Mening shaxsiy kanalim!
📌 Mening shaxsiy kanalim bu — @SMMvaMarketing kanalidir.
❗️ Bu kanal haqida eshitmagan boʻlsangiz, bu maʼlumot siz uchun!
📱 Bu kanalda siz SMM va Marketing sohasidagi yangiliklarni kuzatib borasiz.
🔹 SMM bu - Raqamli marketingning bir qismi. Unda asosan ijtimoiy tarmoqlarda brend hosil qilish va uni ommaga tanitish ishlari amalga oshiriladi.
🔹 Kopirayting asoslari, yaʼni effektiv maqolalar yozish ham SMM mutaxassisining vazifalaridan biri hisoblanadi.
🔸 Ingliz tilida “market” — bozordagi faoliyat degan maʼnoni anglatadi.
🔸 Marketing — sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi tovar, mahsulot yoki xizmatlar almashinuvi natijasida kompaniyaning qiymati oshish jarayoniga aytiladi.
🎯 Kanalimizga obuna boʻling va yangiliklardan boxabar boʻling!
@SMMvaMarketing

#tushuncha #tiktok #kontent
TikTok haqida tushuncha.
📌 Kelib chiqishi: Xitoy boʻlib u yerda, Douyin deb ataladi. Xitoyda 2016 - yil, sentyabr oyida ishga tushirilgan va 2017 - yilning sentyabr oyida xalqaro miqyosga chiqqan.
📲 Eng koʻp yuklab olingan davlatlar Hindiston, Xitoy va AQSh hisoblanadi.
❗️ TikTok bugungi kungacha 155 ta mamlakatni ishgʻol etishga ulgurdi. Shuningdek, dastur 75 ta tilda (eshitishim boʻyicha, 39 ta ekan, lekin yozib qoʻyaverdim) ishlaydi!
TikTok ilovasining afzalliklari:
🔹 Qisqa videolarni yaratish;
🔹 Videoni tezlashtirish yoki sekinlashtirish;
🔹 Videolarga boʻlgan reaksiyani ifodalash;
🔹 Orqa fonda musiqani aks ettirish.
👨💻 TikTok bu - asosan qiziqarli kontent yaratish uchun moʻljallangan platforma.
🌎 Hozirgi kunda butun dunyo TikTok dan foydalanmoqda.
🎯 Siz ham ortda qolmang!
Ilovani yuklab olish.

#sayt #youtube #video
Xoh ishoning, xoh ishonmang!
🕵️♂️ YouTube dunyoda ikkinchi oʻrinda turadigan sayt hisoblanadi. Bu ma'lumotni bilsangiz kerak. Shuning uchun siz bilmagan bir nechta faktlarni taqdim etishga qaror qildim.
Foydalanuvchilar:
👨💼 62% erkaklar;
👩💼 38% ayollar.
🎥 YouTube ga joylangan hamma videolarni toʻliq koʻrib chiqishingiz uchun sizga 1000 yil kerak boʻladi.
💴 Maʼlumotlarga koʻra, YouTube oʻz egalariga yiliga 20 mlrd dollar foyda keltiradi, uning narxi esa hozirda 140 mlrd dollarni tashkil qiladi.
YouTube ni qaysi platformadan koʻproq koʻrishadi?
📱 70% smartfon va planshet;
💻 30% esa shaxsiy kompyuter va televizorlar orqalidir.
⏰ Oʻrtacha foydalanuvchi odamlar bir oʻtirishda 40 daqiqa davomida YouTube da video tomosha qilishadi.
🌏 YouTube 83 ta tilda ishlaydi va 91 ta mamlakatda mavjud!

#mini #sayt #qoyil
Taplink haqida!
🤏 Taplinkda “mini” sayt bo'lib, unda o'zingizning kichkina ma'lumot bazangizni yasashingiz mumkin!
🏦 Ushbu sayt yordamida siz, kompaniyangiz haqida maʼlumot berishingiz, mahsulot menyusini joylashtirishingiz mumkin.
📌 Eng muhimi, buning uchun siz dasturlash, HTML-tartibi, skriptlar, fotoshop va boshqa narsalar haqida hech qanday maxsus bilimga muhtoj emassiz!
🧾 Taplinkda ishlash uchun siz: roʻyxatdan oʻting va saytingiz uchun kerakli elementlarni tanlang.
🎯 Kerakli ma'lumotlarni osongina joylashtirishingiz mumkin. Taplink orqali odamlar kompaniya haqidagi ma'lumotlar va h.k.larga yo'naltiriladi.
📍 Sodda qilib aytganda bitta silkaga ko'plab silka, umumiy aloqa va ma'lumotlarni joylashtirsa bo'ladi! Odamlar taplikni ochib joylashtirgan ma'lumotlaringiz bilan tanishadilar.
Taplinkdan ro'yxatdan o'tish.

#kompaniya #eshitgan #qiziq
Humans
😊 Humans.uz haqida ko'p eshitgan va ko'rgan bo'lsangiz kerak!
Humans nima o'zi?
👉 Humans simkarta sotadigan kompaniya bo'lib, u kompaniyadan simkarta sotib olsangiz sizga shu imkoniyatlar taqdim qilinar ekan!
😉 Humans kompaniyasi bunday dedi. Ko'ramiz qanchalik uning gaplari to'g'ri ekan!

#video #smm #dars
Zo'r narsa aytemi?
👨💻 Kecha YouTubeda Abdulla Abdurahimov, Abduvosiq Abdumalikov va Sadriddin Abdurahimov lar ochiq darsda SMM haqida ko'plab tushunchalar berib o'tishdi!
Bo'lib o'tgan ochiq darsning tartibi:
🔹 SMM haqida;
🔹 Najot Ta'lim markazining SMM kurslari;
🔹 Savol-javob.
🤦♂️ Men kecha ayrim sabablarga ko'ra band edim shuning uchun sizlarni bu yangilikdan boxabar qila olmadim!
💁♂️ Videoni ko'ring va savollaringizni izohda qoldiring!
Videoni ko'rish!

#layfxak
Zoom da yoʻq narsa AnyDesk da bor
😊 AnyDesk haqida eshitmagan boʻlsangiz kerak!
AnyDesk ni + tarafi:
👨💻 Sizning kompyuter va noutbookingizga ulangan holda sizning muammoingizni hal qilsa boʻladi!
AnyDesk ni - tarafi:
😞 Siz AnyDesk da video uchrashuvlar qila olmaysiz.
🕵️♂️ U ishonchlimi? deganlarga: Ha dasturchi Xasanboy akani (adam bilan ishlaydigan dasturchi) oʻzlari tavsiya qilganlar va 100% ishonchli!
📲 Zoom ga oʻxshab "registratsiya" qilish shart emas, shunchaki yuklab olinsa kifoya!
🕹 Yuklab olish uchun havolani bosing!
https://anydesk.com/ru/downloads/windows

Zoom ilovasi
👨💻 Zoom ilovasi sizning uzogʻingizni yaqin qiladi!
☕️ Uyda oʻtirib zoom ilovasini yuklab oling va istagan odamingiz bilan suhbatlashing! Xohlasangiz onlayn choyxona ham qilsangiz boʻlaveradi!
😊 Agar siz ish yoki oʻqish uchun bu ilovani oʻrnatmoqchi boʻlsangiz sizga qulayliklar yetarli!
☝️ Shuni ham aytish kerak-ki hozirda Zoom ilovasidan foydalanayotganlar soni: 250 ming kishidan ortmoqda!
✍️ Savollaringizni izohda qoldiring qoʻldan kelgancha yordam beraman!
🖲 Videoni koʻrish!

#video #layfxak #dars
Convertilla haqida eshitganmisiz?
♻️ Convertilla bu videolarni sifatini yo'qotmasdan hajmini pasaytiradigan programma!
Convertilla imkoniyatlari:
📌 Uning imkoniyatlari juda ham koʻp! Shular jumlasidan Full hd; Mp3; Mp4; har xil telefonlar uchun moslashtirsa boʻladi.
🕹 Agar siz bu videoni facebookga joylamoqchi boʻlsangiz 1280x720 oʻlchamini tanlaysiz! Programmada koʻplab oʻlchamlar bor, oʻzingizga maʼqulini tanlasangiz bas!
👨💻 Convertilla programmasini shaxsan oʻzim tekshirib koʻrganman. U juda ham tez va samarali ishlaydi!
☝️ Siz bu programmani ishlatmoqchi boʻlsangiz bu video siz uchun!
Videoni ko'rish | Programmani yuklab olish

#dorivor #giyoh #yetkazish
Alhadaya qora sedana yog'i!
☝️ Oliy navli qora sedana yogʻidan tayyorlangan 100% tabiiy, yuqori sifatli mahsulot!
💪 Alhadayaning tarkibida organizm uchun kerakli boʻlgan barcha vitaminlar, mikro va makro elementlar mavjud va immunitetingizni koʻtaradi.
🇺🇿 Alhadaya kapsulalarini butun Oʻzbekiston boʻyicha yetkazib berish usuli mutlaqo bepul tarzda amalga oshiriladi.
🏙 Toshkent boʻyicha 24 soat davomida yetkaziladi
🛣 Viloyatlarga 3 kun ichida yetkazib beriladi!
✍️ Alhadaya telegram boti orqali roʻyxatdan oʻting va 30%gacha chegirmaga ega boʻling.
Telefon uchun:
☎️ +998712078886
📱 +998998478886

#faktor #faoliyat #albatta
MFaktor kanali haqida eshitgan boʻlsangiz kerak!
💴 Agar biznes boshlamoqchi boʻlsangiz sizga maʼlumotlar va maslahatlar kerak boʻladi.
📱 Aynan shu kanalga qoʻyiladigan Oʻzbekiston bozorida biznes qilishda katta tajribaga ega boʻlgan va sizlar uchun ustoz maqomidagi tadbirkorlar bilan foydali suhbatlar uyushtirib boriladi.
😊 Kerakli, foydali, samarali bilimlarni bilishni istasangiz MFaktor kanaliga obuna boʻling va oʻz yaqinlaringizga ham tavsiya qiling!
YouTube kanaliga o'tish!
@SMMvaMarketing
Telegram | YouTube | Facebook

#dastur #yuklash #havola
oCam
💻 oCam “экран запись“ qiluvchi dasturdir.
🎯 oCamdan boshqa Movavi degan dastur ham bor. Movavini ishlatsangiz yarim soatni ichida videongiz GB boʻlib ketadi lekin oCamni ishlatsangiz bir soatda ham 500 MB joyni egallaydi.
❌ Narsa sotsang kamchiligini ham aytib sot deyishadi. Shuning uchun bu narsani aytish kerak. oCamdan chiqib ketganingizda qandaydir saytga kirib qoladi. Shunchaki “X” ni bosib chiqsangiz bas!
🖲 F2 tugmasini bossangiz “запись“ ga olinishni boshlaydi va yana shu tugmani bossangiz “запись“ ga olish tugaydi!
oCamni yuklab olish.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#youtube #video #yuklash
☝️ Assalomu alaykum! Bugun biz YouTubedan Video yuklab olishni tez va oson yoʻlini oʻrganamiz!
💪 Buning uchun bizga @Gozilla_bot kerak boʻladi. Videoni o'zim tayyorladim!

#smm #marketing #tushuncha
Katta maqolada katta maʼlumotlar bor!
😉 Orangizda koʻp odam SMM nima ekanini bilsa kerak. Shunga qaramasdan yana bir bor SMM haqida maʼlumot aytib oʻtmoqchiman!
1️⃣ SMM bu Social Media Marketing, yaʼni ijtimoiy media marketing qisqartmasidan olingan. Facebook, Instagram, Telegram, Twitter, TikTok va shunga oʻxshagan tarmoqlarda oʻzingizning kompaniyangizni tanitish yoki boshqa bir kampaniyani brend va mahsulotini tanitishdir.
SMMchining vazifalari:
✅ Kontet reja tuzish;
✅ Maqola yozish;
✅ Uni turli ijtimoiy tarmoqlar orqali ommaga tanitish;
Bularning barchasi katta masʼuliyat talab qiladi!
2️⃣ SMMga moslashish. Oldin biznes yoʻlga qoʻyilib keyin marketingni oʻylashar edi. Hozirda marketingga birinchi eʼtibor berib keyin biznes boshlashmoqda! Bu, albatta, yaxshi. Chunki, biznes bilan marketingni birgalikda borishi bu tezroq rivojlanishga olib keladi.
3️⃣ Nega saytlar orqali reklama berilmaydi?! Nega aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali berganimiz maʼqul?! Buning javobi, foydalanuvchilarning qoʻlidagi qurilmalari bilan bogʻliq. Insonlarni qoʻllarida Smartfonlari boʻlgani uchun, internetga juda tez fursatda kiradilar, saytlarga kirishdan koʻra ijtimoiy tarmoqlarga maxsus ilovalar orqali kirish osonroq va insonlar shuni tanlashadi. Biz insonlarga qulayini tanlaymiz xalos.
4️⃣ Boya aytganimdek yangi biznes egalari ham eski biznes egalari ham oʻzining SMMini yaʼni ijtimoiy tarmoqdagi kanallarini rivojlantirishmoqda. Bu esa katta raqobat deb ataladi!

#biznes #maslahat #barakalla
Biznes savollar
😉 Assalomu alaykum! Agar sizning biznesingiz boʻlsa (mayli boʻlmasa ham) shu savollarga javob bersangiz xursand boʻlar edim!
❓ Sizning biznesingiz bormi? Siz oʻsha biznesda ishtiyoq bilan ishlaysizmi? Sizning biznesingiz oʻzingizga yoqadimi?
☝️ Koʻrganingizdek savollar oddiy lekin, shu oddiy savollar biznesda katta rol oʻynaydi!
💪 Siz hayotda oʻz oʻrningizga ega boʻling, kelmasangiz kutishsin, yoʻq boʻlsangiz qidirishsin!
🙄 Koʻpchilikka maslahat ham aql oʻrgatishdek tuyuladi. Lekin bu aql oʻrgatish emas!
🤓 Aytgancha yana bir savol: kanalda maqolalar kirill harflarda yozilsinmi yoki lotin?!
✍️ Javoblaringizni izohda qoldiring!

#telegram #yangi #versiya
Koʻpchilik bilsa kerak...
🥳 Kechadan oldin Telegramning yangi versiyasi (2.2) chiqdi. Androidlar uchun 6.3 versiyasi mavjud!
😉 Uning imkoniyatlari yaʼni menga yoqqan tarafi endi, profilga video qoʻysa boʻlar ekan!
🙃 Hozircha “видеозвоноки“ yoʻq, tez orada uni ham kutib qolamiz! Lekin eshitishimga qaraganda iPhonelarga ishlayotgan ekan!
😉 Agar siz telegramingizni “Обновить“ qilgan boʻlsangiz unda bu narsani bilgan boʻlsangiz kerak! Nima haqida gapirayotganimni videoni koʻrsangiz tushunasiz!

#maqola #yozish #qoidasi
Maqola yozishda nimalarga eʼtibor berish kerak?
☝️ Koʻpchilikni qiynaydigan savol bu: maqola yozishda nimalarga eʼtibor berish kerak?
🎯 Birinchi bosqich: Oʻzingizni stilingizni yarating! Mani maqolalarimning har bir qatorida bitta smaylik bor! Bu mani stilim. Siz ham boshqa kanallarni kuzating va kanallarda yoʻq narsani toping. Eng muhimi stilingiz oʻzingizga yoqsa kifoya!
📌 Ikkinchi bosqich: Maqola uchun yangiliklar topish! Hammani qiynaydigan va oʻzim ham qiynaladigan bosqich shu boʻladi! Yangiliklarni koʻpincha rus tilida qidiring! Rus tilida qiynaladigan boʻlsangiz, turli “переводчик“ lardan foydalaning. Oʻzbekchalab aytganda “oʻzing uchun oʻzing kurash”!
❗️ Uchinchi bosqich: Xatolaringizni tuzating! Bilaman boshida xatolaringiz koʻp boʻladi. Koʻp xato qilmaslik uchun koʻproq maqola yozish va kitob oʻqish kerak boʻladi. Ha sizning kitob oʻqigingiz kelmayotgan boʻlsa buni ham yoʻli bor! Savodxon.uz/tahrir saytiga kirasiz va oyiga 10 ming soʻmdan toʻlab bemalol ishlatasiz. Bir narsaga erishish uchun bir narsadan kechish kerak!
🖼 Toʻrtinchi bosqich: Rasm topish va kanalga joylash! Rasm topish uchun shunchaki Googlega kirib, kerakli mavzuni tanlaysiz va “картинки“ joyiga kirasiz va xohlagan rasmingizni “сохранить“ qilasiz! Keyingi ishingiz shunchaki maqolangizni kanalingizga joylasangiz bas! Ana endi rohatlansangiz ham boʻlaveradi!
😉 Maqola yozishda nimalarga e'tibor berish kerak ekanini tushungan bo'lsangiz layk, tushunmagan bo'lsangiz @SMMvaMarketing_bot orqali bemalol so'rashingiz mumkin!

#qurbon #hayt #ayyomi
Barchangizni Qurbon hayt bilan tabriklayman!
🥳 Assalomu alaykum kanalimiz obunachilari! Sizlarni kirib kelgan Qurbon hayt ayyomi bilan tabriklayman!
🤲 Sizlarga chin dildan sihat-salomatlik, baxt va porloq kelajak tilayman!
🔹 Tortiq boʻlsin sizga duo salomlar,
🔹 Duoga eng goʻzal shirin kalomlar.
🔹 Iloho uyingiz nurlarga toʻlsin,
🔹 Qurbon hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!
🤲 Alloh uyingizga nur, qalbingizga huzur, oilangizga baxt, oʻrningizga taxt ato etsin!

#avtomobil #narxlari #tanishish
Mashinalarning dodasi!
📌 Avtomobillarga qiziqasizmi? O‘z narxlari va dizayni bilan yuqori o‘rinlarda turadiganlariga-chi? Unda bu ma’lumotlar aynan siz uchun. Dunyodagi eng qimmat, hashamdor avtomobillarning reytingi bilan tanishishingiz mumkin.
🔥 KOENIGSEGG CCXR TREVITA. Narxi – 4.8 million dollar. Olmosdek yarqirab turishi bilan e’tiborni tortadi. 1.004 ot kuchiga ega. Uning faqatgina ikkita modeli ishlab chiqarilgan.
⚡️ LAMBORGINI VENENO ROADSTER. Narxi – 4.5 million dollar. U kuchli tezlikda harakatlana olishi, dizayni, 6.5 litrli V12 dvigatelga egaligi bilan ajralib turadi.
🏎 LYKAN HYPERSPORT. Narxi – 3.4 million dollar. U dastlab arab sport avtomobili sifatida mashhur bo‘lgan. Uning har bir LED yoritgichlari qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Ushbu mashina Gollivud filmlarida ham namoyish etilgan. Qolaversa, Abu-Dabi politsiyalari ham bu avtomobildan foydalanishadi.
🚓 LIMITED EDITION BUGATTI VEYRON BY MANSORY VIVERE. Narxi – 3.4 million dollar. U eng tezkor avtomobillar ro‘yxatida ham birinchilar qatorida turadi. Avtomobil 2005 yildan buyon ishlab chiqariladi. Shuningdek, Dubay politsiyasining patrul mashinasi sifatida ham foydalaniladi.
🇮🇹 FERRARI PININFARINA SERGIO. Narxi – 3 million dollar. U eng mashhur avtomobillardan biri hisoblanadi. Avtomobil yuqoridan qaraganda go‘yo yurib ketayotgan o‘rgimchakni eslatadi. Biroq, afsonaviy italyan dizayni unga yangicha uslub va e’tiborni tortadigan ko‘rinish tuhfa etgan.
🐎 PAGANI HURAYA BC. Narxi – 2.8 million dollar. 790 ot kuchiga ega bo‘lish bilan bir qatorda, boshqarish uchun juda qulay hisoblanadi. Bu avtomobilni odatda, tashqi ko‘rinishi yoki qanday kuchga egaligiga qarab emas, ichki dizayni qulay va shinam yaratilganligi uchun xarid qilishadi.
🛠 ZENVO TS1. Narxi – 1.9 million dollar. U boshqa avtomobillarda uchramaydigan kuchli “supercharger” va turbo zaryadlovchiga ega.
🏁 MAZZANTI EVANTRA MILLECAVALLI. Narxi – 1.2 million dollar. U Italiyaning eng kuchli mashinalaridan biri hisoblangani tufayli, poyga musobaqalarida yuqori darajada foydalaniladi.

🖲 Kanaldagi maqolalarni maza qilib oʻqishingizni taʼminlash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazamiz. Oʻzingizga maʼqul variantni ustiga bosing!
📝 Kanaldagi maqolalar qaysi yozuvda boʻlsin?

Anonymous Poll
13%
Кириллча
63%
Lotincha
24%
Фарқи йоқ | Farqi yoʻq