бўлишни истайсанми?
● Марҳамат, мана шу ҳикматни дўстларингга жўнат!

Ҳикматлар саодатга етаклар китобидан.

☝️ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
185🔥2👍1🥰1
Қалбингизда ҳеч кимсага тушунтира олмаган, тилга келтириши имконсиз бўлган ўша нарса бор-ку, Аллоҳ худди ўшани билади.. Ташвиш тортманг!

Мавлоно Румий

#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
20💯6🔥3
Ризқ Аллоҳдан!
- Ҳунарданмас,
- Отаданмас,
- Ишҳонаданмас,
- Шефданмас,
- Кимдан?
– Аллоҳдан.
- Сен тирикмисан?
- Демак ризқинг бор.
- Агар ризқинг тугаган бўлса,
- Ўласан
.
#rumiy

👉
@Rumiy_AforizmlariUz 📚 /
Ma'nolarning tuganmas jilosi
20🔥10👍3
2025/07/14 05:33:46
Back to Top
HTML Embed Code: