Telegram Web Link
Kecha Rossiyaning “Yangi Quddus” muzeyida “Olamlar orasidagi nur” nomli noyob xalqaro ko‘rgazmaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu keng ko‘lamli loyiha ilk bor mazkur muzey kolleksiyasi hamda Nukusdagi Igor Savitskiy nomidagi muzey to‘plamidagi durdonalarni bir joyda birlashtirdi.

Ko‘rgazmada rus avangardi ustalari — Nikritin, Shevchenko, Chekrigin, Romanovich, Sokolov, Falk va boshqalarning asarlari namoyish etilmoqda. Ushbu rassomlar uslub jihatdan turlicha bo‘lsa-da, barchasini “yangi inson” obrazini izlashga bo‘lgan intilish birlashtiradi.

Bunday tashabbuslar san’at, ta’lim, kreativ iqtisodiyot sohalarida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga va umumiy madaniy merosimizni asrashga xizmat qiladi.


Вчера в российском музее «Новый Иерусалим» открылась уникальная международная выставка «Свет между мирами» — масштабный проект, впервые объединивший шедевры из коллекции Нукусского музея имени Игоря Савицкого и собрания самого музея.

Экспозиция представляет произведения мастеров русского авангарда — Никритина, Шевченко, Чекрыгина, Романовича, Соколова, Фалька и других. Эти художники различаются по стилю, но их объединяет стремление к поиску образа «нового человека».

Подобные инициативы способствуют укреплению сотрудничества между нашими странами в области искусства, образования, креативной экономики и способствуют сохранению общего культурного наследия.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Moskva viloyati, Istra
28.05.25.



Московская область, Истра
28.05.25.
Moskvaga tashrif doirasida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuv o‘tkazdik. O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining muhim yo‘nalishi bo‘lgan madaniy-gumanitar muloqotni rivojlantirish va jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.

Parlamentlararo hamkorlik va mintaqalararo aloqalar yuksak darajaga chiqqani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ta’lim va madaniyat sohalaridagi loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Rossiya oliy ta’lim muassasalarining yangi filiallarini ochishga ko‘maklashish, yoshlar uchun qo‘shma dasturlar, shuningdek, madaniyat sohasidagi tashabbuslar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Faxriylar va bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga alohida to‘xtalindi. Madaniy muloqot va gumanitar almashinuv ikki tomonlama munosabatlarning muhim asosi bo‘lib qolayotgani to‘g‘risida yakdil fikr bildirdik.


В рамках визита в Москву провели встречу с Председателем Совета Федерации Федерального Собрания Российской Федерации Валентиной Матвиенко. В центре внимания были развитие культурно-гуманитарного диалога и поддержка общественных инициатив, что составляет важное направление узбекско-российских отношений.

С удовлетворением подчеркнули высокий уровень межпарламентского сотрудничества и межрегиональных обменов.

Особое внимание уделили проектам в сфере образования и культуры. Содействие в открытии новых филиалов российских вузов, совместные программы для молодёжи, а также инициативы в сфере культуры способствуют укреплению дружбы между нашими странами.

Отдельно остановились на реализации социальных проектов, направленных на поддержку ветеранов и детей. Выразили единое мнение, что культурный диалог и гуманитарный обмен остаются важной основой двусторонних отношений.
Moskvaga tashrif yakunida Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi, bunda savdo, investitsiyalar, mehnat migratsiyasi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgani, qo‘shma loyihalar, eng avvalo, sanoat va energetika sohalarida faol ilgari surilayotgani alohida ta’kidlandi. Migratsiya tartib-taomillarini tezlashtirish chora-tadbirlari va patentlarni rasmiylashtirish bosqichlarining bir qismini O‘zbekiston hududiga ko‘chirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlik va yangi ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish, jumladan, oliy o‘quv yurtlarining yangi filiallarini ochish va MISiS muhandislik maktabini ishga tushirish muhimligi qayd etildi. O‘zaro ishonch va ochiqlik ruhida o‘tgan suhbat hamkorlikda amaliy natijalarga erishishga tomonlarning intilishi qat’iy ekanligini tasdiqladi.

Ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Rossiya tomoniga samimiy minnatdorlik bildiraman.


В завершение визита в Москву состоялась встреча с Председателем Правительства Российской Федерации Михаилом Мишустиным. Обсудили ключевые направления сотрудничества, уделив особое внимание вопросам торговли, инвестиций, трудовой миграции и подготовки высококвалифицированных кадров.

Отдельно отметили динамику товарооборота и активное продвижение совместных проектов, прежде всего в промышленности и энергетике. Обсудили меры по ускорению миграционных процедур и возможность переноса части этапов оформления патентов на территорию Узбекистана.

В ходе встречи отметили важность межрегионального партнёрства и осуществления новых образовательных инициатив, в том числе по открытию новых филиалов вузов и запуску инженерной школы МИСиС. Беседа, прошедшая в духе взаимного доверия и открытости, подтвердила обоюдный настрой на достижение практических результатов сотрудничества.

Искренне благодарю российскую сторону за оказанное гостеприимство.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Moskva,
29.05.25.



Москва,
29.05.25.
Bolalarni himoya qilish kuni muborak boʼlsin!

Farzandlarimiz qalbi oftob, mehri daryo, bolajonlarni soʼzsiz tushunadigan gʼamxoʼr insonlar qurshovida oʼsib-ulgʼaysin.

Hammamizning umr yoʼlimiz bolalik bekatidan boshlanadi va biz tuygan ilk zavqli, baxtli lahzalar butun hayotimiz davomida aks-sado berib turadi.

15-may kuni “Bola‌larni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun kuchga kirdi – davlatimiz har bir oʼgʼil-qizning begʼubor bolaligi baxtli oʼtmogʼi uchun barcha choralarni ishga solmoqda.

Bolalarni asrab-avaylang. Soʼzlariga quloq tuting. Ularni oʼrab turgan atrof-olam shodlikka toʼla boʼlsin.



С Днём защиты детей!

Пусть дети растут под солнцем заботы, среди добрых слов и  понимания.

Мы все родом из детства, и вся наша жизнь  зависит от того счастья, которое  мы получаем в начале жизни.

15 мая вступил в силу  закон «О защите детей от всех форм насилия» — государство делает всё, чтобы детство каждого ребёнка было счастливым и безоблачным.

Берегите детей. Слушайте их.
Дарите им мир, в котором хочется радоваться.
Oʻzbekiston, olgʻaaaaa! 🇺🇿



Узбекистан, вперёёёёд! 🇺🇿
2025/07/14 05:00:06
Back to Top
HTML Embed Code: