Telegram Web Link
🍃 Bizning bu dargohimmiz umidsizlik dargohi emasdir,
Yuz bor tavbangni buzgan bo’lsang ham yana kel.

©Mavlono Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️HAYRLI TONG

🌥️ Assalomu alaykum! SHANBA tongi muborak bolsin!

Bugun boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bulsin!

Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

@Rumiy_Jaloliddin🍃
🌿 O‘tmishning eshiklarini yoping va o‘tmish uchun vaqt yo‘qotmang!

🌿 Boshqalarning siz haqingizdagi fikri bilan qiziqmang!

🌿 Qo‘lingizdagilarga qanoat qilishni o‘rganing!

🌿 Baxtni birovdan kutmang, uni o‘zingiz yarating!

🌿 O‘zingizni boshqalar bilan qiyoslamang, chunki sizning o‘xshashingiz yo‘q,siz yagonasiz!

🌿 O‘ylashni bir chetga suring, xammasini Yaratganga omonat eting va xotirjam yashang!

🌿 Tabassum qiling va yo‘lingizda davom eting!...Kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin... ☺️

@Rumiy_Jaloliddin🍃
🍃 Ey ko‘nglim!

Sen mening ham soadatim, ham falokatimsan,
Meni baxtiyor qiladigan ham, barbod qiladigan ham sen!

©Mavlono Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Agar...

Sizni aldashsa...
Sizga xiyonat qilishsa...
Sizga ta’na yetkazishsa...
Sizni tashlab ketishsa, nadomat qilmang...

Modomiki, qalbsiz insonlar orasida qalbini ko‘tarib yurganlardan biri ekansiz bundan faxrlaning..!

Chunki yolg‘ondan, xiyonatdan, hasaddan va hudbinlikdan salomat qolgan qalbingiz eng katta yutug‘ingizdir...

Zotan, Allohning huzuriga sog‘lom qalb bilan borganlargina najot topadi..!

@Rumiy_Jaloliddin🍃
🍃Do‘st istayotgan bo‘lsang, Alloh yetar.
🍃Yor istayotgan bo‘lsang, Muhammad yetar.
🍃Dalil istayotgan bo‘lsang, Qur’on yetar.
🍃Huzur istayotgan bo‘lsang, Namoz yetar.
🍃Boylik istayotgan bo‘lsang, Qanoat yetar.
🍃Dushman istayotgan bo‘lsang, Nafsing yetar.
🍃Azizlik istayotgan bo‘lsang, Islom yetar.
🍃Nasihat istayotgan bo‘lsang, O‘lim yetar...

©Hazrati Mavlono Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Toat-ibodat qilib, "Qabul bo‘lmay qolarmikan", degan xavotirda yurish baxtlilik belgisi. Gunoh-u, ma’siyatdan to‘xtamay, qutulib qolishdan umidvor bo‘lish esa baxtsizlik nishonasidir.

Abu Usmon Hiyriy rahimahulloh

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Boshingga kelayotgan aziyatlar ortib bormoqda, shunday emasmi?!
Bug‘doyni boshoq bo‘lsin deya, tuproqga otdilar.
Un bo‘lsin deya, tegirmonda yanchdilar.
Non bo‘lganda esa, tishlari bilan ezdilar...
Ezilgin-ki jon bo‘lasan, jon baxsh etasan...


©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Jannat 🕊️...

🧔🏻: Senga jannat haqida aytib beraymi ?
🧕🏻: Ha qanday bo’ladi jannat?
🧔🏻: Jannatda barcha mo’minlar g’amsiz, og’riqsiz, siqilishlarsiz, Allohga bo’lgan go’zal muhabbat bilan yashashadi
🧕🏻: Ha keyinchi
🧔🏻: Uyerda tagimizdan anhorlar oqgan holda, qushlar sayrab, havodan mushkambbar hidi taralgan holda payg’ambarimiz bilan suhbatlashib o’tiramiz
🧕🏻: Jannatga kirsak sizni men qanday topib olaman ?
🧔🏻: Agar sen Allohni aytganini qilib, menga itoat qiladigan bo’lsang, Jannatda o’zim seni topib olaman soliham
🧕🏻: Jannatda menga o’xshagan hurlar beriladi sizga, ular mendan chiroyli bo’ladimi shunda aaa?
🧔🏻: Yo’q soliham, bir eshikni ochsam bir hur o’tiradi, u ichkarida mendan go’zali o’tiribdi deydi.
🧕🏻: Ha keyinchi, keyin
🧔🏻: U ham mendan go’zali ichkarida o’tiribdi deydi.
🧕🏻: U kim bo’ladi jannat hurumi u ?
🧔🏻: Yo’q u dunyoyimni go’zal qilgan, men uchun umrini bag’ishlagan, hurlarni huri sen bo’lasan soliham In Shaa Allah 😊

@Rumiy_Jaloliddin🍃
Ko‘p xafa bo‘lma!
Shuni yaxshi bilki, qancha yig‘lasang shuncha kulasan...
Hamma narsani tugadi deb ham o‘ylama!
Qancha sevsang shuncha sevilasan...


©Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin
– Pokizalar, kimlarniki?
– Pokizalarniki!
Bu haqiqat:
– Go‘zal, go‘zallikni sevadi, go‘zallikni istaydi. Shuni bilgin ki, go‘zal go‘zalni jazb etadi (tortadi).
"Pokizalar, pokizalar uchundir" oyatini o‘qi!
Dunyoda har bir narsa, boshqa bir narsani jazb etadi. Issiq issiqni tortadi, sovuq sovuqni. Asli bo‘lmaganlar, asli bo‘lmaganlarni tortmoqda. Qolganlar ham, qolganlari bilan sarxush bo‘lmoqda.
Jahannam ahli bo‘lganlar, jahannam ahli bo‘lganlarni jazb etadi. Nurga mansub bo‘lganlar, faqatgina nurga mansub bo‘lganlarni istaydi. Ko‘zingni yumdingmi, joning sug‘urib olinayotgandek bir alamga, bir iztirobga tushasan. Ko‘zingni, kunduzning nuridan ayrilishga toqati yo‘q!


©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 - Nima qilsam ekan-a?

-"Kim Allohga taqvo qilsa U Zot uning yo'lini ochib qo'yur" (65:2)

🍃 - Amalga osharmikin?!...

-"Bu esa Allohga qiyin emas" (14:20)

🍃 - Lekin qo'rqyapman...

-"Bas Robbing hukmiga sabr qil. Albatta, sen ko'z o'ngimizdasan" (52:48)

🍃 "Men ishimni Allohni O'ziga topshirdim" (40:44)

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Nima narsaga taslim bo‘lsang, tasallini ham ana o‘shandan topasan.
Taslimiyat esa, yolg‘izgina Allohgadir.
Allohga taslim bo‘lgin ki, tasallini ham undan topasan.

©Jaloliddin Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
« J »oningiz sog‘,
« U »mringiz uzoq,
« М »artabangiz ulug‘, 
« А »yyomingiz qutlug‘ bo‘lsin.!

🌙 Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin !


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃 Qo‘rqma!
Yolg‘iz qolishdan hech qo‘rqma.
Ba’zi birovlarni yo‘qotishdan aslo cho‘chima.
Ba’zanda YO‘Q deyishlikni va voz kechishni ham bilishliging kerak.
Bilmasang agar, ular sendan voz kecharlar...


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
TAVBASIGA TAYANDI

Bir sodda kishi eshak sotib olmoqchi boʻlib bozorga borayotgan ekan, yoʻlda birov uchrab:
- Yoʻl boʻlsin? - deb soʻrabdi.
- Eshak sotib olmoqchi boʻlib bozorga boryapman, - deb javob beribdi u.
- Inshaalloh, degin! - debdi haligi odam.
- Eshak bozorda, pul choʻntagimda turibdi-yu, nega inshaalloh, derkanman? - debdi sodda odam.
Haridor bozorga borishi bilan pulni kissavurga oldirib qoʻyibdi va umidsizlanib uyiga qaytib kelayotganda yana oʻsha odamga duch kelibdi. Haligi kishi:
- Qayerdan kelyapsan? - desa, u:
- Inshaalloh, bozordan kelyapman, inshaalloh, pulimni oʻgʻirlatdim, inshaalloh, eshak ololmay quppa-quruq qaytib kelyapman! - debdi.

“Sharq hikoyat va rivoyatlari” kitobidan.

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Haq boʻla turib janjallashmagan kishiga jannatning eng pastidan bir uy berilishiga kafilman. Hazil qilayotgan boʻlsa ham yolgʻon gapirmagan kishiga jannatning oʻrtasidagi bir uyga kafilman. Xulqi goʻzal boʻlgan kishiga esa jannatning eng yuqorisidagi uyga kafilman,” dedilar.

Abu Dovud rivoyati

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 ...Davra katta edi. Suhbat qizigandan qizidi. Kimdir:
— Hozir Azroil alayhissalom kelsa-yu: “Uch kundan keyin joningni olaman, tayyorgarligingni koʻraver”, desa, nima qilardinglar? - deb oʻrtaga savol tashladi.
— Barcha gunohlarim uchun tavba tazarru qilardim.
— Kecha-kunduz namoz oʻqirdim.
— Ota-onamning roziliklarini olardim.
— Barcha qarzlarimni toʻlab chiqardim.
— Molimning katta bir qismini beva-bechoralarga boʻlib berardim.
Haligi kishi yana gap tashladi:
— Nimaga shu ishlarni hozir qilmayapmiz? Yo ichimizda birov yana uch kungacha tirik qolaman, deb qatʼiy ishonch bilan ayta oladimi?


“Sharq hikoyat va rivoyatlari” kitobidan.

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bilamizmi?

• Har ishni boshlasangiz «Bismillah» deng.
• Niyat qilsangiz «Inshaalloh» deng.
• Hayratlansangiz «Subhanalloh» deng.
• Maqtasangiz «Mashaalloh» deng.
• Rahmat aytsangiz «Jazakalloh» deng.
• Afsuslansangiz «Astag‘firulloh» deng.
• Kuzatsangiz «Fiy amaanillah» deng.
• Bersangiz «Fiy sabiylillah» deng.
• O‘limni eshitsangiz «Innaa lillah» deng.
• Aksa ursangiz «Alhamdulillah» deng.
• Qiyinchilik yetsa «Yo Alloh» deng!

Abdulvohid Ibrohim

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
❗️❗️❗️

🔴Tarixda qismati eng ziddiyatli va ayanchli kechgan ziyolilar – jadidlar edi. Ular barcha sohada yangilik yarata olgan. Shuning uchun ham jadidlarning faoliyati har qanday soha vakili uchun qiziq.

Men sizlarga tavsiya qilmoqchi boʻlgan kanal jadidlarning barcha sohalardagi kashfiyotlari va bugungi zamon jadidlari toʻgʻrisida, shuningdek, hayotimizda ildiz otgan turli illatlar haqida qizgʻin fikrlar, qiziqarli maqolalar hamda viktorinalar berib boradi. Ulanib qoʻying, sizga albatta foydali boʻladi:

➡️ Lotin: @jadid_media
➡️ Кирилл: @jadidmedia_rasmiy
2024/05/16 16:09:21
Back to Top
HTML Embed Code: