Telegram Web Link
​​#unutmang #smartfon #yo'qolsa

Eslab qolish uchun arzigulik maʼlumot.

📌 Mabodo android tizimida ishlaydigan smartfoningiz yoʻqolib qolsa:

📧 Oʻsha smartfonga kiritilgan Gmail pochtaga kompyuter yordamida kiring.

📱 Keyin “Google chrome” dan - google.com/android/find shu link orqali oʻtsangiz, smartfoningizga telefon qilib topish yoki, uni bloklab qoʻyish funksiyalari ochiladi.

😉 Tangani ikkinchi tomoni bo'ladi deb bekorga aytishmagan.

@SMMvaMarketing - SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
​​#Yotishdan #foyda #yo'q

Hali ham yotibsizmi?

👨‍💻 Hozirgi kunda biz xar xil onlayn platformalar orqali koʻplab bilimlarga ega boʻlishimiz mumkin.

🌐 Xorijiy tillar oʻrganish uchun:
🔹 www.duoling.com
🔹 www.lingvist.io
🔹 www.busuu.com
🔹 www.memrise.com

⌨️ Dasturlashni oʻrganish uchun:
🔸 www.udacity.com
🔸 www.codecademy.com
🔸 stuk.io
🔸 learnable.com

📚 Bu roʻyxatda boshqa kurslar jamlangan.
🔹 www.edx.org
🔹 www.coursera.org
🔹 www.udemy.com
🔹 www.skillshare.com

🔐 Toʻgʻri boshlanishiga qiyin boʻlishi mumkin lekin har sohani qiyinchiligi bor.

@SMMvaMarketing — SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
​​#smm #topish #xursandman

SMMchi uchun kerakli maʼlumotlar

📋 Kanalimizdan SMMchi uchun kerakli maʼlumotlarni topa olmayapsizmi?

SMMchi uchun kerakli saytlar:
● Taplinkda “mini” sayt boʻlib, unda oʻzingizning kichkina maʼlumot bazangizni yasashingiz mumkin!
● Rasm va video yasash uchun.
● Qidiruv tizimni tungi rejimga oʻtkazish!
● Savodxon.uz haqida

SMMchi uchun kerakli maʼlumotlar:
● SMM haqida tushuncha.
● Maqola yozishda nimalarga eʼtibor berish kerak?
● SMMchilar bilan bir guruhda boʻlishni xohlaysizmi?
● SMMni biznesga taʼsiri

Kerak boʻladigan dasturlar:
● Zoom da yoʻq narsa AnyDesk da bor.
● Zoom ilovasi haqida.
● Convertilla haqida eshitganmisiz?
● oCam “экран запись“ qiluvchi dasturdir.

SMMchi uchun kerakli videolar:
● YouTubedan Video yuklab olishni tez va oson yoʻlini oʻrganamiz!
● “Чат bot” yasash haqidagi video darslik.
● Bitta kompyuterda 2-3 telegram ochish.
● SMMchi uchun kerakli botlar.

😇 Joylagan maqola va videolarimdan oʻzingizga bir dona fikr yoki bir dona gʻoya olgan boʻlsangiz, maqsadimga yetgan deb hisoblayman.

💪 “Oʻzbekni farzandlari hech boʻlmaganda, tadbirkor boʻlsin, dunyo qarashi kengaysin, bilimi zoʻr boʻlsin, ota-onasini duosini olishga harakat qiladiganlar koʻpaysin!“ Degan maqsadda shu maqola va videolarni joyladim.

😉 Do'stlaringizga ham ulashing va kanalga shunchaki obuna bo'lishsa bas.

@SMMvaMarketing — SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
Audio
#audio #tinglash #kifoya

Bu shunchaki tushuncha.

👨🏻‍💻 IT sohasini oʻrganmoqchi boʻlsangiz manashu audioni eshiting va tushuncha oling.

📌 Oldindan aytib qoʻyay bu shaxsiy fikr: oʻzi motivatsiyani oʻzingiz hozirgi holatdan kelib chiqib olishingiz kerak boshqalarni gapini eshitib emas.

@SMMvaMarketing — SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
​​#olim #sayt #biznes

Veb Saytning afzalligi

📌 Veb sayt bu - veb sahifalarning jamlanmasi, u brauzerlar orqali ochiladi, brauzerlar orqali biz biror bir maʼlumotni yoki biror bir amalni bajarishimiz mumkin.

📔 Masalan kitob misolini olamiz: Kitobni ichida 1chi bet boʻladigan boʻsa, u kitob 200 bet boʻlishi mumkin.

📉 Har bitta sahifasini alohida qilsak maʼlumot topish qiyinlashadi shuning uchun hammasini bitta qilib yaʼni maʼlumotlarni Veb Saytga aylantiramiz.

📖 Qisqasi Veb Sayt 100lab 1000lab Veb sahifalarni jamlanmasi hisoblanadi. Odatda Veb saytlar biror bir mavzuga qaratilgan boʻldi oldi sotdi, maʼlumot berish, koʻngil ochar narsalar va hokazolar.

📱 Eʼtibor bergan boʻsangiz boshida brauzerlar haqida ham gapirib oʻtdim. Ko'pchilik biladigani: Chrome, Yandeks va shunga oʻxshaganlaridir.

💭 Tasavvur qiling siz elektron kitob oʻqimoqchisiz, uning uchun bizga u kitobni ochib beradigan dastur kerak. Veb saytni ham koʻrish uchun bizga Google va boshqa brauzerlar kerak boʻladi.

🤑 Endi eng qiziq joyi: Veb saytni biznesga foydasi toʻgʻrisida gaplashamiz. Kompaniyani reklama qilish uchun yoki u haqida maʼlumot berish uchun koʻpincha koʻchadagi bannerlardan foydalanishadi, buning uchun banner ijarasiga pul toʻlash kerak va banneringizni oldidan kimdir oʻtishi shart, bu sizning kompaniyangiz oʻsishiga xalaqit qiladi.

🎯 Veb Sayt siz uchun yordamga keladi desa ham boʻladi. Chunki unga hech qanday ijara puli yoki kimdir tushuntirishi shart emas. Biznesga foydasi esa aynan shundadir.

🖲 Kimdir kompaniyangiz haqida maʼlumot bering desa Veb Saytingizni nomini berasiz va hammasi joyida boʻladi.

💸 Agar siz kompaniya egasi boʻlsangiz Veb Sayt yaratish, telefon uchun qandaydir dastur yaratishdan arzon boʻladi. Yana Veb Saytning afzalligi xohlagan qurilmadan saytingizni boshqarishingiz mumkin.

😁 “Uyda bekor oʻtirgandan koʻra fikringizni ayting, balki sizning fikringiz bizga maʼqul boʻlar, siz balki olimdirsiz?!“

✍️ Sizning fikringiz biz uchun 1ta ahamiyatga ega. Fikringizni izohda qoldiring.

@SMMvaMarketing — SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
​​#iPhone_12 #Mi_11

Xiaomi Mi 11

📌 Mi 11 barcha tomonlari bukilgan displeyga “sharshara-ekranga” ega boʻlishi aytilmoqda.

☝️ Kompaniya yangi Snapdragon 888 protsessorida ishlaydigan 1-smartfonini taqdim etishga harakat qilmoqda. Nima ham qilar edik, kutamiz.

🤩 Hozircha Xiaomi flagmaniga 120Hz yangilanish chastotasiga ega displey oʻrnatilishi maʼlum.

📆 Xiaomi Mi 11 dekabr oxiriga qadar taqdim etilishi mumkin.

😁 Sizda 2ta yoʻl bor:
1-yoʻl iPhone 12 olish, 2-yoʻl Mi 11. Siz qaysi birini tanlar edingiz?

@SMMvaMarketing — SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
#telegram #yangilik

Guruhlarda ovozli suhbatlar. (alfa versiyasi)

Windows uchun 2.4.13 versiyasi chiqdi. Tezroq sinab koʻring.

@SMMvaMarketing — SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#avtomobil #kama #elektromobil

Benzin narxi osmonda

😉 Oldin benzin tugab qoldi nima qilaman deb yurardik, keyin gaz balonlarga o'tildi va benzin tugasa gaz, gaz tugasa benzin.

😅 Endi xalq gaz soʻramoqda, benzin narxi osmonda, shuning uchun elektromobillar ishlab chiqarildi.

🔋 Kama 250 km masofani bitta quvvat bilan bosib oʻtishga qodir byudjetli “Kama-1“ elektromobilini taqdim etdi.

😜 Chiroqdan muammo boʻlmaydi degan umiddaman.

🖲 Batafsil
: https://kod.ru/kama-1-electrocar-by-kamaz/

@SMMvaMarketing — SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
#Тезкор

🤯 Dunyo bo‘ylab YouTube, Gmail va Google lar ishlamayapti.

💰 Bilasizmi? Bu kompaniyalar xozir daxshatli pul yo‘qotmoqda.

@SMMvaMarketing
​​#oʻyla #izla #top #moslash

SMM rasm yasash emas

😅 Koʻpchilik SMMchining vazifasiga rasm yasash ham kiradi deb oʻylaydi. Lekin bu xato.

SMM sohasida asosiy xususiyatlar:
📌 Hordiq chiqarish;
📌 Oʻrganish, bilim olish;
📌 Muloqot qilish;
📌 Tekin sovgʻalar kutish;
📌 Hissiyotlarni
ulashish.

🤓 Biz ijtimoiy tarmoqlarga kirib shu narsalardan foydalanamiz. Agar siz shu narsalarni, kompaniya yoki shaxsiy brend nomidan odamlarga bersangiz, SMMchisiz.

😁 Tushunmay qoldingizmi?
Siz maqola yozingki, odamlar hordiq chiqarsin, oʻrgansin, bilim olsin, muloqot qilsin hatto tekin sovgʻalar kutsin va hissiyotlari bilan ulashsin.

😉 "SMMda rasm yasash ham o'rgatiladimi?" deb so'ragan do'stlaringizga jo'nating.

🔥 Ijtimoiy tarmoqlarga SMMchi sifatida kirish vaqti keldi!

@SMMvaMarketing — SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
​​#lirikchekinish

Omad uchun 1-qadam

🧐 Sizga omad kulib boqmadimi? Siz omadingizni izlayapsizmi? Yoki omadli bo'lishni istaysizmi? Unda oxirgacha o'qing.

💪 Sizga omad kulib boqmadimi? Bu degani siz hech narsani eplay olmaysiz degani emas. Qo'lingiz, oyog'ingiz va boshingiz joyida. Shuning o'zi sizning omadingiz. Shunchaki shu narsalardan to'g'ri foydalaning.

🔥 Siz omadingizni izlayapsizmi?
Sizda harakat bor. Natija uchun ishlang va kelajagingiz quriladi. Biznes yosh tanlamaydi. 12 yoshmisiz, 40 yoshmisiz bari-bir. Odamlarga foydangiz tegsa bas. Ularning o'zi sizning oldingizga kelishadi.

👨‍💻 Yoki omadli bo'lishni istaysizmi?
Televizor ko'rishni o'rniga kitob o'qing, googlega kirib maʼlumotlar oling, telegram kanallarni o'zida olam-olam ma'lumot. Qaysidir o'quv markazida zamonaviy kasblardan birini o'rganing.

📌 O'rgangan va o'qigan odam televizor ko'rgan odamni boshqara oladi.

@SMMvaMarketing — SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
​​#worldinit #IT #bot

Men bilgan eng yaxshi bot

📌 Bu botni SMMni endi oʻrganishni boshlaganlarga yoki SMMga qiziqadiganlarga tavsiya qilaman.

👨‍💻 @worldinitbot - shu bot orqali siz bepul IT darslarni koʻrib oʻrganishingiz mumkin.

🎥 SMMdan boshlanib, android dasturlashgacha bepul darslar joylangan. Hammasi oʻzbek tilida

😅 Bot qotib qolsa xavotir olmang, koʻp odamlar birdaniga kirishsa ozgina sekinlashadi.

Manzil:
@worldinitbot

@SMMvaMarketing - SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
​​#smm #haqida #batafsil

SMM bilan tanishib chiqing

😉 Orangizda koʻp odam SMM nima ekanini bilsa kerak. Shunga qaramasdan yana bir bor SMM haqida maʼlumot aytib oʻtmoqchiman!

1️⃣ SMM bu Social Media Marketing, yaʼni Ijtimoiy Media Marketing qisqartmasidir. Facebook, Instagram, Telegram, Twitter, TikTok va shunga oʻxshagan tarmoqlarda oʻzingizning kompaniyangizni tanitish yoki boshqa bir kampaniyani brend va mahsulotini tanitishdir.

SMMchining vazifalari:
Kontet reja tuzish;
Maqola yozish;
Uni turli ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga tanitish;

Bularning barchasi katta masʼuliyat talab qiladi!

2️⃣ SMMga moslashish. Oldin biznes yoʻlga qoʻyilib keyin SMMni oʻylashar edi. Hozirda SMMga birinchi eʼtibor berib keyin biznes boshlashmoqda! Bu, albatta, yaxshi. Chunki, biznes bilan SMMni birgalikda borishi bu tezroq rivojlanishga olib keladi.

3️⃣ Nega saytlar orqali reklama berilmaydi?! Nega aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali berganimiz maʼqul?! Buning javobi, foydalanuvchilarning qoʻlidagi qurilmalari bilan bogʻliq. Insonlarni qoʻllarida "smartfonlari" boʻlgani uchun, internetga juda tez fursatda kiradilar, saytlarga kirishdan koʻra ijtimoiy tarmoqlarga maxsus ilovalar orqali kirish osonroq va insonlar shuni tanlashdi. Biz insonlarga qulayida ishlaymiz xalos.

4️⃣ Boya aytganimdek yangi biznes egalari ham eski biznes egalari ham oʻzining SMMini yaʼni ijtimoiy tarmoqdagi kanallarini rivojlantirishmoqda. Bu esa katta raqobat deb ataladi!

@SMMvaMarketing - SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kayfiyatni_koʻtaramiz

Yangi yil yaqinlashmoqda

❄️ Archa archa jon archa
❄️ Yaproqlaring ninacha
❄️ Atrofingda aylanib
❄️ Qoʻshiq aytadi barcha

@SMMvaMarketing
​​#maqolayozamiz #№1

Maqola yozishda nimalarga e'tibor berish kerak?

☝️ Koʻpchilikni qiynaydigan savol bu: maqola yozishda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Birinchi bosqich:
🎯
Oʻzingizni "stilingizni" yarating! Mening maqolalarimni har bir qatorida bittadan "ikonkalar" (📌🤔...) bor! Bu mening stilim.

😉 Siz ham boshqa kanallarni kuzating va kanallarda yoʻq narsani toping. Eng muhimi stilingiz oʻzingizga yoqsa bas!

💪 SMM va Marketing kanalini kuzatishda davom eting va maqola yozishda nimalarga e'tibor berishni bilib olasiz.

@SMMvaMarketing - SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
😇 Shu natija uchun rahmat va bundan ham yuqori natijalarga erishish nasib qilsin
#yangi #yil #muborak

😇 Assalomu alaykum! Sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.

🤲 Alloh ishimizga rivoj bersin va ilmimizni ziyoda qilsin!

@SMMvaMarketing
​​#maqolayozamiz #№2

Kanalingiz uchun yangilik topish

👆 Esingizda boʻlsa yaqinda “Maqola Yozishda nimalarga eʼtibor berish kerak” mavzusida post qoʻygan edim! Bugun esa uning davomini bilib oling.

Ikkinchi bosqich:
📌 Maqola uchun yangiliklar topish! Hammani qiynaydigan va oʻzim ham qiynaladigan bosqich shu boʻladi!

🇷🇺 Yangiliklarni koʻpincha rus tilida qidiring! Rus tilida qiynaladigan boʻlsangiz, turli “переводчик“lardan foydalaning. Xullas “oʻzing uchun oʻzing kurash!"

😁 Sizlarga qiladigan tavsiyam:
IT boʻyicha koʻplab kanallarni kuzating va bir-kunmas, bir-kun “kalavaning uchini” ijtimoiy tarmoqlardagi kanallariga qoʻyishadi. Fursat foydalaning.

@SMMvaMarketing - SMM, Raqamli marketing va texnologiya haqida
2025/10/25 15:59:00
Back to Top
HTML Embed Code: