Telegram Web Link
🍃 Hazrati Alidan so‘radilar:
– Boshimizga kelgan bu balolar imtihonmi yoki jazomi?
Va ilmning eshigi javob berdi:
– Allohga yaqinlashtirsa imtihondir, Allohdan uzoqlashtirsa jazodir!


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ey ovora koʻngil, kel.
Ey jigarimning parchasi, kel.
Eshikga boradigan yoʻl toʻsilgan boʻlsa devorga chiq, devor oshib kel!
Ey Nuh alayhis salomning nafasi, kel!
Ey ruhning havasi, kel!
Ey yaradorning malhami, kel!
Ey dardmandning davosi, kel!
Ey yuzi nur sochib porlagan oy,
Ey daralarning koʻnglida oqqan suv,
Sen oshiqlaringni huzurini oʻyla, begonalar koʻr boʻlsinlar, kel!
🍃 🍃
Ey jon soʻzlaguvchisi!
Qachongacha til ila bunday soʻzlarni soʻzlaysan?
Qachongacha anglatmoq dovulini (qoqasan) chalasan?
Damsiz-nafassiz, soʻzsiz-sadosiz kel...

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Sizga g'am yetgan vaqtda, Internetni titib o'tirmang... Telefoningizni o'chiring. O'zingizga eng yoqqan xonangizga kiring...
Qo'lingizga Qur'onni olingda, o'zingizga eng yoqqan surani ochib tilovat qiling...
O'zingiz uchun bu foniy dunyoning barcha muammolarini bir necha daqiqalarga unuting va Allohning kalomini tilovat qilishda davom eting...
U sizning qalbingizni yumshatadi... Va siz iymon lazzatini his eta boshlaysiz...
Allohning mo'jizaviy oyatlari Sizning yuzingizga nur, qalbingizga hotirjamlik in'om etib, chehrangizda tabassum paydo qiladi...
Unutmang! Bu dunyo hayoti–sinovdir... Bu dunyo sizning abadiy qolajak asl uyingiz emas...
Bas... Asl uyingiz –Jannatga mos yashang...


🌿 Tutgan roʻzalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin qadrligim, kechgacha goʻzal sabr tilayman...

@Rumiy_Jaloliddin🍃
🍃 Ishq namoz kabidir, niyat bilan kirishdingmi atrofga alanglash mumkin emas.

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍃 Anas ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qiladi:

“Rasululloh alayhissalotu vasallam aytadilar: “Sizlarning biringiz haqiqiy iymonga erisha olmaydi, toki o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun yaxshi ko‘rmaguncha”.

Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati

🍃 Kuningiz xayrli oʻtsin azizlarim! ☀️

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Bugun sizga shu gaplarni xech kim aytmagan bo‘lsa, tinglang:

🥰 Siz ajoyibsiz!
💞Siz sevimlisiz!
👨‍👩‍👦‍👦 Siz keraksiz!
👏 Siz o‘ylaganingizdan xam kuchlisiz!
Siz uddalaysiz!
🤲 Inshaalloh, hammasi yaxshi bo‘ladi!
Faqat siz olgʻa yuring, chekinmang....

🌙 Tutgan roʻzalaringizni Alloh dargohida qabul qilsin ilohim.. Kechgacha goʻzal sabr tilayman))

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
Ko‘nglimki, g‘aming bilan to‘liqdir, Ey do‘st,
Darding tunu kun menga rafiqdir, Ey do‘st .
“Men ko‘ngli siniqlarni sevarman”, debsan,
Bizning-da shu ko‘ngl siniqdir, Ey do‘st.

- Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Tilanchidan bir narsa tilanmoq oqilning ishi emas.

🍃 Dunyo bir tilanchidir. Sen, asl Podshohni unutib, dunyodan bir narsalar istamoqdasan..!

🍃 Bechora dunyo!
U ham ta’siri kuchli bo‘lgan sharobdan ichib, mast bo‘lgan va bir joyda turolmay, chayqalib turmoqda...

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Men bir baliqman.
Ishq esa men suzgan dengiz.
Ishqdan ko‘zlarim to‘la yosh bo‘lsa ham, u ko‘zyoshlarimni qayerdan bilsin?
Boshimni undan chiqarayin desam, baliqman.
Nafasim to‘xtaydi...

©Mavlono Rumiy

@Rumiy_Jaloliddin 🍃🍃
🌿 Qaysi payg‘ambar qayerda yashaganini bilasizmi?

Otamiz Odam va Onamiz Havvo — janubiy-g‘arbiy Osiyoda yashagan (yashagan joylari hozir qaysi davlatga to‘g‘ri kelishi haqida aniq ma’lumot yo‘q).

Nuh alayhissalom — Iroq Yaman
Idris alayhissalom — Falastin
Solih alayhissalom — Arabiston
Hud alayhissalom — Yaman
Ibrohim alayhissalom — Falastin
Lut alayhissalom — Iordaniya
Ismoil alayhissalom — Arabiston
Is’hoq alayhissalom — Falastin
Ya’qub alayhissalom — Falastin
Yusuf alayhissalom — Misr
Shu’ayb alayhissalom — Arabiston
Ayyub alayhissalom — Suriya
Horun alayhissalom — Misr
Muso alayhissalom — Misr
Zulkifl alayhissalom — Falastin
Dovud alayhissalom — Falastin
Sulaymon alayhissalom — Falastin
Alyasaʼ alayhissalom — Suriya
Ilyos alayhissalom — Suriya
Yunus alayhissalom — Falastin
Zakariyo alayhissalom — Falastin
Yahyo alayhissalom — Iordaniya
Iso alayhissalom — Falastin

Muhammad sollallohu alayhi vasallam — Arabiston

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Ayol bilmaganga Nafs,
Bilganga esa Nafasdir...

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 – Bolam, sen yeyaver, mening qornim toʼq.
– Mana bu goʼshtni yegin, men goʼshtni uncha yoqtirmayman.
– Mana bu pulni olaver, menda unga ehtiyoj yoʼq.
– Mana bu choyshabni yopin, men sovqotmayapman.
– Yigʼlama, men kasal emasman....

Ona...

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Ishqning borlig'ida shu darajada yo'q bo'ldimki, U yo'qlik minglab borliqdan ko'ra yoqimliroqdir...

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿...

- Sen bilan o’qiladigan namozlar…
- Sen bilan o’qiladigan Qur’onlar…
- Sen bilan o’qiladigan duolar…
-Sen bilan kuladigan hazillar…
-va sen bilan Jannatlarda ham birga bo’lmoqlikni istayman qalbim chechagi…

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 "Yashashdan qo‘rqasizmi, o‘limdanmi!?" deyishadi. Ikkisidan ham qo‘rqmasligimizni aytamiz. "Nega?" deb so‘rashsa, "Yashasak-Allohning panohida, o‘lsak - Allohning huzuridamiz" deymiz...

©Salim Ayyubiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌿 Tirikmisiz..? Hayotni qadriga yeting.!

- Charchadingizmi.? Alloh yaratgan tabiat qoʻyniga chiqing, dam oling, tafakkur qiling!

- Yiqildingizmi.? Allohdan sabr va kuch soʻrab, turing oʻrningizdan!

- Sizdan soʻrasalar, siz bering,oʻylanmang.!..

- Sizni qadrlamasalar,xafa boʻlmang,qadr xam soʻramang.!

- Eshikni yopib xaydadilarmi.? U joyga aslo qaytib bormang.

- Sizga oʻrgatsalar, oʻrganing saboq oling.!

- Hayot sinovlari sizni sindirmoqqa chogʻlansa, aslo taslim boʻlmang.!

- Sizni sotsalar, kechirim bilan jazolang (qalbingizga qaytib kirgizmang, kirgizish ixtiyoringiz)

- Sizga qalb eshigini ochsalar, u qalbga kirishdan avval ifloslangan poyabzalingizni yechib kiring.

- Qachondir qalblardan quvilsangiz xafa boʻlmay keting, sabrli va kuchli boʻling.!
tirikmisiz? - Alloh siz bilan.!

- Yaralangan sherga, sogʻlom sherdan koʻra ogʻriqlar shijoat, kuch va xaybat berganidek, yiqilgan va qalbi yaralangan inson xam hayotda kuchli, shijoatli va sabrli va qoʻrqmas boʻlib boradi...

@Rumiy_Jaloliddin🍃
🌿 Hali shunday kun keladi...
Hovuchingizdagi duolaringiz ijobatidan yum~yum yig‘laysiz...

🌿 Hali shunday kun keladi, sabringizga tasanno aytasiz. Chunki orzularingiz ushaladi...

🌿 Hali shunday kun keladi, sizni qo‘l bilan ko‘rsatganlar, sizga qarsak chaladi...

🌿 Hali shunday kun keladi, daromadingiz kengayib o‘zingiz o‘ylamagan ulkan saxovatli ishlarni boshlaysiz...

🌿 Hali shunday kun keladi, Allohim "Bo‘l" deydi va hammasi bo‘ladi... Qadrligim, bo‘ladi, shunga ishoning...

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🍃 Bir ziyonga uchrash bir qancha ziyonlarni daf etadi.

Jismimiz, molimiz jonimizga fidodir. Jonimizga keladigan balo jismimizga, molimizga keladi. Gʻazabga uchradingmi podshohlarga mol-mulkingni berib, boshingni qutqarasan. Ish bilmaydigan johilmisan? Falokatga uchragach podshohdan molingni yashirishga tushasan.

©Jaloliddin Rumiy


@Rumiy_Jaloliddin 🍃
🌺 Saxarligu, iftorlikda beminnat xizmat qilayotgan Muslimalarimizga beadad ne'matlari bo'lgan Jannatda eng oliy maqomlarni bergin Robbim!

Robbim sizlarni Jannati bilan siylasin Jannat qalblilarim!

@Rumiy_Jaloliddin 🍃
2024/05/16 20:18:04
Back to Top
HTML Embed Code: