Telegram Web Link
Kecha biz Samarqanddagi 71-maktabda bo‘ldik, ushbu ziyo maskani yorqin natijalarni namoyon etmoqda: bitiruvchilar orasida medal olayotgan va xalqaro ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan yoshlar ko‘p. O‘tgan yili esa mazkur dargohning barcha bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlari imtihonidan o‘tib, talabalikka qabul qilindi. Ushbu maktabni va Samarqanddagi boshqa maktablarni a’lo baholar bilan bitirgan o‘quvchilarga oltin medallarni topshirish menga katta mamnuniyat bag‘ishladi.

E’tiborli tomoni, Prezident topshirig‘iga binoan, Qo‘shrabot tumanidagi o‘quvchilar uchun 17 ta yangi maktab-avtobusi taqdim etildi. Ushbu ajoyib sovg‘a tumandagi 20 ta olis maktabda tahsil olayotgan 750 nafardan ziyod o‘quvchiga xavfsiz va qulay tarzda o‘z sinfxonalariga yetib borish imkonini beradi.

Biz har bir bola, qayerda yashashidan qat’iy nazar, sifatli, zamonaviy va munosib ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini juda istaymiz hamda bunga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni yo‘naltiramiz.



Вчера мы побывали в самаркандской школе № 71, которая показывает вдохновляющие результаты: среди выпускников много медалистов, которые поступают в международные учебные заведения. В прошлом году все до единого выпускники этой школы поступили в вузы. Мне было очень приятно вручить золотые медали выпускникам-отличникам как этой школы, так и других школ Самарканда.

Также по поручению Президента для Кушрабатского района Самаркандской области выделено 17 новых школьных автобусов для учащихся. Этот замечательный подарок позволит более 750 ученикам 20 отдалённых школ района безопасно и с комфортом добираться до своих классов.

Нам очень хочется, чтобы каждый ребёнок, независимо от того, где он живёт, имел доступ к качественному, комфортному и современному образованию, и мы для этого делаем всё возможное.
Men uchun farzandlarimizning samimiy va beg‘ubor his-tuyg‘ularini hamda chaqnab turgan ko‘zlarini ko‘rishdan ko‘ra kuchliroq ilhomlantiruvchi narsa yo‘q.

Kecha Samarqand shahridagi “Boqiy shahar” majmuasida aynan shunday, ilhombaxsh kun bo‘ldi — respublikamizning iqtidorli yoshlariga bag‘ishlagan haqiqiy iste’dod bayrami tashkil etildi.

Har bir lahza o‘zgacha ma’no-mazmun kasb etdi. “Turon” teatr ko‘rik-tanlovi g‘oliblarining taqdirlanishi, “Iqtidor” tanlovi finalchilari — maktab ansambllarining yorqin chiqishlari yurtimizda naqadar ijodiy salohiyatli va umidli avlod yetishib chiqayotganini ko‘rsatdi.

Qobiliyatini, yuqori darajadagi mahoratini namoyon etgan barcha jamoalarni chin yurakdan tabriklayman!

Ushbu tadbir oldidan Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy boshqarmalari rahbarlariga xizmat avtomashinalari topshirildi.



Для меня нет ничего более вдохновляющего, чем видеть искренние эмоции и горящие глаза наших детей.

Вчера в комплексе «Вечный город» Самарканда был именно такой день — день настоящего праздника таланта, который мы посвятили нашей одарённой молодёжи республики.

Каждый момент был наполнен особым смыслом. Награждение победителей театрального конкурса «Турон» и блестящие выступления школьных ансамблей-финалистов конкурса «Иктидор» показали, какое творческое и яркое поколение у нас подрастает.

От всего сердца поздравляю команды, продемонстрировавшие высочайший уровень мастерства!

Перед началом мероприятия состоялась передача служебных автомобилей руководителям региональных управлений Министерства дошкольного образования.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand,
19.06.2025.



Самарканд,
19.06.2025.
Bugun Samarqandda xalqaro hamkorlikning yangi sahifasini ochdik — BMT Davlat xizmati forumi boshlandi.

Ishtirokchilarga O‘zbekiston Prezidenti nomidan samimiy qutlov so‘zlarini yetkazish men uchun katta sharafdir.

Dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda va biz O‘zbekistonda bu o‘zgarishlarga faol islohotlar bilan javob bermoqdamiz: raqamli davlat quryapmiz, iste’dodlarga sarmoya kirityapmiz, barcha uchun — ayniqsa, davlat boshqaruvi organlarining uchdan biridan ko‘prog‘ini tashkil etayotgan ayollar uchun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz.

Global bilimlar markazi kabi tashabbuslarimizga ishonch bildirgan xalqaro hamkorlarimizga minnatdorlik izhor etmoqchiman.

Sa’y-harakatlarimizni birlashtirish va yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash orqaligina biz odamlarga, ularning kelajagiga chinakam xizmat qiladigan davlat xizmati tizimini yaratishimiz mumkin.



Сегодня в Самарканде мы открыли новую страницу международного сотрудничества — стартовал Форум ООН по госслужбе.

Для меня большая честь передать участникам слова приветствия от имени Президента Узбекистана.

Мир стремительно меняется, и мы в Узбекистане отвечаем на вызовы проактивными реформами: строим цифровое государство, инвестируем в таланты, расширяем возможности — особенно для женщин, которых уже более трети в органах госуправления.

Хочу поблагодарить международных партнёров за доверие к нашим инициативам, таким как Глобальный центр знаний.

Только объединив усилия и поддерживая молодых лидеров, мы сможем создать такую госслужбу, которая действительно служит людям и их будущему.
2025/07/14 13:56:36
Back to Top
HTML Embed Code: