Telegram Web Link
# Til yashasa, millat yashaydi

Bugun 2025-йил 17-oktyabr Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasida
21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu davra suhbatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Samarqand hududiy bo'linmasi rahbari Murodqosim Abdiev ishtirok etdi.
Til – millat tafakkurining bebaho xazinasi, ulkan boyligi sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyoda yetti mingga yaqin til va lahjalar bor. Ularning faqat ikki yuzga yaqini Davlat tili maqomiga ega. Ana shu tillar orasida O‘zbek tili ham borligidan haqli ravishda faxrlanamiz.

@SamTvr
SAMARQANDDA PAXTA QABUL QILISH JARAYONIDAGI NIZOLAR BARTARAF ETILMOQDA

Samarqand viloyatida “O‘zagroinspeksiya”ning mas’ul vakillari tomonidan paxta xom-ashyosining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasterlari va paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli holatlar o‘z vaqtida hal etilmoqda.

Joriy yilgi paxta mavsumida viloyatda faoliyat yuritayotgan 8 ta paxta-to‘qimachilik klasteri, 8 ta kooperatsiya hamda 6 ta urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan 38 ta paxta qabul qilish maskanlariga paxta xom-ashyosi topshirilmoqda.

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim
#men_samarqand_farzandi

“21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan xorijda tahsil olayotgan samarqandlik vatandoshlarimizning bayram tabrigi

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
🎞 Diqqat, kamera nazoratidasiz!

Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni shakllantirish masalalariga yurtimizda  katta eʼtibor qaratilmoqda. Joriy tartib-qoidalarga rioya qilmagan fuqarolarga nisbatan esa, qatʼiy choralar ko‘rish yana-da  kuchaytirilmoqda.

Ayni vaqtda ham Urgut tumani Yangivag‘ashti MFYda o‘rnatilgan nazorat kameralari orqali avtomobillardan va aholi tomonidan belgilanmagan yerlarga chiqindi uloqtirish bilan bog‘liq qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun jarimalar qo‘llanib kelinmoqda. Shunday holatlardan biri mahallaning belgilanmagan joyiga shu atrofda yashovchi 3 nafar fuqaro o‘ziga tegishli transport vositasida qattiq va maishiy chiqindilar tashlanganlik holati yuzasidan har biriga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91¹-moddasi 1-qismiga asosan, BHMning 5 barobari miqdoridan maʼmuriy jarimalar rasmiylashtirildi.

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
👍1
2025/10/22 11:00:53
Back to Top
HTML Embed Code: